Mavzu: oila shaxs tarbiyasining sub’skti sifatida. Oila tabiatning shoh asarlaridan biridir



Download 31,81 Kb.
Sana08.07.2022
Hajmi31,81 Kb.
#756247
Bog'liq
resources-29


MAVZU: OILA - SHAXS TARBIYASINING SUB’SKTI SIFATIDA.

Oila tabiatning shoh asarlaridan biridir.
J.Santayana
Oila insonning ilk bolaligidan boshlab ongida shakllanadigan barcha insoniy fazilatlar, ezgu niyatlar, qadriyatlar takomil topadigan va sogʼlom eʼtiqodlar shakllanadigan muqaddas dargoh. Shu muqaddas dargohda maʼnaviy-ahloqiy muhitni vujudga keltirish va u orqali shaxsni sogʼlom eʼtiqodli, mustaqil fikrlaydigan, komil inson qilib tarbiyalash bugungi islohotlar davrida Oʼzbekiston uchun davlat ahamiyatiga molik masaladir. «Eng katta baxt, men buni ming marta qaytarishdan charchamayman, oilamiz tinch bo‘lsin! Oila kichik vatan, oila tinch bo‘lsa, baxtli bo‘lsa, vatan tinch bo‘ladi. O‘sha baxtli kunlarni, vatanimizning, yoshlarimizning kamolini hozir niyat qilayotganimiz kabi ko‘rish hammamizga nasib etsin!», — deya takidlagan edilar muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev.
Mamlakatimizda inson, uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, manfaatlarini roʼyobga chiqarish sharoitlarini yaratish, taʼlim sifati va samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish borasidagi izchil islohotlar natijasida umumiy oʼrta taʼlim maktablari oʼquv jarayonida oʼquvchilar mustaqil mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish gʼoyasini keng tatbiq etish imkoniyatlari amalga oshirilmoqda. Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasida «uzluksiz taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli taʼlim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qoʼllab-quvvatlash va roʼyobga chiqarish» kabi ustuvor vazifalar belgilandi.
Shu sababli mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev oz nutqlarida “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va manaviy salohiyatga ega bolib, dunyo miqyosida oz tengdoshlariga hech qaysi sohada bosh kelmaydigan insonlar bolib kamol topishi, baxtli bolishi uchun” ularni har tomonlama tarbiyalashimiz darkor .
Oila tushunchasi, oilashunoslik fanining maqsad va vazifalari.
O`zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab mamlakatda yoshlarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash borasida islohotlar hayotning barcha sohalari bilan uzviy bog`liq holda amalga oshirilmoqda.
Yoshlarimizning barkamol bo`lib etishishida mahalla, oila jamoat tashkilotlari va ta`lim muassasalari alohida o`rin egallaydi. Kelajak avlod haqida qayg`urish, sog`lom, barkamol insonni voyaga yetkazishga intilish xalqimizga xos milliy xususiyatlardandir. Darhaqiqat, barkamol avlod dastlab oilada dunyoga keladi, oila muhitida yaxshi yoki yomon insonlar bo`lib voyaga etadi.
I.Karimov yoshlarni ma`naviy-ahloqiy tarbiyalashda oila, ota-ona hal qiluvchi o`rin turishga e`tibor berib shunday degan edi: “Bola tug`ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an`analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi. Ota-onaning farzand oldidagi burchlari, o`zlarining oxiratini obod etuvchi qarzlari bor. Ular: yaxshi nom qo`yish, yaxshi muallim qo`lida topshirib, savodini chiqarish, ilmli, kasb-hunarli qilish, boshini ikki va uyli-joyli qilish”.
