Mirzakalon Ismoiliy
tarjimasi
O‘G‘IL BOLALAR
– Volodya keldi! – deb qichqirdi hovlida al-
lakim.
– Volodya keldilar! – deb baqirdi Natalya ye-
makxonaga yugurib kirayotib. – E, Xudoyim-e!
O‘z Volodyalarining kelib qolishini intizorlik
bilan kutayotgan Korolyovlar oilasi deraza yo-
niga yugurdi. Darvoza oldida keng, pastak cha-
na turar, unga qo‘shilgan uchta otdan quyuq
bug‘ ko‘tarilar edi. Chana bo‘sh edi. Nega de-
ganda Volodya allaqachon dahlizga kirgan va
sovuqdan qizarib ketgan qo‘llari bilan quloq-
chinini yechishga urinar edi. Volodyaning gim-
naziya formasidagi paltosi, furajkasi, kalishi
va ikki chakkasidagi sochlarini qirov bosgan
bo‘lib, undan shunday yoqimli sovuq hidi ke-
lar ediki, ko‘rgan kishining sovqotgisi va «Brrr»
deb yuborgisi kelardi. Onasi bilan xolasi uni
quchoqlab o‘pa boshladi, Natalya bo‘lsa uning
oyog‘idan piymasini yecha boshladi, singil-
lari baqirib-chaqirishdi; eshiklar g‘ichilladi,
taraqladi. Volodyaning otasi esa egnida jiletka,
qo‘lida qaychi bilan dahlizga yugurib chiqdi-da:
Buqalamun
147
– Biz seni kecha keladi deb o‘ylagan edik! –
deb qattiq-qattiq gapira boshladi. – Eson-omon
keldingmi? Sog‘-salomatmisan? E Xudoyim-e,
xalaqit bermasalaring-chi, otasi bilan ham
ko‘rishib olsin! Nima, men ota emasmanmi?!
«Vov, vov», – hurdi Milord nomli kattakon
qora it devor va mebellarni dumi bilan urib,
shov-shuv, sevinch-quvonch ikki daqiqacha
davom etdi. Uchrashuv quvonchi biroz pasay-
gach Korolyovlar dahlizda Volodyadan tash-
qari quloqchin kiygan, ro‘mol bilan o‘ralgan,
hamma yog‘ini qirov bosgan yana bir kichkina
odam turganini ko‘rib qolishdi. U bir burchak-
da, pochapo‘stin soyasida qimir etmay turardi.
– Volodya, bu kim? – deb so‘radi onasi shi-
virlab.
– Voy! – dedi Volodya to‘satdan eslab. – Tani-
shinglar, bu – mening o‘rtog‘im Chechevitsin,
ikkinchi sinf o‘quvchisi... Men uni mehmon
bo‘lib ketsin deb birga olib keldim.
– Juda xursandman, marhamat qilsinlar!
– dedi otasi quvonib. – Kamzulsiz yurganim
uchun kechirasiz... Marhamat qiling! Natalya,
janob Cherepitsinning yechinishlariga yordam
ber! E, Xudoyim-e, haydab yuborsalaring-chi
bu itni, jonimga tegdi!
Birozdan so‘ng kutib olish marosimidagi
shov-shuvdan dovdiragan, sovuqdan hamon
qizarib turgan Volodya bilan uning do‘sti
Chechevitsin stol yonida choy ichib o‘tirishardi.
Qish oftobi qor va derazalardagi sovuqdan tush-
gan naqshlarni yorib o‘tib samovarga shu’la
Anton Chexov
148
sochar, bu ravshan shu’lalar esa barkashdagi
suvda o‘ynoqlar edi. Uy issiqqina edi. Bolalar
sovuq qotgan tanalarida ikki kuch: sovuq bilan
issiq bir-biridan bo‘sh kelmay kurashayotgani-
ni his qilishdi.
– Ana, bayram ham yaqinlashib qoldi! – dedi
cho‘zib to‘q-sariq tamakidan papiros o‘rayot-
gan otasi. – Yaqindagina yoz edi, onang seni
kuzatib, yig‘lab qolgan edi... Ana, qarabsanki,
kelib ham qolibsan... Vaqt shunaqa tez o‘tadi,
og‘ayni! Ana-mana deguncha qarib ham qola-
san. Janob Chibisov, oling, yeb o‘tiring, tortin-
mang! O‘z uyingizday bemalol...
Volodyaning uch singlisi – Katya, Sonya va
Masha (ularning eng kattasi o‘n bir yashar edi)
stol yonida o‘tirar va yangi tanishdan ko‘z uz-
mas edilar. Chechevitsinning yoshi ham, bo‘yi
ham Volodya bilan teng bo‘lsa-da, Volodya
singari semiz va oppoqqina emas, balki oriq,
qorachadan kelgan, yuzini sepkil bosgan bola
edi. Uning sochlari tikanakka o‘xshar, ko‘zlari
qisiqqina, labi qalin edi. Xullas, u xunukkina
bo‘lib, egnida gimnaziya kamzuli bo‘lmasa tash-
qi qiyofasiga qaragan kishi oshpaz xotinning
o‘g‘li deb o‘ylardi. Uning qovog‘i soliq, hamma
vaqt indamay o‘tirar, biron marta bo‘lsin jilmay-
madi ham. Chechevitsindan ko‘z uzmay o‘tir-
gan qizlar uni juda aqlli va dono odam bo‘lsa
kerak deb o‘ylashdi. U hamma vaqt allanarsa
to‘g‘risida o‘ylar va o‘z xayoli bilan shu qadar
band ediki, undan biron narsani so‘rashganda
cho‘chib tushar, boshini silkitar va savolni tak-
rorlashni so‘rar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |