FARG'ONA VODIYSIDAGI "QIZIL KITOBGA" KIRITILGAN O`SIMLIK VA HAYVONOT TURLARI VA ULARNI MUHOFAZA QILISH CHORA TADBIRLARI
Reja:
Hayvonot dunyosining iqtisodiy ahamiyati
O`rta Osiyo regioni
Qonun hujjatlarida hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlari.
Hayvonot dunyosining iqtisodiy ahamiyati nuqtai nazaridan muhim tabiiy resurs, oziq-ovqat mahsulotlari, sanoatbop, texnikaviy va dorivor xom ashyo hamda boshqa moddiy boyliklar olish manbai ekanligi ma'lum. Shunday ekan uni huquqiy ekologik muhofaza qilish juda zarurdir. Bu ishda mamlakatimiz qonunlari, O`zbekiston fuqarolarini hayvonot dunyosiga sohibkorona va insoniy munosabatda bo`lish ruhida tarbiyalashga, bu bebaho dunyoni muhofaza qilish hamda samarali va oqilona foydalanishga yordam bermog`i lozim Chunki, hayvonlarning O`zbekiston faunasiga xos bo`lgan talaygina turlari yo`qolib ketish arafasida turibdi, ayrimlari (qulon, turon yo`lbarsi, ola-bula sirtlon va boshqalari) esa butunlay yo`qolib ketdi. Shu boisdan ham noyob va yo`qolib borayotgan hayvonlarni huquqiy ekologik asosda muhofaza qilish katta ahamiyatga ega.
Hayvonot dunyosi yer yuzining hamma joyida mavjud. Quruqlikda yashovchi hayvonlar butun hayvonlar turining 93 foizini, suv hayvonlari esa 7 foizini tashkil etadi. Umuman olganda, yer yuzida yashovchi hayvonlar turi xatto o`simliklar turiga qaraganda 4 baravar ko`p bo`lib, taxminan 2 milliondan ortiqroqdir.Shuni alohida qayd etish lozimki, butun jonivorlarning 75 foizi hasharotlarga to`g`ri keladi. Hasharotlardan keyin malyuskalar turadi (8,8 foiz), ulardan keyin jamiki umurtqalilar turadi (qushlar, baliqlar, quruqda-suvda yashovchilar, sut emizuvchilar). Umurtqalilar 35600 tur bo`lib, bularning yarmi baliqlardir. Sut emizuvchilar esa umurtqalilarning 0,1 qismini tashkil qiladi.Ma'lumotlarga ko`ra, keyingi 100-150 yil mobaynida hayvonlarning ko`plab turlari yo`qotilib yuborildi. Masalan, 1800 yilgacha sut emizuvchilarning 33 turi, qushlarning 30 turi yo`q qilingan bo`lsa, undan keyingi 100 yilda 73 tur sut emizuvchi, 120 tur qushlar batamom yo`qolgan. Keyingi 50 yilda esa hayvonot dunyosining undan ham qo`proq vakillari o`q qilib yuborilganO`rta Osiyo regioni o`z hayvonot va o`simlik olamining xilma-xilligi va boyligi bilan ajralib turadi. Masalan, O`zbekistonda 650 dan ortiq umurtqali hayvonlar, shu jumladan sut emizuvchilar - 99 tur, qushlar - 410 tur, sudralib yuruvchilar - 57 tur, suvda va quruqlikda yashovchilarning - 3 turi uchraydi.
Ammo, shunisi achinarliki, O`zbekiston "Qizil kitobi"ga umurtqali hayvonlarning nodir va yo`qolib ketish xavfi ostida bo`lgan jami 63 turi va kenja turi kiritilgan bo`lib, ular orasida 22 tur sut emizuvchi hayvon, 31 tur qush, 5 tur sudralib yuruvchi hayvon va 5 tur baliq bor.
