Ii asosiy qism 1 Kaliforniya qalqondorining morfologik belgilari


Kaliforniya qalqondoriga qarshi kurash choralari



Download 0,61 Mb.
bet5/5
Sana16.04.2022
Hajmi0,61 Mb.
#555774
1   2   3   4   5
Bog'liq
KALIFORNIYA QALQONDORI

2.4 Kaliforniya qalqondoriga qarshi kurash choralari


Kaliforniya qalqondoriga qarshi asosan eng muhim uchta tadbir amalga oshirilishi lozim: karantin, agrotexnik va kimyoviy kurash choralari.


Kaliforniya qalqondorini tarqalish areali va zararlash darajasini aniqlash uchun kuzatuvlar olib boriladi:
a) ko‘chatzorlar va onalik bog‘larda har yili ushbu zararkunandaning qisman yoki yoppasiga zararlashi o‘rganiladi;
b) qalqondorlar o‘chog‘iga yaqin bo‘lgan boshqa xo‘jaliklarda ikki yilda bir marta tekshiruv o‘tkaziladi;
v) qalqondorlar bilan zararlangan xo‘jaliklarda hamda toza yoki atrofi zararlanmagan hududlarda uch yilda bir marta tekshiriladi;
Tekshiruv aniq reja asosida amalga oshirilishi lozim.
Rejada aniq ish hajmlari va bajarilish muddatlari ko‘rsatilishi kerak.
Kaliforniya qalqondorining paydo bo‘lishini aniqlash barcha mevali bog‘larda, o‘rmon va manzarali daraxtzorlarda o‘tkaziladi.
Eng asosiysi — olma, olxo‘ri, nok, smorodina va boshqa daraxtlar sinchkovlik bilan sifatli tekshirilishi lozim.
Yovvoyi daraxtlar va manzarali daraxtzorlardan birinchi navbatda atirguldoshlar oilasiga mansub: do‘lana, na’matak, tern, yovvoyi nok, olma va boshqalar tekshiriladi.
Tekshiruvlar ertapishar navlar pishib boshlashi bilan kechki navlarni yig‘ishtirib olguncha davom etadi (iyun—sen- tyabr).
Mevali bog‘larni teshiruv davomida 10 gektarning 5%
miqdori ko‘riladi, shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarida 50-100% daraxtlar, manzarali va o‘rmon daraxtlarining esa 1% maydoni tekshiriladi.
Bir tekshiruvchiga kunlik tekshirish me’yori ko‘chatxonalarda maydonidan kelib chiqib 150-200 tup, onalik ko‘chatzorlarda 30-35 tup, sanoat bog‘larida 100-150 tup, tomorqa xo‘jaliklarida 120-150 tup qilib rejalashtiriladi.
Biroq bu usul nisbatan ko‘p mehnat talab qiladi va har doim ham ishonchli emas, shu sababli tekshiruvchidan chuqur bilim va vijdonan aniq tekshirivni talab qiladi. Bundan tashqari, kattaligi 2 mm dan oshmagan zararkunandani ko‘z bilan ko‘rib yengil aniqlamasligi lozim, asosan yosh bog‘larda. Bunday holatda tekshiruvchi o‘simlikni egib po‘stloqlarini yaxshilab tekshirishi kerak. Tekshiruv natijalarini olish uchun mutaxassis maxsus ishlab chiqilgan usul asosida preparat tayyorlab hasharotni turini aniqlashi kerak.
Hozirgi vaqtda AQSh da urg‘ochi kaliforniya qalqondorining feromoni ajratib olingan va uning tuzilishi, tarkibi va biologik faolligi o‘rganib chiqilgan.
AQSh da sintez qilingan feromon va uning tarkibiy qismlari ilmiy izlanish qilish uchun Rossiya federatsiyasiga olib kelingan.
Ilmiy izlanishlar natijasi, keltirilgan feromon moddasi katta biologik samaradorlikka egaligi va zararkunandaning o‘choqlarini aniqlashda ishlatish mumkinligini ko‘rsatdi.
1981 yilda ushbu feromon moda Rossiya Fanlar akademiyasining N.D.Zelinskiy nomidagi Organik kimyo va Halqaro o‘simliklarni biologik himoya qilish instituti olimlari tomonidan sintez qilindi.
Erkak kaliforniya qalqondorining tutqichlari 9x25 o‘lchamdagi usti plyonka bilan qoplangan qog‘ozdan iborat bo‘lib, buklangan holda bo‘ladi.
Bunday tutqichning ichki tomonida maxsus yelim surtiladi. Tutqich ustunchalarga mahkamlanadi va yelim o‘rtasiga feromonli kapsula qo‘yiladi.
Tutqichlar daraxtning o‘rta yarusi shoxlari orasiga qo‘yiladi, bunda har gektar maydonga bitta yoki ikkita tutqich to‘g‘ri kelishi kerak.
Olma gullab bo‘lishi bilanoq tutqichlar qo‘yiladi, bu erkak qalqondorlarning uchishi bilan mos keladi.
Buning uchun, 20 apreldan boshlab, doimiy ravishda erkak qalqondorlar tekshirib boriladi, nimfalari paydo bo‘lishi bilanoq tutqichlar o‘rnatiladi.
Mavsum davomida erkak qalqondorning taxminiy uchish muddatlari: taxminan aprel oxiri-may oyining boshlari va may oxirigacha birinchi avlodi uchadi, iyul oyining birinchi o‘n kunligidan oktabr oyining oxirigacha ikkinchi va uchinchi avlodi uchadi.
Erkak qalqondorlarning aniq uchish muddatini nazoratdagi tutqichlardan bilib olinadi. Tutqichga tushgan erkaklarning sonini saniash 7 kunda bir marta amalgaoshiriladi.
Kaliforniya qalqondorining erkagi juda kichkina bo‘lganligi sababli ularni laboratoriyada sanagan qulay.
Erkak hasharot kam miqdorda bo‘lsa tutqichning yuzasidagi hasharot to‘liq sanab chiqiladi, agar ko‘p miqdorda bo‘lsa, tutqichning yelim yopishtirilgan yuzasining har bir yarim qismi dioganal bo‘ylab uchga bo‘linadi va hisoblash maydonlari
ajratib olinadi. Bitta hisoblash maydoning kattaligi—1 sm 2, jami bo‘lib — 6 sm 2 ni tashkil qiladi. Hasharot sonini aniqlash uchun umumiy hasharotlar sonini 6 ta hisoblash maydoniga bo‘linadi, keyin tutqichning umumiy maydoniga ko‘paytiriladi (9x25=225 sm 2).
Erkak qalqondor aniqlangan maydonlar daraxatlarning zararlanganlik darajasini aniqlash uchun tekshiriladi:
Birinchi marta may oyida-birinchi avlodning uchish davrida, unday keyin iyul o‘rtasidan-avgust boshigacha-ikkinchi avlodining uchish davrida va mavsum oxirida-ikkinchi va uchinchi avlodlarning uchishi to‘xtagan davrda.
Zararlanish darajasi tirik hasharotlar bo‘yicha A.N.Kirichenko tomonidan ishlab chiqilgan shkaladan foydalanib aniqlanadi.
Birinchi navbatda qalqondor bilan kuchli zararlanadigan navlar va sortlar ko‘rib chiqiladi, olmaning Yozgi Shafran, Qishki banan, Qishki oltin Parmen, Renet Simerenko, London Pepeni va boshqalar, nok, olxo‘ri va smorodinaning barcha navlari. Erkak qalqondorlar aniqlangan dalada, hosilni yig‘ishtirib olish davrida ularning zararlanganlik darajasi ham aniqlanadi.
Olingan ma’lumotlardan dalalarni belgilab olishda foydalanish mumkin. Agar toza hududlardan birinchi marta tutqichlarga hasharot tushgan bo‘lsa tutqichlar qog‘oz karton yashiklarga solinib laboratoriyaga jo‘natilishi lozim.
Bunda har bir tutqichda viloyat, tuman, xo‘jalik va tekshiruvchining ismi sharifi va muddati yozilgan etiketka bo‘lishi kerak.
Qalqondorning yangi o‘choqlarini aniqlashda feromon tutqichlardan foydalanish juda ishonchli usul hisoblanadi.
Bu juda ko‘p qo‘llanilgan usul va ijobiy samara bergan.
Natijada qalqondorning yangi o‘choqlarini aniqlash imkonini bergan.
Feromon tutqichlar katta ahamiyatga ega va qalqondorlarning sonini aniqlashda indikator vazifasini ham o‘taydi.
Shuni evaziga kelgusi hosilni zararlanish darajasini ham oldindan aytib berish mumkin.
Ko‘z bilan aniqlab bo‘lmaydigan dalalalrni ham aniqlash imkonini beradi.
Feromon tutqichlarni nafaqat nazorat uchun, balki qalqondorga qarshi kurash chorasi sifatida ham ishlatish mumkin.
Asosan bu birinchi avlodiga qarshi ishlatilganda yuqori
samara beradi, sababi bunda qalqondorlar hamkorlikda 6-7
kunda yoppasiga uchishni boshlaydi.
Urg‘ochi qalqondor faqat jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi.
Tabiatda odatda jinslar miqdori 1:1 nisbatda bo‘ladi.
Erkak qalqondorlarni 50-60% yo‘qotish natijasida 70%
urg‘ochilari urug‘lanmay qolishga erishiladi.
Erkak qalqondorlarni uchish davrida ko‘payishini oldini olish maqsadida tavsiya etilgan kimyoviy vositalarni ham ishlatish mumkin. Qalqondorlarni tarqalishini va ko‘payishini oldini olish maqsadida o‘simliklar karantini qoidalariga amal qilish juda muhim hisoblanadi.
Zararlangan ekish materiallarini sotish qat’iyan ta’qiqlanadi, ularni sotishga xo‘jalikning o‘zida brom metil bilan fumigatsiya qilingandan keyingina ruxsat etiladi.
Ko‘chatlarni sotishga zararlangan hududdan 10 km uzoqda bo‘lgan ko‘chatxonalarda yetishtirilgan ko‘chatlarni karantin sertifikatlari orqali va fumigatsiya qilingandan keyingina ruxsat beriladi.
Zararlangan hududlardan 3 km dan kam bo‘lmagan masofadagi ko‘chatxonalardan karantin sertifikatlari orqali va fumigatsiya qilingandan so‘ng faqat zararlangan hududga olib chiqishga ruxsat etiladi.
O‘simlik qalamchalari faqat toza hududlardan olinadi va albatta brom metil bilan zararsizlantiriladi.
Ko‘chatlarni tashishda tegishli tashkilotlarning taqsimoti va ko‘rsatmasiga amal qilinishi va karantin qoidalariga so‘zsiz amal qilinishi lozim.
Yangi bog‘larni barpo qilishda yoki xatolariga ekishda sog‘lom ko‘chatlardan foydalanish kerak.
Ma’lumki, har qanday qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zararli organizmlarga qarshi zararsizlantiriladi.
Karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish otryadlari “O‘zboshdavkarantin” inspeksiyasining viloyat va shahar inspeksiyalari tarkibida “O‘simliklar karantini” to‘g‘risidagi qonun asosida tashkillashtirilgan bo‘lib, ularning zimmasiga karantin ostidagi va boshqa mahsulotlarni zararlantirish vazifasi yuklatilgan.
Birinchidan: Zararsizlantirish otryadlari o‘simlik kasalliklari va boshqa xavfli zararkunandalar bilan zararlangan import va boshqa karantin ostidagi mahsulotlarni, omborxonalarni, transport vositalarini va yuk ortish maydonlarini zararsizlantiradi.
Ikkinchidan: zararsizlantirish vositalarining eng oxirgi turlari va usullarini amaliyotga joriy etish, takomillashtirish, ularni ishlab chiqarishdagi sinov tajribalarini o‘tkazadi.
Zararsizlantirish otryadlari tomonidan, portlarni, tryumlarni, yuklarni, temir yo‘l vagonlarini, avtomashinalarni, gaz o‘tkazmaydigan materiallardan qilingan plastinkalar, germetik,
texnika xafsizligi sharoitlarini ta’minlaydigan vakuumli va vakuumsiz stansionar va harakatlanuvchi qurilmalar qo‘llaniladi.
Karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish mahalliy o‘simliklar karantin davlat mutaxassisi xulosasi va yuk egasining yozma talabnomasi asosida amalga oshiriladi.
Zararsizlantirish ishlari tugagandan so‘ng bajarilgan ishning samaradorligi aniqlanadi.
Eksportga mo‘ljallangan mahsulot karantin bo‘lmagan zararkunandalar bilan zararlangan hollarda otryad mutaxassislari va yuk egasi mahsulotni ro‘yxatdan chiqarish uchun samaradorligini tekshiruvchi shaxslar tomonidan tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Zararsizlantirish o‘tkazilganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.
Respublikamiz mustaqillikga erishgandan so‘ng barcha sohalardagi kabi, qishloq xo‘jaligi sohasida ham iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshishi kuzatilmoqda.
Jumladan, tadbirkorlikning keng rivojlanishi, intensiv bog‘larning barpo etilishi va boshqalar soha mutaxassislari oldiga katta vazifalarni qo‘ymoqda.
2010-2014 yillar davomida mamlakatimizda minglab gektar bog‘lar barpo etildi va bu ishlar davom ettirilmoqda.
Respublikamizning gullab-yashnashida va obodonlashtirish uchun xorijiy davlatlardan tadbirkorlarimiz tomonidan turli xil mevali va manzarali ko‘chatlar keltirilmoqda va mamlakatimiz sharoitida o‘stirilmoqda.
Ushbu ko‘chatlar orqali mamlakat hududida karantindagi hasharotlar, kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar, begona o‘tlar kirib qolmasligi uchun, ularni o‘z vaqtida va sifatli fumigatsiya qilishni talab etadi.
Shuning bilan bir vaqtda fumigatsiya jarayonida o‘simlik va o‘simlik mahsulotlarini fumigantlarning ta’siri natijasida zararlanishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak.
Buning uchun keltirilgan o‘simliklarni katta kichikligi, navi, yoshi, vegetatsiya davri va boshqalarini e’tiborga olgan holda fumigant turlarini, ularning me’yorlarini, fumigatsiya davomiyligini belgilab olish asosiy vazifamiz hisoblanadi.
Ko‘pchilik karantin zararkunandalari kaliforniya qalqondori, coxta qalqondorlar, Komstok qurti, sitrus inli kuyasi, sitrus oq- qanoti, sharq mevaxo‘ri, Amerika oq kapalagi va boshqa karantin bo‘lmagan xasharotlar mevali va manzarali o‘simliklarning ko‘chati orqali tarqaladi.
Ko‘chat orqali filloksera, manzarali gul ko‘chatlari orqali esa tuproq nematodalari tarqaladi.
Ushbu zararli karantin organizmlarini mamlakat hududiga kiritmaslikning asosiy yo‘li ularni zararsizlantirish hisoblanadi.
Olimlarning ko‘p yillik tajriba va kuzatuvlaridan ma’lumki, zararsizlantirish natijasida, ushbu zararkunandalar 100% qirib yuqotilishi mumkin ekan.
Hozirgi kunda mevali va manzarali o‘simliklar ko‘chatlarini zararsizlantirishda asosan Metil-bromid (SN3 Br) ishlatiladi.
Metil-bromid (SN3Br) - hidsiz, rangsiz gaz. Molekular og‘irligi 94,94
Suyuq metil-bromid 3,6-4,5o S da qaynaydi. Solishtirma og‘irligi 0oS da 1,732 hisoblanadi. Gaz hajmidagi metil-bromid havodan 3 marta og‘ir. Metil-bromid suvda kam eriydi.
Spirtda, benzin, benzol, dixloretan va moyda yaxshi eriydi.
Suyuq metil-bromid yog‘lar, moylar, smola, lak, kauchuk, kraska qoplamalari, asfalt va linoleumni yaxshi eritadi.
Qishloq xo‘jaligi va boshqa mahsulotlarni fumigatsiya qilishda, sifati STU 76-2442-65 standartiga javob beruvchi suyuq metil-bromid ishlatiladi.
Fumigatsiya qilingan mahsulotlarda 0,2% gacha metil- bromidning bug‘lanmaydigan qoldig‘i bo‘lishiga ruxsat etiladi. Metil-bromid tarkibida ta’sir qiluvchi modda 99,7% dan kam bo‘lmasligi kerak.
Havo harorati metil-bromidning qaynash haroratidan kam bo‘lganda, suyuq fumigant gidrat hosil qiladi (kristalsimon zich oq modda).
Bu oq modda-gidrat 10oS dan yuqori bo‘lgan haroratda sekinlik bilan gaz ajratib chiqaradi.
Shuning uchun yuqoridagi holatga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, suyuq metil-bromid maxsus idishlarda saqlanishi lozim.
Metil-bromid hasharot va kasalliklar uchun o‘ta zaharli hisoblanadi.
Metil-bromidni ta’minotchilardan qabul qilishda har bir balonni pasportini, texnik shartlarini tekshirish kerak.
Agar metil-bromid talabga javob bermasa ko‘chatlarni fumigatsiya qilmaslik kerak. Bunday fumigantlar zudlik bilan qaytariladi.
Metil-bromid balonlari omborxonada vertikal holatda saqlanadi. Shu omborxonada metil-bromid bo‘sh idishlarini ham saqlash mumkin.
Ko‘chatlarni zararsizlantirish loyiha asosida qurilgan kameralarda o‘tkaziladi.
Bunday kameraar bo‘lmagan vaqtda, fumigatsiya qilishga yaroqli kameralarda o‘tkaziladi.
Kameralarga:

  • termostat;

  • stellajlar – yog‘ochdan qilingan, poldan 18 sm balandlikda, devordan 20 sm uzoqlikdagi, loyiha asosida qurilgan kameralarda esa devordan 65 sm uzoqlikda o‘rnatiladi.

Ko‘chatlarni qo‘l bilan tashishda ularni, devorga tegmasligi uchun yog‘ochdan to‘sqich qo‘yib chiqiladi va stellajdan 1,5 metrgacha balandlikda taxlanadi.
Fumigantlarni havo bilan yaxshi aralashib ketishini ta’minlash uchun kameraga ventilator o‘rnatiladi. Bunda 20 m 3
hajmga bitta ventilator yetarli bo‘lishi ta’minlanadi.
Kamera eshiklari orasiga rezina qo‘yilib, germetik holga keltirilib zich yopiladi, havo chiqmasligi kerak.
Kamerani ishlatish uchun elektr pechlardan yoki suv batareyalaridan foydalanish ham mumkin.
Zararsizlantirishni boshlashdan oldin mutaxassis-agronom bilan birgalikda kamerani umumiy tayyorgarligi va germetikligi tekshiriladi.
Germetiklik ShI-3 yoki ShI-5 gaz tahlilatorida amalga oshiriladi.
Buning uchun bo‘sh kameraga 30 g/m 3 hisobida metil-bromid kiritiladi va ventilator 30 minut qo‘shiladi, havo bilan yaxshi aralashgandan so‘ng, gazli-havoni namunasi olinadi.
Birinchi namuna 1 soatdan keyin, yana 1 soat o‘tkach ikkinchi namuna olinadi. Agar ikkita namunadagi farq 10 g/m 3 dan oshmasa, kamera yaroqli deb hisoblanadi.
Kamerani umumiy yaroqligini tekshirish uchun galloidli indikatorli gorelka yordamida tekshiriladi, bunda eshiklar germetikligi, isitish qurilmalari, ventilyatsiya tarmog‘i va gaz tarmog‘i yo‘llari tekshiriladi.
Barcha kamchiliklar to‘liq bartaraf etilishi lozim.
Kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng kamerani qabul qilish dalolatnomasi tuziladi. Dalolatnomaga tegishli xodim, fumigator, yuk egasi, SES xodimi imzo qo‘yadi va har birida bittadan dalolatnoma saqlanadi.

Fumigatsiya qilish uchun mexanik shikastlanmagan, kemiruvchilar zararlamagan, kasallanmagan va ildiz sistemasi yaxshi rivojlangan ko‘chatlar tanlab olinadi.


Ko‘rsatilgan talablarga javob bermaydigan, qurib qolgan ko‘chatlar yaroqsizga chiqariladi.
Ko‘chatlarning agrotexnik holatiga va fumigatsiyaga tayyorlashga ko‘chatxona hosiloti va yuk egasi javob beradi.
Fumigatsiya uchun ko‘chatlar dalaning o‘zidan olinadi va kameraga joylashtirishdan oldin diqqat bilan ko‘rib chiqiladi.
Ko‘chatlarni dalada yoki kamera oldida ildizlarini ochiq holda qoldirish ta’qiqlanadi. Agar ochiq qoldirsa, unuvchanligi kamayib ketadi.
Metil-bromid bilan quyidagi muddatlarda ko‘chatlar fumigatsiya qilinadi:
a). Barg to‘kuvchi o‘simliklar –bahorda kurtaklaguncha va kuzda to‘kilgandan so‘ng.
b). Yashil o‘simliklar – tinim davrida, noyabr-fevralda. v). Gulli ekinlar tugunagi – qishga saqlashdan oldin yoki
ekishdan oldin.
Metil-bromid bilan zararsizlantiriladigan o‘simliklar ro‘yxati 1 – jadvalda keltirilgan.
Fumigatsiyaga tayyorlangan o‘simlik materiali kameraga solishdan oldin vagonlarga yoki tirkamalarga (pritsep) vertikal holatda taxlanadi yoki stellajlarga taxlab chiqiladi, tuganaklar esa karzinaga, yashiklarga yoki to‘r qoplarga joylashtiriladi. Ko‘chatlar ortilgan vagon yoki tirkama (pritsep) kameraga kiritiladi va eshiklari germetik yopiladi, g‘ildiraklar mahkamlanadi.
Ko‘chatlarni qo‘lda tashilganda kameradagi stallejlarga vertikal joylashtiriladiki bunda ko‘chatlar devorga tegmasligi kerak.

  • Ildiz qismida tuproqlari bo‘lgan ko‘chatlar bir-biridan 3 sm uzoqlikda bo‘lishi kerak. Kameraga solishdan oldin ildizlari tuproqdan tozalanadi.

  • Tuvakdagi ko‘chatlar stellajlarga zich qilib taxlab chiqiladi.

  • Qalamchalar esa –bog‘i bilan qo‘yiladi, bunda ular devordan

10-20 sm, shipdan (potolok) 40 sm uzoqda bo‘lsin.

  • Zich bog‘lamdagi ko‘chatlarni fumigatsiya qilish mumkin emas.

  • Yashil o‘simliklarni – kechqurun fumigatsiya qilish kerak.

Fumigatsiya samaradorligini aniqlash uchun–ombor uzunburunini qayin yoki archa (sosna) yog‘ochidan qilingan idishga, uchta holatda (baland, o‘rta, past) bioindikator sifatida solib tekshiriladi.
Idishlar balandligi 50-70 mm, yo‘g‘onligi 2-5 mm, archa(sosna) yog‘ochi qalinligi 7 mm, qayin yog‘ochi qalinligi 5 mm bo‘ladi.
Bioindikatorli idishlar plastilin qopqoq bilan qoplanadi va ko‘chatlar bilan bir vaqtda kameraga joylashtiriladi.
Ko‘chatlar kameraga joylashtirilgandan so‘ng, isitish davomida, germetik holga keltirilib, fumigant kiritishga 30 minut qolganda ventilator qo‘shiladi va 15 minut davomida isigan havoni yaxshilab aralashtiradi.
Metil-bromid me’yorini fumigatsiya qilinayotgan material xilidan kelib chiqib belgilanadi. Shuningdek zararkunanda turiga nisbatan belgilab olinadi.
Metil-bromidning umumiy talabi har bir zaryaddagi dozani
(g/m3), kamera hajmiga (m3) ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Kameraga metil-bromid ballonidagi maxsus shlang bilan jo‘natiladi.
Shlanglar standartdan o‘tgan bo‘lishi kerak, ichki diametri 12- 16-18 mm bo‘lishi kerak, shuningdek traktor purkagichilari shlanglaridan ham foydalanish mumkin.
Kameraga metil-bromidni jo‘natish bilan bir vaqtda ventilator ham qo‘shiladi, bunda 20 minut davomida fumigant bilan havo aralashadi. Fumigatsiyaning o‘rtasida ventilator yana 10 minut qo‘shib olinadi. Bir necha minut davomida kameraga jo‘natilgan metil-bromid kamera devorlariga, isitish qurilmalariga, ko‘chatlarga so‘riladi, qolgan fumigant gazlari esa zararkunandalarga halokatli ta’sir qila boshlaydi.
Fumigantning halokatli ta’siri (letalnыy meri) soat – grammlarda: ma’lum vaqt oralig‘ida, o‘rtacha konsentratsiyadagi fumigantning ta’siri, g/m3 da aniqlanadi.
Har bir zararkunanda bo‘yicha fumigantning o‘ldiruvchi me’yori shu formula asosida ishlab chiqiladi. Bu ma’lum harorat sharoitida
doimiy o‘lchamni tashkil qiladi. 2,5-4 soat vaqtdagi fumigatsiyada konsentratsiya 2 marta o‘lchanadi. Fumigant qo‘yilgandan 40 minutdan keyin va zararsizlantirish tugashiga 40 minut qolganda o‘lchanadi.
Konsentratsiya ShI-3 va ShI-5 gaz tahlilatorida “zond”
kiritib aniqlanadi.
Ko‘chatlarni fumigatsiya qilishda bir qancha hasharotlarga qarshi qo‘llash uchun eng chidamli bo‘lgan hasharotlar me’yori olinadi.
Fumigatsiya davomida soat/grammning o‘ldiruvchi me’yoriga qat’iy rioya qilish lozim.
Metil-bromid bug‘lari konsentratsiyasining aniqlamasdan turib, ko‘chatlarni fumigatsiya qilish ta’qiqlanadi,
Zararkunanda uchun o‘ldiruvchi me’yor amalga oshirilgandan so‘ng, fumigatsiya to‘xtatiladi va ko‘chatlar degazatsiya qilinadi bunda so‘rib oluvchi ventilyatsion qurilma ishga tushiriladi va kamera eshiklari ochiladi.
Vagonlarga va tirkamalarga ortilgan ko‘chatlar kameradan tortib chiqariladi.
Qo‘lda tushirib olishda esa kamera qo‘shimcha ravishda 1 soat davomida shamollatiladi, bunda ventilator ishlab turishi lozim. Kameradan chiqarib olingan ko‘chatlar ildizi suv bilan namlanadi yoki go‘ng sharbatiga botirib olinadi, shundan so‘ng ortilguncha bostirma (naves) tagida taxlanadi.
Keyinchalik quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi
a). Barg to‘kuvchi o‘simlik ko‘chatlari ekilishi lozim, yoki agrotexnika asosida chuqurlarga (transheya) ko‘miladi, kuz oyida namgarchilik yuqori va issiq kunlari chuqurlarga suv ko‘llab qolmasligi shart, bu esa ko‘chat ildizlarini chirib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.
b). Fumigatsiya qilingan ko‘chatlarni mashinalarga ortishdan oldin, brezent to‘shaladi va usti ham brezent bilan yaxshilab namni saqlab qolish maqsadida yopiladi.
v). Yashil o‘simliklar (igna bargli) fumigatsiya qilingandan so‘ng namlikni yo‘qotmaslik uchun ekishgacha qorong‘i joyda 1 sutkagacha saqlab turilishi mumkin.
g). Tuvakdagi o‘simliklar, hamda tuprog‘i bilan fumigatsiya qilingan manzarali gullar, o‘simliklarga zudlik bilan kameradan chiqarilgandan so‘ng suv quyiladi, usti yuviladi va ekishgacha 1 sutkagacha qorong‘i joyda saqlanishi mumkin.
d). Fumigatsiya qilingan o‘simliklarni, ko‘chatlarni, gullarni to‘liq unuvchanligini saqlab qolish maqsadida ularni qurib qolishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Fumigatsiya qilingan ko‘chatlarning yashovchanligini va fumigatsiya samaradorligini aniqlash maqsadida ularni kamera atrofidagi maydonga 5 donadon qilib, agrotexnikaga amal qilgan holda ekiladi.
Samaradorligi aniqlangandan so‘ng fumigatsiya qilingan ko‘chatlar belgilangan maqsadlarda ishlatilishi mumkin.
Fumigatsiya qilingan ko‘chatlarni tegishli mutaxassis tomonidan beriladigan sertifikat asosida va lozim choralar ko‘rilgandan so‘ng sotishga yoki kerakli joylarga ekish uchun jo‘natishga ruxsat etiladi.
Fumigatsiya qilingan ko‘chatlarning samaradorligiga va fumigatsiya jarayonida ko‘chatlarning sifatiga fumigator javobgar hisoblanadi.
Bioindikator sifatida ombor uzunburuni qo‘ng‘izining imagosidan foydalanish qabul qilingan va zararkunandalar o‘luvchanligi to‘liq degazatsiya qilingandan so‘ng 24 soatdan keyin aniqlanadi.
Bioindikator bo‘yicha ko‘chatlar sifatsiz fumigatsiya qilingan deb topilsa, ular introduksion karantin ko‘chatxonasiga qayta ekiladi va keyingi yili sotishdan oldin fumigatsiya qilinadi. Ekuv materiallarini brom metil bilan zararsizlantirish rejimi jadvalda keltirilgan (jadval).
Metil-bromid asab sistemasini zararlovchi o‘ta kuchli zahar hisoblanadi.
Gaz holida u rangsiz va hidsiz bo‘ladi. Metil-bromid bilan ishlovchi shaxslar albatta tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari zarur.
Metil-bromid bilan bog‘liq ishlarni bajarishga faqat maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan, sohani tushunadigan, tajribali, baxtsiz hodisalarda birinchi yordam ko‘rsata oladigan shaxslarni ishlashiga ruxsat beriladi.
Metil-bromid bilan ishlovchi xodimlar, ishni o‘z qo‘li bilan bajarishi va tegishli tashkilotlar tomonidan beriladigan guvohnomaga ega bo‘lishlari shart.
Jadval
Ekuv materiallarini brom metil bilan zararsizlantirish REJIMI

Zararsizlan- tirish muddatlari



Haro- rat, 0S



Dozasi, g/m 3

Ekspozitsiya, soatlarda (shartli)

O‘ldiruvchi me’yor, gramm\soat
PSKV

Kuz

10-14

60

4

200




13-19

60

3

140




18-22

50

2,5

95

Bahor

10-14

60

4

180




13-18

60

3

130




19-22

50

2,5

85

Metil-bromid bilan yoshi 18 ga yetmagan o‘smirlarni, xomilador, emizakli ayollarni,himoya vositasi (protivogaz) taqmagan shaxslarni va quyidagi kasalliklari bor shaxslarni ishlashi ta’qiqlanadi:


a). Ruhiy kasallar
b). Epilepsiya (tutqanoq)
v). Asab tizimida kasalligi borlar g). Endokrin – vegetativ kasalliklar
d). Jigar va buyrak kasalliklari borlar
e). Yurak kasalligi va miokard infarkti borlar
j). Surunkali laringit, burun, sinit kasalligi borlar z). Tuberkulyoz, bronxit, bronxial astma va nafas olish
yo‘llari kasalliklari borlar.
i). Teri – tanosil kasalliklari bilan og‘riganlar.
Metil-bromid bilan yengil formada zaharlangan shaxslar ham, to‘liq sog‘ayib ketmaguncha ishlashga ruxsat berilmaydi.
Kamera eshiklarini yopishdan oldin, uni ichida odamlar bor yo‘qligi tekshiriladi va shundan so‘ng eshik tamg‘alanadi (plomba). Fumigatsiya jarayonida kamera oldiga “O‘tish ta’qiqlanadi”,
“Hayot uchun xavfli” degan belgilar hamda himoya vositasi bilan ta’minlangan navbatchi bo‘lishi shart.
Metil-bromid bilan ishlaganda “A” markali himoya vositasidan (protivogaz) foydalaniladi va albatta galloidli indikator gorelkasi bo‘lishi shart.
Ishlashdan oldin himoya vositasining germetiklikligi, klapanlar ish faoliyati tekshiriladi.
Himoya vositasini shlyam razmeri bo‘yicha fumigatorni o‘zi tanlaydi.
Himoya vositasi – pasport bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
Agar himoya vositasini silkitganda undan g‘uborlar yoki qum yoxud boshqa narsalar to‘kilsa – yaroqsiz hisoblanadi.
Yaroqsiz va ishlatilgan himoya vositasi zudlikda yo‘qotiladi.
Har bir ishchida zaxira qutichalar bo‘lishi kerak.
Himoya vositasini ish hududidan chiqqandan so‘ng 2-3 minutdan keyin yechiladi.
Agar ish jarayonida arzimagan noqulaylik yoki himoya vositasida kamchilik sezilsa ish joydan zudlik bilan chiqib ketiladi va himoya vositasi almashtiriladi. Ish tugagandan so‘ng himoya vositasi niqobi (maska)
ag‘dariladi, toza latta bilan artiladi va ochiq havoda quritiladi.
Niqob ifloslangan taqdirda qutidan ajratib olinadi, toza suv bilan sovunlab bir necha marta yuviladi, spirt bilan tozalanadi va quritiladi.
Himoya vositasining qutisi va shlyamlari quruq xonada saqlanadi.
Fumigatsiya jarayoni tugagandan so‘ng xona haroratidagi suv bilan dush qabul qilinadi. Ichki va tashqi kiyimlar almashtiriladi.
Chekish va ovqat yeyishga faqat yuvingandan keyin ruxsat etiladi.
Badanga metil-bromid tegib ketsa darhol o‘sha joy issiq xonada tozalanadi va xona haroratidagi suv bilan sovunlab yuviladi.
Metil-bromid bilan bitta mutaxassisni ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Har bir smenada kamida 2 ta fumigator ishlashi lozim. Fumigatsiya oldidan fumigator sog‘liqni saqlash yoki tez tibbiy yordam xizmatini baxtsiz hodisa bo‘lsa yordam ko‘rsatishlari to‘g‘risida ogohlantirib qo‘yish kerak.
Fumigatsiya kameralari bo‘shatilgandan so‘ng degazatsiya qilinadi va tamg‘alanadi.
Keyingi fumigatsiya oldidan kamera ventilator ishlatilgan holda shamollatiladi.
Kameradagi qoldiq metil-bromid bug‘lari galloidli indikator gorelkasi yordamida tekshiriladi. Kamerada fumigatsiya qilingan ko‘chatlarni qoldirish mumkin emas.
Kamerada xo‘jalik ishlari uchun ruxsatsiz foydalanish ta’qiqlanadi.
Fumigatsiya va degazatsiyadan keyin qalqondor koloniyasi bor shoxlar kameradan olinib, pastki qismi kesiladi va suvli (bioindikator) bonkaga solib qo‘yiladi.
Har bir shoxchada xo‘jalik nomi, fumigant dozasi, fumigatsiya rejimi va gorizontlari (yuqori, o‘rta, pastki) yozilgan etiketka bo‘lishi lozim.Bahor faslida qalqondor holati to‘g‘risidagi tahlil 72 soatdan keyin, kuzda 120 soatdan keyin aniqlanadi(havo harorati +10°S dan kam bo‘lmasligi kerak).
Har bir gorizontdan 35 tadan qalqondor olinadi va binokulyar ostida ko‘riladi.
Tekshirishdan oldin ularni 3 ta buyum oynasiga qo‘yiladi, so‘ng namlangan Petri likopchalariga joylashtiriladi va qorong‘i joyda 2 davomida +18-20°S haroratda ushlab turiladi. 2 soatdan keyin qalqondorlar holati o‘rganiladi.
Rangi o‘zgargan qalqondorlar tirik, o‘zgarmagani esa o‘lgan hisoblanadi.
Qalqondorlar 100% o‘lgandagina fumigatsiya samarali hisoblanadi.





