Abdulla Qahhor
tarjimasi
GRISHA
Grisha, bundan ikki yil-u sakkiz oy ilgari dun-
yoga kelgan do‘ndiqqina bola, enagasi bilan sayr
qilib yuradi. Egnida paxtalik to‘n, bo‘ynida sharf,
boshida cho‘qqisiga kattakon paxmoq tugma
tikilgan qalpoq, oyog‘ida esa issiq kalish. U, isib
ketganidan nafasi siqilib, terlab pishadi, buning
ustiga aprel quyoshi ko‘zlarini qamashtiradi.
Uning qo‘pol, cho‘chibroq bitta-bitta qadam
tashlab boruvchi gavdasida hayrat alomati zo-
hir edi.
Shu mahalgacha Grisha faqat to‘rt burchakli
olamni bilar edi; bir burchakda o‘zining karavo-
ti, ikkinchi burchakda – enagasining sandig‘i,
uchinchi burchakda – stul bo‘lib, to‘rtinchisida
shamchiroq yonib turardi. Karavot tagiga en-
gashib qarasa, bir qo‘li sindirilgan qo‘g‘irchoq
bilan do‘mbirani ko‘rardi, enagasi sandig‘ining
orqasidagi narsalarning sanog‘i yo‘q: g‘altaklar,
qog‘oz parchalari, qopqog‘i yo‘q qutichalar, siniq
masxaravoz qo‘g‘irchoq va boshqalar yotadi. Bu
olamda Grisha bilan enagadan boshqa ko‘pin-
cha onasi va mushugi ham bo‘lib turadi. Onasi
qo‘g‘irchoqqa o‘xshaydi, mushuk esa dadasi-
ning po‘stiniga o‘xshaydi, ammo po‘stinning
Buqalamun
127
ko‘zi bilan dumi yo‘q. Go‘daklar bo‘lmasi deb
atalgan olamning eshigidan kattakon bo‘shliqqa
chiqiladi, u yerda ovqat yeyiladi, choy ichila-
di. Bu yerda Grishaning baland stuli turadi,
devorda esa soat osig‘liq bo‘ladi, bu soatning
kapgirchasini silkitish va jom chalishdan bosh-
qa ishi yo‘q. Ovqatxonadan qizil kursilar tizilib
turgan bo‘lmaga o‘tish mumkin. Yerga solingan
gilamning o‘rtasida kattakon dog‘ bor, bu dog‘
uchun hamon Grishaga barmoq o‘qtalishadi.
Undan keyin yana bir bo‘lma bor, u yerga hech
kim kiritilmaydi. U yerda faqat dadasi turadi,
u nihoyat darajada sirli shaxs ko‘rinadi. Enaga
bilan onasi ma’lum: ular Grishani kiyintirisha-
di, unga ovqat yegizishadi, karavotga yotqizib
uxlatishadi, ammo dadasining nimaga kerak
ekanligi – noma’lum! Yana bir sirli shaxs bor
bu dunyoda: u – Grishaga do‘mbira olib bergan
xolasi. U goh paydo bo‘ladi, goh g‘oyib bo‘ladi.
Qayoqqa g‘oyib bo‘lar ekan u? Grisha ko‘pincha
karavot tagini qaraydi, sandiqning orqasini, di-
vanning tagini qidiradi – yo‘q...
Bu yangi, ko‘zni qamashtiruvchi quyoshli
olamda esa dadalar, onalar, xolalar shu qadar
ko‘pki, qaysi birining oldiga chopib borishingni
bilmaysan. Ammo hammadan qizig‘i va g‘ala-
tisi – otlar. Grisha yurib borayotgan otlarning
oyoqlariga tikiladi, ammo hech narsa tushu-
nolmaydi. O‘zini ajablantirgan narsani tushun-
tirib berish uchun enagasiga qaraydi, ammo
enaga indamaydi.
Birdan unga dahshatli gursillash tovushi
eshitiladi... Qo‘ltiqlariga hammom supurgilari
Anton Chexov
128
qistirgan, yuzlari qip-qizil bir to‘da askar bul-
vardan to‘g‘ri uning ustiga bostirib kelmoqda
edi. Grishani dahshat bosib, badani jimirlashib
ketadi. Qo‘rqinchli emasmi, deb enagasiga qa-
raydi. Enagasi yig‘lamaydi ham, joyida turadi,
demak, xavf yo‘q. Grisha askarlarni ko‘zi bilan
kuzatadi va o‘zi ham ularning qadamiga mos-
lab qadam tashlaydi.
Ikkita uzun tumshuq katta mushuk tili-
ni osiltirib, dumlarini xoda qilib, bulvardan
chopishib o‘tdi. Grisha men ham chopsam
bo‘lar ekan deb, mushuklar ketidan yuguradi.
– To‘xta! – deb qichqiradi enaga uning
yelkasidan siqib ushlab. – Qayoqqa chopasan?
Kim aytdi senga sho‘xlik qilsin deb!
Bir joyda qandaydir enaga tog‘orada apelsin
olib o‘tirardi. Grisha uning yonidan o‘tib bora-
turib, indamasdan bir apelsin oladi.
– Nega bunday qilasan? – deb qichqiradi ena-
ga va Grishaning qo‘liga bir urib, apelsinni tor-
tib oladi. – Tentak!
Endi Grisha, oyog‘i tagida shamchiroqday
yaltirab yotgan siniq shishani olgisi keladi,
ammo yana qo‘limga uradi deb qo‘rqadi.
Grisha xuddi qulog‘ining ustida bir kimsaning:
– Salom! – degan yo‘g‘on ovozini eshitadi va
tugmalari yaltiroq novcha kishini ko‘radi.
U kishining enagaga qo‘l berishidan va to‘xtab
gapirishidan Grisha nihoyatda xursand bo‘ldi.
Quyoshning nuri, izvoshlarning taraqa-turuqi,
otlarning chopishi, yaltiroq tugmalar – bular-
Buqalamun
129
ning barisi shu qadar yangi va hech qo‘rqinchli
emas ediki, Grisha xaxolab kuladi.
– Yur! Yur! – deb qichqiradi u, yaltiroq tug-
mali kishining etagidan tortib.
– Qayoqqa yuramiz? – deb so‘raydi kishi.
– Yur! – deb undadi Grisha.
Uning onamni ham, dadamni ham, mushukni
ham birga olib kelsak yomon bo‘lmasdi degisi
keldi, biroq tilidan butunlay boshqa narsalar
chiqadi.
Birpasdan keyin enaga bulvardan burilib,
Grishani qor bosib yotgan katta qo‘raga yetak-
lab kiradi. Yaltiroq tugmali kishi ham ular bilan
birga. Qor uyumlarini va ko‘lmaklarni aylanib
o‘tishadi, keyin iflos va qorong‘i pillapoyadan
chiqib, uyga kirishadi. Uyni tutun bosgan, pi-
yozdog‘ hidi keladi, qandaydir bir xotin pechka
yonida turib kotlet pishirmoqda. Oshpaz bilan
enaga o‘pishib ko‘rishadi, birga kelgan kishi bi-
lan o‘rindiqqa o‘tirib sekin-sekin gapiradi. Bur-
kab o‘ralgan Grisha isib ketib, nafasi bo‘g‘iladi.
«Bu nimadan ekan?» deb o‘ylaydi va atrofga
ko‘z tashlaydi.
Tepada is bosgan qora shiftni, yerda kat-
takon otashkurakni, o‘chog‘i katta pechkani
ko‘radi...
– A-ya! – deb qichqirdi u cho‘zib.
– Ha, bo‘ldi! Bo‘ldi! – deydi enaga. – Birpas
tursang hech narsa bo‘lmas!
Oshpaz stolga bir shisha, ikki ryumka va
somsa keltirib qo‘yadi. Ikkala xotin va yaltiroq
tugmali kishi ryumkalarni urishtirib, bir necha
Anton Chexov
130
marta ichishdi. Haligi kishi bo‘lsa goh enagani,
goh oshpazni quchoqlaydi. Keyin uchovlashib
sekin qo‘shiq aytishadi.
Grisha somsaga qo‘lini cho‘zadi, unga bitta
somsa berishadi. U, somsani chaynab, enaga-
ning ichishiga qarab turadi... Uning ham ichgi-
si keladi.
– Menga ham ber! Enaga, ber! – deydi.
Oshpaz o‘z ryumkasidan unga bir qultum
ichkizadi. Grishaning ko‘zlari olayib ketadi,
yo‘taladi, qo‘llarini silkitadi, oshpaz bo‘lsa unga
qarab kuladi.
Uyga qaytishgandan keyin Grisha qayerlarga
borganini, nimalarni ko‘rganini onasiga, devor-
larga, karavotiga gapirib berdi. Butun gapni u
so‘z bilan emas, ko‘pincha qo‘llari va yuzi bi-
lan aytdi. Quyoshning yaltiraganini, otlarning
chopishini, bahaybat pechkani, oshpazning
ichishini ko‘rsatdi...
Kechqurun u hech uxlay olmadi. Supur-
gi ko‘targan askarlar, katta mushuklar, otlar,
siniq shisha, apelsin solingan tog‘ora, yalti-
roq tugmalar bir yerga yig‘ilib, uning boshini
aylantiradi, u yoqdan-bu yoqqa ag‘anaydi, vijir-
laydi va, nihoyat, hayajonlanishni ko‘tarolmay,
yig‘lab yuboradi.
– Bolamning issig‘i bor, – deydi onasi, uning
peshonasini ushlab ko‘rib. – Nimadan issiq
chiqdi ekan-a?
– Pechka! – deb yig‘laydi Grisha. – Ket bu
yerdan, pechka!
Buqalamun
131
– Bo‘kib qolgandir... – deb taxmin qiladi ona-
si. Yaqinda o‘zi ko‘rgan yangi olam taassurot-
lari bilan to‘lib toshgan Grisha onasi qo‘lidan
bir qoshiq dori ichadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |