Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Zumrad
tarjimasi
QISHLOQ LUQMONLARI
Qishloq kasalxonasi. Ertalab.
Shifokor qishloq noziri bilan ovga ketgani 
uchun kasallarni Kuzma Yegorov va Gleb 
Glebich degan feldsherlar qabul qilmoqda edi. 
Kasallar o‘ttiztacha bor. Kuzma Yegorov ular-
ning ro‘y xatdan o‘tishini kutib xonada qahva 
ichib o‘tiripti. Tug‘ilgandan buyon yuz-qo‘liga 
suv, sochiga taroq tegmagan Gleb Glebich bo‘lsa 
katta stolga ko‘kragini berib, ku yib-pishib ka-
sallarni yozmoqda. Ro‘yxat statistika uchungi-
na olinadi. Unda kasallarning ismi, otasi ning 
ismi, familiyasi, qayerlik, qaysi taba 
qadan, 
yoshi, savodi bormi-yo‘qligi haqida yozilib, qabul 
tamom bo‘lganidan keyin kasalning nima ekan-
ligi va berilgan dorining nomi yozib qo‘yiladi.
– Shunaqa ham rasvo pero bo‘ladimi! – 
deb achchig‘landi Gleb Glebich katta kitobga 
o‘xshagan daftarning mayda varaqalariga alo-
mat  harflarni  yozaturib.  –  Shu  ham  siyohmi? 
Xuddi qora moy-a! Bu zemstvoga
1
 hayronman, 
kasallar ro‘yxati olinsin deb buyruq beradi-
yu, siyoh olish uchun yiliga atigi ellik tiyin pul 
chiqaradi. 
1
  Zemstvo – Rossiyada inqilobdan ilgari chekli huquqqa  ega 
bo‘lgan turli mahalliy muassasalar nomi.


Anton Chexov
38
– Beriroq kel! – deb baqiradi u.
Yuz­ko‘zini  o‘ragan  bir  kishi  bilan  «hofiz» 
Mixaylo unga yaqinroq keladi.
– Oting nima?
– Ivan Mikulov.
– A, nima deding? Ruscha gapir!
– Ivan Mikulov!
– Ivan Mikulov! Sendan so‘rayotganim yo‘q. 
Nariroq tur! Sen! Oting nima?
Mixaylov kulimsirab:
– Nima, o‘zing bilmaysanmi? – deydi.
– Nega kulasan? Jin urganmi buni! Vaqt 
tang, o‘zim shoshib turibman-ku, bu hazil qila-
di! Oting nima?
– O‘zing bilmaysanmi? Laqillab qoldingmi, 
nima balo!
– Bilaman, lekin so‘rashim kerak, chun-
ki so‘rovnomada shu savol bor... Biz unaqa 
bo‘lmaymiz... Sizga o‘xshagan yotib ichadigan 
odatimiz yo‘q... Isming nima? Otangning is-
mi-chi?
– O‘zing bilgandan keyin aytishimning nima 
hojati bor? Besh yildan beri bilgan odam, ol-
tinchi yilga kelib esingdan chiqarib qo‘ydingmi?
– Esimdan chiqarganim yo‘q, lekin so‘rov-
nomada shunaqa! Tushunayapsanmi? Yo 
rus tilini bilmaysanmi? So‘rovnoma shunaqa 
deyapman-ku.
– So‘rovnomang shunaqa bo‘lsa qurib ketsin! 
Yoz! Mixaylo Fedotich Izmuchenko...
Izmuchenko emas, Izmuchenkov.


Buqalamun
39
– Ha mayli Izmuchenkov bo‘laqolsin... Bil-
ganingni yoz... Ishqilib tuzatsang bas... Bir 
balo Ivanovich desang ham bo‘laveradi... Men-
ga baribir.
– Qaysi tabaqadan?
– Hofiz.
– Yoshing nechada?
– Kim biladi deysan, beshik to‘yimga borgan 
emasman, bilmayman.
– Qirqqa borgandirsan?
– Balki borgandirman, balki bormagan-
dirman... Bilganingcha yozaver.
Gleb Glebich Mixayloga biroz qarab tur-
gandan keyin 37 deb yozib qo‘ydi. So‘ng biroz 
o‘ylanib turdi-da, uni o‘chirib 41 deb tuzatib 
qo‘ydi.
– Savoding bormi?
–  Iye,  butxonada  hofizlik  qiluvchining  ham 
savodi bo‘lmaydimi? Miyang joyidami o‘zi!
– Odamlarning oldida menga baqirmasdan, 
sizlab gapirmog‘ing lozim, yana kim bor? Kim-
san? Isming nima?
– Mikifor Pugalov, xaplovolikman.
– Xaplovoliklarni qaramaymiz! Yana kim bor?
– Xudo xayringizni bersin... Janobi oliylari, 
yigirma chaqirimdan piyoda keldim.
– Xaplovoliklarni qaramaymiz! Nariroq tur! 
Yana kim bor? Tamaki chekma!
– Men chekayotganim yo‘q, Gleb Glebich!
– Qo‘lingdagi nima?
– Bumi, barmog‘imni bog‘lab qo‘yibman Gleb 
Glebich.



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish