Matematikani muammoli o‘qitish texnologiyasini joriy etish



Download 31,4 Kb.
bet1/2
Sana19.02.2022
Hajmi31,4 Kb.
#460104
  1   2
Bog'liq
1-маъруза ОТМЎМ 3сем.


  1. Ma’ruza. Matematikani muammoli o‘qitish texnologiyasini joriy etish.

Reja:

  1. Muammoli ta’lim maqsad va vazifalari.

  2. Muammo va uning turlari. Muammoli vaziyatlar. Muammoli ma’ruza, muammoli topshiriqlar.

  3. Matematikadan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda muammoli ta’limdan foydalanish maqsadi, mazmuni, metod va vositalari, kutiladigan natijalar.

Tayanch iboralar: muammo, muammoli vaziyat, muammo turlari, muammoli o‘qitish, ko‘rgazmali masala.
Bilish jarayonida aniq qo‘yilgan savol yoki savollar kompleksi odatda muammo, bilish esa bir savolga topilgan javob yordamida ikkinchi bir savol javobga o‘tish ketma-ketligi deb tushuniladi. Har qanday izlanish esa odatda «muammo» - «izlanish» - «echim» ko‘rinishidagi ketma-ketlik orqali ifodalanadi. Bundan ko‘rinadiki, aniq, ravshan qo‘yilgan muammo uni hal etishda muhim ahamiyatga ega. Muammolarni quyidagi uchta belgi orqali turlarga bo‘lish mumkin :

  • muammo avvaldan ifodalanganligi;

  • bu muammoni hal etish uslubining mavjudligi; yechim haqidagi tasavvurning qanchalik to‘liqligi.

Keltirilgan belgilarning ma’lum () yoki noma’lum (-) ligiga qarab muammolarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:



Муаммо турлари

Муаммо аниқланган

Муаммони ҳал этиш услуби

Муаммо ечими

1







2





-

3



-



4



-

-

5

-





6

-



-

7

-

-



8

-

-

-

Birinchi to‘rt turdagi muammolar – aniq muammoli vaziyatlardir. Bularda muammo oldindan qo‘yilgan bo‘lib, ularning bir-biridan farqi muammoni hal etish uslubi ma’lumligi va yechim haqidagi tasavvurning mavjudligida. Qolgan to‘rt turdagi muammolar – noaniq muammoli vaziyatlardir. Birinchi turdagi muammoni ko‘rgazmali masala deb yuritiladi. Bunda savol, uning javobi, javobni topish yo‘llari berilgan bo‘lib, bunday masalalarni hal etish jarayonini o‘quvchilar puxta o‘zlashtirib, boshqa masalalarga qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qiladilar. Ikkinchi turdagi muammoda o‘quvchilar berilgan masala va bu masalani hal etish yo‘li yordamida javobni topadilar. Bunday masalalar o‘quvchilarni formulalardan to‘g‘ri foydalanish, topqirlik, aniq va izchil fikrlashga o‘rgatadi. Uchinchi turdagi muammolar odatda ritorik muammolar deb yuritiladi. Ular ritorik – javob o‘z-o‘zidan ko‘rinib turgan savollarga o‘xshash bo‘lganligi uchun ham shunday nomlangan. Ular boshqotirmalarga ham o‘xshab ketganligidan ayrim hollarda boshqotirma-muammo debhham yuritish mumkin. Bunday muammolarga har xil krossvordlar, rebuslar, berilgan bo‘laklardan figuralar yasash, taken o‘yini, Rubik kubigi kabi yechimi mavjud bo‘lgan muammolar kiradi. To‘rtinchi turdagi muammolar – klassik muammolar deb yuritiladi. Bunday muammolarning hal etilishi fan-texnikada ro‘y berayotgan buyuk o‘zgarishlarga olib keladi.
Beshinchi turdagi muammoda yechim nimadan iboratligi va uni topish yo‘li ma’lum bo‘lib, ular qanday muammoni hal etish uchun kerakligi aniq bo‘lmagan muammolar. Bularga misol sifatida maqsadsiz yasalgan qandaydir bir uskuna, shakllarni olish mumkin. Yasash yo‘llari va natija bor, lekin ular qanday bir vaziyatni hal etish uchun kerakligi hali aniq emas. Bir kun kelib biror bir muammoni hal etishda ishlatilishi mumkindir.
Oltinchi turdagi muammoga biron bir muammoni hal etish uchun aniqlangan uslubning boshqa bir, hal etilgan muammoga mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan muammoga qo‘llanishini kiritish mumkin.
Yettinchi turdagi muammoli vaziyatda faqatgina shartli ravishda yechim deb atash mumkin bo‘lgan narsa bor, chunki muammo va uni yechish yo‘llari ma’lum emas. Masalan, bir kun kerak bo‘lib qolar deb yig‘ilgan har xil ashyolar uyumini olaylik. Ashyolarning ichida shundaylari ham bor-ki, ular nima maqsadda kerak va ulardan qanday foydalanish kerakligi hozircha ma’lum emas.
Sakkizinchi turdagi muammolarga sofizmlar, antinomiyalar, paradokslar kabi muammolar kiradi. Ular asosan yolg‘onni rost qilib ko‘rsatish maqsadida ishlatiladigan intellektual ko‘zbo‘yamachilik orqali anglashilmovchilikka olib keladi. Sofizmlar Qadimgi Gresiyada keng tarqalgan bo‘lib, u vaqtda mantiq qonunlari ma’lum emas edi.U vaqtda sofizm asosan ma’noga ega bo‘lmagan so‘z o‘yinlari va maqsadsiz bahslarda ishlatilgan.
«Antinomiya» so‘zi «qonunga qarshi» ma’nosini anglatib, undan asosan yuristlar foydalanganlar. Ikki qonun yoki biror bir qonunning o‘zi bilan ziddiyati antinomiya deb yuritilgan. Hozirgi kunda antinomiya biror bir ob’ekt haqidagi bir biriga zid mulohazalarni bildirib, bu mulohazalar bir hilda ishonchli asosga egadek ko‘rinadi.
Muammoli ta’lim maqsadi – o‘qituvchi tomonidan taklif etilgan, maxsus bilim orttirishga xizmat qiladigan masala – muammoni o‘quvchilar o‘z aqlidroklari bilan yechishdan iborat. M.I.Maxmutov muammoli ta’limni quyidagicha tavsiflaydi: muammoli o‘qitish mantiqiy fikrlar tadbirlari (tahlil, umumlashtirish) hisobga olingan o‘rgatish va dars berish usullarini qo‘llash qoidalari va talabalarni tadqiqot faoliyatlari qonuniyatlarining (muammoli vaziyat, bilishga bo‘lgan qiziqish, talab v.x.k) tizimi.
Muammoli o‘qitishning mohiyatini, o‘qituvchi tomonidan talabalarni o‘quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o‘quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi. Bu esa bilimlarni o‘zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi. Insonning bilish faoliyati jarayoni mantiqiy bilish ziddiyatlarini hal qilishdagi obektiv qonuniyatlari hamda didaktik tamoyil – muammolilikka tayanadi.
Psixolog va pedagoglar fikrlash muammoli vaziyat, kutilmagan xayrat va mahliyo bo‘lishdan boshlanadi deyishadi. O‘qitish sharoitidagi insonning ruxiy, emotsional va hissiy holati unga fikrlash va aqliy izlanish uchun o‘ziga xos turtki vazifasini bajaradi.
Muammoli vaziyatning mohiyati shuki, u talabaga tanish bo‘lgan ma’lumotlar va yangi faktlar, hodisalar (qaysiki, ularni tushunish va tushuntirish uchun avvalgi bilimlar kamlik qiladi) o‘rtasidagi ziddiyatdir. Bu ziddiyat bilimlarni ijodiy o‘zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir.
Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilar:

  • talabaga notanish faktning mavjud bo‘lishi;

  • vazifalarni bajarish uchun talabaga beriladigan ko‘rsatmalar, yuzaga kelgan bilish mashaqqatini hal qilishda ularning shaxsiy manfaatdorligi.

Muammoli o‘qitishni tashkil etishda o‘qituvchi o‘quv materialini:
monolog; fikr yuritish va muhokama qilish usulida; dialogli bayon qiladi.
Topshiriqlarni: evristik; tadqiqotli va programmali usullarda beradi.
Monologli bayon etish. O‘qituvchi muammoli vaziyat sharoitida o‘z ma’ruzasida yangi tushunchalar, faktlarning mazmun-mohiyatini tushuntiradi, talabalarga fanning tayyor xulosalarini aytib beradi.
Matematik tushunchalar orasidagi munosabatlar
Matematik tahlilning markaziy tushunchasini muhokama qilish jarayonida tushunchalar orasidagi munosabatlarga murojat etamiz. Bu keyingi tadqiqotlar uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi. (Vollrath, 1973). Masalan, talabalardan ketma-ketliklarning turlarini keltirishlarini so‘rayman. Mumkin bo‘lgan ro‘yxat: rastional ketma-ketlik,haqiqiy ketmaketlik, sonly ketma-ketlik, arifmetik progressiya ketma-ketligi, geometrik progressiya ketma-ketligi, yaqinlashuvchi ketma-ketlik, nollardan iborat ketma-ketlik, chegaralangan ketma-ketlik, o‘suvchi ketma-ketlik, kamayuvchi ketma-ketlik, Koshi ketma-ketligi. So‘ngra biz sharhlashga urinib ko‘ramiz.Quyidagi: Har bir yaqinlashuvchi ketma-ketlik chegaralangan, yoki, barcha o‘suvchi va chegaralangan ketma-ketliklar yaqinlashuvchi bo‘ladi deb tasdiqlovchi teoremalar tushunchalarning ierarhiyasiga(bo‘ysunish tartibi) olib keladi (Vollrath, 1973). O‘qituvchilar matematik tahlilni o‘rganish tushunchalar haqidagi bilimlar bilimlar bilan bir qatorda , ular orasidagi bog‘liqlikni ham ko‘zda tutishini tushunib etadilar. Ular tarmoqli o‘qitishning muhimligini anglaydilar. Tushunchalarning bir-biriga bo‘ysunishini o‘rganish, maktabda o‘qitish konsepsiyasini didaktik tashkil qilish muammosiga olib keladi. Birinchi yondoshuvda o‘qitishning turli ketmaketliklarida o‘qitish va ta’lim berish nuqtai-nazaridan muxokama qilinadi va shakllanadi. Shuningdek, talabalarga tushunchalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishni aniqlash imkoniyatini ta’minlash lozim.Tizimlilik nuqtainazaridan umumiydan hususiyga o‘tish qulaydir. Shuningdek, hususiydan umumiyga o‘sa ham bo‘ladi. Ushbu masala yuzasidan, ya’ni: umumiydan hususiygami yoki aksinchami degan masalada pedagogikada uzoq muhokamalar bo‘lgan. Didaktlar ushbu masala juda umumiy ekanligini qaid etadilar.
Matematika didaktikasi ushbu masalaning aniqroq bo‘lgan javobini izlaydi. Didaktlar talabalarga taqdim etilayotgan material o‘rganilib va o‘zlashtilibgina qolmay, ular orasidagi munasabatlari ma’lum va amalda qo‘llay olinadigan tushunchalar ierarxiyasini o‘rganishning turli usullari mavjud ekanligini ta’kidlaydilar.

Download 31,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish