Buqalamun
173
xayoliga kelardi. Bular istarasi issiq, yoqim-
toy, lekin nima ekanligini anglab bo‘lmaydigan
narsalar edi; shularni ko‘rganda
Tyotka dumi-
ni likillatar, nazarida allaqayerdadir ko‘rgan-
day va sevganday bo‘lardi... Uxlab ketar ekan,
ulardan har gal yelim, payraxa va bo‘yoq hidi
kelayotganday tuyilardi.
Kashtanka yangi hayotga juda ko‘nikib,
ozg‘in, suyaklari chiqib turgan xonaki itdan
to‘q va sho‘x ko‘ppakka aylangach, yangi egasi
odatdagi ta’lim oldidan uni silab qo‘ydi-da,
shunday dedi:
– Tyotka, endi ishni boshlasak ham bo‘lar.
Bekor yurish yetar. Seni artist qilmoqchiman...
Xo‘sh, artist bo‘lging keladimi?
Shunday qilib, u Kashtankaga turli hunar
o‘rgata boshladi.
Birinchi darsda Kashtanka
keyingi oyoqlarida tik turishni o‘rgandi. Bu
hunari o‘ziga ham juda yoqdi. Ikkinchi dars-
da keyingi oyoqlarida sakrab, egasi ushlab tur-
gan qandni og‘zi bilan olishi kerak edi. Keyingi
darslarda esa o‘yin tushishni, egasining atro-
fida tizginlangan holda yugurishni, musiqaga
jo‘r bo‘lib ulishni, qo‘ng‘iroq chalishni, to‘ppon-
cha otishni o‘rgandi. Oradan bir oy o‘tgach
«Misr piramidasida» bemalol Fedor Timofeich-
ning o‘rnini bosadigan bo‘ldi.
U jon-dili bilan
ta’lim olar, muvaffaqiyatlaridan esa nihoyatda
xursand edi: tilini osiltirib egasi atrofida tizgin-
langan holda yugurish, chambarak orasidan
sakrash va keksa Fedor Timofeichga minib
yurish unga juda xush yoqardi. Har bir muvaf-
faqiyatli chiqqan harakatdan zavqlanib qattiq
Anton Chexov
174
vovullar, egasi esa hayron bo‘lar, u ham zavq-
langanidan qo‘llarini bir-biriga ishqab:
– Iste’dod, iste’dod! – deb qo‘yardi. – Haqiqiy
iste’dod! Bu o‘yinlaring, albatta, hammaga
manzur bo‘ladi! – deb qo‘yardi.
Shunday qilib Tyotka «iste’dod» degan so‘zga
o‘rganib qoldi va har gal egasi shu so‘zni ayt-
ganda irg‘ib turar, go‘yo bu so‘z o‘z ismi bo‘lib
qolganday atrofga alanglab qo‘yardi.
6
NOTINCH KECHA
Tyotka tush ko‘rdi,
tushida qorovul supurgi
ko‘tarib, quvlab yurgan emish. Tyotka qo‘rqqa-
nidan uyg‘onib ketdi.
Uy jimjit, qop-qorong‘i va juda dim edi.
Burgalar talardi. Tyotka ilgari hech qachon
qorong‘idan qo‘rqmasdi, lekin endi negadir
yuragini vahima bosdi hamda vovullagisi kel-
di. Qo‘shni xonada xo‘jayinning chuqur nafas
olgani eshitildi, oradan biroz vaqt o‘tgach, og‘il-
xonadagi cho‘chqa xurilladi, yana jimlik cho‘kdi.
Ovqat haqida o‘ylasang ko‘ngling ancha yengil
tortadi. Shuning
uchun ham Tyotka bugun Fe-
dor Timofeichning ovqati (orasidan tovuqning
oyog‘ini o‘g‘irlab olganini va mehmonxonada
shkaf yonidagi o‘rgumchak in qo‘ygan va chang
bosgan burchakka yashirganini o‘yladi. Hozir
borib xabar olib kelsa zarar qilmas edi: tovuq
oyog‘i turganmikan, yo yo‘qmi?
Egasi topib olib,
yeb qo‘ygan bo‘lishi ham mumkin. Lekin tong