Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Odil Rahimiy
tarjimasi
SAN’AT ASARI
Onasining yolg‘iz o‘g‘li Sasha Smirnov «Birja 
xabarlari» gazetasining 223-nchi soniga o‘ralgan 
bir narsani qo‘ltig‘iga qistirib, yuzi so‘lg‘in bir hol-
da, shifokor Koshelkovning xonasiga kirdi.
– E-e, keling yaxshi yigit! – deb kutib oldi 
shifokor. – Xo‘sh, sog‘lig‘ingiz qalay? Qanday 
xushxabarlar keltirdingiz?
Sashaning ko‘zlari pirpiradi, o‘ng qo‘lini chap 
ko‘kragiga bosib, hayajonlangan holda dedi:
– Oyim sizga salom deb yubordilar va sizga 
minnatdorlik bildiradilar, Ivan Nikolayevich... 
men oyimning yolg‘iz o‘g‘liman, siz meni o‘lim-
dan saqlab qoldingiz... Qattiq kasaldan qutqaz-
dingiz... Ikkimiz sizning bu yaxshiligingizni sira 
unutmaymiz...
– Qo‘ying bunday gaplarni, yigit! – dedi 
shifokor, bu so‘zlardan erib ketib. – Men qilgan 
ishni hamma qila oladi.
– Men oyimning yolg‘iz o‘g‘liman... O‘zimiz 
kambag‘al odammiz, xizmatingizga yarasha 
haq to‘lashga ojizmiz... Juda uyatda qoldik, 
shifokor... Shuning uchun oyim va uning yolg‘iz 
o‘g‘li men, ikkimiz bizning sizga minnatdor-
ligimiz alomati bo‘lmish mana bu narsani qa-


Anton Chexov
140
bul qilishingizni o‘tinamiz... O‘zi juda qimmat 
narsa, qadimgi bronzadan ishlangan... Kam-
dan-kam uchraydigan san’at asari.
– Hech keragi yo‘q! – dedi shifokor, aftini 
burishtirib.
– Yo‘q demang endi, – dedi Sasha qog‘ozni 
ochaturib. – Olmasangiz meni ham, oyimni 
ham xafa qilasiz... Juda asil narsa o‘zi... Qa-
dimgi bronzadan ishlangan... Marhum dadam-
dan qolgan, biz buni qimmatli yodgorlik deb 
saqlab kelardik... Dadam qadimgi bronzadan 
qilingan narsalarni olib ishqibozlarga sotar-
di. Hozir oyim ham, men ham shu ish bilan 
mashg‘ulmiz...
Sasha qog‘ozni ochdi-da, keltirgan narsa-
sini tantanali sur’atda stolga qo‘ydi. Bu nar-
sa qadimgi bronzadan nafis ishlangan pastak 
qandil edi. Qandil bir to‘da odamlarni tasvir 
etardi: quyidagi supachaga Momo Havo kiyim-
larini kiygan ikki xotinning figurasi o‘rnatilgan, 
ularning turish-turmushi shunday ediki, uni 
yozib tasvirlash uchun jasoratim ham yetmay-
di, ehtirosim ham. Figuralar tannozlik bilan 
jilmayishar, shamdonni ko‘tarib turish vazifasi 
bo‘lmasa, supachadan sakrab tushib, uy ichini 
tasavvur etib bo‘lmaydigan darajada ostin-us-
tin qiladiganday ko‘rinar edilar.
Shifokor sovg‘aga birpas qarab turdi-da, qu-
log‘ining orqasini qashladi, keyin bir yo‘talib, 
burnini qoqdi.


Buqalamun
141
– Aytganingiz rost, asil narsa ekan, – dedi u, 
po‘ng‘irlab. – Ammo, nima desam ekan... Hech 
kimga ko‘rsatib bo‘lmaydigan narsa ekan-da... 
ayb...
– Ya’ni nega endi?
– O‘taketgan ustasi ham bundan battarini 
o‘ylab topolmas. Bu narsani stolga qo‘yish – 
butun uyni harom qilish demakdir.
– San’atga nega bunday ko‘z bilan qaraysiz, 
– deb xafa bo‘ldi Sasha. – Axir, bu san’at asari, 
o‘zingiz bir qarang! Bundagi nafislik va go‘zal-
likdan kishining yuragi shodlikka, ko‘zi yoshga 
to‘ladi! Bunday go‘zallikni ko‘rgan kishi butun 
dunyoni unutib yuboradi... Bir qarang, qanday 
malohat, qanday nafosat, orzu bor bunda!
– Buni o‘zim ham ko‘rib turibman, azizim, – 
dedi shifokor, Sashaning so‘zini bo‘lib. – Ammo, 
men oilali, bola-chaqali odamman, uyimga tur-
li-tuman xonimlar kelib turadi...
– Albatta, agar nodon xalq nazari bilan qa-
ralsa bu yuksak san’at asari boshqacha bo‘lib 
ko‘rinadi... – dedi Sasha. – Ammo siz, shifokor-
siz, oddiy xalqdan baland turmog‘ingiz kerak. 
Bu narsani qabul qilmasangiz meni ham, oyim-
ni ham qattiq xafa qilasiz. Men oyimning yolg‘iz 
o‘g‘liman... Siz meni bir o‘limdan qutqazdin-
giz... Biz sizga eng qimmatbaho buyumimizni 
taqdim etayotibmiz... Faqat shunga mos kela-
digan boshqa narsangiz yo‘qligi meni achinti-
radi...
– Rahmat, rahmat, azizim, ko‘p minnatdor-
man... Oyingizga salom ayting. Ammo, yana 
bir o‘ylab ko‘rsangiz bo‘lardi, har holda bola- 



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish