Anton Chexov
242
di. Ma’lum bo‘ldiki, Varenka ham erga tegishga
rozi ekan. Uning akasinikida turishi uncha ham
quvonch li emas, kuni bilan urishib koyishar
ekanlar. Mana bir ko‘rinish: ko‘chadan uzun
bo‘yli va yo‘g‘on gavdali, bahaybat Kovalenko
o‘tib boradi, ustida gulli ko‘ylak, shapkasi ning
ostidan chiqib turgan sochlari peshonasiga
tushib turadi; bir qo‘lida dasta kitob, yana bir
qo‘lida yo‘g‘on serbutoq tayoq. Ketida singlisi
boradi, uning qo‘lida ham bir dasta kitob.
Singlisi ovozini baland qo‘yib, akasi bilan
gap talashadi:
– Sen, Mixaylik, buni o‘qigan emassan. Men
senga aytaman, ont ichib aytamanki, bu kitob-
ni qo‘lingga ham olgan emassan.
Kovalenko tayog‘ini yerga urib, chuldirab:
– Men deymanki, o‘qiganman! – dedi.
Yo, Xudoyim-e! Yo, Xudoyim-e! Nega jahling
chiqadi, Minchik! Biz sen bilan muhim masala
ustida gaplashayotirmiz-ku.
– Men senga deymanki, o‘qiganman! – dedi
Kovalenko yana ham battar chuldirab.
Uyda esa begona odam kelguday bo‘lsa, dar-
rov urish boshlanadi. Bu xil turmush jonga te-
gib, ko‘ngli ro‘zg‘or tusab qilgan shekilli, buning
ustiga yosh masalasini ham e’tiborga olish ke-
rak, endi er tanlaydigan vaqt o‘tgan, hozir kim-
ga bo‘lsa ham, hatto grek tili muallimiga ham
tegmay iloj yo‘q. Zotan, ko‘p qizlarimiz uchun
shu tobda kimga tegishning ahamiyati yo‘q, er
bo‘lsa bas. Har qalay Varenka bizning Belikov-
ga ochiq mayl ko‘rsata boshladi.
Belikov-chi? U Kovalenkonikiga ham bizni-
kiga qatnagani singari kelib turardi. Unikida
Buqalamun
243
ham indamasdan o‘tirardi. U indamay o‘tirar,
Varenka bo‘lsa, unga «Shamol esadi»ni aytib
berar, yo bo‘lmasa, o‘zining qora ko‘zlari bilan
Belikovga o‘ychan qarar, yoki birdaniga:
– Ha-ha-ha, – deb kulardi.
Muhabbat ishlarida, ayniqsa uylanishda,
ishontirishning o‘rni katta. Hamma o‘rtoqlar
va barcha xonimlar – hammamiz bir bo‘lib, Be-
likovga uning uylanmog‘i lozimligini, uning ha-
yotida uylanmoqdan boshqa biron muhim nar-
sa qolmaganini aytib, ishontirishga kirishdik,
hammamiz birdan uni tabrikladik, eng jiddiy
qiyofa bilan unga har turli bema’ni gaplarni
aytdik, chunonchi uylanish juda muhim degan
gaplarni qildik; buning ustiga Varenka ham
chakki emas, kishining havasi keladigan suluv
qiz edi; ulug‘ martabali zaxiradagi harbiyning
qizi bo‘lib, o‘z hovli-joyi bor edi, hammadan
muhimi Belikovga mehribonlik bilan va chin
ko‘ngildan qaragan birdan-bir xotin edi. Mana
shu sabablar tufayli uning boshi aylandi va u,
endi darhaqiqat uylanmasam bo‘lmas ekan,
degan xulosaga keldi.
– Mana endi uning kalish bilan soyabonini
tashlatish mumkin bo‘ladi, – deb qo‘ydi Ivan
Ivanovich.
– Ko‘ringki, shunday qilish mumkin bo‘lmadi.
U Varenkaning suratini o‘z stoli ustiga qo‘yib,
tez-tez menikiga kelib Varenkadan, oila hayo-
tidan hamda uylanishning muhimligidan ga-
pirar edi; tez-tez Kovalenkonikiga ham qatnab
turardi, lekin bu bilan uning turish-turmushi
hech bir o‘zgarmadi. Aksincha uylanishga jazm
Anton Chexov
244
qilish unga yomon ta’sir qilib, ozib-to‘zib ket-
di va o‘z g‘ilofiga yana battarroq kirib olgandek
bo‘ldi.
Bir kuni u g‘ayritabiiy bir kulish bilan:
– Varvara Savvishna menga yoqadi, har bir
kishiga uylanmoq kerakligini bilaman, lekin bu
ishlar birdaniga bo‘lib qoldi. O‘ylab ko‘rish ke-
rak-da, – deb qoldi.
– Nimasini o‘ylaysiz? – dedim unga. – Uyla-
ning, vassalom.
– Yo‘q, uylanish hazil emas, bo‘yningga
tusha
digan vazifalarni, javobgarliklarni il-
gari taroziga solib xo‘p o‘lchab ko‘rmoq kerak-
ki, orqasidan bir balosi chiqmasin. Bu narsa
meni shu qadar tashvishga soladiki, kechalari
uxlamay chiqaman. Gapning rostini aytsam,
men qo‘rqaman ham: akasi bilan ikkovining
fikrixayollari boshqacharoq, ularning fikr yur-
gizishlari, bilsangiz biroz g‘alati va xarakterlari
ham juda o‘tkir. Uylanib qo‘yib, biror hodisaga
ilashib qolasan kishi.
Shunday qilib u, uylanish harakatida bo‘lma-
di, direktor xotinini va hamma xonimlari mizni
xijolat qilib, to‘yni keyinga surardi; hadeb
bo‘yniga tushadigan vazifa va javobgarliklar-
ni taroziga solardi, ikkinchi tomondan esa har
kun deyarli Varenka bilan birga sayr qilishar-
di. Ehtimol bu narsani o‘z mavqeyiga munosib
deb o‘ylagandir. So‘ngra, ba’zan menikiga ke-
lib, oila hayoti to‘g‘risida gaplashib o‘tirardi.
Ehtimol, borib-borib, u to‘y harakatiga tushar
– bizning oramizda bekorchilik va zerikishdan
bo‘lib turadigan minglab keraksiz va noma’qul
Do'stlaringiz bilan baham: |