O`zbekiston Respublikasida mustaqillikka erishgandan so`ng, iqtisodiy, ekologik, geografik va milliy xususiyatlarni hisobga olib bir qator yangi qonunlar qabul qilindi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, hayvonot dunyosini muhofaza qilish xususiyati shundan iboratki, ular asosan tabiatning barcha obyektlari, boyliklari faoliyatining ma'lum mutanosiblikda saqlanishi bilan bog`liq.Oliy Majlisning e'tiborli faoliyatida qabul qilingan, "Tabiatni muhofaza qilish" (1992 y.), "Suv va suvdan foydalanish" (1993 y.), "Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar" (1993 y.), "Yer osti boyliklari to`g`risida"gi (1994 y.), "Atmosfera havosini muhofaza qilish" (1996 y.), "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish" (1997 y.), "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish" (1997 y.), "Yer Kodeksi" (1998 y.), "O`rmon to`g`risida"gi (1999 y.) bir qator O`zbekiston Respublikasining qonunlari respublikamizda ekologik holatni yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Jumladan respublikamizdagi mavjud hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish maqsadida, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 26 dekabrdagi sessiyasida qabul qilingan "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonuni katta ahamiyatga ega.
Ushbu qonun quruqlikda, suvda, atmosferada va tuproqda tabiiy erkinlik holatida yashaydigan, O`zbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtincha turadigan yovvoyi hayvonlarni, shuningdek ilmiy yoki tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida yarim erkin sharoitida yoki sun'iy yaratilgan yashash muhitida boqilayotgan hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasida hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog`iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.Agar O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo`lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo`llaniladi.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risidagi qonun hujjatlarining vazifasi hayvonot dunyosining yashash sharoitlarini ta'minlash, ularning xilma-xil turlarini hamda tabiiy galalari butligini va yashash muhitini saqlash maqsadida hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish, uni tiklash va takror yetishtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Mazkur "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunning 3-moddasida "Hayvonot dunyosiga nisbatan mulkdorlik" masalasi ko`rsatilgan. Jumladan unga asosan Hayvonot dunyosi davlat mulki - umummilliy boylik bo`lib, undan oqilona foydalanilishi lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.Shunday ekan, hayvonot dunyosi obyektlariga nimalar kirishini bilib olish zarur. Ushbu qonunning 4-moddasida quyidagicha ta'riflangan.Hayvonot dunyosi obyektlari quyidagilardan iborat: kelib chiqishi hayvonlarga mansub bo`lgan organizmlar - sut emizuvchilar, parrandalar, sudralib yuruvchi hayvonlar, ham quruqlikda, ham suvda yashovchi hayvonlar, baliqlar, umurtqasizlar va ularning populyatsiyalari;yovvoyi hayvonlardan tashkil topadigan tabiiy hayvon galalari yoki ularning har qanday tudalari; ovvoyi hayvonlarning kamyob yoki yo`qolib ketish xavfi ostida bo`lgan turlari; yovvoyi hayvonlar yashash faoliyatining mahsulotlari Ta'kidlash o`rinliki, amaliyotda har doim ham hayvonot dunyosini muhofaza qilishga, undan oqilona estetik maqsadda foydalanishga e'tibor berilmaydi. Shuning uchun ham hayvonot dunyosini muhofaza qilishning quyidagi tadbirlarini amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Ushbu holat qonunning 30-moddasida quyidagicha ko`rsatilgan.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish:hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va ularni takror yetishtirish qoidalari va normalarini belgilash;
hayvonot dunyosidan foydalanishda cheklashlar va taqiqlar belgilash;
hayvonot dunyosidan o`zboshimchalik bilan foydalanishning va undan foydalanish borasida belgilangan tartibni boshqacha buzishlarning oldini olish;
hayvonlarning yashash muhiti, ularning urchishi shart-sharoitlari va ko`chib yurish yo`llari muhofaza qilinishini tashkil etish; xo`jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish, transport vositalaridan foydalanish paytida hayvonlar nobud bo`lishining oldini olish;alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar barpo etish;kamyob va yo`qolib ketish xavfi ostida turgan hayvon turlarini tutqunlikda urchitish;
hayvonlar kasallikka chalinganda, ularning tabiiy ofatlar va boshqa sabablar oqibatida nobud bo`lishi xavfi tug`ilganda ularga yordam berish; hayvonot dunyosini muhofaza qilish tadbirlarini asoslashga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo`yicha boshqa tadbirlarni o`tkazish yo`li bilan amalga oshiriladi Hayvonot dunyosidan foydalanuvchi subyektlar yuridik va jismoniy shaxslar, fuqarolar hamda jamoa birlashmalari hayvonot dunyosini hamda uning yashash muhitini muhofaza qilish sohasida ham e'tiborli huquq va majburiyatlarni amalga oshirishlari zarur. Jumladan fuqarolar va jamoat birlashmalari:
hayvonot dunyosini va uning yashash muhitini muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshiradilar;hayvonot dunyosini muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlari ruyobga chiqarilishiga ko`maklashadilar;ekologiya sohasida jamoatchilik ekspertizasini o`tkazadilar;jamoatchilik nazoratini amalga oshiradilar;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish sohasidagi axborotni qonun xujjatlarida belgilangan tartibda oladilar;hayvonot dunyosiga va uning yashash muhitiga yetkazilgan zararni qoplash masalasini qo`yadilarqonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarni amalga oshiradilar.
Shu bilan birga hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat boshqaruvini olib borilishi ham katta ahamiyatga ega.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish ko`mitasi, O`zbekiston Respublikasi Davlat o`rmon ko`mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
Zero, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish ustidan davlat nazoratini olib borish ham ushbu muammo bilan bog`liq ko`pgina masalalarni hal etishga yordam beradi.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari, O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat ko`mitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish ustidan irodaviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik nazorati qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqi, hayvonot dunyosidan foydalanuvchilarning qonuniy huquq va majburiyatlarini amalga oshirishlari, unga amal qilishlari, hayvonot dunyosi davlat mulki -umummilliy boylik sifatida undan oqilona foydalanishlari va davlat tomonidan muhofaza qilish ishlariga bo`ladigan munosabati tushuniladi.
Hayvonot dunyosidan foydalanuvchilar bo`lib yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanishi mumkin. Foydalanuvchilar hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish borasida o`zlariga tegishli huquqni qonun hujjatlarida belgilangan shartlar va tartibda amalga oshirishlari lozim. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish umumiy va maxsus foydalanish tartibida amalga oshiriladiHayvonot dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorda bepul amalga oshiriladi.Hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilangan tartibda beriladigan ruxsatnomalar asosida haq evaziga amalga oshiriladi.
Hayvonot dunyosidan foydalanuvchilar qonunda ko`rsatilgan huquq va majburiyatlarini talab darajasida amalga oshirishlari shart. Ana shunday holatlar "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan qonunning 16-moddasida aniq ko`rsatilgan. Jumladan, hayvonot dunyosidan foydalanuvchilar: hayvonot dunyosi obyektlaridan ularni berib qo`yish shartlariga muvofiq foydalanish; tutib olingan hayvonot dunyosi obyektlariga va ulardan olingan mahsulotga nisbatan mulkdorlik huquqiga egadirlar.Ov qilish yoki baliq ovlash xo`jaligini yurituvchi yuridik shaxslar: yuridik shaxslarga hayvonot dunyosi obyektlaridan belgilangan normalar doirasida foydalanish uchun ruxsatnomalar berishga;
yuridik va jismoniy shaxslar hayvonot dunyosi obyektlaridan ov qilish maqsadida belgilangan normalar doirasida foydalanishi uchun ular bilan shartnomalar tuzishga;
ov va baliq mahsulotini qayta ishlash hamda hayvonot dunyosi obyektlaridan buyumlar ishlab chiqarishga;hayvonot dunyosi obyektlaridan ishlab chiqarilgan mahsulot va buyumlardan foydalanish hamda ularni sotishga;sun'iy ravishda yetishtirilib, tabiiy yashash muhitiga chiqarib yuborilgan hayvon turlaridan foydalanishga haqlidirlar.
Hayvonot dunyosidan foydalanuvchilar:hayvonot dunyosidan foydalanishning belgilangan normalari va muddatlariga rioya etishlari;
hayvonot dunyosining muhofaza qilinishini ta'minlashlari;
hayvonot dunyosidan tabiiy galalarining butligi buzilishiga yo`l qo`ymaydigan va foydalanishga berib qo`yilmagan hayvonlarning saqlab qolinishini ta'minlaydigan usullar bilan foydalanishlari; hayvonlarning yashash muhiti buzilishiga yo`l qo`ymasliklari;
hayvonlar miqdorini hamda ulardan foydalanish xajmlarini hisobga olishlari;
hayvonot dunyosini tiklash va takror yetishtirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishlari shart;
hayvonot dunyosidan foydalanuvchilar qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquq va majburiyatlarga ega bo`lishlari mumkin.Shuningdek, hayvonot dunyosidan foydalanish turlari va usullarini huquqiy holati hayvonot dunyosidan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga katta yordam beradi.
Hayvonot dunyosidan quyidagi maqsadlarda belgilangan huquqiy normalar asosida foydalaniladi:
1) Hayvonot dunyosidan ilmiy, madaniy- ma'rifiy, tarbiyaviy va estetik maqsadlarda foydalanishga hayvonot dunyosi obyektlarini ularning yashash muhitidan ajratib olib va ajratib olmasdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo`l qo`yiladi.
2) Hayvonlarning foydali xususiyatlaridan - tuproq hosil qiluvchilardan, muhitning tabiiy sanitarlaridan, o`simliklarni changlatuvchilardan, shuningdek hayvonot dunyosi obyektlarining boshqa xususiyatlaridan foydalanish ularni yashash muhitidan ajratib olmasdan va ularga yoki ular yashaydigan muhitga zarar yetkazmasdan amalga oshiriladi.
3) Hayvonlardan ularning mahsulotlarini olish maqsadida foydalanishga hayvonot dunyosi obyektlarini yashash muhitidan ajratib olmasdan va ularni nobud qilmasdan, shuningdek ular yashaydigan muhitni buzmasdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo`l qo`yiladi.
Shuningdek "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunning 24-moddasiga asosan: hayvonot dunyosi obyektlarining miqdorini tartibga solish kvotalar asosida amalga oshiriladi. Kvotalar O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi tomonidan hisobga olish ma'lumotlari va O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosalari asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Hayvonlarning ayrim turlarini muhofaza qilish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosalari asosida O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi tomonidan ana shu turdagi hayvonlardan foydalanishga yoki foydalanishning ayrim turlariga cheklashlar yoxud taqiqlashlar belgilanishi mumkin.
Aholi sog`lig`ini saqlash, qishloq xo`jalik mollari va boshqa uy hayvonlari kasalliklarga chalinishining oldini olish, yuridik va jismoniy shaxslarga zarar yetkazilishining oldini olish, hayvonot dunyosining turlari bo`yicha xilma-xilligini saqlab turish maqsadida yovvoyi hayvonlar ayrim turlarining miqdorini tartibga solish tadbirlari o`tkaziladi.
Ayrim turdagi hayvonlar miqdorini tartibga solish tadbirlari hayvonlarning boshqa turlariga zarar yetkazilishini istisno etadigan va ularning yashash muhit saqlanib qolishini ta'minlaydigan usullar bilan O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosalarini hisobga olib hamda yer, suv va o`rmon zahiralarini muhofaza qilishni amalga oshiradigan tegishli davlat organlari bilan kelishgan holda amalga oshirilishi lozim.
Miqdori tartibga solinishi lozim bo`lgan hayvon turlari va ularning miqdorini tartibga solish tadbirlarini o`tkazish qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ushbu masalaga, "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunning 17-moddasiga quyidagicha e'tibor berilgan. Unga ko`ra hayvonot dunyosidan foydalanish turlari quyidagilardan iborat:
ov qilish; baliq ovlash;hayvonot dunyosidan ilmiy, madaniy-ma'rifiy, tarbiyaviy va estetik maqsadlarda foydalanish;hayvonlar faoliyatining foydali xususiyatlaridan foydalanish;
hayvonlardan ularning faoliyati mahsulotlarini olish maqsadida foydalanish.
Qonun hujjatlarida hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkinHayvonot dunyosidan foydalanish hayvonot dunyosi obyektlarini ularning yashash muhitidan ajratib olmasdan amalga oshirilishi mumkin.
Hayvonot olamidan foydalanish huquqi mustaqil tartiblar majmui hisoblanib, u ekologik huquqning bir qismidir. Demak, hayvonot dunyosini huquqiy ekologik muhofaza qilish va undan foydalanish deganda qonunda belgilangan va keng o`rin olgan uning ekologik ahamiyatini saqlashga, jamiyatning iqtisodiy, ilmiy, madaniy, estetik, tabiiy, tarbiyaviy va boshqa ehtiyojlarini qondirishga yo`naltirilgan davlat va ijtimoiy huquqiy ekologik tadbirlarning uyg`unligi tushuniladi Yana shuni ham ta'kidlash lozimki, fikrimizcha hayvonot dunyosini huquqiy-ekologik muhofaza qilish va foydalanishda, noyob hayvonlarni kelajak avlodga saqlab qolish va ko`paytirish uchun xorijiy mamlakatlar, ayniqsa, AQSH, Kanada, Angliya, Yaponiya, Fransiya, Shveysariya va boshqa mamlakatlar tajribasidan foydalanishimiz maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |