Hamelaga Assalomu alaykum. Mana navbatdagi audiohikoya bilan vaqtinglarni kamina Jahongir oladi. Agar hikoyalani bir marta eshitsela ko‘z oldilarga qanaqadir bir, kino ko‘rganday bo‘lasila
Hamelaga Assalomu alaykum. Mana navbatdagi audiohikoya bilan vaqtinglarni kamina Jahongir oladi. Agar hikoyalani bir marta eshitsela ko‘z oldilarga qanaqadir bir, kino ko‘rganday bo‘lasila. Agar ikki uch martalab eshitsangiz hikoyalarda sizlarga nima demoqchiligimni , uni tub mazmunini tushunuib yestasizlar. Mana bu safargi hikoya ko‘pchilik iltimosiga binoan criminal mavzuda bo‘ladi. Unda qonuniy o‘g‘rilar hayoti haqida qisqacha yoritib o‘tmoqchiman… Aynan shu hikoya uchun man argument qidirib bir oy zona sayohat qilishimga to‘g‘ri keldi. Buning uchun albatta qamoqxona ma’muriyatiga kottakon rahmat etaman. Garchan ismlari sir tutilishi iltimos qilingan bo‘lsayam. Ko‘plab hikoyalada Jaju nikini, laqabini ishlataman. Chunki oramizda uchrab turadigan ismlarni qo‘ysam, kimnidir shaxsiyatiga tegib qolishim mumkun yoki kimnidir dilini o‘g‘ritishni xoxlamayman. Shuning uchun ham hamma hikoyani ma’lommatlariniyam, nuqsonu-kamchiliklariniyam Jaju mishen sifatida o‘ziga oladi. Bu laqab ma’nosini arab davlatlarida qora farishta deb yuritiladi. Chunki inson dunyoga kelganda farishta bo‘lib tug‘iladi. Lekin hayoti davomida ba’zi qilgan xato va kamchiliklari gunoh ishlari uni oppoqqina libosiga qora dog‘ tushuradi. Qisman jihatdan gunohkor insonlarni qora farishta deb atasayam bo‘ladi. Lekin bu narsa muhummas. Lekin shu narsani aytib o‘tayotganim sababi bu safargi “Qonuniy o‘g‘ri” hikoyasini bosh qaramoniyam, aynan shu laqabi berilgan. Xullas, boshladik…
Jaju og‘ir turmush sharoitida kata bo‘lgan yigit. Onasi hamda sakkiz yoshli ukasini o‘zi parvarishlab boqishi lozim. Yoshligidanoq ro‘zg‘or uning yelkaziga qolgan. Endigina o‘n yetti yoshga kirgan bu bolakay, hayotning achchiq-chuchugini, adolatsizlikni ko‘rib katta bo‘lgan. Uning otasi sobiq o‘g‘ri bo‘lib, yomon insonlar qo‘lida o‘lim topgan. O‘limidan so‘ng esa farzandlariga o‘g‘rining farzandlari nomli tamg‘ani yopishtirib ketgan. Jismonan, ruhan baquvvat bo‘lgan bu bolakay insonlarga nisbatan nafrat-adovat bilan katta bo‘lgan. Uning umri ertalabdan kechgacha mehnat bilan o‘tsa, uning tenqurlari oliy o‘quv yurtlarini, maktablarni bitirayotgan o‘quvchilar edi. Ular yoshlik gashtini ajoyibgina surib yurishardi. Bu narsa o‘z o‘rnida Jajuga juda ham alam qilardi. Maral jihatdan uni yanada ezgan narsa bu uning otasining o‘limi edi. Undan ko‘ra oilasini tashlab ketgani ham bir tarafdan yaxshi edi. U ertalabdan kechgacha tinim bilmasdan ishlar, ayrim kunlari ish haqini ham olmasdi. Ayrim kunlari ish haqini olgani bir burda nonga zo‘rg‘a yetardi. Balkim o‘sha narsalar insonlarga nisbatan unda nafrat uyg‘onishiga sababchi bo‘lgandir. U otasining yo‘lidan borishga qaror qildi. Onasi bir necha bor uni bu yo‘ldan qaytarishga harakat qildi. Ammo bari foydasiz bo‘ldi. U bir necha bora kichik jinoyatlarni qilib ko‘rdi. Ammo yengil jazolar bilan qaytib chiqaverdi. Onasining ko‘z yoshlarimi, balkim ukasining qiynalib katta bo‘layotganimi uni buy o‘ldan qaytishiga bir nech bora sabab bo‘ldi. U ayrim kunlari ishlardi, ish haqini ololmagan kuni axlatxonalarni titib, kerakli narsalarrni topib, ko‘chada sotib bo‘lsada uyiga non olib kelishga harakat qilardi. Shunday kunlarning biri. U axlatxonada charchab uxlab qoldi. Tunning qoq yarmida mashina ovozidan uyg‘onib ketdi. Uyqu aralash ko‘zlarini ochib boshini ko‘tardi. Axlat qutisi yoniga ikkita qora jip mashinasi kelgandi. Odatda qaysidir mahallaga qora jip mashinasi kelsa, barchani vahima bosardi. Yosh bolakaylar uylariga kirib olib divanning tagida bekinib qo‘rquv aralash ularning ketishini poylab turardi. Chunki bunday mashinalardan kastyum shimdagi qorin qo‘ygan kishi tushardi. Yo qo‘lida keys yoki avtomat kalashnikov bo‘lardi. Yigitchani biroz vahima bosdi. U indamasdan kuzatib turdi. Mashinadan tushgan yigitlardan biri keysni olib, axlat chelagi ichiga tashladi va mashinalar katta tezlik bilan voqea joyidan yo‘q bo‘lishdi. Bolakay hayron bo‘ldi. Axlat chelagi yoniga yaqinlashdi. Va keysni oldi… Ichida nima bo‘lishi mumkin. Kimyoviy moddalarmikan yoki pulmikan. Yigitcha barini darhol yushunib yetdi. Bu albatta criminal olamning namoyondalariga tegishli bo‘lgan buyum edi. Ichini ochdi. Ichi to‘la, Amerika valyutasi. Yigitcha umrida bunday katta summani ko‘rmagan edi. Uning ko‘zlari o‘ynab ketdi.
U biroz hayratda qoldi. Va o‘zini qo‘lga olib, bu pullarni olish kerak. Bu pullar menga yetib ortadi, dedi va keysni olib axlatxonadan qochib ketdi. Ko‘p o‘tmasdan keysning yo‘qolganidan xabardor bo‘lgan. Mafiya a’zolari butun shaharni oyoqqa turg‘azishdi. SSSRda mafiyaning ta’siri shu qadar kuchli ediki, o‘z o‘rnidan hukumatga ham ta’sir ko‘rsata olardi. Militsiyadan tortib, KGB a’zolarigacha bo‘lgan shaxslar bolakayni qidira boshlashdi. Ammo uni hech qaerdan topa olishmadi. Bolakay bunday buyumni yopib olganidan so‘ng, unga nisbattan katta bir ov uyushtirilishini juda yaxshi bilardi. Shuning uchun u ikki hafta o‘likxonadan ya’ni morkdan qo‘nim topdi. Ikki haftadan so‘ng tunning qoq yarmida bolakay o‘likxonadan chiqdi va axlat qutisi yoniga bordi. U yerda indamasdan o‘tirar ekan. Tungi patrul, militsiya xodimlari o‘tib qoldi. -Ey bolakay, bu yerda nima qilayapsan. “Men sizlar qidirayotgan insonman”. –Qanaqasiga. “Pullar menda, meni ularning oldiga olib boring”. Ular biroz hayron qolishdi. Axir kimning ham militsiya hamda mafiya o‘rtasidagi munosabat borligiga shubha yoki gumoni bor bo‘lishi mumkin. Ular shu hayol bilan bolakayni mashinaga olishdi. Va shahar tashqarisiga olib chiqarib qo‘yishdi. Mashina orqasiga qayrilib ketishi bilanoq, ko‘p o‘tmasdan bolaning atrofida jip mashinalari paydo bo‘ldi. Ular bolani zo‘rlik bilan mashinaga tiqishdi va. -Pul qaerda?
“Pullar menda”. Bolakayning peshonasiga kamida to‘rtta pistolet kelganidan so‘ng, bolakayda tavakkal qilishdan o‘zga chora qolmagandi. O‘zini vazmin tutib turgan mafiya boshliqlaridan biri, - Xo‘sh nima uchun pulni o‘g‘irlading deya so‘radi. “Menga pul kerak emas. Menga boshqa narsa kerak”. –Eshitaman. “Men qonuniy o‘g‘ri bo‘lmoqchiman”.
-Xo‘sh, bizdan nima talab qilinadi. “Sizlar criminal olam bilan bevosita bog‘liqsizlar. Meni qonuniy o‘g‘ri ekanligimni tan olishingiz lozim”.
-Bolakay qonuniy o‘g‘ri bo‘lish uchun sen o‘z o‘rnida zona ko‘rishing lozim. “Men bir necha bora qamalib chiqqanman”. –Bu yetarli bo‘la olmaydi. Seni qonuniy o‘g‘ri ekanligingni albatta qamoqxona tan olishlari lozim. “Unda meni qamoqxonaga yuboring”. –Pullachi. “Meni qonuniy o‘g‘ri deya tan olishlaridan so‘ngina pullar qaerdaligini sizga aytaman”. Mafiya boshlig‘i, bu bolakaydagi shijoatdan yoki bir dangalchilikdan biroz ensasi qotganday bo‘ldi. Ammo uning oldiga yordamchisi kelib, -Xo‘p deyavering, uni zonaga yuboramiz, Pullar qaedaligini bilganimizdan so‘ngina, u zonadan chiqmaydi. Nimagaligini o‘zingiz juda ham yaxshi bilasiz. Bunday holatni birinchi marta ko‘rmayapmizku dedi. U biroz o‘ylanib qoldi va roziman deya qo‘lini cho‘zdi. Ertasi kuniyoq turli bir jinoiy sabablar bilan meni zonaga yuboroshdi. U yerda darhol meni qonuniy o‘g‘ri deya tan olishdi. Men o‘z o‘rnida jinoyat olamidagi eng yosh qonuniy o‘g‘ri bo‘ldim. Men pullar qaerdaligini aytganimdan so‘ng, ertasi kuniyoq menga nisbatan tahdidlar biroz kuchayganday bo‘ldi…Har shanbi kuni qamoqxonada kechgi sayr qilishga ruxsat beriladi. Albatta qamoqxona maydonida. Aynan xuddi shu kuni ko`plab jinoyatlar sodir qilinadi. Aynan xuddi shu kuni, ko`plab qotillliklar ro`y beradi. Men esa imkon qadar sayrga chiqmaslikka kameramdan tashqariga chiqmaslikka harakat qilardim. Ular esa kameramgacha kelishardi. Menga pichoq o`xtarib turishardi. Ammo yonimda kitob o`qiyotgan insonning, bir martta kitobdan nazarini olib qaragani ularni biroz orqaga qaytishga majbur qilardi. Men esa buning sir-sinoatini tushuna olmasdim. Yoshlari salkam yetmishdan oshgan inson bo`lib, shunaqangi ko`p kitob mutoala qilar ediki. Men ayrim hollarda uni ko`rib siqilib ketardim. Ko`plab maxbuslarning stoli ustida aroq, shisha, qarta yoki pul shunga o`xshash narsalar bo`lardi. Uning stoli ustida esa kitoblar, kitoblar va yana kitoblar. Voyna i mir, Pushkin, Yesenin, Alisher Navoiy, Rudakiy, Layli va Majnun ko`plab asarlarni u erinmasdan mutoala chiqardi. U esa mening ko`zimg qandaydir haloskor bo`lib ko`rinardi. Har shanbi kuni u boshqa mahbuslar kabi tashqariga chiqardi. Uning atrofida ko`plab maxbuslar yig’ilardi. Uning suhbatiga oshiqishardi. Men bilardim, demak u qandaydir bir muhim persona. Nima qilib bo`lsada uning pinjiga kirib olib yashab qolishim, qamoqxonadan bir amallab chiqishib lozim derdim. Kunlardan bir kuni u menga. -Nima sabab qamoqxonada o`tiribsan dedi. “Qotillik qildim”, dedim. –Ana endi rostini ayt dedi. “Men biroz hayratda qoldim. Chunki, shu paytgacha barcha mahbuslar bergan savolga, shunday javob berganimda ular oddiygina qilib ishonishgandi, ammo bu insonni aldash qo`limdan kelmadi”. Unga bor vaziyatni bo`lib o`tgan barcha voqealarni tushuntirib berdim. U esa, “Nima uchun qonuniy o`g’ri bo`lmoqchisan” deya so`radi.
“Ertayu-kech mehnat qilib, och qolish mening jonimga tegdi. Adolatsizlikdan to`yib bo`lganman. Men qonuniy o`g’ri bo`lib to`kin hayotda yashamoqchiman”. –Kim aytdi senga o`g’rilar to`kin hayot bilan yashaydi deb? “Qo`ysangizchi men yosh bola emasman. Mendayin insonlar ertayu-kech mehnat qiladi. Topgan pulimiz o`zimizga yaraydimi-yaraydimi, ertangi kunimizgacha tirik qolamizmi yo`qmi bilmaymiz. Ammo kimlarnidir qaxshatib, o`zi katta bir mashinalarda dang’illama uylarda istiqomat qilayotgan, mafiyozlarni o`g’rilarni ko`rib turibmiz. Nima uchun ular biz kabi halol mehnat qilishmaydiyu, shunday bir uylarda istiqomat qilishlari kerak. Nima uchun ularning iti ertalabdan kechgacha qorni to`qu, bizlar esa ularning iti tanovul qilayotgan narsani ham yeya olamymiz. Qani adolat, shumi haqiqat”. –Yigitcha qonuniy o`g’ri bo`lish sen o`yganday oson narsa emas. Uning talabiga barcha ham javob bera olmaydi. “Menga farqi yo`q. Men o`g’ri bo`laman, o`g’irlayman yashayman”. U bilan suhbatimiz salkam tongacha davom etdi. U imkon qadar meni bu yo`ldan qaytarishga harakat qilardi. Men esa ortga yo`l yo`qligini, men o`z qarorimda qatiyligimni tushuntirib unga qaysarlik qilardim. U so`zining yakunida men ertaga qamoqxonadan ketaman dedi. “Qanaqasiga axir siz bu yerda yana besh-olti yil qamoq muddatini o`tashingiz lozimku dedim”. U esa -Qonuniy hujjatlar meni qiziqtirmaydi, dedi. Aytilganidek, u ertasi kuni narsalarini yig’ishtirib kameradan chiqib ketayotgandi. U bilan xayrlashar chog’imiz u menga qandaydir bir kitobni uzatdi. Umrimda biror marta bitta dona kitobni o`qib tugatmaganman. Ammo uning rayini qaytara olmadim va kitobni olib stolim ustiga uloqtirib yubordim. U bilan xayrlashish uchun butun qamoqxona maxbuslari tashqariga chiqishdi. U esa barcha bilan iliqqina xayrlashdi va “Mendan so`ng qamoqxonani mana shu yigitcha boshqaradi” deya, meni ko`rsatdi. Men esa hayron bo`lib qoldim. Darhol mahbuslar orasida norozilik ohangi kuchaydi. Shunda u jahl bilan, “Qachondan beri meni gapim muhokama qilinadigan bo`lib qoldi, kim menga qarshi bo`lsa bir qadam oldinga chiqsin” dedi. Barcha jim bo`lib qoldi. Sukunat. U esa indamasdan ortiga qaytib ketdi. U qamoqxonani tark etganidan keyin uning atrofida unga sodiq xizmat qilgan insonlar, mening atrofimda to`planishdi. Men suhbat aralash bu kim deya so`radim. Ular esa hayron bo`lib “Nima, Briliyantni tanimaysanmi? Vasiya Briliyantniya”. “Yo`q tanimayman, kim bu”. Uni tanimasligimni izohlab berganimdan so`ng, ulardan biri, “Bu o`g’rilarning qiroli hisoblanadi, o`g’rilarning qiroli bu”. Bilishim bo`yicha o`n yetti, o`n sakkizinchi asrlarda qonuniy o`g’rilar yetarli kuch-qudratga ega bo`lganliklaridan so`ng. O`g’rilar qonunini o`zlaricha buzishga harakat qilishgan. Va holanki boshqa o`g’rilar bunga qarshi chiqishgan. So`ngra ular, o`g’rilar qonunlarini yo`q qilishga kirishib ketishgan. Aynan Vasiya Briliyant yo`qolib ketayotgan o`g’rilar qonunini bitta bir kitobga jamlagan bu, Vasiya Briliyant o`n uch yoshidan qonuniy o`g’ri hisoblangan. Shu paytgacha unga biron marta hech kim qarshi chiqmagan, hattoki uning irodasini sindira ham olishmagan. U o`g’rilarning qonunan yo`qolib ketmasligi uchun ko`plab harakat qildi va ushbu qonunlarni o`zi biron marta buzmadi. Shuning uchun o`g’rilar uni alohida hurmat-ehtirom bilan tilga olishardi. Ketar chog’i u meni o`z o`rniga tayinlab ketgani, meni yana yashab qolishim koifisiyentini oshirdi. Men aniq bilardim. Men qamoqxonadan chiqishim bilanoq, mafiya a’zolari menga nisbatan albatta ov uyushtirishardi. Shundoq ham mening o`limimni poylab yurgan mahbuslar yetarli edi. Men esa kameramga qaytishim bilanoq Vasiya Briliyantning kitobini o`qiy boshladim. Kitobda esa o`g’rilar qonuni deya yozilgandi…
Men kitobni mutolaa qilib bo`lgach nima uchun Vasia meni o`g’rilikdan qayrarishga harakat qilganini tushunib yetdim. O`g’rilikning shart-sharoitlari biz o`ylaganday oson emas ekan. Chunki o`g’ri hayoti davomida biror-marta davlatga ishlamasligi lozim. Biror marta oila qurmasligi lozim, kambag’allarni tunamasdan faqat va faqat boy harom yo`llar orqali boylik to`plagan insonlarni tunashi lozim edi. Bular insondan juda ham o`g’ir mashaqqatni talab qilardi ammo men yashab qolganimga xursand edim. Men asta-sekin kitobdagi qonunlarni qamoqxonada qo`llay boshladim Vainki natija berganday bo`ldi. Men salkam uch oy deganda qamoqxonani butunlay qo`lga oldim. Endi qamoqonaga kelgan har bir maxbus bilan istaganimcha suhbat qilolardim ularni istagan ko`yga sololardim. Ma`lum muddat bu menga zavq ham bera boshladi, ammo qamoq muddatim ham tugab bordi. Men ozodlikka chiqdim. Birinchi qilinadigan vazifa bu mening xavfsizligim edi. Vasia Briliyantning vorisi ekanimdan foydalalanib criminal olamda o`zimga tarafdorlarni yig’a boshladim, o`z o`rnida menga nisbatan ov e`lon qilgan mafianing dushmani menga qo`shilishdan bag’oyat mamnunligini aytdi. Ularning ko`zida men butun SSRdagi qamoqxonalarni boshqara olardim, ozodlikda esa meni kata bir boyligim bordek edi. Ularni aldov yo`li bilan o`zimga og’dirib olganimdan so`ng, men o`zimga nisbatan dushmanlik bilan qarayotgan mafiaga ov e’lon qildim va tez orada ularni qilichdan o`tkazishga muvaffaq bo`ldim. Bundan KGB xabardor bo`ldi va meni yana qamoqxonaga tiqish harakatida bo`ldi. Men esa buni mamnuniyat bilan qabul qildim axir men o`g’riman men o`g’rilarcha yashashim kerak. Rossiyadagi eng daxshatli qamoqxonalardan biriga qora delfinga yuboroshdi. Bu qamoqxona eng ashaddiy daxshatli qamoqxonalardan biri edi. Chunki bu yerdagi maxbuslar umrbod qamoq jazosiga maxkum qilinganlar xalq dushmanlari, nihoyatda o`g’ir jinoyat qilganlar yoki hademay otuvga mahkum qilinadigan jinoyatchilar edi. Har safar qamoqxonaga qonuniy o`g’ri kelsa mahbuslarda umid uyg’onadi, bunt qilishga. Qora delfin mahbuslari ham mendan o`zgacha umid qilishardi chunki Vasia Briliyantning izdoshiman Vasia esa istagan insonini qamoqxondan chiqarib yuborishga qodir bo`lgan o`gri edi. Ammo bu qamoqxonaning ham qorovullari bor edi. Axir har bir maskanning o`z bo`risi o`z qo`yi va o`z cho`poni bo`ladi. Bu yerdagi qonuniy o`g’rilarga mening tashrifim yoqmasdi. Chunki men darhol xatani o`z qo`limga olgandim. Ularga xizmat qiluvchilarning ma’lum soni mening xizmatimga o`tishgandi. Men esa yangi kelgan mahbuslar bilan suhbatimni davom ettiraverardim. Kunlarning biri, shanba, qora delfindagi ikki nafar aftaritet o`zaro qimor o`ynab o`tirishardi. Uning atrofida esa ularning yordamchilari men esa indamay kitob o`qib o`tirardim. Shu payt ular tortishib qolishdi va vaziyat qurol ko`tarishgcha yetib bordi. Va ulardan biri menga - Jaju sen masalani hal qilib berasan, axir sen ham o`g’risanku dedi. Bu aslida menga nisbatan ochilgan fitna edi. Ikkala tomonning ham chiyabo`rilari qo`llarida pichoq bilan menga qarab turishardi. Hozir aytib yuborilgan birgina xato so`zim menga nisbatan shafqatsizlarcha qilinadigan hukmga olib kelardi. Vasia Briliyantning kitobida yozilganidek qaror chiqarishdan oldin vaziyatni yaxshilab o`rganib chiqish tarafdori bo`ldim. Bilishim bo`yicha bu ikkala qimorvoz 10ming AQSH dollaridan qimor o`ynagan ulardan biri mag’lub bo`lgan, ikkinchisi esa g’irromlik yo`li bilan g’olib bo`lgan. Aslida esa bular menga suiqasd qilish uchun ajoyib bir bahona o`ylab topishgandi xolos. Men esa kitobda yozilganidek ish tutdim va ikkalangiz ham o`zingizcha xaqsizlar, ikkalangiz ham 100 AQSH dollaridan bo`lib olasizlar, qolgan pullarni esa sizlarni tarafingizni olib bir-biriga pichoq tiqmoqchi bo`lgan yordamchilaringizga uzatasizlar zero ular sizlar uchun qon to`kishga tayyor turishipti. Ular ham bunday kata puldan umidvor va ularning bunga haqqi bor, ularning ulushini bo`lib bering dedim yoki sizlar bunga qarshimisizlar deb qo`ydim. Bu o`z o`rnida barchani hayratga soldi. Endi ular hech qanday puldan ham, hech qanday suiqasddan ham umid qilmay qo`yishgandi. Chunki ular pulni berishdan bosh tortishganda o`g’rilar qo`llarida o`zlari o`lim topardi. Chunki qora delfinning ham yagona o`g’risi kimligi aniq bo`ldi. Ular noilojlikdan pullarni ularga bo`lib berishdi. Ertasi kuniyoq ularga xizmat qilayotgan o`g’rilar, mahbuslar mening atrofimda to`plana boshlashdi. Ko`p o`tmasdan ularning ta’sir kuchi ham yo`qolib ketdi va men ularni osonlikcha yo`q qilib yubordim . Hayron bo`lishingiz mumkin qanday qilib mahbuslarda shunday kata pul bo`lishi mumkin deb, aslida ozodlikda yurayotgan xabarlar shiddat bilan bir qamoqxonadan ikkinchi qamoqxonaga yetib boradi. Qanday qilib xabarlar telividiniya internettanda shiddat bilan tarqaladi bu narsa hozirgacha sir bo`lib qoladi. Ammo har bir qamoqxonaning o`g’risi boshqa qamoqxonadagi o`g’riga nisbatan maktubnoma yuboradi. Albatta ular tomonidan yozilgan har bir telegram pochtasi, ma’muriyat tomonidan juda qattiq kuzatiladi va rashifrovka qilinadi. Buni barcha juda ham yaxshi biladi, shuning uchun ularning o`zaro xat almashinuvi gazeta orqali bo`lardi. Gazetaning qaysidir sahifasida qaysidir qatorning qaysidir harflarini terib chiqilganda to`rt dona so`z kelib chiqadi. Bu og’rilarning o`zaro maktub almashinuvi edi. Ko`rinib turibdiki qonuniy og’rilarga redaktsiyada ishlovchilar bor degani edi. Ma’muriyat professorlarni olib kelib bo`lsada bu xatlarni, gazetalarni rashifrovka qilishga harakat qiliadi ammo barchasi samarasiz, chunki qaysi sahifa qaysi qatorda ekanligi oldindan hech kim bilmaydi. Faqat o`g’rilarga ayon
O`g’rilar o`zaro suhbat qurishar ekan ular hech qachon bir biriga –tushunmadim, qaysi ma’noda nima demoqchisiz degan so`zlarni aytmaydi. Chunki o`g’ri bir-birini uch yoki to`rt dona so`zdan tushunib olishi lozim. Aks holda u munosib o`g’ri bo`lmaydi….. Bora-bora men ozodlikni qumsay boshladim , chunki qamoqxona to`rt dona kamera yerdagi jahannam edi. Chunki bu yerda samolyot uchmaydi poyezd yurmaydi qushlar ham kelmaydi. Har safar gazetalarni ochib o`qir ekanman, atrof olamda bo`layotgan o`zgarishlar baxtli insonlarning rasmlari go`daklarning rasmlarini ko`rib ich-etimni tirnardim. Mem ozodlik xoxlardim. Men nima uchun Vasia meni o`g’ri bo`lishdan qaytarayotganini tushunib yetgandim. Shundoq ham ko`plab insonlarning qoni qo`llarimda to`kilgandi. Ammo ortga yo`l-yo`q men o`g’ri bo`1ishdan bosh tortgan kunimoq boshqa o`g’rining qo`lida o`lim topaman. Men o`g’rilikdan bosh torta olmas ekanman hech bo`lmasa qonuniy o`g’ri bo`lish ilinjidagi yoshlarni bundan qaytaraman deya o`zimga ahd qildim va har bir qamoqxonaga kelgan yosh yigitlar bilan suhbat qura boshladim. Kunlarning birida yordamchilarim keldi va bugungi maxbus Atlet dedi. Zonaning o`ziga yarasha so`zlari bor Atlet bu sport bilan shug’ullanuvchi inson, kitob bu ilmli inson edi. O`g’rilar orasida turli xil mansablari bor Aue, Tuz. Juk, Mon, Ran va boshqalar. Ularning o`ziga yarasha atalishi bor. Men Atletning yoniga bordim. U juda ham baqquvat va navqiron yigit edi. U bilan suhbat qurdim va kimsan? deya savol berdim
-Qonuniy o`g’riman
Qaysi qamoqxonalarda bo`lgansan?
-Oqqush, Chirchiq qamoqxonasi mana qora delfinga ham keldim.
Qiziq.. qani menga aytchi, qaysi o`g’rilar bilan suhbatda bo`lgansan?
-Vasia Briliyant bilan
Uning yolg’on gapirayotgani shundoqqina ma’lum edi. Men biroz asabiylashdim va u hech qanday o`g’ri emas unga chelak hamda latta bering! Butun qamoqxonani artib chiqsin. Men sekin o`rnimdan turdim. Odamlarim unga chelak hamda latta berganda u ularga tashlanib ketdi. Uning zabardast muskullari besh dona yigitlarimni yiqitishga yetdi. Ammo ular ko`pchilikni tashkil qilgani bois darhol uni oyog’osti qilib do`pposlay boshladi. Men esa to`xtanglar dedim va uning oldiga yaqinlashdim. “Menga qara yigitcha qamoqxona bu senga ozodlik emas bu yerda Xataga mushtlashuv kira olmaysan. Maqsading nima o`zi”
-Men, men o`g’ri bolmoqchiman. “Nima uchun?” -Adolatsizlikda umr kechirish mening jonimga tegdi. Nima uchun bizdayin insonlar kuyib-pishib mehnat qilishimiz lozimu. Qandaydir bir gazandalar to`kin hayotda yashashlari kerak. Qani adolat…
Bu yigitchada men o`zimni ko`rdim. Salkam 10 yil oldin men xuddi shu gaplarni Vasia Briliyantga aytgan edim. Menga qara yigitcha qamoqxona bu yerdagi jahannam. Bu yer, sen o`ylaganday maskan emas. To`g’ri yo`lga qayt kasb o`rgan o`qi, intil. Aslo.. aslo bu yo`lga kira ko`ra ko`rma. “Nima uchun men sizdayin o`g’ri bo`lmoqchiman”. Mendayin!? “Ha Siz haqingizda, ko`plab qamoqxonalarda gapirishadi, aytishadi. Siz kelgan qamoqxonalarda tartib o`rnatiladi. Ozodlikda esa katta bir qudratga egasiz. Aqlga sig’mas darajada pulingiz bor, mol-mulkingiz bor. Ozodlikda ham, qamoqxonada ham sizning buyrug’ingizga bo`ysunishadi. Nima uchun men shunday hayotga loyiq emasmanmi!?” “Nima uchun men shunday hayotga loyiq emasmanmi. Nima uchun sizdayin insonlar mazza qilib yashashingiz keraku. Mendayin sofdil, mehnatkash insonlar hayotning achchiq-chuchugini tatib ko`rishimiz lozim. Nima uchun bolg’a aynan bizning boshimizga tushishi kerak”!?
Yigitdagi alam-ila aytilayotgn so`zlar mening yuragimni tirnadi. Chunki bu yigitda men o`zimni ko`rardim. Menga qara yigitcha. Sen o`ylayotgan narsalar osonlik bilan erishilgan emas. “Men ham shunday qiyinchiliklarni bosib o`ta olaman”. Yo`q, yo`q adaashma. Sen ko`rayotgan kata-katta binolar, katta-katta uy hashamatlar, pullar. Barchasi mazlum xalqning azob-uqubatlari evaziga kelgan. Sen o`ylaysanki o`g’rini ko`chada, sen o`ylaysanki o`g’rini ozodlikda hurmat qilishadimi sendan qo`rqishadi. Ortingdan qoldi deguncha seni tafqi-lanatlar-qarg’ishlar bilan kutib olishadi. “O`n yil qulday ishlagandan ko`ra bir kun ozod bo`lib kayf-safo qilib yashagan afzal”. Menga qara yigitcha sen ko`rayotgan boyliklarning barchasi qoradori, qorasavdo orqali kelgan boyliklardir. Bu boyliklarning zamirida qanchadan-qancha yosh-yosh olilalar barbod bo`layapti. Buning gunohi, buning javobi juda ham og’ir sen buni tasavvur qilayapsanmi. Bu hayotda kimningdir ko`zlarini ochish uchun. Kimdir iblis rolini o`ynashi lozim. Aqlingni yig’ yigitcha. Yigitcha, xuddi men o`n yil oldin qaysarlik qilganimdek javob qaytarardi. Men esa Vasia Briliyantdek sabr-toqatga ega emas edim va o`rnimdan turdim. U apelsind dedim. Darhol yigitlarimdn biri menga apelsin uzatdi. Men uni oldim va Qani topchi yigitcha apelsinni qayeringa tiqaman. Uning ko`zlaridan yosh oqdi. Uning irodasini batamom sindirib bo`lgan edim. Vaholanki bu uning foydasi uchun edi xolos. Unga chelak hamda latta bering. Agar qamoqxonani bir oy davomida artishdan bosh tortsa o`ligini menga ko`rsatmang dedim va ortimga qayrilib ketdim. Umrim davomida ko`plab qamoqxonalarni kezib chiqdim. SSSRda o`zimga yarasha massaga ega bo`ldim. Ammo 91-yillarga kelib SSSR parchalanib ketdi. Barcha davlatlar alohida Respublikaga aylanishdi. Mening vatanim O`zbekistonda esa, criminal olamga nisbatan katta ov uyushtirildi. To`rt yil ichida sakson foiz mafia a’zolari o`g’rilari yer yuzidan tekislab tashlandi. Qolgan yigirma fozi, boshqa bir davlatlarga qochib chiqishga ulgurishdi va umrlari sarson sarardonlikda o`tayotgandi. Aynan o`sha davrlardda mening ozodlikka chiqishim ma`lum bo`lib qoldi. Men esa o`z vatanimga qaytishdan hadiksirab turgandim. Shunday bo`lishiga qaramasdan men vatanimga qaytdim. Endi har bir o`gri o`z vatanida alohida massaga ega bo`lib qoldi. Bu orada Rossiyada, Yaponchik ismli o`g’ri paydo bo`ldi. U Vasia Briliyantning rasmiy izdoshi deya tan olingandi. Uni ko`plab joylarda hurmat qilishardi, qo`rqishardi. Aynan bu inson to`qson birinchi yil, Chechen urushini to`xtatishga muvaffaq bo`lgandi. Bu esa uni hukumat orasida ham, criminal olam orasida ham katta obro`-mavqega ega bo`lishiga olib kelgandi. Har uch yil deganda o`g’rilar orasida qurultoy bo`lib o`tadi. Aynan ushbu qurultoyda Yaponchik men Chirchiq qamoqxonasini zabt etaman dedi. U O`zbekistonga tashrif buyurdi, ammo noma’lum sabablarga ko`ra Rossiyaga qochib ketishga majbur bo`ldi. Ko`p o`tmasdan u Rossiyada yollanma qotil tomonidan yo`q qilindi. Undan so`ng Chirchiqqa yo`lni, Dedxasan oldi. U o`z o`rnida Oqqush qamoqxonasidan ham, Qoradelfin qamoqxonasidan ham katta obro-e’tibor, avtoritet bilan chiqqan inson edi. Ammo u o`zini maqsadini e`lon qilganidan ko`p o`tar o`tmas aniqrog’i uch oydan so`ng, Yollanma qotil tomonidan o`ldirildi. Mana Chirchiq barpo bo`lganiga salkam sakson yil bo`libdiki o`zining bo`ysunmasligi bilan o`g’rilar orasida alohida muammo bo`lib turibdi. Ko`p o`tmasdan Shakro-maladoy ismli o`g’ri Chirchiqqa yo`l olajagini aytgandi. Ammo u o`z maqsadini e`lon qilganidan ikki oy o`tar-o`tmas, Rossiyaning “Ibita otryadi” hisoblangan Amon tomonidan “shturm” qilindi. Darhol uning irodasi sindirildi va o`g’rilar qatoridan olib tashlandi. Endilikda Chirchiq qamoqxonasini hech kim qo`lga olishga jazm ham qilmay qo`ygandi. Ayni o`sha davrlarda men Chirchiqda bekinib istiqomat qilayotgandim. Nima uchun criminal olam orasida Chirchiq alohida mavqega bo`lib turibdi. Hozir qisqacha aytib o`taman. Ko`rinishidan oddiy va kichkina ko`ringan bu shaharchada ikkita qurolli kuchlar bazasi, harbiy Aviatsiya bazasi, harbiy qiruvchi samalyotlar bazasi, kattagina kimyoviy zavod. Maxsus qurol ishlab chiqaruvchi labaratoriya. Maxsus otryadlarga tayyorlovchi kichik, maxviy maktablar. U maktablarda esa yosh-yosh bolalarni tayyorlashardi. O`z o`rnida bu yerdagi zona ham alohida qat’iyatli va daxshatli edi. Chunki, Chirchiq qamoqxonasiga tushgan o`g’rilarning birortasi irodasi bilan qamoqxonadan chiqib keta olgan emas. Bu yerda ko`plab o`g’rilarning irodasini sindirishardi, ularni turli xil qiynoqlarga solishardi, qog’ozga esa o`g’ri emasman deb qo`l qo`ydirib olishardi. So`ng ozodlikka chiqarib yuborishardi. O`g’ri lavozimiga dog’ tushirgan o`g’ri esa boshqalarning qo`lida o`lim topishi aniq edi. O`z o`rnida Chirchiq Toshkent, Qo`qon, Farg’ona Andijon kabi shaharlarni harbiy jihatdan himoya qilib turardi. Geografik jihatdan chegarada joylashgan bu kichik bir shaharcha, shunaqangi bir qudratga ega ediki, Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston hamda Asfg’onistonni O`zbekiston bilan yaxshi muomalada qilishga majbur qilardi. Ikki minginchi yillar orasida Amerika, Buyuk Britaniya, Rossiya ham o`z harbiy bazasini aynan Chirchiqqa qurmoqchi bo`lgandi. Ammo turli xil sabablarga ko`ra ularning bu maqsadi amalaga oshmagandi. Albatta bu kuchli boshqarudan edi. Mening qamoqxonadan chiqib O`zbekistonga kelganim haqidagi xabar tarqalgandan so`ng, bu yerda menga nisbatan katta qidiruv e`lon qilindi, ko`p o`tmasdan meni ushlashga muvaffaq bo`lishdi. Qo`lga tushganimdan so`ng, meni Chirchiq qamoqxonasiga maxbus sifatida yuborishdi. Qamoq muddati esa olti oy edi xolos. Ammo olti oydan so`ng bu yerdan chiqmasligim, barchaga ayon edi. Men esa bunday xoru-zorlikda o`lib ketishni istamasdim. Agar men Chirichiq qamoqxonasidan tirik chiqa olsam, irodam sinmasa, men butun o`g’rilarning qiroli hisoblanardim. Chunki amaldagi tirik o`g’ri Vasiya Briliyant allaqachon vafon etgandi… Men qamoqxonaga tashrif buyurar ekanman, bu yerdagi maxbuslar menga dohiy sifatida qaray boshlashdi. Ular mendan katta bir bunt kutishayotgandi. Bu orada mening qamoqxonaga tushganim haqidagi xabar, butun criminal olamga tarqalgandan so`ng, ular olti oyni indamay sabrsizlik bilan kuta boshlashdi. Aslida men bunt uyushtirish bo`yicha ancha-muncha mashhur criminal kalibrlardan biri edim. Chunki men uyushtirgan bunt qamoqxonadan qochish emas. Aksincha, Qamoqxona mudirlarini o`ldirish yoki maxbuslarning o`z jonlariga qasd qilishi bilan boshlanar edi. Bu o`z o`rnida qamoqxona rahbariyatini juda ham sarosimaga solardi, bunday dahshatli ayanchli voqea ro`y bergandan so`ng rahbariyat albatta almashinardi. Bu yerda meni o`ta jiddiy nazoratga olishdi. Kim men bilan hamsuhbat bo`lsa ikki-uch kundan so`ng, turli xil sabablarga ko`ra yo`q qilindi. Endilikda mening oldimga maxbuslar kelishga ham qo`rqib qolishgandi. Har bir qadamim, har bir harakatim jiddiy nazorat ostida edi. Men bu yerdan criminal olamga hech qanday xabar ham jo`nata olmadim, ulardan xabar ham ola olmadim. Ammo o`ziga yarasha hiyla o`ylab qo`ygandim. Kunlarning birida men mudirlarga qamoqxona rahbari bilan ushrashmoqchi ekanligimni aytdim. Ko`p o`tmasdan meni uning oldiga olib borishdi. Men u bilan suhbat qurar ekanman, u ko`plab o`g’rilar bilan hamsuhbat bo`lganini tushunib yetdim. Chunki uning ham gaplari o`g’rilarnikiga xos, o`z markaziga aniq urib borar edi. “Men sizga ajoyib bir ish taklif qilmoqchiman”. –Xo`sh eshitaman sizni. “Meni bu qamoqxonadan chiqarib yuborasiz evaziga men sizga katta pul beraman”. –Kechirasiz janob o`g’ri, men siz haqingizda ko`p eshitganman. Sizni bu yerdan chiqarmasligim uchun, men katta ganarar olaman. “Maxbuslik davrim olti oy, men uch oyni o`tab bo`ldim. Sizlar menga hech qanday ziyon qila olmaysizlar. Chunki bunt uyushtirish xavfi borligini juda yaxshi bilasiz. Men maxbuslar bilan aloqamni uzib qo`yishingizni bilganim bilanoq, birinchi kuniyoq bu bunt haqida barchani ogohlantrib qo`yganman. O`zingiz o`ylab ko`ring agar Chirchiq qamoqxonasida “bunt uyushtirilsa” bu sizning reputatsiyangizga juda ham zarar yetkazadi, rahbariyat almashishi aniq. Shunday emasmi?” -Xo`sh qanday ishni taklif qilmoqchisiz. “Men bilaman, meni bu yerdan chiqarmasligingiz uchun sizga uch yuz ming AQSH dollarini taklif qilishgan. Men sizga besh yuz ming AQSH dollarini beraman. Six ham, kabob ham kuymaydi. Siz meni qiynoqlar ostida o`ldi deya-barchaga xabar berasiz. Jasadni esa qandaydir bir insonni olib ko`mib tashlab yuborasiz. Hech kim jasadni titkilab o`tirmaydi. Har holda maxbuzmiz. Ma`lum muddatdan so’ng esa meni qo`yib yuborasiz. Meni o`ldi degan xabar tarqalgandan so`ng, siz albatta ganararni ham olasiz, meni qo`yib yuborganingizdan so`ng esa besh yuz ming AQSH dollarini ham olasiz”. U biroz o`ylanib qoldi. –Qamoqxonadan chiqqaningizdan so`ng nima qilmoqchisiz. Men bu hiylakor savolni tushunib yetdim. Agar men o`g’rilikni davom ettiraman desam, u Chirchiq qamoqxonasidan ozod chiqqanimni, irodam sinmasligini e`lon qilishimni juda ham yaxshi biladi va bunga ko`nmasdi. “O`g’ri bo`lish jonimga tegdi, men oddiy insonlarcha hayot kechirmoqchiman, yangi passport, yangi inson, yangi hayot. -Shuncha mol- davlatinigizchi. “Ular endi meni qiziqtirmaydi. Yoshim ham bir joyga yetib qoldi. Qancha yashaymiz hech kim bilmaydi”. U biroz o`ylanib qoldi va taklifni o`ylab ko`rishini aytdi. Meni hurmat-ehtirom bilan kameramgacha olib kelib qo`yishdi. Uch kundan so`ng, u taklifga roziligini aytdi. Oradan bir oy o`tar-o`tmas, meni o`ldi degan xabar tarqaldi. Butun criminal olam buni taxmin qilganidek hech qanday reaksiya bildirmadi. Gazeta va jurnallarda esa Sobiq ittifoqning barcha criminal olamini boshqargan avtoritet mana bugun o`lim topdi degan xabar tarqaldi. Men haqimda tarqalgan xabar tez orada bosti- bosti bo`lib ketdi. Tunning qoq yarmida mening oldimga qamoqxona mudiri keldi va kamera eshiklarini ochdi. Meni qayergadir olib chiqishdi. Tashqarida esa rahbarning mashinasi kutib turardi. Men mashinaga o`tirdim. Rahbar va uning tansoqchilari bilan biz shahar tashqarisiga chiqdik. Aytilgan manzilga borayotgan chog’imizdayoq men o`z xizmatchilarimga xabar berib, besh yuz ming AQSH dollarini aytilgan manzilga olib kelishlarini buyurdim. Yarim soat ichida mashina ham keldi. Qamoqxona rahbarining soqchilari darhol mashinani ko`zdan kechira boshlashdi, kapot, bagaj, mashinaning tagi barchasini ko`zdan kechirishdi ba hecha qanday xavf yo`qligiga ishonch hosil qilishganidan so`ng, bizlar mashinadan tushdik. Unga keysdagi pullarni uzatdim. U bilan esa iliqqina xayrlashdim va u bilan do`st bo`lib qoldik. Xayrlashish chog’imiz esa u tabassum bilan –Siz bilan tanishganimdan xursandman. Mening ishonchim komilki, biz siz bilan boshqa ko`rishmaymiz. “Ha albatta men ham siz bilan ortiq ko`rishishni istamayman. Axir bu yerdan chiqish menga oz-muncha mashaqqat keltirgani yo`q”… Meni kutib turayotgan mashina tomon sekin qadam bosib ketar ekanman, tanamda qandayir o`g’riqni his qildim… Xuddi tig’ mening tanamni teshib o`tganday bo`ldi. Ko`z oldimda esa meni kutib turgan mashina portlab alanga orasida qoldi. Men sekin yerga yiqildim ha yaramas meni chuv tushurdi. Sizni boshqa ko`rmaslikka ishonchim komil qoyil, qoyil… yurak pulslarim sekin urub borar ekan. Ko`z oldimga birinchi kelgan manzara bu onam hamda mening ukam edi. Afsus mening o`lganim haqidagi xabardan so`ng ularni ham yo`q qilishadi. Onam yoshligimdan beri ishonardi, meni kelajakda katta inson bo`lishimga, ukamni o`qitishimga o`z oilamga g’amxo`rlik qilishimga. Afsuski men o`g’rilik yo`liga kirganimdan so`ng, ularga bir bora yaxshilik qila olmadim. Bizku o`limdan qo`rqmaymiz, ammo bu o`limga tayyormiz degani emas. Inson o`limi aniqligini bilganidan so`ng ko`ziga oilasi ko`rinar ekan. O`ldi degan xabar tarqalsa biz uchun birinchi kuyadigan inson bu ota-onamiz. Ming afsus, o`grilik faoliyatimda biror marta ham davlatga ishlay olmadim, biror marta hasharlarda ham qatnashmadim, xalqimning yaxshi va yomon kunlarida ham birga bo`la olmadim, va holangki buni chin yurakdan istardim. Men umrim davomida o`g’ri bo`lganim uchun, bir umr o`zimni la’natlab o`tgandim. Bir tarafdan hozir o`lganim ham yaxshi bo`ldi. Men bunday o`g’ir yukdan qutuldim. Ammo u dunyoda meni qanday qarshi olishadi men bilmayman. Har holda minglab insonlarning barbod bo`lgan hayoti mening yelkamda turibdi. Qaniydi men yana bir bora vaqtni ortga qaytara olganimda edi. O`sha tinch, halol hayotimda yashagan bo`lardim. Balkim bu qadar o`lim topmasdim… Har holda har bir inson hurmat va ehtirom ila dafn qilinishni istaydi. Meni esa hali biror bir chuqurga ham ko`mishsa kata gap. Dafn marosimini chiyabo`rilardan boshqa hech kim o`tkazmaydi. Afsus, ming afsus.