Anton Chexov
170
«Uch» deyilishi bilanoq Ivan Ivanich qanot-
larini qoqdi va sakrab cho‘chqaning ustiga
chiqib oldi... G‘oz qanotlarini yoyib, bo‘yni-
ni cho‘zib, muvozanatni saqlab, cho‘chqaning
ustiga joylashgach, Fedor Timofeich erinchoq-
lik bilan shalvirab yurib, ularning yoniga bor-
di va o‘z san’atini
bir chaqaga arzitmaydigan,
nazar-pisand qilmagan bir qiyofada avval is-
tar-istamas cho‘chqaning ustiga chiqdi, keyin
g‘ozning ustiga chiqdi-da, oldingi oyoqlarini
ko‘tarib turdi. Notanish kishi Misr piramidasi
deb atagan narsa hosil bo‘ldi. Kashtanka zavq-
langanidan chiyillab yubordi,
lekin shu mahal
keksa mushuk esnadi va muvozanatini yo‘qo-
tib, g‘ozning ustidan ag‘nab tushdi. Notanish
kishi baqirdi, qo‘llarini silkidi va yana allanar-
sani tushuntira boshladi. Xullas, xo‘jayin pi-
ramida bilan bir soatcha ovora bo‘lgandan ke-
yin Ivan Ivanichga mushukka minib yurishni
o‘rgata boshladi, keyin mushukka chekishni
o‘rgatdi va hokazo.
Ta’lim, notanish kishi peshonasining terini
artib chiqib ketishi bilan tugadi. Fedor Timo-
feich jirkanib, pix-pix qilib qo‘ydi-da, ko‘rpa-
chasiga yotib ko‘zini yumdi.
Ivan Ivanich tog‘ora
yoniga bordi, kampir
cho‘chqani olib chiqib ketdi. Juda ko‘p yangi
taassurotlar tufayli Kashtankaga kun juda tez
o‘tib ketganday tuyildi, kechqurun esa devor-
lariga yopishtirilgan qog‘ozlari kir bo‘lib ketgan
uyga ko‘rpachasi bilan ko‘chirib qo‘yildi va u
yerda Fedor Timofeich va g‘oz bilan birgalikda
tunadi.
Buqalamun
171
5
ISTE’DOD! ISTE’DOD!
Oradan bir oy o‘tdi.
Kashtanka har kuni kechqurun yaxshi ovqat
bilan boqishlariga va
Tyotka deb chaqirishlari-
ga o‘rganib qoldi. U notanish kishiga ham, yan-
gi hamxonalariga ham ko‘nikdi. Umr silliq va
ravon o‘tardi.
Hamma kunlar bir xilda boshlanardi. Odat-
da Ivan Ivanich hammadan avval uyg‘onar va
Tyotka yoki mushuk yoniga borar, bo‘ynini egib
allanarsalar to‘g‘risida qizg‘in va berilib gapirar,
lekin uning nima deyayotganiga avvalgidek sira
tushunib bo‘lmas edi. Ba’zan u boshini baland
ko‘tarib uzun monologlar o‘qirdi. Dast
labki
tanishgan kunlarida Kashtanka, g‘ozni
aqlli
bo‘lgani uchun ko‘p gapiradi deb o‘yla gandi, le-
kin ko‘p o‘tmay uni butunlay izzat qilmaydigan
bo‘ldi; g‘oz uning yoniga kelib, uzun nutqini
boshlaganda, Kashtanka avvalgidek dumini
likillatmas, aksincha hadeb gapiraverib hech
kimni uxlatmagani, ezmaligi uchun
sira men-
simas va mulohaza qilib o‘tirmay «rrrr...» deb
qo‘yardi.
Fedor Timofeich esa butunlay boshqacha
zot. U uyg‘onsa ham damini chiqarmas, qimir-
lamas, hatto ko‘zini ham ochmas edi. Unga qol-
sa sira uyg‘onmas edi, chunki hayotni uncha
yaxshi ko‘rmasa kerak. Uni hech narsa qiziqtir-
mas, hamma narsaga beparvo qarar, hamma
narsadan nafratlanar, hatto o‘zining mazali