Buqalamun
167
G‘oz esa bo‘ynini cho‘zib va turgan joyida yer
tepinib, allanarsa to‘g‘risida tez va qizg‘in ga-
pirardi. Aftidan g‘oz juda aqlli ko‘rinardi; har
gal uzundan-uzoq gapirgandan keyin, hay-
ron bo‘lib, orqasiga tislanar va o‘z so‘zidan
zavqla
nayotganday ko‘rinardi... Kashtanka
uning gapiga quloq soldi, «Rrr...» deb
javob
qaytardi-da, burchaklarni iskay boshladi. Bir
burchakda kichkina tog‘ora turar, unda no‘xat
va non ivitib qo‘yilgan edi. Kashtanka no‘xatdan
yeb ko‘rdi – bemaza ekan, nondan yeb ko‘rdi –
durust ekan, indamay yeyaverdi. G‘oz begona
bir it ovqatni yeb qo‘yayotgani uchun xafa ham
bo‘lmadi, aksincha, boyagidan ham qizg‘inroq
gapirdi va o‘zining ishonchini ko‘rsatish uchun
tog‘ora
yoniga keldi-da, no‘xatdan bir necha
donasini terib yedi.
4
G‘ALVIRDAGI MO‘JIZA
Birozdan keyin notanish kishi yana kirdi.
Uning qo‘lida darvoza va «П» shakliga o‘xsha-
gan g‘alati bir narsa bor edi. Yog‘ochdan qo‘pol
qilib ishlangan «П» shaklining tepasiga qo‘ng‘i
roq osilgan va to‘pponcha bog‘lab qo‘yilgan edi.
Qo‘ng‘iroqning tili va to‘pponchaning tepasi-
ga kanop bog‘langan edi. Notanish kishi «П»ni
uyning o‘rtasiga qo‘ydi, anchagacha allanarsa-
larni yechdi, boyladi keyin g‘ozga qaradi-da:
– Qani, Ivan Ivanich, marhamat! – deb qo‘ydi.
G‘oz «П» ning yoniga keldi va allanarsani kut-
gan vaziyatda to‘xtadi.
Anton Chexov
168
– Qani, – dedi notanish kishi, – boshlaymiz.
– Avval bir salom qilib qo‘y! Tez bo‘l!
Ivan Ivanich bo‘ynini cho‘zdi,
har tarafga qa-
rab bosh chayqadi va panjasi bilan yer tepinib
qo‘ydi.
– Yasha, balli... Qani endi, o‘l! – G‘oz oyog‘ini
osmonga ko‘tarib chalqancha tushib yotdi. Ana
shunaqa bir necha ahamiyatsiz qiliqlardan ke-
yin notanish kishi birdan boshini changalladi
va yuzida qo‘rquv aks ettirib qichqirdi:
– Qorovul! O‘t ketdi! Yonib ketdik!
Ivan Ivanich «П»ning yoniga yugurib bordi,
kanopni tishlab tortdi-da, qo‘ng‘iroqni chalib
yubordi.
Notanish kishi juda mamnun bo‘ldi. U
g‘ozning bo‘ynini siladi-da:
–
Barakalla, Ivan Ivanich! – deb qo‘ydi. –
Endi, o‘zingni zargar deb faraz qil, oltin va ol-
moslar bilan savdo qilasan. Do‘koningga kel-
sangki, o‘g‘rilar yuripti. Shunaqa bo‘lsa nima
qilarding?
G‘oz ikkinchi kanopni tishlab tortdi, to‘ppon-
cha paqillab otildi. Qo‘ng‘iroqning jaranglashi
Kashtankaga juda yoqdi, to‘pponchaning
paqillab otilishi uni shu qadar zavqlantirib
yubordiki, «П»ning
atrofida yugurib, vovulladi.
– Tyotka, joyingga bor! – deb qichqirdi nota-
nish kishi. – Tek tur!
Ivan Ivanichning ishi to‘pponcha otish bilan
tugamadi. Notanish kishi xipchinini shipilla-
tib uni bir soatcha o‘z atrofida aylantirdi, g‘ozni
g‘ovdan sakrashga,
chambarak ichidan sakrab
o‘tishga, dumini yerga tirab, panjalarini qimir-