Reja I kirish II Asosiy qism 2.1 Kaliforniya qalqondorining morfologik belgilari 2.2 Kaliforniya qalqondorining rivojlanishi 2.3 Tarqalishi. Oziqlanadigan o‘simliklari va zarari. 2.4 Tarqalishi. Oziqlanadigan o‘simliklari va zarari. Xulosa
I KIRISH
Kaliforniya qalqondorining vatani shimoliy sharqiy Osiyo hisoblanadi, bu Rossiya federatsiyasining Xabarovsk, Primorya o‘lkasi, Xitoy, Koreya davlatlari hisoblanadi.Ushbu hasharot o‘tgan asrning 70 yillarida aniqlangan. Amerikaning Kaliforniya shtatida Komstok degan zoolog olim tomonidan aniqlangan va ta’riflangan.Hozirgi vaqtda kaliforniya qalqondori dunyoning ko‘pgina davlatlarida uchraydi. Yevropada —Avstriya, Angliya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Portugaliya, Ruminiya, Fransiya, FRG, Yugoslaviya, Chexoslovakiya, Daniya, Shveysariya, Rossiya (Uzoq sharq), Polsha; Osiyoda — Birma, Iroq, Hindiston, Xitoy, Koreya, Pokiston, Turkiya, Tayvan, Yaponiya; Afrikada — YuAR, Aljir; Shimoliy Amerikada — Kanada, Meksika, AQSh; Janubiy Amerikada — Argentina, Braziliya,Paragvay, Chili; Markaziy Amerikada — Kuba; Avstraliya— yangi Zelandiya, Tasmaniya; Okeaniyada — Gavaya orollarida tarqalgan.
Bugungi kunda O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqalib ulgurgan.
II ASOSIY QISM
2.1 Kaliforniya qalqondorining morfologik belgilari
Kaliforniya qalqondori Quadraspidiotus perniciosus Comst. Xartumli teng qanotlilar (Nomortera) turkumining, haqiqiy qalqondorlar (Diaspididae) oilasiga mansub hasharot hisoblanadi.
Urg‘ochisining qalqoni ovalsimon, deyarli yumaloq, eni va uzunligi teng yoki biroz ortiqroq bo‘lishi mumkin.
Qalqonining hajmi oziqlanayotgan o‘simlik turiga va oziqa joyiga qarab kuchli o‘zgarib turadi.
Kattaligi 2 mm atrofida bo‘ladi.
Erkagining qalqoni urg‘ochinikidan farqli ravishda uzunchoqroq bo‘ladi, uzunligi 0,6 — 0,7 mm.
Qalqonining hajmi oziqlanayotgan o‘simlik turi va oziqa joyiga qarab o‘zgarmaydi.
Qalqoning rangi urg‘ochisida och kul rangdan jigar ranggacha, ba’zan qora tusda, erkagida esa oq tusda yoki pushtidan qora tusgacha bo‘ladi.
Urg‘ochining qalqon ostidagi tanasi yumaloq shaklda bo‘lib, eni va uzunligi teng. Erkagining tanasi esa cho‘zinchoq, qalqoni ham xuddi shu shaklda bo‘ladi.
Urg‘ochi va erkagining tanasi bir xil limonsimon sarg‘ish tusda.
Urg‘ochida oyoq va qanotlari bo‘lmaganligi sababli, harakatsiz, mo‘ylovlari rudimentga aylangan.
Og‘iz apparati sanchib so‘ruvchi tipda, yaxshi rivojlangan, tanasidan uch marta ortiqroq bo‘lgan xartum va qalqondan iborat.
Urg‘ochi qalqondor chala rivojlanish fazasini o‘taydi (lichinkalik davri va yetuk hasharot), erkagi esa to‘liq rivojlanish fazasini o‘taydi (lichinka, pronimfa, nimfa va yetuk hasharot).
Yetuk erkak hasharot yorqin to‘q sariq tusda, uch juft oyoqlari, 11 qismdan iborat mo‘ylovlari va bir juft qanotlari mavjud, bosh qismida ko‘zlari ravshan ko‘rinib turadi, og‘iz apparati yaxshi rivojlanmagan (1,2,3-rasmlar).
Mamlakatimizda kaliforniya qalqondoriga o‘xshash soxta kaliforniya qalqondori, nok sariq qalqondori, nok qizil qalqondori va janub nok qalqondorlari ham uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |