Shoir va yozuvchilar bilan uchraahuvlar tashkil etish metodikasi



Download 29,26 Kb.
bet1/2
Sana21.12.2022
Hajmi29,26 Kb.
#893375
  1   2
Bog'liq
SHOIR VA YOZUVCHILAR BILAN UCHRAAHUVLAR TASHKIL ETISH METODIKASI


SHOIR VA YOZUVCHILAR BILAN UCHRAAHUVLAR TASHKIL ETISH METODIKASI
Isteʼdod qondan qonga oʻtadigan, ayrim insonlarga boʻnak sifatida beriladigan taqdirlov boʻlsa kerak, deb yuraman oʻzimcha. Balki, biron-bir maqsadga tirishqoqlanib intilaverish, oʻta mehnatsevarlik orqali yuksak malakaga erishsa boʻlar; tugʻma isteʼdod egasi esa, hatto yalqovlikda ham, eʼtiborni tortuvchi qirralari bilan boʻlak yalqovlardan yaqqol ajralib turaveradi. Kishidagi isteʼdod, asosan, zahmatlardan choʻchimaslikda, uzluksiz izlanishlarda, bilimdonlar bilan suhbatlashuvlarda, bahslarda, faoliyatdagi domiy bellashuvlarda kun sayin toblanaveradi. Parvarishlab borilmagan isteʼdod ekilganicha qarovsiz qolib ketgan koʻchatni eslatadi.
– Ijodkorning xarakteri uning uslubini belgilaydi, degan gap bor. Demak, yozuvchi yoki shoir oʻz tabiatiga sodiq qolishi, uni turli taʼsirlardan asrab-avaylashi orqali, aytish mumkinki, oʻziga xos uslubini shakllantiradi. Shundoq boʻlsa ham, barcha ijodkorlarning shaxsiyatida qaysi jihatlar mujassam boʻlishi shart deb hisoblaysiz?
– Ola-bula rangga boʻyalgan mushuk yoʻlbarsga aylanolmaydi. Biz ijodda, kimlargadir havas qilib, taqlid qilib, oʻzimizni boshqacha koʻrsatishga nechogʻli urinmaylik, u yoki bu voqelikka munosabat bildirishda, baribir, kimligimiz ochilib qolaveradi. Oʻzligimizdan qolmaganimiz yaxshi. Siz haqsiz – menligiga sodiq adibning ijod uslubi, asosan, uning xarakteri hududida shakllanadi, ozmi-koʻp oʻziga xoslik aynan shu jarayonda hosil boʻla boradi.
Ijodkor shaxsiyatida qanday jihatlar mujassam boʻlishi kerakligiga kelsak, birinchi navbatda, qaysi yurtning fuqarosi, qaysi millatning farzandi ekanligini hayotda ham, ijodda ham kunu tun his qilib turishi shart. Badiiy adabiyotdan tashqari, avvalo, oʻz elatining kechmishiga, madaniy-maʼnaviy merosiga, buyuk allomalariga, dovruqli arbobu sarkardalariga oid tarixiy asarlar bilan imkon qadar koʻproq tanishib borishi behad foydalidir. Jahonni tanish oʻzligini tanishdan boshlangani maʼqul. Oddiy odamlar bilan koʻproq birga boʻlish adib uchun mahorat akademiyasi vazifasini oʻtashiga shubham yoʻq. Shundagina, uning yozganlari oʻzbekning ogʻaynisiga aylanadi. Xalq tilidagi goʻzalliklarni, iboralaridagi teranliklarni, pisandalaridagi oʻtkirliklarni hech bir “imlo lugʻati”dan, hech bir “izohli lugʻat”dan, hech bir ilmiy-maʼrifiy asardan topib boʻlmaydi. Ularni rasmiyatchilik soya solmaguchi chapanicha suhbatlardan, ulfatona chaqchaqlashuvlardangina “oʻmarish” mumkin.
– 
Download 29,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish