Anton Chexov
236
– Bu, albatta, shundayku-ya, bu – yaxshi ish,
lekin orqasidan bir falokat chiqmasin tag‘in! –
derdi.
Qay xilda bo‘lmasin qoidalarning buzilishi,
ularga rioya qilinmasligi va ulardan bo‘yin
tovlashlar, garchi unga aloqasi bo‘lmasa ham,
uni tashvishga solardi. Agar o‘rtoqlaridan bi-
rortasi ibodatga kechikib qolsa yoki gimnaziya
talabalarining biron sho‘xliklari yo bo‘lmasa be-
mahalda biron zobit bilan biron murabbiyaning
birga yurganini eshitib qolsa hadeb xavotirla-
nar, bir falokat chiqmasin tag‘in, deyaverardi.
Pedagogika kengashi yig‘ilishlarida esa o‘zining
ortiqcha ehtiyotkorligi, badgumonligi va g‘ilofli
mulohazalari bilan tinkamizni quritardi. Mana,
o‘g‘il va qizlar gimnaziyalarida yoshlar o‘zlari-
ni yaxshi tuta olmaydilar, sinflarni boshlariga
ko‘tarib shovqin-suron qiladilar, oh, ishqilib
boshliqlar qulog‘iga yetmasa yaxshi edi; ish-
qilib bir falokat chiqmasin-da; agar ikkinchi
sinfdan Petrov, to‘rtinchi sinfdan Yegorov hay-
dalsa juda yaxshi bo‘lar edi, degan gaplarni
aytaverardi. Nima bo‘lar edi dersiz? U o‘zi ning
oh-vohlari, qayg‘u-hasratlari, kichkinagina
rangsiz yuzidagi qora ko‘zoynagi bilan hamma-
mizdan ustun kelardi. Biz esa unga yon berib,
Petrov va Yegorovlarning axloq darsi bo‘yicha
baholarni pasaytirib, o‘zlarini qamoqda tutar
edik; axir borib Petrovni ham Yegorovni ham
haydadik. Uning qiziq bir odati bor edi, ya’ni
bizning uylarimizga ko‘p qatnar edi. O‘qituv-
chilarnikidan birinikiga kelardi-da, jimgina
o‘tirardi, go‘yo yashirincha allanarsani poylar-
di. Shu holda, indamasdan bir-ikki soat o‘tirib
Buqalamun
237
chiqib ketardi. Bu narsani uning o‘zi «do‘stlar
bilan yaxshi munosabatda bo‘lmoq» deb atardi.
Bizning bilishimizcha, biznikiga kelib ketish,
uning uchun ancha og‘ir edi, lekin bu narsani
o‘zining o‘rtoqlik vazifasi, deb hisoblar edi. Biz,
o‘qituvchilar undan qo‘rqar edik; hatto direk-
torning o‘zi ham qo‘rqardi. Bizning o‘qituv-
chilarimiz – fikr egasi, ornomusli, Turgenev
va Shchedrin kabi yozuchilarning asarlarini
o‘qib tarbiyalangan kishilar bo‘lsa-da, unga tob
berolmadilar. Boshidan soyaboni va oyog‘idan
kalishi tushmaydigan shu odam gimnaziya-
mizni o‘n besh yil mobaynida o‘z qo‘lida mah-
kam tutib keldi. Yolg‘iz gimnaziyanigina emas,
butun bir shaharni! Bizning xonimlarimiz,
uning sezib qolishidan qo‘rqib shanba oqshom-
lari oilaviy tomoshalar qilmas, hatto ruhoniy-
lar ham uning oldida bahazur ovqatlanishdan
va qarta o‘ynashdan tortinardilar. Belikov sin-
gari odamlar ta’siri ostida so‘nggi o‘n-o‘n besh
yil ichida bizning shahrimizda har narsadan
cho‘chiydigan bo‘lib qolishdi. Dadilroq gapi-
rishdan, xat berib, xat olishdan, oshnachilik
qilishdan, kitob o‘qishdan, kambag‘allarga yor-
dam berishdan, odamlarga savod o‘rgatishdan
qo‘rqib qolishdi...
Ivan Ivanovich allanima demoqchi bo‘lib,
yo‘taldi, tamakisini chekib turib, oyga qara-
di-da, keyin dona-dona qilib gapirdi:
– Fikr egalari bo‘lgan or-nomusli, Shchedrin-
ni, Turgenev va Bokllarni o‘qigan kishilar ham
shunga bo‘yin egib, chidabdilar-ku... shunaqa
bo‘ladi-da...
Burkin davom etdi:
Anton Chexov
238
– Belikov men turgan binoda bir qavatda
yashar, eshigi eshigim to‘g‘risida edi. Biz tez-
tez ko‘rishib turardik, men uning turmushini
bilardim. Uyda ham o‘sha ahvol edi: o‘sha cho-
pon, o‘sha shapka, o‘sha darparda, o‘sha ilgak-
lar, o‘sha turli-tuman taqiqlar, cheklashlar va
oh, bir falokat chiqib qolmasin tag‘in, degan
vahimalar. Yovg‘on ovqat zararli, yog‘li ovqat
esa bo‘lmaydi, chunki Belikov ovqat to‘g‘risi-
da din amriga bo‘yin egmaydi, deydilar. Shun-
ing uchun u, sariq yog‘da qovurilgan baliq yer
ediki, bu din amriga ham to‘g‘ri, qashshoq
ovqati ham emas. Odamlar badgumon bo‘lma-
sinlar deb xotin kishidan xizmatchi saqlamas
edi. Balki bir zamonlar bir zobitning xizmatida
bo‘lib, naridan-beri qozon qaynatishni o‘rgan-
gan Afanasiy nomli oltmish yashar, piyonista
va telbaroq bir cholni oshpaz qilib olgan edi. Bu
Afanasiy har vaqt, ikki qo‘lini qo‘ltig‘iga tiqib,
deraza oldida turar va doim qattiq oh tortib:
– Shu zamonda ularning urug‘i tozayam
ko‘paygan-da, – derdi.
Belikovning yotoqxonasi, kichkinagina quti-
ga o‘xshagan bo‘lib, karavotiga parda tutilgan
edi. U, boshini burkab uxlardi; holbuki havo
juda issiq, dim, yopiq eshikni shamol taqillatar,
pechkadan gurillagan ovoz chiqar, oshxona to-
mondan vahimali sadolar kelib turardi.
Uni ko‘rpaga burkanib yotgan joyda ham va-
hima bosardi. U bir falokat chiqmasa yaxshi
edi – Afanasiy meni so‘yib qo‘ymasin, o‘g‘rilar
urib ketmasin deb vahima qilar va tun bo‘yi
qo‘rqinchli tushlar ko‘rib chiqardi. Ertalab gim-
Do'stlaringiz bilan baham: |