“2” baho tarbiya qurolimi?
Muallim 6-sinfda o‘qiydigan bolani baqir-chaqir bilan o‘qituvchilar xonasiga boshlab kirdi. Gap-so‘ziyu qizargan ko‘zidan “otib” olgani sezilib turardi.
— Mana bu tirmizakning sinf rahbari kim? Tarbiyaga mas’ul bormi o‘zi? Bir qarich bo‘lib menga gap qaytara-di-ya! — dedi tupugi sachrab muallim.
So‘rab-surishtirsak, o‘quvchi o‘qituvchiga: “Xonaning havosi buzilib ketdi, muallim! Boshimiz og‘riyapti, aroq ichmasdan kelsangiz bo‘lmaydimi? Uyga borib dam oling, o‘zimiz o‘qiymiz”, degan ekan.
Bu voqeadan so‘ng a’lo o‘qiydigan o‘quvchi o‘sha fandan past baho ola boshladi. Bir kuni u menga “yorilib” qoldi:
— Mendan o‘ch olyapti. Nazorat ishini qizil ruchka bilan bo‘yab, sun’iy ravishda xato hosil qilganiga chidolmayapman! Nega hech kim u kishiga indamaydi? — dedi bola yig‘i aralash.
O‘qituvchidan buning sababini so‘radim:
— Nega Olimjon faningizdan “2” ola boshladi?
— Men bilan ishingiz bo‘lmasin, ikki baho qo‘ymaganimga shukr qilsin, — deya qo‘rslik bilan javob berdi hamkasbim.
Oradan yillar o‘tdi, o‘sha o‘quvchi hozir nufuzli idoraning mas’ul xodimi. Maktab rahbariyatining tayinlovi bilan 7-sinfga rahbar bo‘ldim. Hamma fandan a’lo, bitta fandan esa past baho olayotgan o‘quvchi meni hayratlantirdi. Sababini o‘qituvchidan so‘radim:
— Hech narsani bilmasa, savollarga javob bera olmasa, besh qo‘yishim kerakmi? — dedi u.
Uning darsini kuzatdim. “Hech narsani bilmaydigan” o‘quvchi boshqalar javob bera olmagan savollarga ham batafsil javob qaytardi. Baribir unga “3” baho qo‘yildi.
O‘quvchi norozilik bildirdi:
— Nega “3” qo‘yasiz, men sizga nima yomonlik qildim?!
O‘qituvchi “3” ni “2” qilib o‘zgartirdi. Ma’lum bo‘lishicha, bolaning otasi bilan o‘qituvchi qaysidir to‘yda aytishib qolgan ekan.
Muammoli vaziyat” jadvali
Vaziyatdagi muammolar turi
|
Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari
|
Muammoli vaziyatning echimi
|
O`quvchini o`qituvchilar xonasiga kiritganligi
|
O`ituvchini loqaydligi
|
O`qituchi o`quvchini o`qituvchilar xonasiga kiritmay muammoni joyida xal qilishi kerek
|
O`qituvchining ichishi
|
O`qituvchining ichib darsga kirganligi
|
O`qituvchi o`quvchiga xar tomonlama o`rnak bo`lishi kerak
|
O`qituvchi shaxsiy muammosiga aybsiz o`quvchini aralashtirishi
|
O`qituvchi o`quvchini vaqtida rag`batlantira olmadi
|
O`qituvchi shaxsiy muammolarni ishdan tasshqarida xal qilishi kerak
|
Do'stlaringiz bilan baham: |