Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Buqalamun
245
uylanishlardan bittasi ro‘y berar edi, lekin bu 
orada katta bir janjal – Kolossalischer Scandal 
chiqib qoldi! Shuni aytish kerakki, Varenka-
ning akasi Kovalenko birinchi tanishgan kun-
dan boshlab Belikovni yomon ko‘rib qolgan va 
uni ko‘rsa jahli chiqardi.
U bir kuni yelkasini qisib, bizga shunday 
dedi:
– Tushunolmayman, sira tushunolmayman
bu chaqimchi va bu xunuk basharani siz qan-
day hazm qilolasiz? E, afandilar, siz bu yerda 
qanday yashay olasizlar! Muhitingiz – nafas-
ni bo‘g‘uvchi va sassiq bir muhit. Siz ham pe-
dagoglar-u, muallimlarmisiz? Siz – amal ban-
dalarisiz, sizning maktabingiz bilim manbayi 
emas, molfurushlar do‘koni. Mirshablarning 
budkasi kabi har tarafdan sassiq hid chiqadi. 
Yo‘q, birodarlar, sizning yoningizda ko‘p turol-
mayman, yaqinda o‘z qo‘rg‘onimga qaytib borib, 
qisqichbaqa ovlab, xoxol bolalarini o‘qitib yur-
aman. Ketaman men, siz bu yerda o‘sha mu-
nofiq maxluqingiz bilan yotavering!
U goh yo‘g‘on, goh ingichka tovush bilan 
icha gi uzilgudek bo‘lib kular va taajjub bilan:
– Nima qilib o‘tiradi menikida? Unga nima 
kerak? Baqrayib o‘tiraveradi, – derdi.
U hatto Belikovga «tekinxo‘r o‘rgimchak» de-
gan nom qo‘yib olgan edi. Albatta, biz singlisi 
Varenkaning shu «o‘rgumchak»ka tegish ista-
gini sezdirmaslikka tirishar edik. Bir kun di-
rektorimizning xotini unga singlisini shunday 
bama’ni va hamma hurmat qiladigan Belikov 
singari odamga berish ma’qul bo‘lar degan 
mazmunda shama qilgan edi, u qovog‘ini solib:


Anton Chexov
246
– Bu mening ishim emas; singlim xohlasa, 
zaharli ilonga tegsin, birovlarning ishlariga 
aralashishni yomon ko‘raman, – debdi.
Endi bu yog‘ini eshiting: bir hazilkash odam 
hajviy rasm solibdi: oyog‘ida kalish, shimining 
pochasi qaytarilgan, boshida soyabon – Belikov 
kelmoqda; u Varenkani qo‘ltiqlab olgan; rasm 
tagida «oshiq antropos» degan yozuv bor. Bu 
ko‘rinish juda ustalik bilan solingan. Rassom, 
bu rasm ustida bir necha kun ishlagan bo‘lsa 
kerakki, o‘g‘il va qizlar gimnaziyalarining ham-
ma muallimlariga, seminariya muallimlariga, 
ma’murlarga, hammaga ana shu rasmdan bir 
nusxadan tegdi. Belikovning o‘ziga ham tegdi. 
Bu rasm unga juda qattiq ta’sir qildi.
Birinchi may – yakshanba kuni edi, biz gim-
naziya muallimlari bilan o‘quvchilar, gimnazi-
ya oldida to‘planishib, hammamiz shahardan 
tashqariga, o‘rmonga piyoda bormoqchi bo‘ldik. 
Shunda Belikov ikkovimiz uydan birgala shib 
chiqdik, u ko‘karib ketgan, qovog‘idan qor 
yog‘ilar edi.
– Qanday yomon, yovuz odamlar bor dunyo-
da! – deb nolidi u va shu zahoti lablari pirpirab 
ketdi.
Unga hatto rahmim keldi. Ketayotsak, yoni-
mizdan birdaniga velosiped mingan Kovalenko 
o‘tib qoldi. Uning ketidan velosiped mingan Va-
renka borardi, u qizargan, entikkan, lekin quv-
noq, xushchaqchaq edi.
– Biz sizdan oldinroq borib turamiz! Shun-
day yaxshi, shunday soz havoki, asti qo‘yave-
ring! – deb qichqirdi Varenka.


Buqalamun
247
Shunday deb ikkalasi ham ko‘zdan g‘oyib 
bo‘ldi. Bizning Belikov basharasi ko‘kdan oqqa 
aylandi va o‘zi qotib qoldi. To‘xtab menga qaradi.
– Menga qarang, bu nima gap o‘zi? – deb 
so‘radi u mendan. – Ehtimol ko‘zimga shunday 
ko‘rinayotgandir? Yo‘qsa, gimnaziya muallim-
lariga va ayol kishiga velosiped minib yurish 
yarashadimi?
– Yarashmasligi ham bormi, – dedim. – 
Qo‘yavering, minib rohat qilsinlar.
Mening beparvo gapirganimga hayron bo‘lib:
– Nechuk bunday bo‘lsin? – deb qichqirdi. – 
Bu nima deganingiz?
U shu qadar esankirab qolgan ediki, o‘rmon-
ga borishdan voz kechib, uyga qaytib ketdi.
Ertasi, kun bo‘yi tajanglik bilan qo‘llarini 
ishqab va seskanib yurdi, uning aftidan maza-
si ketganligi bilinib turardi. Umrida – hayotida 
birinchi o‘sha kuni darsni ham tashlab ketdi. 
Tushlik ham qilmadi. Kech kirgach, yoz havo-
sidek iliq havo bo‘lishiga qaramasdan issiqqina 
kiyinib Kovalenkolarnikiga qarab ketdi. Varen-
ka uyda yo‘q edi, akasi bilan uchrashib qoldi.
– Marhamat, o‘tiring! – dedi Kovalenko, sovuq 
bir ovoz bilan va qovog‘ini soldi, yuzlaridan en-
digina uyqudan turgani ko‘rinardi. Peshindan 
so‘ng uxlab, endigina turgan bo‘lsa kerakki, 
kayfi joyida emas edi.
Belikov indamasdan o‘n daqiqacha o‘tirdi va 
shundan so‘ng gap boshladi:
– Men sizning yoningizga yuragimni biroz 
bo‘shatay deb keldim. Men juda yomon, juda 
qattiq musibat tortayapman. Allaqanday bir 



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish