Buqalamun
287
– Xuddi toliqqanga o‘xshaysiz. Bahorga uyi-
mizga kelganingizda yoshroq va mehribonroq
ko‘ringandingiz. Ruhan yengil va qiziqarli inson
edingiz. Ko‘p gapirganingiz yodimda, menga yo-
qib qolganingizni yashirmayman. Negadir yoz
bo‘yi sizni ko‘p esladim. Bugun
teatrga kelayot-
gan chog‘imda ham menga xuddi uchratadi-
gandek tuyildi. – U kulib yubordi.
– Lekin bugun horg‘insiz, – takrorladi u. – Bu
esa sizni qari ko‘rsatarkan.
Ertasiga men Luganovichlarnikida nonush-
ta qildim. Undan so‘ng ular dala-hovlilariga
yaqinlashayotgan qishga tayyorgarlik ko‘rish
maq
sadida kelishdi, men ham er-xotinlarga
hamroh bo‘ldim. Shaharga qaytgach, kamin ol-
dida o‘tirib, yarim
tungacha tinch oila davrasi-
da issiq choy ichib suhbatlashib o‘tirdik, yosh
ona har zamon-zamonda tashvishlanib, uxlab
yotgan qizidan xabar olish maqsadida bosh-
qa xonaga chiqardi. Shundan so‘ng men doim
shaharga kelganimda, albatta, ularnikida meh-
mon bo‘lardim. Luganovichlar menga o‘rga-
nib
qo lishdi, men ham... Odatda hech qanday
ogoh lantirishlarsiz tashrif buyurardim.
– Kim ekan? – uzoq xonalardan biri menga
yoqimli, chiroyli tovush eshitilardi.
– Bu Pavel Konstantinovich, – javob berardi
oqsoch yoki enaga.
Anna Alekseyevna yonimga har doim tash-
vishlanib chiqar va:
– Nega uzoq vaqtdan beri ko‘rinmay ketdin-
giz? Nima bo‘ldi, tinchlikmi?
Anton Chexov
288
Uning yoqimli qarashlari,
uzatgan mehri-
bon qo‘llari, uy ko‘ylagi, soch turmagi, ovozi,
oyoq tovushlari menda yangi taassurotlarni
uyg‘otar, u hayotimda uchragan eng g‘aroyib
va men uchun qadrli ayol edi.
Biz uzoq suhbatlashardik yoki uzoq jim tu-
rardik. Har kim o‘z hayoti haqida o‘ylardi. U
menga royalda musiqa chalardi. Agar uyda
hech kim bo‘lmasa kutishga to‘g‘ri kelardi, men
enaga bilan gaplashib, bola bilan o‘ynardim
yoki xonadagi divanda uzala tushib, gazeta
o‘qirdim. Anna Alekseyevna kelishi bilan uni
birinchi bo‘lib kutib olardim, agar
bozorlik qilib
qaytgan bo‘lsa, qo‘lidan yuklarini olardim. Ne-
gadir men bu ishni xuddi yosh bolaga o‘xshab
cheksiz quvonch va mehr bilan bajarardim. Yu-
mushi yo‘q xotin o‘ziga dard sotib oladi, degan
maqol bor. Luganovichlarning tashvishlari yo‘q
edi, mana ular men bilan do‘stlashishdi. Agar
uzoq vaqt shaharga kelmasam yo betob bo‘lib
qolsam yoki biror narsa yuz bergan bo‘lsa, ular
juda ham tashvishga tushishardi. Ko‘p tillarni
biladigan, ziyoli odam ilm yoki badiiy ijod bi-
lan shug‘ullanadigan odam qishloqda charxpa-
lakda aylanayotgan olmaxonga o‘xshab, tinim
bilmay ishlayman, biroq cho‘ntakda sariq cha-
qam ham yo‘q.
Ular mening iqtisodiy ahvo-
limdan yaxshi xabardor edilar. Shu sabab bu
er-xotinlarga men, hatto quvonchli daqiqalarda
kulsam ham o‘z dardlarimni yashirish uchun
shunday qilayotgandek tuyilaverardim. Buni
esa ularning sinovchan qarashlaridan sezish
qiyin emasdi. Er-xotinlar ayniqsa, menga chin-