Xalqaro bolalar kuni: bayramning tarixi va an’analari



Download 88,6 Kb.
Sana12.12.2019
Hajmi88,6 Kb.
#29618
Bog'liq
1 iyun

Farzand

 

09:18, 01.06.2017 9471


Xalqaro bolalar kuni: bayramning  tarixi va an’analari


Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni – 1-iyun ham kirib keldi. Ko‘pchilik mamlakatlarda 67 yildan buyon 1-iyun – yozning ilk kunida Xalqaro bolalar kunini nishonlashadi. Dam olish kuni bo‘lmasa ham bu kun haqiqiy bolalar bayrami hisoblanadi.

Foto: Shutterstock

1949-yilda Parijda ayollarning  Xalqaro demokratik federatsiyasi kongressi bo‘lib o‘tdi. Bu kongressda bolalarning bardamligi va baxt-saodatining kafolati bo‘lgan mustahkam tinchlikni ta’minlash uchun doimiy kurash haqidagi shior yangradi. Urushdan keyingi davrda sayyoramizda yashovchi barcha mitti bolajonlarning sog‘liq va xotirjamligini saqlash dolzarb muammoga aylanib qolgan edi.

Va 1950-yildan e’tiboran 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlana boshladi.

1989-yilda BMT Bosh  Assambleyasi bolalar huquqlari to‘g‘risida Konvensiya qabul qildi. Unda butun dunyo mamlakatlari uchun bolalar huquqlarini himoya qilishni ta’minlashni joriy qilish to‘g‘risida yozilgan.

Xalqaro bolalar kuni qanday nishonlanadi?

Dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari va shaharlarida bu bayram bolalar huquqlari va ularni himoya qilish haqida munozara va leksiyalar o‘tkazish bilan nishonlanadi. Shuningdek, bolalar kunida turli-tuman quvnoq va madaniy ommaviy tadbirlar, sport musobaqalari, konsertlar o‘tkaziladi.

Shu kuni og‘ir bemor, davolanishga muhtoj va nogiron bolalar uchun xayriya aksiyalari va tadbirlar tashkil qilinadi.

Bolalarni himoya qilish kuni bayramining maqsadi keng jamoatchilik diqqatini muammoli bolalarga, ularning huquqlarini himoya qilishga, himoyalangan dunyoda yashash imkoniyatlariga, baxtli bolalikka ega bo‘lishlariga va o‘z mamlakatining to‘la-to‘kis va xotirjam fuqarosi bo‘lib o‘sishlariga qaratishdir.

BMTning Ta’lim, Fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti – YUNЕSKO ma’lumotlariga qaraganda, bugungi kunda jahonda o‘n millionlab bolalar ta’lim olishdan mahrumligicha qolmoqda. Birgina Afrika qit’asida o‘qish va yozishni bilmaydigan odamlar soni Braziliya aholisi sonidan ko‘p ekanligi ta’kidlanadi. YUNЕSKO ma’lumotlariga qaraganda, bugungi kunda umumiy hisobda 85 millionga yaqin bola mutlaqo o‘qish va yozishni bilmas ekan.

Savodsizlik, o‘z navbatida, bolalarning kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki ma’lumot darajasi kishilar moddiy farovonligining muhim ko‘rsatkichidir. Tahlilchilarning fikricha, bugungi kunda jahonda har sakkiz nafar o‘smirdan bittasi ishsiz ekan. Tasodif tufayli ish topish baxtiga muyassar bo‘lganlar ham og‘ir sharoitlarda mehnat qilishga majbur bo‘lmoqda.

1924 yil Jenevada Millatlar Ligasining Beshinchi Assambleyasida qabul qilingan “Bolalar huquqi to‘g‘risidagi Deklaratsiya”da “bolalarga jismoniy va ma’naviy rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilishi”, “och qolgan bolaga ovqat berilishi”, “bemor bolaga tibbiy yordam ko‘rsatilishi”, “gunoh qilgan bola to‘g‘ri yo‘lga solinishi”, “yetim va uysiz bolalarga og‘ir damlarda yordam ko‘rsatilishi va boshpana berilishi”, “bola mehr ko‘rib voyaga yetishi va ekspluatatsiyaning har qanday ko‘rinishlaridan himoya qilinishi” ta’kidlanadi.

Tahlilchilarning fikricha, bugungi kunda bolalar muammosi o‘ziga to‘q Yevropa va Amerikada ham, Afrikada ham birdek dolzarbligicha qolmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda bolalar televizor va kompyuter qarshisiga “mixlanib” qolib, ota-onalar uchun muammo tug‘dirayotgan bo‘lsa, Afrikada bolalar ochlik, OITS, savodsizlik, ayrim hollarda qurolli to‘qnashuvlar vaqtida o‘lim bilan to‘qnash kelmoqda. Afrikada o‘lim darajasi rivojlangan davlatlarga qaraganda ikki barobar ko‘p ekan.

Shuni ta’kidlash kerakki, katta yoshdagilarning bolalarga bo‘lgan munosabatidan jamiyatning bugungi holati va darajasini bilish mumkin. BMTning Bola huquqi to‘g‘risidagi Konvensiyasida ham bolalarni himoya qilishning maxsus mexanizmlari ishlab chiqilgan. Biroq ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay ayrim davlatlarda bolalarning, shu jumladan, nogiron bolalarning konstitutsiyaviy huquqlari poymol qilinmoqda. Shu o‘rinda o‘tgan asrning 70-yillarida Kampuchiya (hozirgi Kambodja)da Pol Pot hukmronligi davrida bolalar “eskilik sarqitlarini eltuvchi” sifatida ko‘rilgan ota-onalarini bambuk daraxtining shoxlari bilan kaltaklashga majbur etilganligini qayd qilish kerak. Argentinada ham bir vaqtlar hukmron rejimga qarshi chiqqan oilalarning bolalari o‘g‘irlangan. Shotlandiyada esa semiz bolalar ota-onalaridan kuch ishlatish orqali tortib olingan.

Tahlilchilarning fikricha, yil sayin g‘arb mamlakatlarida kuch bilan ota-onalaridan tortib olinayotgan bolalar soni ortib bormoqda. Ota-onasidan xafa bo‘lgan bola ijtimoiy xizmat bo‘limiga telefonda qo‘ng‘iroq qilsa bo‘lgani, bir zumda u oiladan tortib olinadi va bolalar uylariga topshiriladi. Britaniya va Amerikalik tadqiqotchilarning so‘zlariga qaraganda, boqib olingan bolalar o‘z uylariga qaraganda ko‘proq yangi xonadonda zo‘ravonlik qurboniga aylanar ekan. Shu sababli ham savol tug‘iladi, kambag‘al oilalarning yashash sharoitlarini yaxshilash o‘rniga, arzimagan sabablar bilan nima uchun ularning bolalari tortib olinmoqda? Ammo bu savolga javob hozircha yo‘q. Bolalar bo‘yicha AQSH Milliy komissiyasi tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, ko‘p holatlarda bolalar arzimagan narsalar uchun va zarurat bo‘lmasa ham oilalaridan tortib olinar ekan.

Yevropada tug‘ilish eng kam deb aytilayotgan Germaniyada yuz berayotgan jinoyatlarning teng yarmi balog‘atga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgani aytiladi. Bolalarning giyohvand moddalar savdosi bilan

shug‘ullanuvchi uyushgan jinoiy guruhlar safiga kirib qolayotgani, yoki odam organlari bilan savdo qilayotganlar qo‘liga tushib qolayotgani ham ayanchlidir. Bir qator mamlakatlarda balog‘atga yetmagan bolalar jangarilar safida qo‘liga qurol olib jang qilayotganidan ham ko‘z yumib bo‘lmaydi. 

Tahlilchilarning so‘zlariga qaraganda, har yili 11 millionga yaqin bola besh yoshga yetmay halok bo‘lmoqda. 10 millionga yaqin bola esa jismoniy va ruhiy bemor sifatida tabiiy rivojlanishdan to‘xtamoqda. Afrikaning bir qator mamlakatlarida bolalar to‘yib ovqat yemayapti, “qora qit’a”da ochlikdan o‘layotgan millionlab bolalar ham global davrning global muammosiga aylangan. Sharqiy Afrika mamlakatlarida 12 million kishi ochlikka giriftor bo‘lgani, ularning bir millioni bolalar ekani aytiladi. Masalan, 1984 yildan beri Nigeriyada oziq-ovqat inqirozi davom etmoqda. Bu mamlakatda odamlar, shu jumladan, bolalar ham daraxt barglari va maysa-o‘tlarni yeb kun kechirishga majbur bo‘lmoqda. YUNISЕF ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda Afg‘onistonda 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 18 foizi (bu taxminan 1 millionga yaqin bola demakdir) to‘yib ovqat yemaydi. Xalqaro tashkilot vakillari bir kunda Afg‘oniston hududlarida o‘rta hisobda 275 nafar bola vafot etayotganini ta’kidlashadi.

Voyaga yetmagan bolalarning jangovar harakatlarda ishtirok etayotganidan ham ko‘z yumib bo‘lmaydi. Markaziy va G‘arbiy Afrikadagi mamlakatlarda istiqomat qiluvchi har o‘n boladan bittasi qandaydir qurolli guruhning kallakesari ekani aytiladi. Zamonaviy “polk o‘g‘illari” Afrikadagi bir qator mamlakatlarning “bedavo kasali” sifatida ko‘riladi. Masalan, 2008 yilda Kongo Demokratik Respublikasida harbiy bo‘linmalarning teng yarmi bolalardan tashkil etilgani aytilgan edi. Ugandada jangarilarning 70 foizini bolalar va o‘smirlar tashkil qiladi. Bu mamlakatda jangarilar tomonidan o‘g‘irlangan bolalar askarga, qizlar esa “xotinlikka” aylantiriladi. Afrika mamlakatlarida jangarilar qishloqlarga hujum qilar ekan, birinchi navbatda bolalarni o‘g‘irlab, ulardan hukumatga qarshi urushda foydalanadilar. Qochishga uringan bolalar esa o‘sha yerning o‘zida otib tashlanadi. Ayrim hollarda, o‘z xavfsizligini ta’minlash maqsadida ota-onalarning o‘zlari qo‘sh-qo‘llab farzandlarini jangarilarga topshirish holatlari ham bor.



1949 yilning noyabr oyida Xalqaro Xotin-qizlar Demokratik Federatsiyasi Kongressining qaroriga binoan ta’sis etilgan “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” (ingl. “International Children’s Day”) – 1950 yildan beri har yili 1 iyunda nishonlanadi. Bundan tashqari bolalarga bag‘ishlangan – Jahon Bolalar kuni (20 noyabrda), Afrika Bolalarini himoya qilish kuni deb nomlangan tadbirlar ham bor. BMT qaroriga binoan, 2012 yildan beri 11 oktyabrda Xalqaro Qizlar kuni nishonlanmoqda. Bolalarni himoya qilish iborasi – bolalar va voyaga yetmaganlarni muhofaza qilish hamda oila institutini mustahkamlashda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni anglatadi.

Yurtimizda bolalarni himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Bolalarni har tomonlama sog‘lom, baxtiyor o‘sib ulg‘ayishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Shuningdek, mustaqillikning ilk kunlaridanoq Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar huquqlarini himoya qilish, barcha bolalarning tengligi va ularga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini yo‘q qilish, bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini kompleks amalga oshirish bo‘yicha davlatning aniq majburiyatlari belgilab berilgan “Bolalar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasi ratifikatsiya qilindi. Xalqaro normativ hujjat ratifikatsiya qilinar ekan, “Bolalar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyaning barcha qoidalariga rioya qilish majburiyatini oldi. Undan tashqari, mamlakatimizda 2008 yil 7 yanvarda “Bolalar huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Bu hujjat milliy qonunchilikda bola huquqlarini himoya qilish sohasida muhim omil bo‘lib, mazkur qonun orqali BMT Konvensiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida nazarda tutilgan bola huquqlarining asosiy va qo‘shimcha kafolatlari mustahkamlandi.
Download 88,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish