Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Buqalamun
97
shunchaga yetib odam o‘ldirish tugul, unday 
narsalarni o‘ylaganimiz ham yo‘q... O‘zing saq-
la, Parvardigorim, rahming kelsin... Gapingizni 
qarang-a?
– Xo‘sh, seningcha, poyezdlarning ag‘nashi 
nimadan bo‘ladi? Bir-ikkita gaykani burab 
chiqardingmi, ag‘naydi-ketadi!
Denis iljayadi, ishonmagandek bo‘lib, tergov-
chiga ko‘zini pirpiratib qaraydi.
– Yo‘g‘-e! Necha yildan beri butun qishloq 
gayka burash bilan tirikchilik qilsak ham, shu 
kungacha Xudo o‘zi saqlab keldi, mana endi 
ag‘nash, odam o‘ldirish degan gaplar chiqib 
turipti... Men uning relsini olib ketsam, yo 
bo‘lmasa aytaylik, yo‘lga bitta-yarimta xodani 
ko‘ndalang qilib qo‘ygan bo‘lsam, ana unda 
poyezd, ehtimol ag‘nardi, bu bo‘lsa... nihoyati 
bir gayka xolos... Gayka-ya!
– Sen axir tushunsang-chi, relsni shpallarga 
o‘sha gaykalar bilan biriktirib qo‘yadilar-da!
– Buni biz yaxshi bilamiz... Biz, axir, ham-
masini burab olmaymiz-da... qoldiramizam... 
Telbalarning ishini qilmaymiz... tushunamiz...
Denis esnaydi.
– O‘tgan yil shu yerda poyezd ag‘nab edi, – 
dedi tergovchi. – Sababi endi ma’lum bo‘ldi...
– Nima dedingiz?
– O‘tgan yil deyman, bir poyezd izidan chiqqan 
edi. Shuning sababi mana endi ma’lum bo‘ldi... 
Ha-a bildim!
– Siz mehribonlarimiz, shunaqa narsalarni 
bilish uchun bilimdon bo‘lgansizlar-da. Xudo 
fahm berganda kimga berishini yaxshi bil-


Anton Chexov
98
gan... Siz, mana, bu unday, bu munday deb 
darrov gapning fahmiga yetdingiz, ammo anavi 
qorovulingiz bir mardikor emasmi, hech nar-
saning fahmiga bormasdan, odamning yoqasi-
ga osilib, sudray beradi... Avval bir narsaning 
fahmiga borgin, undan keyin sudra-da! Mar-
dikor bo‘ldimi, miyasi ham mardikorga yarasha 
bo‘ladi... Janobi taqsir, muni ham daftaringiz-
ga yozib qo‘ying, u meni ikki marta lunjimga, 
yana tag‘in ko‘kragimga mushtladi.
– Sening uyingni tintigan vaqtda yana bitta 
gayka topibdilar... Munisini qachon va qayer-
dan burab olgan eding?
– E, siz anavi qizil sandiq ostida yotgan 
gaykani aytyapsizmi?
– Qayerda yotganini bilmayman, ish qilib se-
nikidan topganlar. Qachon burab olgansan?
– Uni men burab olganim yo‘q. Uni menga 
ana u Semyon ko‘rning o‘g‘li Ignashka bergan. 
Men haligi qizil sandiq ostidagisini aytayotib-
man, ammo tashqarida, chanadan topilganini 
Mitrofan ikkovimiz burab chiqarganmiz...
– Qaysi Mitrofan u?
– Petrov Mitrofan... Eshitganmisiz? O‘zi to‘r 
qilib, boylarga sotadi. Unga haligi gayka o‘lgur-
dan juda ko‘p kerak bo‘ladi. Har bir to‘rga, men 
sizga aytsam, o‘ntadan ketadi...
– Menga qara... Jazo qonuni majmuasining 
1081-nchi moddasida aytilganki, basharti bi-
ron kimsa yomon niyat bilan temir yo‘lga biron 
zarar yetkizsa, agarda mazkur zarar natijasida 
o‘sha yo‘lda kelayotgan transport xavf ostida 
qoladigan bo‘lsa va u ishning natijasida falokat 


Buqalamun
99
ro‘y berishini ul kimsa o‘zi bilsa... tushunding-
mi? Bilsa! Bu burab olishning oqibati qanday 
bo‘lishini sen bilgansan, albatta... Ul kimsa ka-
torga ishlariga yuborilmoqqa hukm etiladi.
– Siz yaxshi bilasiz, albatta.... Biz nodon 
odamlarmiz... Biz nimani bilardik?
– Sen hamma narsani bilasan! Hozir sen 
yolg‘on aytayotibsan, o‘zingni telbalikka solasan!
– Nega yolg‘on aytay? Ishonmasangiz qish-
loqqa borib so‘rang... Cho‘kdirgich bo‘lmasa 
yelim baliqdan boshqa narsa tutib bo‘lmaydi; 
toshboshi baliqdan bemaza baliq bormi dunyo-
da, o‘shayam cho‘kdirgich bo‘lmasa ilinmaydi.
Tergovchi kuladi:
– Ha-a, shilishperdan ham gapir bo‘lmasa!
– Bizning soyda shilishper bo‘lmaydi. Qar-
moqqa kapalakni o‘tkazib, cho‘kdirgichsiz 
tashlasak qo‘shboshi baliq ilinadi xolos, uyam 
onda-sonda.
– Bo‘ldi, jim...
Jimlik cho‘kdi. Denis og‘irligini goh u 
oyog‘iga, goh bu oyog‘iga solib, ko‘k movut yo-
pilgan stolga qaradi va zo‘r berib kiprik qoqdi, 
qarshisida go‘yo movut emas, quyosh ko‘ri-
nayotganday. Tergovchi shoshilib yozadi. Biroz 
jimlikdan so‘ng:
– Men endi ketaveraymi? – dedi Denis.
– Yo‘q. Men seni mirshablarga qo‘shib, qa-
moqxonaga jo‘nataman.
Denis kiprik qoqishdan to‘xtab, qalin qoshla-
rini ko‘tarib, to‘raga savol nazari bilan qaradi:


Anton Chexov
100
– Bu nimasi? Nega qamoqxonaga yuborasiz, 
janobi taqsir? Sira vaqtim yo‘q, hozir yarmar-
kaga jo‘nashim kerak; Yegorda uch so‘m pulim 
qoluvdi, o‘shani olmasam bo‘lmaydi...
– Jim tur, xalaqit berma.
– Qamoqxonaga emish... biron gunohim 
bo‘lsa, mayliydi, borardim, yo‘qsa bekordan-be-
korga... quruq tuhmatga-ya... Bo‘lmasa nimaga 
axir? O‘g‘rilik qilgan bo‘lmasam, mushtlashgan 
bo‘lmasam... Oliq-soliqdan boqimonda qolgan, 
deb o‘ylasangiz, janobi taqsir, xotirjam bo‘ling, 
oqsoqolning gaplariga ishonmang... Siz ana u 
to‘radan so‘rang, taqsir... U oqsoqolda imon de-
gan narsa yo‘q o‘zi...
– Jim tur! 
Denis:
– Haliyam jim turibman... – deb g‘o‘dillaydi. 
– Xatlash vaqtida oqsoqol juda orttirib yozgan, 
buni men qasam ichib tasdiqlayman. Biz 
o‘zimiz: uch og‘aynimiz; Kuzma Grigorye vich, 
chunonchi,  Yegor Grigoryevich, undan keyin 
mana men Denis Grigorevich...
– Sen menga xalaqit berayotibsan... – dedi 
tergovchi, so‘ngra qichqirdi: – Hoy, Semyon! 
Olib bor muni!
Ikkita salobatli askar kelib, uni mahkama-
dan olib chiqib ketarkan, Denis yana so‘zlaydi:
– Biz o‘zimiz uch og‘aynimiz. Birining guno-
higa biri javobgar emas... Soliqni Kuzma to‘la-
masin-u, javobini men, Denis beray emish... 
Sudyalar! Attang, burungi xo‘jayinim katta 
general o‘lib ketdi-da, Xudo rahmat qilgur, 


Buqalamun
101
yo‘qsa siz sudyalarning toza adabingizni berar-
di... Adashmasdan, yaxshi bilib hukm qilish 
kerak. Ursang ham mayli, lekin gunohim bo‘lsa 
ur, insof bilan ur...



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish