Ma’ruza 18. Adsorberlar konstruksiyasi. Nasadka turlari.
Reja
:
1. Davriy adsorberlar
2.
Mavhum qaynash qatlamli adsorber
3.
Bir va ko‘p pog‘onali, mavhum qaynash qatlamli adsorber
Jarayonni tashkil etish bo‘yicha adsorberlar 2 guruhga bo‘linadi:
davriy va
uzluksiz.
Davriy adsorberlar
qo‘zg‘almas va mavhum qaynash qatlamli bo‘ladi.
18.1-rasm. Qo‘zg‘almas qatlamli adsorber.
1
-qobiq; 2-kolosnikli panjara; 3-halqasimon truba; 4-adsorbent
Vertikal silindrik adsorber
- davriy ishlaydigan adsorberlarning eng ko‘p
tarqalgan konstruksiyasidir (18.1-rasm).
Kolosnikli panjara 2 ga qurilma tepa qismidagi
lyuklar orqali adsorbent
granulalari yuklanadi. Qurilmaning pastki qismidagi lyuklar orqali esa,
ishlatib
bo‘lingan adsorbent to‘kiladi. Bu turdagi adsorberlar bug‘-gaz aralashma va
suyuqlik eritmalarini tozalash uchun ishlatiladi. Boshlang‘ich aralashma va o‘tkir
bug‘ni uzatish uchun adsorberda tegishli shtutserlar o‘rnatilgan. Odatda,
boshlang‘ich eritma adsorberning halqasimon trubasi 3
orqali pastdan yuqoriga
harakatlantiriladi. Bug‘-gaz aralashmasi esa, yuqoridan
pastga qarab uzatilishi
mumkin. Bunday qurilmalarda, desorbsiya jarayonida o‘tkir bug‘ halqasimon truba
3 orqali yuboriladi.
Bu turdagi adsorberlarda adsorbsiya jarayoni 4 bosqichda o‘tadi: adsorbsiya,
desorbsiya, quritish va adsorbentni sovitish. Jarayon tugagandan so‘ng, ishlatilib
bo‘lingan adsorbentni qayta tiklash masalasi paydo bo‘ladi. Adsorbentdan yutilgan
moddani desorbsiyalash texnologik jarayonning zarur bosqichidir.
Ushbu
bosqichda birdaniga ikkita masala echiladi: adsorbentni qayta tiklash va moddani
ajratib olish.
Desorbsiyalashning asosiy usuli bu to‘yingan suv bug‘i yordamida
adsorbentdan yutilgan komponentni siqib chiqarish. Desorbsiya jarayoni tezligini
oshirish uchun jarayon yuqori temperaturalarda o‘tkaziladi.
Vertikal, qo‘zg‘almas halkasimon
adsorbent qatlamli adsorber
-
bug‘-gaz
aralashmasidan komponentlarni yutish uchun mo‘ljalangan (18.2-rasm). Adsorber
vertikal qobiq 1 dan iborat bo‘lib, uning ichida ichki 2 va tashqi 3 panjaralar
orasiga adsorbent 4 joylashgan bo‘ladi. Absorbsiya bosqichida bug‘-gaz
aralashmasi adsorberning pastki qismiga beriladi
va halqasimon adsorbent
qatlamining kesimi bo‘yicha taqsimlanadi. Adsorbent qatlamidan o‘tib, tozalangan
bug‘-gaz aralashma markaziy patrubkadan chiqib ketadi. Desorbsiyalash
bosqichida suv bug‘i adsorberning markaziy patrubkasi orqali uzatiladi.
Desorbsiyalangan komponent va suv bug‘larining aralashmasi qurilmaning pastki
qismidagi shtutser orqali chiqariladi. Adsorbentni
quritish uchun issiq, sovitish
uchun esa - sovuq havo yuboriladi. Adsorbent sovutilgandan so‘ng
sikl yana
qaytadan takrorlanadi. Adsorbentni yuklash qurilmaning tepasidagi lyuk, to‘kish
esa-pastki techka orqali amalga oshiriladi.