Qalqondarning zararlashi natijasida nimjon bo‘lib qolgan daraxatlar kompleks agrotexnik tadbirlarga muhtoj bo‘lib qoladi, jumladan o‘sish va hosilga kirish jarayonlarini tezlashtirish, shakl berish, sug‘orish, mineral o‘g‘itlar berish, yoriqlarni suvash, eski po‘stloqlarni olib tashlash va hokazolar.
Kaliforniya qalqondori bilan zararlangan bog‘larda kimyoviy kurash usullarini tabaqalashtirib tashkillashtirish ularga qarshi kurash choralarini bir muncha yengillashtiradi.
Shu sababli yangi bog‘lardagi navlarni har chorakda qalqondor bilan zararlanishiga qarab guruhlarga ajratib olish lozim, ya’ni kuchli zararlanadigan, o‘rtacha zararlanadigan va kuchsiz zararlanadigan guruhlar. Shunday qilib, faqat ajratib olingan guruhlardagina qalqondor doimiy nazorat qilib boriladi.
Bunday bog‘larda faqat zararkunanda bilan zararlangan o‘choqlardagina ishlov o‘tkaziladi, bu esa kurash tadbirlari harajatlarini sezilarli kamayishi va entomofaglar sonini ko‘payishi ko‘pgina ishlab chiqarish sharoitlarida isbotlangan.
Qalqondor bilan zararlangan hududlarda bog‘larni barpo qilishda asosan payvandtaglarga katta e’tibor qaratilishi lozim, sababi payvantaglar qanchalik tez o‘suvchi bo‘lsa, qalqondor bilan shunchalik kam zarar ko‘radi.
5-yoshgacha bo‘lgan mevali bog‘larni ta’mirlashda, faqat shu bog‘da o‘sadigan navlarni ekish lozim.
Eski bog‘larda qurigan daraxtlar o‘rniga faqat kam va o‘rtacha zararlanadigan navlarni ekish tavsiya etiladi.
Qalqondorlarga qarshi kimyoviy kurash choralari ko‘chatlarning yoshi, kelib chiqishi, nav tarkibi hamda zararkunanda bilan zararlanish darajasi hisobga olingan holda tabaqalashtirib olib boriladi.
Hosilga kirgan olma va nok bog‘lari 2-4 ball zararlangan taqdirda qalqondorga qarshi purkash daraxtlarning faqat tinim davrida o‘tkaziladi.
Kuzda barglar to‘kilgandan so‘ng yoki bahorda kurtaklaguncha 1%-li DNOK preparati qo‘llaniladi.
Bahorda daraxtlar kurtaklaguncha DNOK o‘rniga preparat
№30 ning 5%-li, kurtaklarning bo‘rtish davrida shu preparatning 3%-li emulsiyasi yoki 2,5%-li trixloral ishlatiladi.
Bog‘larda 3-4 ball zararlanish o‘choqlari kuzatilsa tinim davrida faqat o‘choqlarga ishlov beriladi.
Bunday holatlarda qalqondorlar soni keyingi ishlovlar kurtaklar uyg‘onish davrida boshqa hasharotlarga qarshi insektitsidlar bilan kurash olib davomida kamaytirib turiladi.
Kurtaklar uyg‘onish davrida uzunburunlarga, bargo‘rovchilarga yoki daraxtlar gullagandan keyin kuyalarga
qarshi insektitsidlarni purkash 90%ga yaqin erkak qalqondorlarni yo‘qotadi, bu esa urhochilarni naslini sezilarli darajada kamaytiradi.
Olma qurtiga qarshi kimyoviy ishlov o‘tkazish tug‘ilayotgan daydi va qalqon ostidagi yosh lichinkalarni, erkak qalqondorlarni va urg‘ochi hasharotlarni ma’lum bir qismini o‘ldiradi.
Bahor va yoz oylarida qalqondorga qarshi kamsamarali insektitsidlar (masalan, xlorofos) ishlatilgan bo‘lsa, ularning soni ortib borishi bilan daraxtlar 2,5%-li preparat 30 bilan yoki 0,15%-li metafos, metation bilan birinchi avlodiga qarshi ishlanadi.
Danakli mevali va urug‘mevali bog‘larda 2-4 ball zararlanish kuzatilganda xuddi shu preparatlar bilan daraxtlar tinim davrida ishlanadi.
Hasharotlar o‘chog‘i kuzatilsa, faqat shu o‘choqlar ishlanadi.
Ko‘chatzorlarda va onalik ko‘chatzorlarda qalqondorlar kuzatilmasa daraxtlarning tinim davrida 1%-li DNOK 3-4 yilda bir marta, agar qalqondorlar kuzatilsa har yili ishlov beriladi.
Kaliforniya qalqondoriga qarshi kimyoviy kurash usullarini tabaqalashtirish uchun xo‘jaliklarda bog‘larni g‘ar
bir chorak bo‘yicha mukammal o‘rganishni talab qiladi.
Urug‘ mevali bog‘larda mevalardagi qizil dog‘larga qarab hasharotni oson aniqlash mumkin.
Tekshiruvni daydi hasharotlar yoppasiga mevaga yopishgan vaqtda (iyul-avgust-sentabr) o‘tkazgan ma’qul.
Bog‘lar har chorakda tekshiruv davomida dalaning dioganali bo‘yicha ko‘riladi.
Birinchi navbatda qalqondor bilan kuchli zararlangan mevalar ko‘riladi, hamda dala chetlaridagi sifatsiz ishlangan daraxtlar tekshiriladi.
Qalqondor bilan zararlangan mevalar qizil dog‘larning bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Qalqondor dog‘lari ko‘proq meva gulkosasi yonida va meva bandlari atrofida kuzatiladi.
Navlarni zararlanishini bo‘yalgan mevalardagi dog‘larning soniga qarab aniqlash mumkin. Hosilni yig‘ishtirib olish davrida mevalarni qalqondor bilan zararlanganligini ham aniqlash mumkin.
Mevalarni zararlanishini ko‘z bilan ko‘rib aniqlash ham mumkin: kam zararlanganlarida alohida dog‘lar bo‘ladi (5 tagacha), o‘rtacha zararlanganlarida — 10 tagacha va kuchli zararlanganlarida — 10 tadan oshiq bo‘ladi.
Qalqondor bilan zararlangan mevalar aniqlangan taqdirda, maxsus jurnalga aniqlangan vaqti, nav nomi, zararlanish darajasi yozib qo‘yiladi.
Tinim davrida (kuz va bahor) bog‘larda purkash ishlari
daraxtlar tekshirilib, mevalari zararlangan navlarda va hududlarda o‘tkaziladi.
Bunda daraxtlarning zararlanish darajasi beligilab olinadi, 2—4 ballgacha zararlangan daraxtlar o‘choq o‘choqmi yoki tarqoq holdaligi belgilanadi.
Daraxtlarning zararlanish darajasi balli shkala bo‘yicha A.N.Kirichenko usulida aniqlanadi (1937).

  1. ball — butun daraxt va alohida periferik shoxlarini diqqat bilan tekshirganda qalqondor aniqlanmasa;

  2. ball — alohida 2-5 dona tirik qalqondorlar topilsa; 2-ball — 20 donagacha bo‘lgan koloniyalari uchrasa;

  1. ball—koloniyalari soni ko‘p bo‘lsa, daraxtning barcha qismida bo‘lsa va alohida shoxlari to‘lig‘icha tirik qalqondorlar bilan qoplangan bo‘lsa; Bunday daraxtlarda yorilishlarning dastlabki belgilari ham kuzatilishi mumkin;

  2. ball qalqondor koloniyalari to‘lig‘icha daraxtni qoplab oladi, va bunday holda daraxt tanasi po‘stlog‘ida to‘rsimon yorilishlar va daraxtda qurish belgilari namoyon bo‘la boshlaydi (o‘sishdan qoladi, ko‘chatlar quriydi va hakozolar).

Tirik qalqondorlar qalqonini ezib tashlash orqali ularni sonini aniqlash mumkin, bunda ular ezilgan joyida namlik paydo bo‘ladi.

  1. — 4 ballgacha zararlangan daraxtlar kejakda insektitsidlar bilan ishlash uchun kartaga tushiriladi.

Agar zararlangan daraxtlar turli joyda joylashgan bo‘lsa, bog‘ to‘lig‘icha insektitsidlar iblan ishlanadi.
Daraxtlar insektitsidlar bilan ishlanganda ularni sifatiga alohida extibor berilishi kerak.
Bog‘larni zararlanish o‘choqlari kartasini tuzishda u yerga chiqarilgan entomofaglarning ham hisobi olinadi. Kuzda va bahor faslida barcha kimyoviy vositalar ishlatilishi to‘xtatilgan vaqtda koksinellidlarning, xilokoruslar va ekzaxomuslarning ko‘paygani kuzatiladi.
Ular kuz faslida sovuq kunlar boshlangunicha va qishlab chiqqandan so‘ng bahorda 2 — 3 oy qalqondorlar bilan oziqlanadi.
Xilokorus va ekzaxomuslar soni to‘g‘ridan to‘g‘ri sanash yo‘li bilan aniqlanadi.
Izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, alohida daraxtlar zararlanganda bitta daraxtda 1 — 2 dona entomofag uchrashi aniqlangan.
Daraxtlar 2 ballgacha ararlanganda bitta daraxtda 5 yoki undan ko‘proq, 3 ballgacha zararlanganda 50 donagacha, 4 ballgacha zararlanganda 200 — 300 dona va undan ham ko‘proqni tashkil qiladi.
Qalqondorlarga shilliq qurtlar ham katta qiron keltiradi. Daraxtlar 1—2 ballgacha zararlanganda 1—2 dona shilimshiq quri ularni batamom qirib yuqotishi tajribalarda isbotlangan.

  1. ballgacha zararlanganda 5—7 dona shilimshiq qurt, 4

ballgacha — 30 dona shilimshiq qurt kifoya qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar



    1. Алексеев Я.А. Выяснение эффективности

комбинированного применения симферобиуса в борбе с червесом в условиях Узбекской ССР. Сб. трудов ВИЗРа, 1948 г.

    1. Архангелский П.П. Образ жизни червеса комстока

в Узбекистане. Справочник по вопросам карантина растений, 1941 г.

    1. Архангелский П.П., Головизнин Д.Д., Макунин Ф.К., Пащенко В.З., Хахам М.Б. Инструксия по мерам борбы с червесом комстока. Ташкент, 1940 г.

    2. Бичина Т. И. Методические указания по дифференсированной химической борбе с калифорнийской щитовкой. -Кишинев, 1978

    3. Борхсениус Н. С. Сбор и изучение червесов и щитовок.- М., Изд. АН МССР, 1950.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish