Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Anton Chexov
178
Tyotka xo‘jayinining nima deyayotganiga 
tushunmas edi. Lekin shunga qaramay  uning 
biror dahshatli hol yuz berishini kutayotgani-
ni payqadi. Tyotkaning nazarida qorong‘i de-
razadan allaqanday begona mo‘ralayotgan-
ga o‘xshab ko‘rinadi. U deraza tomonga tum-
shug‘ini cho‘zib ulidi.
– Tyotka, g‘oz o‘layapti, – dedi xo‘jayin va 
qo‘llarini yozdi, – ha, ha, o‘layapti! Uylaringizga 
o‘lim kirib keldi. Endi nima qilamiz? – Rangi 
o‘chgan, zo‘r tashvishga tushgan bechora xo‘ja-
yin uh tortdi, boshini chayqay-chayqay yotoq-
xonasiga chiqib ketdi. Tyotka qorong‘ida qo-
lishdan qo‘rqib, uning ketidan ergashdi. Xo‘ja-
yin karavotiga o‘tirdi-da:
– E, Xudoyim-ey, endi nima qilamiz? – dedi 
bir necha marta.
Tyotka uning oyog‘i tagida o‘ralishar, nima 
uchun yuragi siqilayotganini va boshqalar nega 
tashvishga tushayotganini tushunmay sababi-
ni bilish niyatida xo‘jayinning har bir haraka-
tini kuzatib turardi. Ko‘rpachasidan turishni 
yomon ko‘radigan Fedor Timofeich ham xo‘ja-
yinning xonasiga kirdi va oyog‘iga suykala 
boshladi. U tashvishli xayollarni chiqarib tash-
lamoqchi bo‘lganday, boshini silkitar va kara-
vot tagiga qarab-qarab qo‘yardi.
Xo‘jayin bir likopchaga suv quydi-da, yana 
g‘oz oldiga chiqdi.
– Ich, Ivan Ivanich! – dedi u muloyimlik bilan 
likopchani g‘oz yoniga qo‘ya turib. – Ichaqol, jonim.
Lekin, Ivan Ivanich qimir etmas, hatto ko‘zi-
ni ham ochmas edi. Xo‘jayin uning boshini 


Buqalamun
179
likopchaga engashtirdi va tumshug‘ini suvga 
tegizdi, ammo g‘oz suvdan ichmadi. U qanoti-
ni yana ham kengroq yozdi, boshi likopchada 
qolaverdi.
– Tamom, vassalom! – deb uh tortdi xo‘jayin. 
– Tamom. Ivan Ivanichdan ajralib qoldik!
Xo‘jayinning yuzidan yaltiroq tomchilar oqib 
tushdi, bunaqa tomchilar yomg‘ir yoqqanda 
deraza oynalarida ko‘rinadi. Tyotka bilan Fe-
dor Timofeich nima bo‘layotganiga tushunmay, 
uning oyog‘iga tiqilishar va qo‘rqib g‘ozga qa-
rashardi.
– Bechora Ivan Ivanich, – dedi xo‘jayin 
g‘amginlik bilan uh tortib. – Men bo‘lsam seni 
bahorda dala-hovliga olib ketaman, birgalashib 
ko‘m-ko‘k maysazorda sayr etamiz, deb o‘yla-
gan  edim. Bechora jonivor, sodiq o‘rtoq, sendan 
ayrilib qoldim-ku! Sensiz endi nima qilaman?
Tyotkaga o‘zi ham xuddi shunaqa bo‘ladi-
gandek, ya’ni nima sababdandir ko‘zi yumilib, 
oyoqlari cho‘zilib, og‘zi ochilib qoladigandek, 
hamma unga qo‘rqib qaraydigandek tuyildi. 
Fyodor Timofeichning miyasi ham shunday 
fikrlar  bilan  band  bo‘lsa  kerakki,  hech  qa-
chon qari mushuk bu qadar g‘amgin va ma’yus 
bo‘lmagan edi.
Tong yorisha boshladi. Tyotkani qo‘rqitib 
chiqqan begona narsa ko‘rinmas edi. Tong 
otgandan keyin esa qorovul keldi, g‘ozning 
oyog‘idan ko‘tarib allaqayoqqa olib ketdi. Bir-
ozdan so‘ng kampir kirdi va tog‘orani ko‘tarib 
chiqib ketdi.
Tyotka mehmonxonaga chiqdi va shkaf orqa-
siga qaradi: xo‘jayin tovuq oyog‘ini yeb qo‘ymap-


Anton Chexov
180
ti, suyak o‘sha joyda, chang va o‘rgimchak ini 
orasida yotardi. Ammo Tyotkaning yuragi siqilar 
va yig‘lagisi kelardi. U tovuq suyagini aqalli hid-
lab ham ko‘rmadi. Divanning tagiga kirib o‘tirdi 
va ingichka ovoz bilan sekin-sekin ingilladi:
– Ing-ing-ing...
7
MUVAFFAQIYATSIZ CHIQISH
Bir kun kechqurun xo‘jayin devorga 
yopishtirilgan qog‘ozlari kir bo‘lib ketgan uyga 
kirdi-da, qo‘llarini bir-biriga ishqab:
– Xo‘-o‘sh...– deb qo‘ydi.
U yana bir nima demoqchi edi-yu, hech nima 
demay chiqib ketdi. Ta’lim vaqtlarida xo‘jayini-
ning qiyofasi va ovozining ohangini yaxshi 
o‘rgakib olgan Tyotka uning hayajonlanayot-
ganini, tashvishlanayotganini, jahli chiqayot-
ganga o‘xshaganini ham bilib oldi. Birozdan 
keyin u qaytib keldi-da:
– Bugun Tyotka bilan Fedor Timofeichni olib 
ketaman, – dedi. – Tyotka, Misr piramadasida 
bugun sen marhum Ivan Ivanichning o‘rni-
ni bosasan. Nima bo‘larkin endi! Tayyorgarlik 
ko‘rilmagan, mashq qilinmagan, repetitsiya 
ham juda oz bo‘ldi! Sharmanda bo‘lamiz! May-
na qilishadi!
Keyin u yana chiqib ketdi va bir daqiqa-
dan keyin po‘stin va silindrda qaytib kirdi. 
Mushukning yoniga kelib, uni oldingi oyoqlari-
dan ushlab ko‘tardi va qo‘yniga, po‘stinining 



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish