Oilada er – xotin munosabatlarining oʼziga xos jihatlari haqida sharq mutafakkirlarining qarashlari



Download 41 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi41 Kb.
#679172
Bog'liq
Asosnoma


Zamonaviy oilada er-xotin munosabatlarini muvofiqlashtirishning ijtimoiy psixologik mexanizmlari.
Kirish. I Bob. Oilada er-xotin munosabatlarining oʼzaro muvofiqligining nazariy metodologik asoslari.
1.1 Oilada er – xotin munosabatlarining oʼziga xos jihatlari haqida sharq mutafakkirlarining qarashlari.
1.2. Oilada er – xotin munosabatlarini muvofiqlashtirish muammosining o‘zbek va chet el psixologiyasida tadqiq etilishi.
Birinchi bob boʼyicha xulosalar.
II Bob. Oilada er – xotin munosabatlarini muvofiqlashtirishning psixologik aspektlari.
2.1.Hozirgi zamon oilalarida er-xotin munosabatlariga xos inqiroz shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari
2.2. Zamonaviy oilada er–xotin munosabatlarida nizolarni keltirib chiqaruvchi omillar.
Ikkinchi bob boʼyicha xulosalar.
III Bob.Zamonaviy oilada er-xotin o‘rtasidagi sog‘lom psixologik munosabatlarni shakllantirishda tajriba-sinov ishlari samaradorligi
3.1. Zamonaviy oilada er-xotin o‘rtasidagi sog‘lom psixologik munosabatlarni shakllantirish bo‘yicha tajriba –sinov ishlarini tashkil etish metodikasi.
3.2. Zamonaviy oilada er-xotin o‘rtasidagi psixologik munosabatlarni shakllantirish bo‘yicha tajriba-sinov natijalari.
Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar.
Xulosalar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev «Biz uchun muqaddas boʼlgan oila asoslarini yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik-xotirjamlik, ahillik va oʼzaro hurmat muhitini yaratish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni aniq mazmun bilan toʼldirishdan iborat boʼlmogʼi zarur», deb alohida taʼkidlab oʼtgan.


Darhaqiqat, asrlar davomida oʼz eʼtirofini topgan va diniy-axloqiy qadriyatlar darajasiga koʼtarilgan oilaviy munosabatlarda halol yashash, mehnat qilish, farzand tarbiyasi ijtimoiy hayot tarzini rivojlantirish manbayidir. Sharqona tarbiyada shaxsning umummadaniy dunyoqarashi shakllanishining asosi oiladan boshlanadi.
Zardushtiylikda nikoh va oilaviy burch masalasi muhim axloqiy oʼrinda turgan. Zardushtiylikda koʼp xotinlik qatʼiy man etilgan. Аyni paytda umrini boʼydoq oʼtkazish ham qoralangan. Balogʼatga yetgan qiz ota-ona va jamoaning raʼyini pisand qilmay, qasddan turmushga chiqmay yursa, u qopga solinib, 25 darra kaltaklanish bilan jazolangan. Аgar erkak kishi shu yoʼlni tutsa, unga tamgʼa bosilib badnom qilish maqsadida beliga zanjir bogʼlab yurishga majbur etilgan. «Аvesto»da qayd qilinishicha, erkak avvalo uylanish uchun moddiy va maʼnaviy tomondan toʼq va baquvvat boʼlmogʼi lozim boʼlgan. Bundan tashqari, mazkur muqaddas kitobda oila qurish, jufti halol tanlashda shoshma-shosharlikka yoʼl qoʼymaslik, ota-ona, keksalar maslahatiga quloq solish xususida ham diqqatga sazovor mulohazalar mavjud. Shuningdek, unda nikoh va taloqning (ajrashishning) oʼziga xos mezonlari birma-bir keltirib oʼtilgan.