Oila nima? Bu so‘z qanday lug‘aviy manolarga ega? Asli qaysi tilga mansub? Oila asli arabcha so‘z bo‘lib, “ayolmand, niyozmand”, “er-xotin, ularning bola-chaqalari va eng yaqin tugishganlaridan iborat birga yashovchi kishilar majmui, xonadon” degan manoni anglatadi. Oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi, bir erkakning o‘zi yoxud bir ayolning o‘zi oila bo‘la olmaydi. Qolaversa, oila faqat er va xotindangina iborat emas. Oila eru xotindan tashqari erning ota-onasi, yani qaynota va qaynona, farzandlar, uka a singillardan iborat ko‘p bo‘ginli xonadon. Uning har bir azosi o‘z mavqeiga ega, shu oilaning ichki intizomiga bo‘ysunib yashaydi. Shu manoda oila jamiyat ichidagi jamiyatdir. Bu jamiyatning o‘z saltanati bor: bunda minglb tasodiflar jarayonida er-xotin muhabbati sinovdan o‘tadi, shu sinov jarayonida ular bir-birini chuqurroq tushunadilar, bir-birlarini qadrlashni o‘rniga quyadigan bo‘ladi, birbirlariga kechirimli bo‘lishadi, er-otaga, xotin-onaga aylanadi, farzandlarini tarbiyalab, orzu-haas ko‘radi. Shu manoda oila inson hayotiga to‘kislik baxsh etadi, jamiyatning muqaddas maskani sifatida sadoqat sarchashmasiga aylanadi.
Oila deb qon-qarindoshlik, qarindoshchilik (nikoh orqali) yoki birga istiqomat qilish orqali bogʻlangan odamlardan iborat ijtimoiy guruhdir.
Oila — nikoh yoki tugʻishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning aʼzolari roʻzgʻorining birligi, oʻzaro yordami va maʼnaviy masʼuliyati bilan bir-biriga boglangan. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari — inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, oila aʼzolarining turmush sharoitini va boʻsh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar mustaqil hodisa sanalsada, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular taʼsirida oʻzgarib boradi. Shundan kelib chiqib, har bir jamiyat oʻzgarib mos oila tipini, oilaviy munosabatlarni oʻrnatadi.
Oila – har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlovchi, milliy qadriyatlarning yashovchanligini taminlovchi, manaviy va jismoniy barkamol avlodni dunyoga keltirib tarbiyalovchi muqaddas makondir. Ushbu mo‘jaz makon jamiyat deb atalmish buyuk bir makonning poydevorini tashkil etadi. Jamiyatning, davlatning farovonligi, gullab-yashnashi aynan shu poydevor mustahkamligiga bevosita bog‘liq boladi. Shu boisdan ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar mazmunida oila manfaatlarini ijtimoiy-iqtisodiy, manaviy-huquqiy jihatdan himoya qilinishni taminlash masalalariga alohida etibor berilmoqda. Shuningdek, har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalashda oila va jamiyatning masuliyati bosqichma-bosqich oshirilmoqda. Oilani muqaddas bilish va uning mustahkamligi uchun kurashish xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Prezidentimiz tabiri bilan aytganda, avlodlar davomiyligini taminlaydigan manaviyat qo‘rg‘oni bo‘lmish oilani mustahkamlash bugungi kunda barchamizning nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimiz ham hisoblanadi. Shu bois mamlakatimizda barcha xayrli ishlar avvalo oilalarni mustahkamlash va yosh avlodning yorug‘ kelajagini taminlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Zero, oila sog‘lom ekan, jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan, mamlakat barqarordir.
Oilani boshqarish jamiyat hayotini boshqarishning oila azolari o‘rtasidagi yaqinlik ishonch, hurmat, samimiylik, burch, talabchanlikdan yoshlarning ichki shakllanishiga tasir etadigan muhim omillardandir. Jamiyat rivojlangan sari manaviy omillarning ijtimoiy taraqqiyotdagi ahamiyati ortgani sari oiladagi tarbiyaga etibor ham kuchayib boradi.
Oila jamiyat tarixida azaldan mavjud boʻlmagan. Ibtidoiy jamoa tuzumining birinchi bosqichida, kishilar toʻda-toʻda boʻlib yashayotgan davrda jinslar orasidagi munosabatlar muayyan tartib-qoidaga ega boʻlmay, toʻdadagi barcha erkaklar va ayollar bir-birlariga umumiy er-xotin hisoblangan. Tarixiy taraqqiyot jarayonida jinsiy munosabatlar asta-sekin muayyan tartibga solina boshlandi. Dastlab ota-ona bilan farzandlar, soʻngra aka-uka va opa-singillar orasidagi jinsiy munosabatlar taqiqlanib guruhli oilalar paydo boʻlgan. Ammo, bu oilalarda hali er-xotin nikohi barqaror alohida xoʻjalikka ega boʻlmagan. Bu davrda tabiiy omil oʻz vazifasini tugalladi, yaʼni jinsiy munosabatlar doirasidan qon-qarindoshlar istisno qilindi, jinsiy munosabatlar faqat bir erkak va bir ayol munosabatiga aylandi (patriarxal oila, poliandriya, poligamiya, poliginiya).
Koʻp jamiyatlarda oila bolalar ijtimoiylashishi uchun asosiy institut vazifasini oʻtaydi. Antropologlar oilalarni matrilokal (ona va uning bolalari), er-xotin (bolalari boʻlsa, nuklear oila deyilad) va qon-qarindosh (nuklear oila va qaynata-qaynana birga yashovchi) tiplarga bolishadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish — chorvachilik va dehqonchilikning rivojlanishi bilan erkaklar mehnatining qadri oshdi, mahsulot ishlab chiqarishda ulushi ortdi, binobarin, ularning ijtimoiy mavqei ham tubdan oʻzgardi. Mavjud qoida tartiblar — farzandlarning onagagina tegishli boʻlishi, ona mulkiga merosxoʻr sanalishi erkaklarning yangi mavqeiga zid kelib qoldi. Natijada ota huquqiga asoslangan patriarxal oila vujudga keldi. Shunday qilib, hozirgi individual oilaning oʻtmishdoshi — monogam oila vujudga kelgan (Monogamiya).
Oila xalqning, jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf-odatlarni oʻzida sinovdan oʻtkazadi. Yaxshilarini oʻz bagʻrida asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazadi. Oila oʻz farzandlarini tarbiyalab, ularga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish bilan ularga boshlangʻich ijtimoiy yoʻnalish beradi. Oʻz farzandlarini katta oqimga — jamiyatga qoʻshish bilan esa oila jamiyat yoʻnalishi, iqtisodiyoti, madaniyati va maʼrifatini ham belgilashga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Shuning uchun ham Sharqsa oila qadim-qadimdan muqaddas qoʻrgʻon hisoblanib kelingan. Xususan, oʻzbek oilalarining serfarzandlik, oilaparvalik xususiyatlari saqlanib turibdi. Oʻzbeklarda oilalarning muayyan turmush tarzi shakllanib hayotiy tajriba orttirib borishi, tejamli va sarishta roʻzgʻor tutishi, farzandlarni odobli, maʼnaviy yetuk boʻlib kamol topishida keksalar, ota-onaning roli beqiyos. Oʻzbek oilalari oʻzlarining mustahkamligi, saranjom-sarishtaligi, bolajonligi, qarindosh-qondoshlik rishtalarini hurmat qilishi, mexr-oqibatli va boshqa qadriyatlari bilan ajralib turadi.
Oʻzbekistonning davlat mustaqilligi tufayli xalqimizning azaliy milliy urf-odat va marosimlari qaytadan tiklana boshladi, bu udumlar esa oilani mustahkamlashda muhim oʻrin egallaydi. Oʻzbekiston hukumati oilaviy masalalarga davlat siyosati darajasida bajarilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifa sifatida qaraydi. OʻzR Konstitutsiyasining 63-moddasiga kora, Oila jamiyatning asosiy boʻgʻini hisoblanadi, u jamiyat hamda davlat tomonidan muhofazada boʻlish huquqiga ega. Onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha boshqa qonuniy hujjatlar ham qabul qilinib, amaliy tadbirlar belgilangan. Jumladan, "Kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish choralari toʻgʻrisida" 1994 yil 22 avgustda farmon chiqarilib, muhtoj oilalarga moddiy va maʼnaviy yordam berishning koʻlami kengaytirildi. Oilani jamiyatning ravnaq topilishidash tutgan oʻrni va ishtirokini yanada oshirish, oilalarning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy manfaatlarini va farovonligini yaxshilashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish hamda izchil taʼminlash maqsadida OʻzR Prezidenti 1998 yilni "Oila yili" deb eʼlon qildi. Shunga kora, oila manfaatlarini taʼminlash borasida amalga oshiriladigan tadbirlar toʻgʻrisida davlat dasturi ishlab chiqildi. Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2020 yil 18 fevral kuni «Jamiyatda ijtimoiy-manaviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Oilaviy hayot masalalarini huquqiy tartibga solishga bagʻishlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi qabul qilindi.

Zero, yoshlarda milliy merosimizga, milliy qadriyatlarimizga, jumladan, oilaviy anʼanalar, noyob rasm-rusmlarga oid eʼtiqodni shakllantirish orqali ularni oilaviy hayotga tayyorlash, oilaparvarlik xususiyatlarini tarbiyalash maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshiruvchi taʼsirchan vositalardan biridir.


Mustahkam oilalarni shakllantirish, ularda sogʼlom manaviy muhitni qaror toptirish, oila tarbiyasining samaradorligini oshirish, oila muhitida tarbiyalanayotgan farzandlarning har tomonlama yetuk, barkamol boʼlib voyaga yetishlariga alohida ahamiyat berish, bu yoʼlda oila hamda jamoatchilik hamkorligiga erishish, oilalarni ijtimoiy jihatdan qoʼllab - quvvatlash davlatimiz siyosatining asosiy masalalaridan biri bolib kelmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov taʼkidlaganlaridek, «Oila haqida gapirar ekanmiz, avvalambor, oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini taʼminlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson boʼlib yetishishiga bevosita taʼsir koʼrsatadigan tarbiya oʼchogʼi ekanini tan olishimiz darkor».
Taʼkidlash joizki, oilaning eng avvalo, eʼtiqod va sogʼlom dunyoqarash tarbiyasidagi roli benazir. Shu sababli oila hamda mahalla tizimida bola tarbiyasi bilan bogʼliq barcha tarbiyaviy ishlarning asosida xalq anʼanalarining, xususan, oilaviy oʼzaro munosabatlarda saqlanib qolgan milliy qadriyatlarning tub mohiyatiga aloqador qonuniyatlarni oʼrganish vazifasi turibdiki, ularni tadqiq etish, qoʼlga kiritilgan natijalarni amaliyotga tadbiq etishni davrning oʼzi taqozo etib turibdi. Chunki barqaror va mustahkam oilani shakllantirish, unda maʼrifatlilik anʼanalarini kuchaytirish, oilaviy urf-odatlarni zamon talablari asosida qayta oʼrganib chiqib, eng nodirlariga nisbatan farzandlarimizda mustahkam eʼtiqodni tarbiyalashning taʼsirchan vositalarini ishlab chiqish jamiyat maʼnaviyatini barqarorlashtirishni taʼminlaydigan omillardandir. Bugungi kunda oiladay taʼsirchan ijtimoiy institut orqali bolalarda aynan shunday qadriyatlarga nisbatan eʼtiqodni shakllantirish, va shu orqali oilaga nisbatan ijobiy ijtimoiy ustanovkalarni hosil qilish dolzarb masalalardandir.
Tarixdan bizga maʼlumki, turkiy xalqlarda oilaga muqaddaslik hamda dahlsizlik maqomi berilgan. Xususan, zardushtiylar dinining muqaddas kitobi boʼlgan “Аvesto”da oila qurish hodisasiga balogʼat yoshiga yetgan yigit va qizlar tomonidan ijtimoiy vazifalardan birining amalga oshirilishi sifatida yondoshilgan.
Sharqda bir necha asrlar oldin oila va uni tashkil etish, oilaviy munosabatlar, uning shaxs kamolotidagi oʼrni va roli xususida Аbu Rayhon Beruniy, Аbu Аli Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Kaykovus, Аmir Temur, Аlisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Muhammad Sodiq Qoshgʼariy kabi allomalarimiz ham oʼz qarashlarini bayon etib kelganlar. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida ijod qilgan oʼzbek maʼrifatparvarlari Аbdurauf Fitrat, Аbdulla Аvloniy, Аbdulla Qodiriylarning asarlarida xalqimizning milliy qadriyatlari, turmush tarzi, oiladagi farzandlar tarbiyasi milliy ruhda ifodalangan.
Zero, oilada sogʼlom maʼnaviy-axloqiy muhit barpo etish gʼoyat muhim ahamiyatga ega. Yuqoridagilarga asoslangan holda, “Oilashunoslik” oʼquv qoʼllanmasini yaratishga jazm qildik. Oʼquv qoʼllanma Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, Farmonlari va Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining Karorlari va Farmoyishlari hamda Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oila kodeksi va ular asosida qabul qilingan normativ aktlar va meʼyoriy hujjatlar asosida yaratildi.
Oila insonning ilk bolaligidan boshlab ongida shakllanadigan barcha insoniy fazilatlar, ezgu niyatlar, qadriyatlar takomil topadigan va sogʼlom eʼtiqodlar shakllanadigan muqaddas dargoh. Shu muqaddas dargohda maʼnaviy-ahloqiy muhitni vujudga keltirish va u orqali shaxsni sogʼlom eʼtiqodli, mustaqil fikrlaydigan, komil inson qilib tarbiyalash bugungi islohotlar davrida Oʼzbekiston uchun davlat ahamiyatiga molik masaladir. «Eng katta baxt, men buni ming marta qaytarishdan charchamayman, oilamiz tinch bo‘lsin! Oila kichik vatan, oila tinch bo‘lsa, baxtli bo‘lsa, vatan tinch bo‘ladi. O‘sha baxtli kunlarni, vatanimizning, yoshlarimizning kamolini hozir niyat qilayotganimiz kabi ko‘rish hammamizga nasib etsin!», — deya takidlagan edilar muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev.
Mamlakatimizda inson, uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, manfaatlarini roʼyobga chiqarish sharoitlarini yaratish, taʼlim sifati va samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish borasidagi izchil islohotlar natijasida umumiy oʼrta taʼlim maktablari oʼquv jarayonida oʼquvchilar mustaqil mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish gʼoyasini keng tatbiq etish imkoniyatlari amalga oshirilmoqda. Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasida «uzluksiz taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli taʼlim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qoʼllab-quvvatlash va roʼyobga chiqarish» kabi ustuvor vazifalar belgilandi.
Shu sababli mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev oz nutqlarida “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va manaviy salohiyatga ega bolib, dunyo miqyosida oz tengdoshlariga hech qaysi sohada bosh kelmaydigan insonlar bolib kamol topishi, baxtli bolishi uchun” ularni har tomonlama tarbiyalashimiz darkor .
Zero, yoshlarda milliy merosimizga, milliy qadriyatlarimizga, jumladan, oilaviy anʼanalar, noyob rasm-rusmlarga oid eʼtiqodni shakllantirish orqali ularni oilaviy hayotga tayyorlash, oilaparvarlik xususiyatlarini tarbiyalash maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshiruvchi taʼsirchan vositalardan biridir.
Mustahkam oilalarni shakllantirish, ularda sogʼlom manaviy muhitni qaror toptirish, oila tarbiyasining samaradorligini oshirish, oila muhitida tarbiyalanayotgan farzandlarning har tomonlama yetuk, barkamol boʼlib voyaga yetishlariga alohida ahamiyat berish, bu yoʼlda oila hamda jamoatchilik hamkorligiga erishish, oilalarni ijtimoiy jihatdan qoʼllab - quvvatlash davlatimiz siyosatining asosiy masalalaridan biri bolib kelmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov taʼkidlaganlaridek, «Oila haqida gapirar ekanmiz, avvalambor, oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini taʼminlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson boʼlib yetishishiga bevosita taʼsir koʼrsatadigan tarbiya oʼchogʼi ekanini tan olishimiz darkor».
Taʼkidlash joizki, oilaning eng avvalo, eʼtiqod va sogʼlom dunyoqarash tarbiyasidagi roli benazir. Shu sababli oila hamda mahalla tizimida bola tarbiyasi bilan bogʼliq barcha tarbiyaviy ishlarning asosida xalq anʼanalarining, xususan, oilaviy oʼzaro munosabatlarda saqlanib qolgan milliy qadriyatlarning tub mohiyatiga aloqador qonuniyatlarni oʼrganish vazifasi turibdiki, ularni tadqiq etish, qoʼlga kiritilgan natijalarni amaliyotga tadbiq etishni davrning oʼzi taqozo etib turibdi. Chunki barqaror va mustahkam oilani shakllantirish, unda maʼrifatlilik anʼanalarini kuchaytirish, oilaviy urf-odatlarni zamon talablari asosida qayta oʼrganib chiqib, eng nodirlariga nisbatan farzandlarimizda mustahkam eʼtiqodni tarbiyalashning taʼsirchan vositalarini ishlab chiqish jamiyat maʼnaviyatini barqarorlashtirishni taʼminlaydigan omillardandir. Bugungi kunda oiladay taʼsirchan ijtimoiy institut orqali bolalarda aynan shunday qadriyatlarga nisbatan eʼtiqodni shakllantirish, va shu orqali oilaga nisbatan ijobiy ijtimoiy ustanovkalarni hosil qilish dolzarb masalalardandir.
Tarixdan bizga maʼlumki, turkiy xalqlarda oilaga muqaddaslik hamda dahlsizlik maqomi berilgan. Xususan, zardushtiylar dinining muqaddas kitobi boʼlgan “Аvesto”da oila qurish hodisasiga balogʼat yoshiga yetgan yigit va qizlar tomonidan ijtimoiy vazifalardan birining amalga oshirilishi sifatida yondoshilgan.
Sharqda bir necha asrlar oldin oila va uni tashkil etish, oilaviy munosabatlar, uning shaxs kamolotidagi oʼrni va roli xususida Аbu Rayhon Beruniy, Аbu Аli Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Kaykovus, Аmir Temur, Аlisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Muhammad Sodiq Qoshgʼariy kabi allomalarimiz ham oʼz qarashlarini bayon etib kelganlar. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida ijod qilgan oʼzbek maʼrifatparvarlari Аbdurauf Fitrat, Аbdulla Аvloniy, Аbdulla Qodiriylarning asarlarida xalqimizning milliy qadriyatlari, turmush tarzi, oiladagi farzandlar tarbiyasi milliy ruhda ifodalangan.
Zero, oilada sogʼlom maʼnaviy-axloqiy muhit barpo etish gʼoyat muhim ahamiyatga ega. Yuqoridagilarga asoslangan holda, “Oilashunoslik” oʼquv qoʼllanmasini yaratishga jazm qildik. Oʼquv qoʼllanma Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, Farmonlari va Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining Karorlari va Farmoyishlari hamda Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oila kodeksi va ular asosida qabul qilingan normativ aktlar va meʼyoriy hujjatlar asosida yaratildi.
Download 31,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish