Buqalamun
239
naziyaga birga kelayotganimizda rangi o‘chgan,
qovog‘i soliq bo‘lardi; shu qadar obod va odam
ko‘p gimnaziya unga qo‘rqinchli tuyilgani, bu-
tun borligini seskantirgani, butun vujudi bilan
yolg‘izlikni sevgan bu kishiga men bilan, bir
toifa kishi bilan, birga borish ham malol kel-
gani yaqqol sezilib turardi. U o‘zining shu bad-
qovoqligiga ma’no berishga urinib:
– Bizning sinflarda shovqinsuron katta, bu
sira yarashmaydigan hol, – derdi.
– Mana shu grek tili muallimi, shu g‘ilof ban-
dasi, men sizga aytsam, bir kun sal bo‘lmasa
uylanay devdi.
Ivan Ivanovich tezgina saroy tomonga qarab
oldi-da:
– Hazildir! – dedi.
– Yo‘q, ishoning, bu g‘alati gap-u, lekin uyla-
nishiga sal qolgani aniq. Bizga xoxollardan Mi-
xail Savich Kovalenko degan bir odamni tarix
va geografiya muallimi qilib tayinlagan edilar. U
Varenka degan singlisi bilan birga kelgan edi. U
o‘zi yosh, novcha, qorachadan kelgan bir kishi
bo‘lib, qo‘llari yo‘g‘on, gapirganda ham yo‘g‘on
ovoz bilan gapirishi yuzidan ham bilinib turar,
haqiqatan ham uning ovozi xumdan chiqqan-
day «gum-gum» qilib chiqardi... Singlisi esa,
ko‘p ham yosh emas, o‘ttizlarga borib qolgan,
u ham novcha, qaddi-qomati kelishgan, qora
qoshli, qizil yuzli, qisqasi shakardakkina bo‘lib,
sho‘x, o‘ynoqi, hamma vaqt ashula aytib, qah-
qah urib kulib yurar edi. Sal narsaga ham ovozi
boricha xaxolab kular edi. Kovalenkolar bilan
bizlar birinchi marta direktornikida, tug‘ilgan
kuni sharafiga berilgan ziyofatda tuzukroq
Anton Chexov
240
tanishganimiz xotirimda. Hatto ziyofatlarga
ham vazifasi yuzasidan boruvchi, qovog‘i soliq,
g‘oyat ko‘ngilsiz o‘qituvchilar orasida, birdaniga
to‘lqinlar mavjida yangi Afrodita
1
paydo bo‘ldi.
Ikki qo‘lini beliga qo‘yib, xaxolab kulib, ashula
aytdi, o‘ynadi... U «Shamol esadi» degan malo-
rus ashulasini juda berilib aytdi, so‘ngra ro-
manslar kuyladi, undan keyin yana qo‘shiqlar
aytib berdi, qisqasi bizning hammamizni, hatto
Belikovni ham o‘ziga maftun qildi.
Belikov uning oldiga borib o‘tirdi-da, shirin
bir kulish bilan:
– Malorus tili mayinligi va yoqimli eshitilishi
bilan qadimgi grek tilini eslatadi, – dedi.
Bu so‘z qizga yoqib tushdi, shundan so‘ng
u ko‘nglidan chiqarib va ishonadigan qilib Be-
likovga Gadyach hududida o‘z qo‘rg‘oni borli-
gini, u qo‘rg‘onda onasi yashashini va u yerda
meva-cheva, qovun-tarvuzlar va oshqovoqlar
behisob ko‘pligini so‘zlab berdi. Xoxollar osh-
qovoqni qovoq, qovoqni esa shinka deb aytish-
larini, pomidor va baqlajon solib «nihoyatda
shirin, nihoyat darajada mazali» sho‘rvalar
pishirishlarini ham gapirdi.
Biz indamasdan quloq solib o‘tiraverdik.
So‘ngra birdaniga hammamizning miyamizga
bir fikr keldi.
Direktorning xotini mening qulog‘imga sekin-
gina:
– Ikkovining boshini qo‘shib qo‘ysak yaxshi
bo‘lar edi, – dedi.
Shu vaqtda hammamiz negadir Belikovning
xotinsiz ekanini esladik va hozirgacha buni
1
Afrodita – grek afsonalaridagi muhabbat tangrisi.
Buqalamun
241
payqamasdan, uning hayotidagi shu muhim
holatni butunlay nazarimizdan chetda qoldirib
kelganimiz o‘zimizga ham g‘alati tuyildi. Umu-
man bu odam xotin kishiga qanday qaraydi, bu
odam shu muhim va zarur masalani o‘zi uchun
qanday hal qiladi? Ilgari biz bu masalaga hech
bir qiziqmas, har qanday obi havoda oyog‘idan
kalishini yechmaydigan, parda tutib uxlay-
digan bu odamning seva olishi mumkinligini
biz xayolimizga ham keltirmagan edik.
Direktorning xotini haligi fikrni izoh qildi:
– Bu odam allaqachonlar qirqdan oshgan,
xotin bo‘lsa o‘ttizda, mening fikrimcha xotin
yo‘q demas.
Bizning viloyatda odamlar zerikkanlari-
dan nimalar qilmaydilar, qanday keraksiz va
bo‘lmag‘ur ishlar bilan shug‘ullanmaydilar!
Buning sababi shuki, kerakli ish butunlay
qilinmaydi. Bo‘lmasa xotin olib umr kechirishi-
ni tasavvur qilish mumkin bo‘lmagan ana shu
Belikovni uylantirishimizning nima keragi bor
edi? Direktor xotini, inspektor xotin va bosh-
qa butun gimnaziya xonimlari, xuddi, birdan
hayot ma’nisini bilgandek jonlanib, hatto cheh-
ralari ham ochilib ketdi. Direktor xotini teatrda
bir lojani sotib oldi, bir vaqt qarasak uning lo-
jasida qo‘lida g‘alati bir yelpig‘ich, yuzi guldek
ochilib, kulib-yayrab Varenka, uning yonida
esa, uydan ombir bilan sug‘urib keltirilganday,
kichkinagina, bujmaygan Belikov o‘tirardi. Bir
kun men ziyofat bermoqchi bo‘ldim, xonimlar-
ning hammasi Belikov bilan Varenkani chaqi-
rishimni talab qildilar. Xullas, ish yurishib ket-
Do'stlaringiz bilan baham: |