Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Buqalamun
113
icha boshlasa, odamlar u yoqda tursin, hatto 
itlar uvillardi. Posudin-chi! Posudinning bur-
ni ham qizarmaydi! Xonasini berkitib oladi-da, 
araqdan bosh ko‘tarmaydi! Birov ko‘rib qolma-
sin deb, stolining ichiga bir quti yasattiripti, u 
yashikdan kichkina naycha chiqib turar ekan. 
Qachon kerak bo‘lsa qutida araq... Engashib 
naychadan  so‘rdimi,  bo‘ldi,  kayfi  taraq...  Iz-
voshda ham olib yurarkan... portfelida ham...
«Qayerdan bilishadi bu narsalarni? – deb 
qo‘rqib ketdi Posudin. – Hatto bu ham oshkora 
bo‘pti-ya! Shunchalik bemazalik».
– Xotinlarga pashshaxo‘rda bo‘lishini ayt-
maysizmi? Voy bachchag‘ar-ey! (Izvoshchi 
kulib, bosh chayqadi). Gunohdan qo‘rqmay-
di-ya... O‘zining ham o‘ntacha o‘ynashi bor-
dir... Ikkitasini o‘z uyida olib turadi. Nastasya 
Ivanovna degani butun uy ichini boshqaradi, 
ikkinchisi, xax oti nimaydi, ha Lyudmila Sem-
yonovnasini kotib qilib qo‘ygan... Ammo ham-
masidan Nastasyaning so‘zi o‘tadi. Aytganini 
qildiradi, hukmi baland-da. Hamma Posudin-
dan emas, Oshandan qo‘rqadi... Voy tavba-yey! 
Yana bir o‘ynashi bo‘lsa Kachalnaya degan 
ko‘chada turadi... Uyatsiz, ablah!
«Hatto ularni nomma-nom biladi-ya! – deb 
o‘yladi Posudin, qizarib-bo‘zarib. – Tag‘in, kim 
deng, bir umr shaharga bormaydigan mar-
dikor, aravakash-a! Qanday pastlik bu! Ablah-
lik! Bemazalik!»
– Bu gaplarni qayerdan bilasan? – deb so‘ra-
di u, jahl bilan.


Anton Chexov
114
– Odamlardan-da, kimdan bo‘lardi.... O‘zim-
ku, ko‘rganim yo‘q. Odamlardan eshitaman... 
Bilishim qiyin deysizmi? Xizmatchining yoki 
izvoshning tilini qirqib bo‘lmaydi. Nastasya-
si ham ko‘cha-ko‘ylarda maqtanib yuradi. El 
og‘ziga elak tutib bo‘ladimi... Posudin yaqinda 
yangi qiliq chiqaripti: hech kimga bildirmas-
dan tekshirishga boradigan bo‘pti. Ilgarigisi bir 
yerga bormoqchi bo‘lsa bir oy oldin xabar berib 
qo‘yardi. Yo‘lga chiqsa – shuncha shovqin, 
shuncha to‘polon, g‘avg‘o solardiki, aslo 
qo‘yavering! Oldida, ketida, atrofida choparlar 
ot qo‘yib borishardi. Manziliga yetib borib, rosa 
uxlab olardi, o‘lgudek ichardi, yerdi-da, keyin 
baqirgani-baqirgan edi. Tomog‘i bo‘g‘ilguncha 
baqirib, yer tepinib bo‘lib, uyquga to‘yib olib, 
yana tantana-yu dabdaba bilan qaytib ketar-
di... Bunisi bo‘lsa biron gap eshitib qolsa, hech 
kimga bildirmay, eshitdirmay, sekin-asta bora-
di... Qiziq-da! Amaldorlarga bildirmay uydan 
chiqadi-da, mashinaga o‘tiradi. O‘ziga kerak 
joyga borib tushadi-da, kirakash izvosh yoki 
tuzukroq arava kira qilish qayoqda! Mardikor 
aravasiga tushib oladi. Xotinlarga o‘xshab af-
ti-basharasini o‘rab, bora-borguncha qari it 
singari, xirillab gapiradi, chunki ovozini qo‘yib 
gapirsa odamlar bilib qolar emish. Odamlar ga-
pirib beraversa kula-kula ichaging uziladi. U 
ahmoq meni hech kim taniyolmaydi, deb be-
malol ketaveradi. Biladigan odamga uni tanib 
olish birpaslik ish.
– Qanday qilib tanib olishadi?


Buqalamun
115
– Bundan osoni yo‘q! Ilgarilari Xoxryukovning 
hech kimga bildirmay safar qilishini uning qo‘li 
og‘irligidan bilar edik; aravada o‘tirgan odam 
izvoshchining lunjiga tushirdimi, Xoxryukov 
deyavering. Posudinni darrov tanib olish mum-
kin. Sodda yo‘lovchi – o‘zini sodda tutadi. Po-
sudin hech soddalikka rioya qiladigan odam 
emas. Pochta bekatiga yetib kelishidanoq qila-
diganini qiladi!.. Uy ichi sassiq emish, dim 
 emish, sovuq emish... Jo‘ja qovurib keltir dey-
di, meva keltir, turli murabbolar keltir, deydi... 
Kimki qish faslida jo‘ja bilan meva talab qilsa 
– Posudin bo‘ladi, buni bekatda hamma bila-
di. Kimda-kim bekat nazoratchisini «azizim» 
desa va odamlarga bo‘lgan-bo‘lmagan ishlarni 
buyuraversa – Posudin deyavering. Uning hidi 
ham odamlarnikiga o‘xshamaydi, uyquga yo-
tishi ham boshqacha... Bekatga kelib divanga 
yotadi­da, atrofiga atir sepadi, yostig‘ining yo-
niga uchta sham yoqib qo‘yishni buyuradi. Har 
xil qog‘ozlarni o‘qib yotadi... Uning Posudinli-
gini nazoratchi u yoqda tursin, hatto mushuk 
ham fahmlay oladi...
«Rost, rost... – deb o‘yladi Posudin. – Nega 
buni oldin bilmagan ekanman!»
– Biladigan odam jo‘jasiz ham, mevasiz ham 
uning kimligini bilib oladi. Telegraf aytadi... Afti 
basharangni xoh berkit, xoh berkitma, bari bir, 
kimligingni bilishadi. Kelishingni kutishadi. 
Posudin hali uydan yo‘lga chiqmasdan, bu yer-
da hamma narsa taxt turadi. U bostirib bora-
man, sudga beraman, amaldan bekor qilaman, 


Anton Chexov
116
deb yelib-yugurib keladi-yu, ammo jinoyatchi-
lar uni masxara qilib kulishadi. Hech kimga 
bildirmay keldim deysan janobi oliylari, qani, 
top-chi gunohimizni, deyishadi. U quruqdan 
quruq qaytib ketaveradi... Tag‘in maqtab ham 
qo‘yadi, qo‘llarini siqadi, bezovta qilgani uchun 
afv so‘raydi... Shunaqa, og‘ayni! Sen nima 
deb o‘ylarding? Ish shunaqa, janobi oliylari! 
Bu yerning odamlari shunaqa ayyor bo‘ladi-
ki, bir-biridan o‘tkir. Havasing keladi! Hech 
bo‘lmasa mana shu bugungi voqeani oling... 
Erta bilan izvosh haydab ketayotsam, stansi-
ya tomonidan juhud bufetchi izvosh choptirib 
kelmoqda. «Yo‘l bo‘lsin, juhud afandim?» deb 
so‘radim, u «N. shahriga vino bilan gazak olib 
ketayotirman. U yerga bugun Posudin kelar-
mish», deb javob berdi. Mana, ko‘rdingizmi? 
Posudinning o‘zi shaharga endi otlanayotgan-
dir, hech kim tanimasin deb yuz-u ko‘zlarini 
o‘rab turgan bo‘lsa-yu, ketayotganligimni hech 
kim bilmaydi, deb o‘ylasa-yu, unga atab vino, 
baliq, har xil gazaklar tayyor tursa... u bo‘lsa 
«Kuningiz bitdi, ablahlar!» deb yo‘lda ketmoq-
da. Ablahlar esa pinaklarini buzishmaydi. Kel-
sa kelaversin! Ularning butun jinoyatlari al-
laqachonlar berkitilgan!
– Qayt orqangga! – deb baqirdi Posudin 
bo‘g‘ilib, – aravani bur, hayvon!
Hayron qolgan izvoshchi aravasini orqaga 
qaytardi.



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish