Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Odil Rahimiy
tarjimasi
OYNI ETAK BILAN YOPIB BO‘LMAYDI
Petr Pavlovich Posudin kirakash izvoshga 
tushib, hech kim bilmasin uchun allaqanday 
pastqam yo‘llardan yurib, N. degan shaharga 
shoshilmoqda. U yaqinda o‘sha shahardan 
imzosiz bir xat olgan, uning shoshilganining 
sababi ham xatda aytilgan gaplarni tezroq tek-
shirib chiqish edi.
«Tomdan tarasha tushganday bosib bora-
man... – deb shirin xayol surib boradi u, yuzini 
mo‘ynali yoqasiga berkitib. – Ablahlar qilg‘ilikni 
qilib, endi hech kimsa bilmaydi, deb suyunib 
yurishgandir... He-e-he... Ularning ustiga 
bostirib borib, «Qani, gunohkor Tyapkin-Lyap-
kin bu yoqqa chaqirilsin!» deyman. Ana tomo-
sha-yu, mana tomosha! He-he-he!»
Shirin xayollarga to‘ygach, Posudin izvosh-
chi bilan suhbatlashdi. Shuhratparast odam 
bo‘lganidan u eng avval o‘zi to‘g‘risida gap 
so‘radi:
– Sen Posudinni taniysanmi? 
Nega tanimaylik, – dedi izvoshchi kulib, – 
taniymiz!
– Nega kulasan bo‘lmasa?


Buqalamun
111
– Ajab gaplarni gapirasiz-a! Shahardagi ham-
ma mirzalarni taniymiz-ku, Posudinni tani-
maylikmi? Uni hamma tanisin, deb shu ishga 
qo‘yishgan-da!
– Rost aytasan... Xo‘sh, qalay? Seningcha, u 
qanaqa odam? Tuzuk odammi?
– Yomon emas... – dedi izvoshchi, esnab. – 
U kishi durust, o‘z ishini biladigan odam... Bu 
yerga kelganiga hali ikki yil ham bo‘lgani yo‘q, 
ammo ko‘p ishlar qilib qo‘ydi.
– Nima ish ekan u?
– Ko‘p ishlarni qildi, otasiga rahmat. Temir 
yo‘l qurdirdi, bizning uyezdimizdagi Xoxryu-
kovni ishdan bo‘shattirdi... Xoxryukov juda 
haddan oshib ketgan edi... O‘ziyam juda mut-
taham, ig‘vogar odam edi, hamma kattalar uni 
qo‘llar edi. Posudin keldi-yu, Xoxryukovning 
uyi kuydi, daf bo‘ldi, ko‘rmaganday bo‘ldik... 
Mana shunaqa, og‘ayni! Posudinni ming pora 
bersang ham ilintira olmaysan, unaqa odam-
mas. Xoh yuz so‘m pora ber, xoh ming so‘m 
ber, baribir olmaydi, haromga yurmaydi... Sira!
«Xayriyat-e, mening ham yaxshi tomonlarim-
ni bilishar ekan, – deb o‘yladi Posudin xursand 
bo‘lib. – Yomon emas».
– Juda bilimdon odam u kishi... – deb davom 
etdi izvoshchi. – Kamtarin odam... Bir kuni biz-
nikilar unga arz qilib borishgan edi, u xuddi 
baobro‘ odamlarni kutganday kutibdi, qo‘lla-
rini qisib ko‘rishib, «Qani, qani, o‘tiringlar...», 
– debdi... Juda o‘tkir odam-da. Gapiga tush-
unmaysan, bidir-bidir qilaveradi! Yurishi ham 


Anton Chexov
112
shunaqa: odamlarga o‘xshab sekin-asta yurish 
yo‘q: yugurgani-yugurgan. Biznikilarga og‘iz 
ham ochirmapti, darrov: «Izvoshni qo‘sh!» – deb 
buyuripti-da, dam o‘tmay bu yerga yetib kepti. 
Kelgan zahotiyoq butun ishni bitqizdi-qo‘ydi... 
Bir tiyin ham olgani yo‘q. Ilgarigisidan o‘lsa 
o‘ligi ortiq! Bir tomondan qaraganda oldingisi 
ham chakki odam emas edi. Basavlat, ulug‘vor 
odam edi. Butun gubernada uning ovozidan 
o‘tkir ovoz yo‘q edi... Agar bir yoqqa ketayot-
gan bo‘lsa, o‘n chaqirim naridan ovozi eshitilib 
turardi. Tashqi tomoni yoki ichki ishlarini su-
rishtirsangiz – bunisi epchil. Yangisining mi-
yasi ming marta o‘tkir. Ammo bitta yomon to-
moni bor... O‘zi yaxshi odam-u, lekin juda ko‘p 
ichadi, araqxo‘r!
«Ana xolos!» – deb o‘yladi Posudin.
– Mening... uning ko‘p ichishini qayerdan bi-
lasan? – deb so‘radi u.
– Men-ku uning ichib mast bo‘lib yurganini 
o‘z ko‘zim bilan ko‘rganim yo‘q, yolg‘on aytish-
ning nima keragi bor? Odamlar aytishadi-da! 
Odamlar ham uning mastligini ko‘rishmagan, 
ammo araqxo‘r degani rost... Odamlar oldida 
yoki mehmonga borsa, yo bazmda bo‘lsa, ja-
moat o‘rtasida bir qultum ham og‘ziga olmaydi. 
Ammo uyida suvdek ichadi... Ertalab uyqudan 
ko‘zini ochar-ochmas araq buyuradi, xizmatchi 
bir stakan araq keltirsa, yana keltir deydi... Er-
tadan kechgacha ichgani-ichgan. Hayronman, 
shuncha ichadi-yu, hech mast bo‘lmaydi. O‘zi-
ni tuta bilsa kerak-da! Ilgarilar Xoxryukov araq 



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish