Anton Chexov
120
Qattiq-qattiq qadam tashlab, so‘kishib yo‘-
lak dan uchta yosh yigit kelmoqda, ularning ik-
kitasi oriq va novcha, uchinchisi bukir va pa-
kana edi.
– Izvoshchi, bizni Politseyskiy ko‘prigiga eltib
qo‘y! – dedi bukir xirillagan tovush bilan, – uch
kishi... Bir tangaga!
Iona chuh deb tizginni silkitdi. Bir tanga, al-
batta arziydigan narx emas, lekin unga hozir
narxning ahamiyati yo‘q edi... Bir so‘mmi, besh
tiyinmi – baribir, ishqilib odam bo‘lsa bas... Yig-
itlar itarishib, so‘kishib uning yoniga kel dilar-
da, so‘ng uchalovi birdan chanaga tashlandi-
lar. So‘ngra kim o‘tirib boradi-yu, qay si biri tik
turib ketadi, degan masala ustida tortishish
boshlandi... Uzoq vaqt janjallashganlaridan ke-
yin bukirning bo‘yi pakana bo‘lgani uchun un-
ing turib ketishi kerak degan qarorga keldilar.
Bukir Ionaning orqasida tik turarkan, xiril-
lagan tovush bilan:
– Qani hayda! – dedi, uning nafasi Ionaning
bo‘yniga urib turardi. – Voy-bo‘y, telpagingni
qara, og‘ayni! Butun Peterburgni axtarsang ham
bunaqa rasvo telpakni qidirib topolmaysan...
– He-he-he... – kuldi Iona, – bori-da...
– Qani bo‘lmasa, tezroq hayda-chi! Yo
bo‘lganing shumi? A? Gardaningga solsam-chi!
– Boshim yorilib ketguday bo‘lib og‘riyapti...
– dedi o‘tirgan novcha yigitning biri, – kecha
Dukmasovnikida to‘rt shisha konyakni Vaska
ikkalamiz ichib qo‘yibmiz.
Buqalamun
121
– Hech tushunolmayman-da. Yolg‘on gap-
ning nima keragi bor! – deb koyidi ikkinchi
novcha. – O‘lguday yolg‘onchisan-da.
– Xudo ursin, rost aytyapman...
– Bu rost gaping ham xuddi bit yo‘taladi de-
ganga o‘xshash rostlardan-da.
– He! – deb yana kuldi Iona, – juda xush-
chaqchaq yigitlar ekansizlar-ku!
– Ming la’nat!.. – deb qo‘ydi bukir. – Chol
o‘lgur, tuzukroq haydaysanmi yo yo‘qmi? Shu
ham yurishmi? Qamchi ursang-chi! Ur, la’nati-
ni! – Iona orqasida tipirchilab turgan bukirning
gavdasini sezib, xirillab chiqayotgan tovushi-
ni eshitdi. O‘ziga xitoban aytilayotgan so‘ki-
nishlarni eshitadi va yaqinida odamlarni ko‘rib
yuragidagi yolg‘izlik sezgisi biroz yo‘qolganday
bo‘ladi. Bukir tutaqib, zo‘r berib kurakda tur-
maydigan so‘zlar bilan so‘kar va to yo‘tali tutib
qolguncha so‘kinardi. O‘tirgan yigitlar qanday-
dir bir Nadejda Petrovna degan xotin haqida
so‘zlashib borardilar. Iona ularga qarab qo‘ydi.
Ularning qisqagina sukut qilgan vaqtlarini poy-
lab turib yana o‘girilib qaradi-da, sekingina:
– Shu hafta ichi, haligi... o‘g‘lim o‘ldi! – deb
g‘uldirab qo‘ydi.
– Hammamiz ham o‘lamiz-da... – dedi bukir
yo‘taldan so‘ng, lablarini artaturib, – qani, tez-
roq yur, hayda! Afandilar, men ortiq toqat qilol-
mayman, bu ahvolda qachon yetamiz?
– Ha, sen yelkasiga turtib, madad berib tur-da!
Anton Chexov
122
– O‘lat tekkur chol, eshitayapsanmi? Bo‘yning
uziladi-ya! – dedi bukir. – Senlarni ayagan kishi
piyoda qoladi!.. Eshitayapsanmi? Yo bizlarning
so‘zimizni pisand qilmayapsanmi?
Iona bularning noroziligini yaxshi bilsa ham:
– Hi... juda ham xushchaqchaq ekansizlar,
Xudoyim umrlaringizni uzun qilsin! – deb kuldi.
– Xotining bormi? – deb so‘radi o‘tirgan
novchaning biri izvoshchidan.
– Menimi? Hi-hi... Xushchaqchaq afandi-
lar... Endi mening bittagina xotinim bor – qora
yer... Hi-hi... Go‘r! Mana, o‘g‘lim o‘lib, men tirik
qoldim... Ajal menga kelib yanglishib o‘g‘limni
olib ketdi.
Iona o‘g‘lining qanday qilib vafot qilganini
so‘zlab bermoqchi bo‘lib orqasiga o‘girilgan edi
hamki, bukir yengil nafas olib «Xudoga shukr,
yetdik», – deb qoldi. Iona bir tangani olib sayoq
yigitlar kirib ketgan qorong‘i yo‘lakka uzoq vaqt
tikilib turdi. Yana u tanho qoldi, yana sukunat...
Salgina ko‘nglidan ko‘tarilgan yolg‘izlik alami
qayta boshdan kuch olib uning yuragini siqa
boshladi. Iona hayajonli va alamli ko‘zlari bi-
lan ko‘chaning ikki tomonida oqayotgan xalo-
yiqqa boqdi. U yoq-bu yoqqa o‘tib turgan shu
ming
larcha odamdan uning dard-hasratiga
quloq soladigan biron kishi topilmasmikin? Le-
kin o‘tkinchilar na uning o‘zini, na ko‘nglidagi
ala mini payqamay o‘tib ketmoqdalar. Hasrat
shunday zo‘r va cheksiz. Agar Ionaning yura-
gi yorilsa-yu, ichidagi cheksiz, poyonsiz dar-
di-hasrati oqib chiqsa bormi, yer yuzini tutib
Buqalamun
123
ketardi. Ammo shunday bo‘lishiga qaramay, u
ko‘zga ko‘rinmaydi, shunday kichkinagina joy-
ga o‘rnashib olganki, agar kunduz chiroq yoqib
izlasang ham topolmaysan...
Iona chipta xalta ko‘tarib borayotgan qoro-
vulni ko‘rib qolib, u bilan gaplashishga jazm
qildi.
– Azizim, soat necha bo‘ldi ekan?
– To‘qqizdan oshdi. Nega bu yerda to‘xtad-
ing? Jo‘na!
Iona izvoshini bir necha qadam nariroq oldi
va endi odamlarga murojaat qilishni behuda
deb bilib, yana bukchayganicha xayolga bot-
di... Lekin oradan besh daqiqacha o‘tar-o‘tmas
qattiq sanchiq turgan odamday qaddini rost-
lab, boshini ko‘tardi va otning jilovini tortdi...
Uning toqati toq bo‘lgan edi:
«Saroyga borayin, – dedi u, – saroyga!»
Oti ham xuddi uning maqsadiga tushungan-
day yo‘rg‘alab ketdi. Bir yarim soatlardan keyin
Iona katta iflos pechka yonida o‘tirardi. Pech-
ka ustida, polda, o‘rindiqlarda odamlar xur-
rak tortib uxlamoqdalar. Uy dim... Iona uxlab
yotganlarga qarab qashindi va bunchalik erta
qayt ganiga achindi...
«Yem puli ham ishlay olmadim, – deb o‘yla-
di Iona, – shuning uchun ham ko‘nglim g‘ash.
Uddaburo odamning o‘zi ham, oti ham to‘q,
hamma vaqt xotirjam bo‘ladi...»
Bir burchakda uxlab yotgan yosh izvoshchi
o‘rnidan turib, uyquli ko‘zlari bilan suv to‘la
chelakka yopishdi.
– Cho‘lladingmi? – dedi Iona.
Anton Chexov
124
– Ha, suv ichgim keldi!
– Him... Osh bo‘lsin... Mening o‘g‘lim o‘ldi,
uka... Eshitdingmi? Shu hafta ichi, kasalxona-
da... Mana, muammo!
Iona o‘zining so‘zlari yigitga ta’sir qilganini
bilmoqchi bo‘lib unga qaradi, lekin hech nima
ko‘rolmadi. Yigit burkanib allaqachon uyquga
ketgan edi. Chol og‘ir xo‘rsinib, qashindi... Yosh
yigit qanchalik chanqagan bo‘lsa, buning xuddi
shunchalik so‘zlagisi kelardi. O‘g‘lining o‘lgani-
ga bir hafta bo‘lib qolsa ham, hali biron odam-
ga yorilib ichidagi dardini, hasratini aytolgani
yo‘q... Ipidan ignasigacha so‘zlasa. O‘g‘li ning
qanday kasal bo‘lganini, dard tortib qanday
azoblanganini, o‘lim oldida aytgan so‘zlarini va
qanday qilib jon berganini so‘zlab bergisi bor...
Undan keyin uning janozasi, ko‘mish marosimi
qanday o‘tganini, marhumning kiyimi uchun
kasalxonaga borilganini batafsil so‘zlab bergisi
keladi. Undan tashqari qishloqda Anisiya de-
gan qizi qolgan... Uning to‘g‘risida ham so‘zlam-
oq kerak... Xullas u gapiraman desa gap ko‘p;
ting lovchi oh-voh qilib achinib eshitishi kerak.
Bu haqda xotinlar bilan hasratlashish yaxshi-
roq bo‘ladi. Ular esi pastroq bo‘lsa ham, bu
to‘g‘rida ikki og‘iz so‘zlasang darrov ko‘z yoshi
qiladilar.
«Otdan xabar olay-chi, – deb o‘yladi Iona, –
uyqu bir gap bo‘lar... Hali xo‘b uxlarmiz ham...»
U kiyimini kiyib otxonaga qarab ketarkan,
beda, yem, ob-havo haqida o‘yladi. U yolg‘iz qol-
gan chog‘larida o‘g‘lini o‘ylolmaydi... Uning haqi-
Buqalamun
125
da birov bilangina so‘zlashsa tuzuk. O‘zi yolg‘iz
o‘ylashi, uni ko‘z oldiga keltirishi juda og‘ir.
– Kavshayapsanmi? – deydi u, otning yonib
turgan ko‘zlariga qarab, – chayna-chayna...
yemga yetarlik pul ishlayolmaganimizdan ke-
yin pichan yeb turamiz-da... Ha... Endi izvosh
haydashga keksayib qolibman... O‘rnimga...
O‘g‘lim haydasa... U haqiqiy izvoshchi edi...
o‘sha o‘lmasa bo‘lar edi...
Iona uzoq jim bo‘lib, so‘ng davom etdi:
– Shunaqa ekan, uka!.. Kuzma Ionich-
dan ham ayrilib qoldik... Bizlarni tashlab...
o‘ldi-ketdi, chakki qildi... Mana, chunonchi
sening quluning bor, sen uning tuqqan ona-
sisan... Chunonchi, o‘sha quluning birdaniga
seni dog‘-u hasratga qo‘yib o‘lsa-yu, ketsa... ki-
shi achinadi-a?
Ot quloq solganday uning qo‘llarini hidlab,
kurt-kurt xashak chaynaydi...
Iona berilib ketib, ko‘nglidagi butun hasrati-
ni unga aytib berdi...
Do'stlaringiz bilan baham: |