Anton Chexov
272
mas edi. Olenkaga Sashaning ota-onasi bu-
tunlay tashlab ketganday, bola uyda ortiqcha
odamday tuyildi, bola bechora ochdan o‘ladi,
deb achindi. Ko‘p o‘tmay u, bolani katta uydan
o‘z uyiga olib, jajjigina bir bo‘lmaga joylashtirdi.
Yarim yildan oshdiki, Sasha uning uyida
turadi. Har kuni erta bilan Olenka uning oldiga
kiradi, bola, qo‘lini chakkasiga qo‘yib qattiq ux-
lab yotadi, uyg‘otgani ko‘zi qiymaydi.
– Sashenka, – deydi u, g‘amginlik bilan, –
tur, qo‘zim! Gimnaziyaga boradigan vaqt bo‘ldi.
Sasha o‘rnidan turib, kiyinadi, ibodat qila-
di, keyin nonushtaga o‘tiradi. Uch stakan choy
bilan ikkita katta teshik kulcha va moy surtil-
gan yarimta fransuz bulkani yeb oladi. U hali
uyqudan toza uyg‘ongani yo‘q. Shuning uchun
kayfi buzuqroq. Olenka uni xuddi uzoq safarga
uzatayotganday unga tikilib deydi:
– Sashenka, masalni yaxshilab yodlab ol-
dingmi? Meni tashvishga solib qo‘yding-ku.
Tirishib o‘qi, oppoq qo‘zim... Muallimlaring
so‘zidan chiqma...
– Qo‘ysangiz-chi bu gaplaringizni! – deydi
Sasha.
Keyin u gimnaziyaga ketadi, o‘zi kichkina,
boshida kattakon shapka, yelkasida kitob jildi.
Olenka uning ketidan sekin-asta qadam tash-
lab boradi. – Sashenka! – deb chaqiradi.
Sasha qayrilib qaraydi. Olenka uning qo‘li-
ga xurmo yoxud popuk qistiradi. Gimnaziya
joylashgan ko‘chaga burilgandan keyin, Sasha
o‘zini baland bo‘yli semiz xotin kuzatib qo‘yishi-
dan uyaladi. Orqasiga qaraydi-da:
Buqalamun
273
– Xola, siz endi uyga ketavering, o‘zim bora-
man, – deydi.
Olenka to‘xtab, Sasha gimnaziya eshigidan
kirib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lguncha qarab turadi.
O, Olenka bu bolani naqadar sevadi! U ilgari
kechirgan sevgilarining hech biri ham buncha-
lik chuqur bo‘lmagandi. Endilikda unda onalik
hissi kuchayib borayotgan paytda, uning qalbi
shu qadar fidokorlikka, saxiylikka va sevinch-
ga to‘lib toshgan ediki, bunaqa hisni avval u
sira sezmagan edi. Mana bu birovning bola-
si uchun, uning yuzlaridagi chuqurchalari,
boshidagi shapkasi uchun butun jonini berish-
ga tayyor edi. Nega bunday? Kim biladi deysiz?
Sashani gimnaziyaga kuzatib, o‘zi xursand,
ohista, xushfe’l holda uyga qaytadi. Olti oy ichi-
da ancha yashargan yuzidan jilmayish arimay-
di. Yo‘lda uchragan tanishlar uni ko‘rib xur-
sand bo‘lishadi va:
– Yaxshimisiz, jonginam Olga Semyonovna!
Eson-omongina yuribsizmi? – deyishadi.
– Gimnaziyada o‘qish ham qiyinlashib ket-
di, – deydi u, bozorda uchratgan tanishlariga.
– O‘zingiz o‘ylang, kecha birinchi sinf bolalariga
butun bir masalni yodlashga buyurishibdi, lo-
tinchadan tarjima qildirishibdi, hisobdan ma-
sala berishipti... Yosh bola chidarmidi bunga?
Olenka muallimlar, darslar, darsliklar haqi-
da, xullas, Sasha nimani gapirgan bo‘lsa, u
ham shuni gapiradi.
Soat uchda ikkovlari o‘tirib ovqat yeyishadi,
kechqurunlari dars tayyorlashadi, qo‘shilishib
Anton Chexov
274
yig‘lashadi. Sashani yotqizib bo‘lib, Olenka uni
uzoq cho‘qintiradi, shivirlab duo o‘qiydi, keyin
o‘rniga yotib, uzoq za noma’lum kelajak haqi-
da, Sashaning shifokor yoki injener bo‘lib ye-
tishib, uyli-joyli bo‘lishi, ot-aravaga ega bo‘ladi-
gan, uylanib bola-chaqa ko‘radigan zamonlar-
ni xayol qiladi... U, ko‘zlari uyquga ketarkan,
hamon o‘shalarni o‘ylaydi, yumuq ko‘zlaridan
oqqan yoshlar yuzlarini yuvadi. Qora mushuk
ham uning biqiniga kirib joylashgan:
– Xr... xr... xr...
Birdan ko‘cha eshik qattiq qoqildi. Olenka
uyg‘onib, qo‘rqqanidan nafas olmaydi, yuragi
qattiq uraboshladi. Sal o‘tmay eshik yana taqil-
ladi.
«Xarkovdan telegramma kelgan bo‘lsa, – deb
o‘ylaydi u, vujudini titroq bosib, – onasi o‘g‘lini
chaqirtirgan bo‘lmasin... Oh, Xudoyim!»
Uni umidsizlik bosdi, boshini ko‘tarolmadi,
keyin ikki qo‘li, oyoqlari bo‘shashib ketdi, o‘zi-
ni dunyoda eng baxtsiz banda his qildi. Biroq
yana birpasdan keyin hovlidan tanish ovozlar
eshitildi, ot shifokorining klubdan qaytgani
ma’lum bo‘ladi.
«Xudo, o‘zingga shukr!» deb qo‘ydi Olenka.
Yuragi sekin-asta yengillashdi, u yana
tinchiy di. Yana o‘rniga yotib, uyquda yotgan
Sashani o‘ylaydi. Sasha esa qo‘shni uyda qattiq
uyquda yotib, goho-goho:
– Senimi, shoshmay tur! Ket! Urishma! – deb
uyqusiraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |