6 BOTANIKA.POYA. BARG.
1. Ravochning bargi tuzilishiga ko’ra qanday barg hisoblanadi?
A) oddiy B) oddiy bandsiz C) murakkab bandli D) toq patsimon
2. Yeryong’oq o’simligining barg tuzilishi to’g’ri tariflangan javobni aniqlang.
A) uch bargchali B) toq patsimon C) juft patsimon D) uch karra bo’lingan patsimon
3. Yong’oq o’simligining barg tuzilishi to’g’ri tariflangan javobni aniqlang.
A) uch bargchali B) toq patsimonC) juft patsimon D) uch karra bo’lingan patsimon
4. Murakkab barglar qatoriga kiradigan barg tuzilishini aniqlang.
A) uch bargchali B) patsimon C) uch bo’lakli D) panjasimon
5. Oddiy barglar yaprog’ining tuzilishiga xos bo’lmagan javobni aniqlang.
A) uch bargchali B) patsimon C) uch bo’lakli D) panjasimon
6. Ikki karra bo’linadigan patsimon barglar hosil qiladigan o’simlikni aniqlang.
A)yeryong’oq B) qayrog’och C) totim D) kashtan
7. Yon bargchali oddiy bargli o’simlikni aniqlang.
A) lola B) gulsafsar C) olma D) terak
8. Juft patsimon bargli o’simlikni aniqlang.
A) shirinmiya B) noxat C) burchoq D) yeryong’oq
9. Umumiy barg bandining uchi barg bilan tugamaydigan o’simlikni aniqlang.
A) noxat B) shirinmiya C) yeryong’oq D) barchasi to’g’ri
10. Umumiy barg bandining oxirigacha qarama qarshi joylashgan o’simlikni aniqlang.
A) shirinmiya B) yeryong’oq C) shoyi akatsiya D) namatak
11.Murakkab uch bargchali o’simlikni aniqlang.
A) qayrag’och B) majnuntol C) soxta kashtan D) qulupnay
12. Oddiy bargli o’simlikni aniqlang.
A) yantoq B) yong’oq C) namatak D) qulupnay
13.Toq patsimon bargli o’simlikni aniqlang.
A) shirinmiya B) noxat C) burchoq D) yeryong’oq
14. Qaysi o’simlik bargining uzunligi 2mm dan oshmaydi
A) saksovul B) qayrag’och C) akatsiya D) jiyda
15. Oqquray o’simligining barglari poyada qanday tartibda joylashgan?
A) navbat bilan B) qarama qarshi C) halqasimon D) burchaksimon
16. Poyada barglari qarama qarshi joylashgan o’simlikni aniqlang.
A) nastarin, isfarak, tok B) qirqbo’g’im, sambitgul, xolmon
C) gazanda, rayxon, mavrak D) kiyiko’t, parpi, sigirquyruq
17. Quyidagilardan toq patsimon bargchali bo’lgan bargli o’simlikni aniqlang.
A) yeryong’oq B) no’xat C) qayrag’och D)yong’oq
18. Bargda nay tolali boylamlarni hosil qiluvchi hujayralarni aniqlang.
A) naychalar, elaksimon joylashgan hujayralar
B) naychalar, tolasimon hujayralar
C) elaksimon va o’tkazuvchi naylar,tolalar
D) barchasi to’g’ri
19. Terak, chinorlarning kurtagi………..bo’ladi
A) yirik B) mayda C) qobiqsiz D) yumshoq qobiqli
20. Mayda kurtakli o’simliklar nomi berilgan javobni aniqlang
A) tut, tol, qayrog’och, o’rik, olma
B) terak, chinor, soxta kashtan, nastarin
C) tut, tol, soxta kashtan, o’rik, nastarn
D) barchasi to’g’ri
21. Yog’ochligi qattiq daraxtlarni aniqlang.
A) saksovul, eman, yong’oq B) tol, terak, akatsiya
C) tol, terak, jiyda D) zarang, chinor, tol
22. Dastlab gul kurtaklardan gul chiqaradigan o’simliklarni aniqlang.
A) jiyda, atirgul, o’rik B) tol, terak, namatak
C) o’rik, bodom,shaftoli D) nastarin, namatak, atirgul
23. Qaysi o’simliklar poyasida lub qavati kuchli rivojlangan bo’lib, arqon tayyorlashda foydalaniladi?
A) tut, jiyda B) tol, terak, C) tut, kanop, D) barchasi to’g’ri
24. O’simliklar poyasida organik moddalar qaysi qismida harakatlanadi?
A) o’zak naylarda B) po’stloq osti kambiyda
C) yog’ochlikdagi uzun naylarda D) lubdagi elaksimon naylarda
25. Sekin o’sadigan o’simliklarni aniqlang.
A) nok, archa, pista B) archa, shotut, gilos
C) chinor, shotut, pista D) qayrag’och, yong’oq, pista
26. Kurtakdagi o’sish konusi hujayralari qanday tuzilgan
A) yupqa qobiqli hujayralardan B) qalin qobiqli hujayralardan
C) o’lik hujayralardan D) asosiy to’qima hujayralardan
27. G’ozpanjaning poyasi qanday tartibda o’sadi?
A) ilashuvchi B) o’rmalovchi C) chirmashuvchi D) yoyilib o’suvchi
28. Tut novdasidagi qo’ng’ir rangli bo’rtmachalar qanday vazifa bajaradi?
A) nafas olish B) suv yig’ish C) oziq modda to’plash D) po’stloq hosil qilish
29. Toq bargchalar o’rnida gajak hosil qiluvchi o’simlikni aniqlang.
A) shirinmiya B) yong’oq C) burchoq D) yeryong’oq
30.Halqasimon joylashgan barglarga misol?
A) atirgul B) marmarak C) yalpiz D) sambitgul