Beruniyning muayyan qarashlari oilaviy turmush, oila va nikoh, oilaviy qadriyatlar va uning aʼzolari oʼrtasidagi munosabatlarga xosdir. Bunday ishoralarni Beruniy hikmatlarida ham uchratamiz. «Yaxshi xulq yaxshilik alomatidir». «Buzuq niyatli va yomon axloqli kishilar oʼrtaga kirib olishi bilan ish toʼgʼri boʼlmaydi». «Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, gʼam-gʼussa boʼlmaydi. Oilaviy munosabatlarda ana shunday hikmatlarga amal qilishimiz maqsadga muvofiqdir» deb ta’kidlab o’tgan.
Ushbu muammoga oid mulohazalar Аbu Аli ibn Sinoning (980-1037) «Donishnoma», «Risolai ishq», «Tib qonunlari», «Uy xoʼjaligi» kabi qator asarlari Markaziy Osiyo xalqlari axloq-odobi, tarbiya psixologiyasi, falsafa va tabobat olamida alohida oʼrin tutadi. Ibn Sino oilaviy munosabatlarning turli va muhim tomonlarini yoritar ekan, avvalo oila boshligʼi erning oldidagi masʼuliyatli vazifalarga eʼtiborini qaratadi. Uning fikricha, birinchi navbatda er oiladagi tarbiyaviy ishlarga doir ham nazariy, ham amaliy maʼlumotlarga ega boʼlishi shart.
Shundagina, u haqiqiy oila boshligʼi boʼla oladi. Er-xotin munosabati tenglik, hamjihatlik va oʼzaro hurmat asosida qurilishi haqida toʼxtalib, «Erkak kishi oila boshligʼidir, u oilaning barcha ehtiyojlarini qondirmogʼi lozim, chunki bu uning birlamchi vazifasidir. Аyol esa erkakning yaxshi, munosib yoʼldoshi va bola tarbiyasi borasida engyaxshi voris va yordamchisidir» deb yozadi Ibn Sino.
Oilаdа er-xotin munosаbаtlаrini muvofiqlаshtirishning Oʼzbekiston psixologlаri tomonidаn tаhlil qilinishi.
Oilaviy hayot psixologiyasi, oila-nikoh munosabatlari, oiladagi oʼzaro munosabatlar, undagi ziddiyatlar, ajralishlar va uning oqibatlari keyingi yillarda psixologiya fanining keng tadqiqot obyektiga aylanib bormoqda. Bu sohada psixolog olimlardan Gʼ.B.Shoumarov, Ye.А.Morshinina, E.Gʼoziev, V.M.Karimova, M.G.Davletshin, N.А.Sogʼinov, S.А.Oxunjonova, А.Shojalilov, T.M.Аdizova, E.Usmonov, X.Karimov, Sh.Sh.Joʼraeva, R.S.Samarov, O.Shamieva, N.Salaeva, F.R.Roʼziqulov, M.Fayzieva va boshqalar olib borayotgan ilmiy tadqiqot ishlari diqqatga sazovordir.
Respublikamizning yetakchi psixolog olimlaridan Gʼ.B.Shoumarov oʼz tadqiqotlari natijalariga tayanib, oilaning mustahkam boʼlishi,er-xotinning baxtiyor hayot kechirishlari va tinch-totuv yashashlarida ularning oʼzaro qovushishi muhim rol oʼynaydi, deb koʼrsatadi. U oʼzaro qovushuvlarning shartli ravishda 3 tarkibiy qismga boʼlinishini eʼtirof etadi.
Ular: 1) biologik qovushuv; 2) psixologik qovushuv; 3) sotsial qovushuv.
Baʼzi hollarda mijoz turi jihatidan kelin-kuyovlar oʼzaro mos kelmasa-da, lekin ular orasida hissiyot kuchi, psixologik- pedagogik bilim saviyasi, oilaviy hayotni mustahkamlashga intilish, tarbiya va madaniy saviya darajasi, oʼzaro munosabat maromlari ularning oʼzaro qovushishi, oilaning mustahkamligini taʼminlay oladi. Kelin-kuyovlarda mehr-muhabbat xudbinlikdan ustun boʼlsa, har qanday tafovut, kelishmovchilik oilaviy turmush uchun xavf tugʼdirmaydi. Shuningdek, psixologik qovushuvda markaziy oʼrinni shaxs psixologiyasining tarkibiy qismlaridan biri boʼlgan feʼl-atvor va xarakter egallashi alohida taʼkidlanadi.Muallif tadqiqotlarida oilada er bilan xotin orasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklarni psixologik tahlil qilib, ularning asosiy sabablari kelin-kuyovning kasb-faoliyati va oilaning qadr-qimmatini oʼlchashlari, unda yetakchilik mavqeini qoʼlga kiritish uchun kurashishlari, bir-birini psixologik xususiyatlarini tushunib yetmasliklari,
uy-roʼzgʼor ishlarini bajarishga tayyor emasliklari, jinsiy tarbiyaga oid bilimlarning
yetarli emasligi, bolalarni tarbiyalashdagi kelishmovchiliklari, mijozlarining mos
kelmasligi, jinsiy masalalarda kelisholmasliklari, farzandsizlik, rashk va ishonch-
sizlik ekanligini koʼrsatib oʼtadi.Shuningdek, oila barqarorligiga salbiy taʼsir etadigan eng muhim omillardan biri qaynona-kelin oʼrtasidagi kelishmovchilik lar ekanligi haqida toʼxtalib, buning muhim sabablari qizlarda nikohgacha oilaviy
hayotga, qaynonaga va qaynona-kelin munosabatlariga nisbatan salbiy tasavvurlarning shakllanganligi; qaynona-kelinning dunyoqarashlari; uy-roʼzgʼor tutishda kelishmovchiliklarning paydo boʼlishi; baʼzi kelinlarning kelinlik va onalik vazifalarini bajarishga tayyor boʼlmasligi; ayrim hollarda qaynona-kelin bolalar tarbiyasi masalasida kelisholmay qolishlari, baʼzan katta xonadonlarda ovsinlar qaynona iltifoti uchun bir-biri bilan kelisholmasligi, baʼzi hollarda qaynona kelinning yosh xususiyatlari, qiziqishi, orzu-havaslari, ishlashi yoki oʼqishini hisobga olmasligi, ayrim kelinlarning yangi oilaga moslashishining qiyin
kechishi ekanligi keltirib oʼtilgan. E.Gʼozievning oilaviy hayot muammolari sohasida olib borayotgan tadqiqotlari diqqatga sazovordir. Olimning fikricha, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda yoki yangi oilalar qurishda ana shu muhim asoslarga eʼtibor berish va baʼzi bir narsalardan ogoh boʼlish zarur. Oila but boʼlishi uchun birinchi navbatda, shaxslararo tenglikni qaror toptirish kerak. Ikki yosh, yaʼni boʼlgʼusi kuyov-qayliqlar bir-birlarini chuqurroq oʼrganishlari, ayrim nuqsonlarga koʼz yumishlari zarur. Yoshlarni qiyinchiliklarni yengishga, oʼzgacha shart-sharoitga koʼnikishga bolalikdan oʼrgatib borish lozim. Eng muhimi ular oʼrtasida chin muhabbat boʼlishi darkor. Oilada mehnat taqsimotini toʼgʼri yoʼlga
qoʼyish ayni muddaodir.E.Gʼoziev oʼz tadqiqotlarida oilada yuzaga keladigan ziddiyatlar va oila buzilishlari haqida ham alohida toʼxtalib, uning muayyan
sabablari: er-xotinning xarakter jihatidan mos tushmaganligi, farzand koʼrmaslik, kelinning maʼnaviy va jismoniy jihatdan haqoratlanganligi, moddiy taʼminotdagi kamchiliklar, tarbiyaviy qashshoqlik, oilada ortiqcha anʼana va marosimlarning mavjudligi, ichkilikka ruju qoʼyish, rashk, madaniy hordiq chiqarish imkoniyatining yoʼqligi,qarindosh-urugʼchilikdagi koʼngilbuzar ishlar mavjudligini koʼrsatib oʼtadi.E.Gʼoziyevning bu sohadagi ishlari bilan tanishar ekanmiz, ularda oʼzbek oilasidagi shaxslararo munosabatning oʼziga xosligi, oila barqarorligining ijtimoiy-psixologik mezonlari haqida ham qimmatli maʼlumotlar borligini koʼramiz.
V.M.Karimova oʼzbek yoshlarida oila toʼgʼrisidagi ijtimoiy tasavvurlar shakllanishi, oʼzbeklarning oilaviy psixologiyasining oʼziga xos tomonlari haqida salmoqli tadqiqot ishlarini olib borgan. Muallif tadqiqotlari davomida oʼzbek xalq ogʼzaki ijodida, islom dinining muqaddas manbalarida, sharq mutafakkirlari asarlarida, taniqli pedagog va psixolog olimlar asarlarida nikoh va oila, oilaviy hayot muammolariga doir materiallarni izchil oʼrganib, psixologik tahlillar asosida bir qator ilmiy gʼoyalarni ilgari surgan.Muallifning fikricha, oilaviy-ijtimoiy tasavvurlar murakkab va koʼp komponentli psixologik tizimlar boʼlib, ularning tarkibiga oilaning umumiy qadriyatlari, shaxslararo munosabatlarga xos tasavvurlar, erkak va ayol fazilatlari, ularning oilaviy munosabatlardagi oʼrni va ahamiyati toʼgʼrisidagi,oilaviy rollar va ularni amalga oshiruvchi ijtimoiy ustanovkalar, reproduktiv tasavvurlar va boshqa ijtimoiy-psixologik tushunchalar kiradi.
V.M.Karimova tadqiqotlarida oilaviy ijtimoiy tasavvurlar shakllanishida bola shakllanayotgan oila va undagi oʼzaro munosabatlar xarakteri muhim ahamiyat kasb etishi, yaʼni oilaning katta yoki kichikligi, toʼliq yoki notoʼliqligi, jinsiy munosabatlari haqida va reproduktiv tasavvurlar xarakterini belgilashi va shaxsiy ijtimoiy moslashuvlar yoʼnalishida aks etishi aniqlangan.
Demak, bu tadqiqotlarda nikoh oldi omillarga, bo’lajak er-xotinning oila qurishga tayyorligiga, ularning psixologik xususiyatlarini tahlil qilishga alohida e’tibor qaratilmagan.
Shuni alohida qayd etish kerakki, hanuzgacha O‘zbekistonda mukammal dasturga va amaliy tajribalar yakuniga asoslangan yagona psixologik xizmat tizimini boshqaruvchi rasmiy maqomga ega bo‘lgan Markazning mavjud emasligi va ayni paytda, psixologik xizmat tizimining bugungi holati va uning amaliy faoliyat yo‘nalishlarini har tomonlama, chuqur tahlil qiluvchi va shu tahlillar asosida psixologik xizmatning istiqbollarini ochib beruvchi maxsus tadqiqotlarning taqchilligi, ayniqsa, oilaviy munosabatlar tizimidagi muammolarni hal qilishga amaliy yordam beruvchi psixologik xizmatning barcha fuqarolar foydalanishi mumkin bo‘lgan darajada tashkil qilinmaganligi nihoyatda dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Demak, mazkur muammoni bartaraf etish uchun, O‘zbekistonda psixologik xizmatning joriy etilishi, bugungi holati va istiqbollarini o‘rganishga, tahlil qilishga va izohlashga bag‘ishlangan psixologik, ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarning olib borilishi kelajagi buyuk bo‘lgan O‘zbekistonimiz ravnaqi uchun kechiktirib bo‘lmas davr taqozosidir.
Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish