Buqalamun
15
qiladi. Bizning rus elida munaqa pishiq kam-
pirlar ko‘p, o‘shalar tufaylidan yurtda muncha-
lar baraka bor!
Choyini ichib bo‘lib, Vasya, kitob-daftarlarini
xaltaga soladi-da, pechkaning orqasiga o‘tadi;
u yerda kampirning kiyimlari bilan bir qatorda
uning paltosi bo‘lmog‘i kerak. Birpasdan keyin
u qaytib chiqib:
– Mening paltom qayerda? – deb so‘raydi.
Kampir bilan boshqa bolalar – hammasi bir
bo‘lib paltoni izlagali kirishadilar, anchagacha
izlaydirlar, lekin palto, suvga singan kesakday,
bedarak bo‘lib ketgan. Qayerda qoldi? Kam-
pir bilan Vasya vahimaga tushganlar, ranglari
o‘chgan. Yegorich ham hayron. Faqat Putoxin
damini chiqarmasdan tek o‘tiradi. Bir narsa
salgina joyida bo‘lmasa dunyoni buzaturg‘on
narsa, bu safar hech narsa bilmagan va hech
narsa eshitmagan bo‘lib o‘tiradi. Munda bir
gap bor.
– O‘sha sotib ichgan! – dedi Yegorich.
Putoxin indamaydi, demak, rost. Vasyaning
joni chiqadi. Uning marhum onasining movut
ko‘ylagidan buzilib tikilgan, juda yaxshi kolen-
kor astarli, shunday yaxshi paltosi araqqa ket-
gan! Demak, palto bilan birga, yon cho‘ntagida-
gi ko‘k qalam, oltin harflar bilan fransuzcha
qilinib «Nota bene» («Sog‘inib esla!») so‘zlari yo-
zilgan qaydlar daftarchasi ham araqqa ketgan!
Daftarcha orasida yana bitta rezinkali qalam,
undan boshqa yana tag‘in allaqancha suratli
yelim qog‘ozlar bor edi.
Anton Chexov
16
Vasyaning xo‘p yig‘lagisi kelib edi-ku, lekin
yig‘lab bo‘lmaydi. Shu tobda boshi og‘rib tur-
gan otasi yig‘i tovushini eshitsa, shovqin solib,
yer depsinib boradi, balki tutib olib uradi, shu
xumorlik vaqtida ursa ham hazilakam urmay-
di, lekin. Kampir Vasyaga bo‘lishadi, unda ota,
kampirni ham ayab o‘tirmasdan kaltaklay be-
radi; bu hangoma, oxirda kelib Yego richning
mushlashishga aralashmog‘i, Putoxinga
yopishmog‘i va ikkalasining gursillab yerga
ag‘darilmog‘lari bilan tamom bo‘ladi. Ikkalasi
yerda surilishib, tipirchinishib yurib, mastlar,
hayvonlar singari vahshat bilan pishnasha-
dilar, kampir bo‘lsa yig‘laydi, bolalar chiyilla-
shadi, qo‘ni-qo‘shni besaranjom bo‘lib darvo-
zabonga odam yuboradilar. Yo‘q, yig‘lamagani
yaxshi.
Ovozini chiqarib yig‘lolmasdan va jahlini yu-
zaga chiqarolmasdan, Vasya, sigirday mug‘ray-
di, barmoqlarini egib sindirgunday bo‘ladi va
yer tepinadi yoki o‘z yengini mahkam tishlab
olib, tish o‘tmasrak narsaga yopishgan itday,
zo‘r berib u yoq-bu yoqqa jirkiydi. Ko‘zlari qini-
dan chiqqan, yuzi jahlining kuchidan qiysha yib
ketkan unga qarab turib, o‘z boshiga ro‘molini
birdaniga tortib olib, damini chiqarmasdan,
ikki ko‘zini bir nuqtaga tikkani holda, qo‘l va
oyoqlarini jinnilardek o‘ynata boshlaydi. Ana
shunday vaqtda, men o‘ylaymanki, bola bilan
kampirning miyasida «biz tugadik endi, bizga
tiriklik yo‘q!» degan ravshan bir xayoldan bosh-
qa narsa aylanmaydi...
Buqalamun
17
Putoxin yig‘ilarni eshitmaydi, lekin u o‘z uyi-
da o‘tirib hamma narsani ko‘rib turadi. Oradan
yarim soat o‘tkach, Vasya kampirning qalin
ro‘moliga o‘ralib maktabiga jo‘nagandan keyin,
ota, yuzi – ta’rif va tavsif qilib bo‘lmaydigan bir
holda, ko‘chaga chiqib o‘g‘lining ketiga tushadi.
O‘g‘lini chaqirgisi, yupatgisi, marhum onasin-
ing arvohini shafe keltirib turib undan kechirim
so‘ragisi keladi, lekin ko‘kragidan so‘z o‘rniga
yolg‘iz xo‘rsinishli yig‘i chiqadi. Kun erta, hali
ham sovuq havo. Shahar maktabiga yetkani-
dan keyin, Vasya, o‘z o‘rtoqlaridan «kampirga
o‘xshaysan» degan ermakni eshitmaslik uchun,
ustidan qalin ro‘molni olib ustidagi yalang qa-
vat, yengil kiyimi bilan maktabka kiradi. Putox-
in bo‘lsa, uyiga qaytgach, yana ho‘ngirak otib
yig‘laydi, allaqanday bir-biriga yopishmagan
so‘zlarni aytib g‘udranadi, ham onaga, ham
Yegorichga, ham uning ish do‘koniga quyuq-
quyuq ta’zimlar qiladi. So‘ngra, biroz o‘ziga kel-
ganidan keyin, yugurganicha mening yonimga
keladi va nafasi bo‘g‘ziga tiqilgani holda, Xudo
hurmatiga yalinib mendan birorta ishga joylab
qo‘ymog‘imni so‘raydi. Men va’da berib ishonti-
raman, albatta.
– Endi ko‘zim ochildi, xayriyat! – deydi u. –
Esim kiradigan vaqt ham bo‘ldi. Xo‘b aynidim,
bas endi!
Sevinadi, menga qulluqlar qiladi, men bo‘lsam,
shu qo‘raga ega bo‘lganimdan beri, shuncha
zamonning ichida, bu hurmatlik qo‘shnilarni
juda yaxshi tanib olganligimdan, uning yuziga
qarab turib, to‘ppa-to‘g‘ri o‘z betiga:
Anton Chexov
18
– Kech qolding, jigarim! Sen o‘lgan kishisan,
– degim keladi.
Menikidan chiqib, Putoxin, to‘ppa-to‘g‘ri sha-
har maktabiga chopadi. U yerda, u yoq-bu yoq-
qa borib yurib o‘g‘lining maktabdan chiqishini
kutadi.
Nihoyat, Vasya chiqqanidan keyin, sevinib:
– Menga qara, Vasya! – deydi u. – Menga ho-
zir xizmat topib beradigan bo‘ladir. Sen shosh-
ma, men senga juda yaxshi piston olib bera-
man... Men seni gimnaziya maktabiga berdira-
man, tushundingmi? Gimnaziya maktabiga!..
Men seni katta odam qilaman! Ichkilikni mun-
dan nari og‘zimga olmayman. Azbaroyi Xudo,
og‘zimga olmayman.
U porloq kelajagiga juda puxta ishonadi.
Lekin yana kech kiradi. Kampir, ikkita bir mi-
riligini ko‘tarib, horigan-charchagan va ezilgan
holda uyga keladi-da, bolalarning kiyimlarini
yuvgali o‘tiradi. Vasya o‘tirib hisob masalasini
hal qiladi. Yegorich ishlamaydi. U Putoxinning
«sharofatida» ichkilikka yomon o‘rganib qoldi,
shu tobda ichkilikning qattiq xumori tutayo-
tir. Uylar issiq, dim. Kampir kir yuvib turgan
tunuka tog‘aradan buruqsab-buruqsab bug‘
chiqadi.
– Bir borib kelsakmi? – deb, tundlik bilan
so‘raydi Yegorich.
Mening ijarachi qo‘shnim indamaydi. Shun-
cha ko‘ngil qaroligidan keyin u aslo chidab
bo‘lmaydigan darajada siqiladi. Xumor bilan,
xafalik bilan zo‘r berib olishadi... Albatta, xafa-
lik zo‘r keladi. Undan narisi ma’lum...
Buqalamun
19
Qorong‘i tushkandan keyin Yegorich bilan
Putoxin chiqib ketishdi; erta bilan Vasya kam-
pirning qalin ro‘molini ham topolmay qoladi.
Mana shunday gaplar o‘tkan bu uyda. Qalin
ro‘molni sotib ichkach, Putoxin, shu bo‘yicha
uyga qaytib kelmadi. Qayerlarda yo‘q bo‘lgani-
ni bilmayman. U bedarak yo‘q bo‘lganidan
keyin kampir ham ichkilikka berildi, so‘ngra
og‘rib yotib qoldi. Uni xastaxonaga olib keldi-
lar, yosh bolalarni allaqaysi qarindoshlari olib
ketdi, Vasya bo‘lsa mana shu kirxonaga ish-
ga kirdi. Kunduz kunlari dazmol qizitib berib,
kechalari pivo ketidan chopardi. Kirxonadan
haydab chiqargan edilar, allaqanday bir yosh
juvonning xizmatiga kirib, allaqanday xizmat-
lar ketidan, kechalari chopadigan bo‘ldi. Uning
o‘zini ham «dallol bola» qo‘ydilar. Undan keyin
nima bo‘ldi ekan, xabarim yo‘q.
Mana bu xonada esa o‘n yil bo‘lib bir qash-
shoq, gadoy cholg‘uchi yashadi. O‘lganidan ke-
yin ko‘rpasining qavatidan yigirma ming so‘m
pul topib oldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |