Kimyoviy reaktorlarning tuzilishi



Download 16,38 Kb.
Sana06.07.2022
Hajmi16,38 Kb.
#751145
Bog'liq
Hujjat (1)

Kimyoviy reaktorlarning tuzilishi


  • Suyuq muhitda gomogen reaksiyalar o׳tkazish reaktorlari. Sanoat sharoitida gomogen suyuq muhitli kimyoviy reaksiyalar davriy, yarim davriy va uzluksiz ishlovchi qurilmalarda o׳tkaziladi. Tajribaviy va kichik unumdorli ishlab chiqarishlarda jarayonning texnologik kattaliklarini oson o׳zgartirish mumkin bo׳lgan davriy reaktorlar qo׳llaniladi. Katta miqdorda issiqlik ajralib chiquvchi ekzotermik reaksiyalar uchun yarim davriy jarayonlar qo׳llaniladi. Reagentlardan biri qurilmaga uzluksiz uzatib turiladi, ikkinchi reagent esa davriy tarzda beriladi, bu esa katta miqdordagi issiqlikni ajratib olish imkoniyatini beradi. Uzluksiz ishlovchi qurilmalar asosan yuqori unumdorli, katta quvvatli ishlab chiqarishda qo׳llaniladi. Suyuq muhitda gomogen reaksiyalar o׳tkazish reaktorining konstruksiyasi ko׳p hollarda muhitning qovushqoqligiga bog`liq bo׳ladi. O׳rtacha qovushqoqlikka ega bo׳lgan suyuq muhitlarda reaksiyani o׳tkazish uchun keng tarqalgan aralashtirgichli reaktor. Propellerli yoki parrakli aralashtirgich reaktor hajmida harorat va konsentratsiyani tenglashtirish uchun etarli jadallikda muhitni aralashtirishi mumkin. Bunday konstruksiyali reaktorlar organik va noorganik kimyo sanoatida keng qo׳llaniladi. 

  • Suyuq muhitda getorogen reaksiyalar o׳tkazish reaktorlari.

  • Bunday ko׳rinishdagi getorogen reaksiyalar ikki yoki undan ortiq o׳zaro aralashmaydigan yoki qisman aralashadigan suyuqliklar tizimida kechadi. Misol sifatida uglevodorodlarni sulfidlash yoki nitratlash reaksiyalarini keltirish mumkin. Reaksion aralashma ikki tarkibda uglevodorod ushlagan organik va kislotali fazanoorganik fazalardan iborat. Reaksiya fazalar ajralish yuzasida hamda organik yoki noorganik fazalar ichida ro׳y beradi. Jarayon tezligi reaksiya zonasidagi komponentlarning diffuzion tezligiga bogliq. 

  • Aralashtirgichli reaktor

  • Bunday reaksiyalarni o׳tkazish reaktorlarining konstruksiyasi sodda bo׳lishi va quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • reaksiya issiqligini tez chiqarish uchun etarli sovitish yuzasiga ega bo׳lishi;

  • fazalar orasida eng katta kontakt yuzasini ta’minlashi;

  • kislotali muhit korrozion ta’siriga qarshilik ko׳rsatishi.

  • Suyuqlik-suyuqlik getorogen sistemalarida jarayonlar o׳tkazish reaktorlari davriy, yarim davriy va uzluksiz ishlashi mumkin. Kichik hajmda berilgan darajada o׳zgartirishni ta’minlash uchun reaktorlarni ketma-ket ulash sxemalari qo׳llaniladi. 

  • Gaz-suyuqlik sistemalarida getorogen reaksiyalar o׳tkazish reaktorlari.

  • Gaz-suyuqlik sistemalaridagi getorogen reaksiyalar faqatgina suyuq fazada ro׳y beradi, buning uchun gazsimon reagent suyuq fazada erishi kerak. U reaksiyalarni o׳tkazish reaktorlari konstruksiyasiga ko׳ra absorbsion qurilmalarga o׳xshash, ular katta hajmga ega va ishlatish nisbatan oson. Deyarli barcha reaktorlar uzluksiz tarzda ishlaydi. Gaz-suyuqlik sistemalaridagi getorogen reaksiyalar o׳tkazish reaktorlarining o׳lchamlari fazalar orasidagi yuzaning katta-kichikligiga bogliq. Sanoatda kolonna shaklidagi nasadkali va tarelkali reaktorlar keng tarqalgan. Nasadkali reaktorlar o׳zaro reaksiyaga kirishuvchi gaz va suyuqlik kontaktlanishi uchun katta yuza hosil qiladi. Suyuqlik nasadka bo׳ylab yupqa qatlam ko׳rinishida pastga oqib tushadi, unga qarama-qarshi yo׳nalishda harakatlanayotgan gaz suyuqlik hajmiga kirishadi. Natijada gaz va suyuqlik o׳zaro kimyoviy reaksiyaga kiradi.

  • Nasadka qatlami keramik (yoki metall) tor 3 ga tartibli terilgan bo׳lib, to׳r tayanchlar 4 ga mustahkam o׳rnatilgan. Reaktor 1 qobig`i po׳latdan yasalgan va ichki yuzasi muhitning korrozion ta’siriga chidamli material bilan qoplangan. Nasadkali reaktorlarda o׳tkaziladigan reaksiyaga kuchsiz azot kislota ishlab chiqarishidagi azot oksidini suvda absorbsiyalash jarayoni misol bo׳ladi. Azot oksidining to׳liq yutilishi uchun bir nechta nasadkali reaktorlar o׳rnatilgan, ularda suyuqlik va gaz qarama-qarshi yo׳nalishda harakatlanadi. Barbotajli yoki tarelkali reaktorlarda gazning suyuqlik bilan birikish jarayoni gazni suyuqlik qatlamidan o׳tkazish orqali amalga oshiriladi. Ularning konstruksiyasi tarelkali absorbsiya qurilmalariga o׳xshash bo׳ladi. 

Download 16,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish