Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Anton Chexov
90
qilgan jinoyat bo‘lib, jinoyatchini Sibir kutayot-
gandir. Jinoyatkor qotil bo‘lsa ham ajab emas-
dir... Uryadnik Jigin bo‘lsa parvo qilmay papi-
ros chekib o‘tiripti. «Bu qanaqa buyruqchi o‘zi? 
Uning o‘zi qayerdan paydo bo‘lib qoldi? – dey-
di. – Usiz biz qiladigan ishimizni bilmaymizmi?» 
deydi. Demak, – dedim men, – sen ahmoq, bu 
yerda hech narsaga e’tibor bermasdan go‘dayib 
turibsan, hech narsani bilmaysan. «Men, – dedi 
u, – kecha kechqurunoq hudud noziriga xabar 
qilganman». Hudud noziriga nima uchun xabar 
qilasan, deb so‘radim. Qonunlar majmuasining 
qaysi moddasiga asosan? Axir, chunonchi, bi-
rov suvga cho‘kkanda yoki o‘zini bo‘g‘ib o‘ldir-
ganda va shuning singari hodisalarda, xullas, 
bunday ishlarda nozir qo‘lidan bir narsa keladi-
mi? Bu jinoiy ish, fuqaro ishi... Tezlik bilan ter-
govchi va sudya janoblariga chopar yubormoq 
kerak. Hammadan avval sen akt tuzib kelishti-
ruvchi sudya janoblariga yuborishing lozim, – 
dedim. Uryadnik bo‘lsa mening gapimni eshitib 
kulaberdi, xizmatchilar ham kuldilar. Hamma 
kuldi, taqsir. Qasamyod qilib bularni ko‘rsata 
olaman. Mana bu ham kuldi, anavi ham kuldi. 
Jigin ham kuldi. Nega iljayasiz, dedim. Uryad-
nik: «Kelishtiruvchi sudya, bunday ishlarni qa-
rolmaydi», dedi. Bunday so‘zlarni eshitib, juda 
qizishib ketdim. Uryadnik, sen shunday deb 
aytmadingmi? – dedi unter, uryadnik Jigin ga 
qarab.
– Ha, aytdim.
– Oddiy xalq oldida: «Bunday ishlarni kelish-
tiruvchi sudya qarolmaydi» deb aytganingni 
hamma eshitdi. Bu gapni hamma eshitgan-


Buqalamun
91
dan so‘ng, desangiz, taqsir, men qizishib ket-
dim. Jon-ponim chiqib ketdi. «Nima deding, 
qani qaytarib ayt!» – dedim. U menga tag‘in 
o‘sha so‘zlarni takrorladi. Men unga o‘shqir-
dim. Qan day qilib, dedim, sen kelishtiruvchi 
sudya janoblari to‘g‘risida shunday so‘zlarni 
aytaolasan... Sen politsiya uryadnigi bo‘laturib, 
hukumatga qarshimisan, a? Bilasanmi, de dim, 
agar kelishtiruv 
chi sudya janoblari istasa-
lar, bunday so‘zlaring uchun seni ishonchsiz 
deb ayblab, guberna jandarmi idorasiga yubo-
rishlari mumkin! Axir, bunday siyosiy so‘zlar 
uchun kelishtiruvchi sudya janoblari seni qa-
yerlarga haydab yuborishini bilasanmi? de-
dim... Oqsoqol bo‘lsa: «Sudya o‘z haddidan 
tashqari hech narsaga qo‘l uraolmaydi. U faqat 
mayda ishlarnigina qaraydi», dedi. Xuddi shun-
day deb aytdi, hamma eshitdi... Axir qanday 
qilib sen ma’muriyatning obro‘yini tushirasan, 
de dim. Hazilingni bir chekkaga yig‘ishtirib qo‘y, 
dedim, bo‘lmasa ishing yomon bo‘ladi, birodar, 
Varshavada yoki erlar gimnaziyasida xizmat 
qilganimda birorta noqulay so‘zni eshitsam, 
jandarm ko‘rinmasmikin deb, darrov ko‘cha-
ga qarar edim, ko‘rinib qolsa: «Bu yoqqa kel, 
yigit», der edim-da, eshitgan hamma gapimni 
aytardim. Bu yerda bo‘lsa, qishloqda bunday 
gaplarni kimga aytasan?.. Jonim chiqib, yura-
gim tars yorilib ketdi. Hozirgi xalq o‘zboshim-
cha va itoatsiz bo‘lib, o‘zini unutib qo‘yganidan 
juda koyindim, aylantirib bir soldim... Albatta, 
uncha qattiq urganim yo‘q, siz janob oliyning 
sha’nilariga ikkinchi bunday qattiq so‘z aytmas-
ligi uchun urdim. Uryadnik bo‘lsa oqsoqolning 


Anton Chexov
92
tarafini olib qoldi. Shundan so‘ng, albatta, men 
uryadnikka ham tarsaki tortib yubordim. Shu 
bilan boshlanib ketdi... Qizishib ketgandan ke-
yin, taqsir, axir urmasdan bo‘lmaydi-da. Agar 
ahmoq kishini urmasang, o‘zing gunohiga qo-
lasan. Ayniqsa ish ustida, tartibsizlik ustida.
– To‘xtang-chi! Tartibsizlikni tekshiradigan 
kishi bor, buning uchun uryadnik, oqsoqol, 
yuzboshi bor...
– Uryadnik hamma narsaga qarab ulgura ol-
maydi, axir uryadnik men tushungan narsani 
tushunmaydi...
– Axir bu sizning ishingiz emasligini tushun-
sangiz-chi!
– Nega endi? Qanday qilib bu mening ishim 
bo‘lmasin! Ajab... Odamlar tartibsizlik qilsin-u, 
mening ishim bo‘lmasin! Nima qilay, ularni 
shu qilig‘i uchun maqtaymi? Anavilar bo‘lsa, 
meni ashula ayttirmaydi, – deb sizga chaqa-
di... Xo‘sh, ashulaning nima yaxshi joyi bor? 
Ish o‘rniga ular ashula aytadilar... Bu ham yet-
maganday, kechasi chiroq yoqib o‘tirish odat 
bo‘lib qolipti; yotib uxlash payti kelgan, ular 
bo‘lsa gap sotishib, hiring-hiring kuladilar. Bu 
narsalarning hammasini yozib qo‘yganman.
– Nimani yozib qo‘ygansiz?
– Chiroq yoqib o‘tirgan kishilarni yozib 
qo‘yganman, – Prishibeyev cho‘ntagidan yog‘ 
bosgan qog‘oz chiqarib, ko‘z oynagina taqib 
o‘qidi: – Chiroq yoqib o‘tiradigan dehqonlar 
Ivan Proxorov, Savva Mikiforov, Pyotr Petrov, 
askar xotini Shustrova, o‘zi tul, Semyon Ki s-
lovni o‘ynash tutgan. Ignat Sverchok jodugarlik 


Buqalamun
93
qiladi, uning xotini Mavra bo‘lsa, kechalari bi-
rovlarning sigirlarini sog‘ib oladi.
– Bas! – dedi sudya va guvohlardan so‘ray 
boshladi. 
Unter Prishibeyev ko‘z oynagini peshonasi-
ga ko‘tarib ajablangan holda, sudyaga qaraydi. 
Sudya  uning  tarafini  olmaydiganga  o‘xshaydi. 
Uning kosasidan irg‘ib chiqqan ko‘zlari yalti-
raydi, burni qip-qizarib ketadi. U dam sudyaga, 
dam guvohlarga qaraydi. Sudya nega buncha-
lik hayajonlanganini, nima uchun burchaklar-
dan, goho norozilik bayon qilgan, goho sekin-
gina kulgan ovozlar eshitilganini anglolmaydi. 
Bir oy qamalsin, deb chiqarilgan hukmni ham 
u anglolmadi.
– Nima uchun? – dedi unter, hayron bo‘lib. – 
Qaysi qonunga asosan?
Va shu onda unga ma’lum bo‘ldiki, dun-
yo o‘zgargan, endi yorug‘ jahonda yashash 
hecham mumkin emas. U ko‘ngilsiz va g‘ussali 
fikrlar ichida qoldi. Biroq, sudya oldidan chiqib 
xizmatkorlarning to‘planib allanimalar gapirib 
turganini ko‘rgach, tark etolmaydigan odati 
bo‘yicha, Prishibeyev yana g‘oz turib, xirqiroq 
va g‘azabli tovush bilan qichqirdi:
– Xaloyiq tarqal! To‘planma! Uy-uyingga 
jo‘na!



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish