Anton Chexov
190
bunday qilishadi endi? Men bir bechora ayol
bo‘lsam, faqat
ijarachilarimdan tushadigan
pul bilan kun ko‘rsam... O‘zim bir mushtipar
ayolman, yo‘qlaydiganim yo‘q... Hamma meni
xo‘rlaydi, hech kimdan yaxshi gap eshitmay-
man...
Arz qilib kelgan xotin kipriklarini pir-pir
uchirdi-da, cho‘ntagidan dastro‘mol chiqarib,
ko‘ziga tutdi.
Kistunov uning arizasini olib, o‘qiy boshladi.
– Kechirasiz, gapingizga tushunolmay qoldim,
– dedi Kistunov kiftini uchirib. – Siz bu yerga
adashib kelib qolgansiz, nazarimda, xonim. Ari-
zangizning bizga sira daxli yo‘q. Eringiz xizmat
qilgan mahkamaga borib arz qilishingiz kerak...
– Yo‘g‘-ey, baraka topkur! – dedi Shchukina.
–
Besh joyga borib arz qildim, arizamni hech
kim qo‘liga ham olib ko‘rmadi. Kuyovim baraka
topkur Boris Matveyevich sizni aytmasa, nima
qilarimni ham bilmay qolgan edim. «Siz Kistu-
nov degan janobga murojaat qiling, uning qo‘li
baland, aytganingizni qilib beradi», dedi. Yor-
damingizni ayamang, janobi oliylari!
– Shchukina xonim, bizning qo‘limizdan hech
narsa kelmaydi... Axir, o‘zingiz o‘ylab ko‘ring,
mening bilishimcha, eringiz harbiy-tibbiy idora-
da
xizmat qilgan, bizning mahkamamiz esa mut-
laqo xususiy idora, tijorat idorasi, bu yer bank
deb ataladi! Shunga ham tushunmaysizmi?
Kistunov «hayronman» deganday yana
yelkasini qisdi-da, harbiycha kiyingan va lunji-
ni bog‘lagan kishiga o‘girildi.
Buqalamun
191
– Janobi oliylari, – dedi yana Shchukina,
mungli
bir tovush bilan, – erimning kasal yot-
ganligiga haqida ma’lumotnomam ham bor.
Mana, o‘zingiz bir qarang.
– Juda soz, gapingizga ishonaman, – dedi
Kistunov, ranjigan holda. – Ammo yana takror
aytamanki, buning bizga hech daxli yo‘q. Aja-
bo, nahotki qayerga arz qilishni eringizning o‘zi
bilmasa?
– U noshud, hech narsani bilmaydi, ja-
nobi oliylari! «Bu sening ishing emas! Ara-
lashma»dan boshqa hech narsani bilmaydi...
Mening ishim bo‘lmasa, kimning ishi bo‘ladi?
Axir, barisi mening ustimga chiqib olishgan!
Mening ustimga!
Kistunov yana Shchukinaga o‘girilib, har-
biy-tibbiy mahkama bilan xususiy bank o‘rta-
sidagi tafovutni tushuntirishga kirishdi. Xotin
uning
gapini diqqat bilan tinglab, tushundim
deganday boshini egdi-da, keyin:
– Durust, durust. Tushundim, inim, tushun-
dim, – dedi. – Unday bo‘lsa, janobi oliylari,
odamlaringizga buyuring, juda bo‘lmasa 15
so‘mini berishsin! Qolganini keyin olsam ham
mayli.
– Uh, – dedi Kistunov, shiftga qarab. – Faro-
sat bormi o‘zi?
Bunday arz bilan bizga muro-
jaat etish eringizdan ajralish to‘g‘risida dorixo-
naga yoki shisha zavodiga arz qilish bilan bara-
var, tushundingizmi endi? Eringizning pulidan
bosib qolishgan ekan, bizga nima?
– Janobi oliylari, bo‘yingizdan o‘rgilay,
o‘la-o‘lgunimcha sizni
duo qilib yuray, – dedi