Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Anton Chexov
292
o‘ylashardi. Hammalari meni oliyjanob odam 
deb o‘ylashardi. Kattalar ham, bolalar ham xo-
nada oliyjanob odam yurganligiga his qilishar-
di. Bu esa munosabatlarimizga iliqlik bag‘ish-
lardi. Men va Anna Alekseyevna bilan birga te-
atrga har doim yayov borardik. Biz yonma-yon 
o‘tirganimizda yelkalarimiz bir-birimizga te-
gib turardi. Men indamay, qo‘lidan binoklni 
olardim va ayni ana shu daqiqada uning naqa-
dar yaqinligini, meniki ekanligi, bir-birimizsiz 
yashay olmasligimizni his qilardim, lekin te-
atrdan chiqishimiz bilan biz xuddi begonalarga 
o‘xshab xayrlashardik. Shaharda biz haqimiz-
da turli mish-mishlar tarqatishgandi, ammo 
ularning birortasi haqiqat emasdi. 
Oxirgi yillarda Anna Alekseyevna butun ha-
yotini ma’nisiz o‘tkazganini his etganida, erini 
va bolalarini ko‘rgisi kelmay qolganida, ruhi 
cho‘kkan vaqtlarida tez-tez goh onasinikiga, 
goh opasinikiga ketib qolardi. U asablari buzil-
gani bois davolanardi. Begonalar oldida u meni 
ko‘rganida kayfiyati yo‘qolib qolar, nima haqida 
og‘iz ochmasam u fikrimga qo‘shilmasdi. Agar 
birov bilan bahslashayotgan bo‘lsam, albat-
ta raqib tomonga o‘tib olar, bunday bahslarda 
g‘olib chiqqanimda esa u sovuqqonlik bilan:
– Tabriklayman! – derdi. Shu bois jim turar-
dik. Hammamiz sukut saqlardik. 
Agar men u bilan teatrga borib, qo‘lidan bi-
noklni olishni unutsam u menga qarab:
– O‘zim ham buni unutasiz, deb o‘ylagan 
edim, – derdi.


Buqalamun
293
Baxtgami yoki baxtga qarshimi hayotimizda 
baribir ertami-kechmi tugamaydigan narsa ning  
o‘zi yo‘q. Luganovichni shimoliy guberniyaga 
boshliq qilib yuborishdi. Ayriliq onlari keldi. Uy 
jihozlari, otlar va dala-hovlini sotish kerak edi. 
Dala-hovliga borganimizda oxirgi marta yashil-
ga bo‘yalgan uyning tomiga va boqqa mehr bi-
lan nazar tashladik. Hamma xafa edi. Men esa 
faqatgina dala-hovli bilan xayrlashishga to‘g‘ri 
kelmasligini yaxshi anglardim. Avgustning 
oxirida Anna Alekseyevnani shifokorlar tavsi-
ya qilishganidek Qrimga jo‘natishga qaror qil-
gandik. Ko‘p o‘tmay Luganovich bolalari bilan 
o‘zining shimoliy guberniyasiga yo‘l oladi. 
Biz Anna Alekseyevnani ko‘pchilik bo‘lib ku-
zatdik. U eri va bolalari bilan xayrlasharkan, 
uchinchi qo‘ng‘iroq chalinishiga bir daqiqa qol-
gandi. Men u unutib qoldirgan oxirgi jomadon-
ni javonga joylashtirish uchun kupega qarab 
yo‘l oldim. 
Xayrlashish kerak edi... Kupeda yolg‘iz qol-
ganimizda ko‘zlarimiz to‘qnashdi. Kuch ikki-
mizni ham tark etgandek bo‘ldi. Men uni 
bag‘rimga bosdim. U esa ko‘kragimga yuzlari-
ni bosdi va ko‘z yoshlarni to‘xtatib bo‘lmasdi. 
 Uning yuzlarini, bo‘yinlari va qo‘llarini o‘par-
kanman, sevishimni tan oldim. Oh, biz naqadar 
baxtsiz edik. Yuragimni yondirayotgan darddan 
azob chekarkanman, shuncha yil o‘zimni oddiy 
va arzimas yolg‘onlar bilan aldab kelganligim-
ni, bular esa meni sevishga qanchalar to‘sqin-
lik qilganligini tushundim. Muhabbat bu – 


Anton Chexov
294
ulug‘ tuyg‘u. Baxtmi yo baxtsizlikmi, gunohmi 
yo savobmi, deb bosh qotirish shart emas, u 
bulardan-da muhimroq ekanligini ang 
ladim. 
Bunday ishlarda aqlga emas, ko‘ngilga taya-
nish kerak. 
Men uni oxirgi marta o‘pdim va biz bir umr-
ga ayrildik. Poyezd yo‘lga tushdi. Men qo‘shni 
bo‘sh kupeda o‘tirib, birinchi stansiyagacha 
yig‘ladim. Keyin Sofinagacha yayov ketdim... 
Alyoxin so‘zlayotganda yomg‘ir tinib os-
monda quyosh charaqlab turardi. Burkin va 
Ivan Ivanovich ayvonga chiqishdi. Bu yerdan 
bog‘ning go‘zal ko‘rinishi ko‘zga tashlanayot-
gandi. Quyosh esa ko‘zguga o‘xshab nur so-
chardi. Ular havas va achinish aralash hozir-
gina mehrli, ma’yus ko‘zlari bilan ularga bo-
qib, samimiyat o‘z muhabbat tarixini so‘zlab 
bergan odam taqdiri haqida o‘ylayotgandilar. 
Chindan ham g‘ildirakda aylanayotgan olma-
xonga o‘xshab, bir chekka qishloqchada qolib, 
yo ilm, yo boshqa ish bilan shug‘ullanganida, 
balki hayoti hozirgidan yaxshiroq bo‘lardimi? 
Kupeda yosh ayolning yuz-ko‘zlaridan, bo‘yin-
laridan o‘pib xayrlashayotgan chog‘da xayolan 
uning g‘amgin yuzini tasavvur qildilar. Ikkisi 
ham o‘sha ayolni shaharda bir necha marotaba 
uchratishgan, Burkin u bilan tanish edi va uni 
nihoyatda chiroyli deb bilardi. 



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish