Anton Chexov
210
– Menga qara, traktir erta bilan soat nechada
ochiladi? – deb so‘radi, boyagi kishi polovoydan.
– Kun chiqishi bilan.
– Juda soz. Erta bilan soat beshda biz choy
ichgani kelamiz. Ovqat tayyorlab qo‘y, lekin
pashshasi bo‘lmasin. Ertaga erta bilan qanday
voqea ro‘y berishidan xabaring bormi? – deb
so‘radi u, ko‘zini qisib.
– Yo‘g‘-a.
– Unday bo‘lsa, ertaga erta bilan hayron
qolarkansanlar!
Bu gapi bilan odamlarni qo‘rqitib, o‘zining
ajnabiysiga kulib bir nima dedi-da, ikkovi trak-
tirdan chiqdi. Ular Marfa Yegorovna degan es-
li-hushli bir bevanikida qo‘nishgan edi, ammo
u ayolning sira gunohi yo‘q; ular bilan til birik-
tirmagan ham. Endi u qamalarkanman deb,
xum bo‘lib yig‘lab yuripti. Uning to‘g‘ri fikrli
ayol ekanligiga, uning gunohsizligiga biz gu-
voh. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, uyiga ijarachilarni
qo‘yganda, ularning kimligini va ularning fikri-
ni qaydan bilardi, deysiz?
Ertasi kuni ertalab naq soat beshda boyagi
kishilar traktirda hozir edilar. Bu safar ularning
qo‘llarida portfel, kitoblar, g‘alati-g‘alati qutilar
bor edi. Ularning gaplaridan, yurish-turishlari-
dan qandaydir hayajonlanish va shoshqaloq-
lik sezilardi. Unisi, ya’ni ajnabiydan boshqasi,
bunday dedi:
– Shimol-sharq tomondan bulut bosib kel-
moqda. Ishimizni buzmasaydi.
Bir stakan choy ichib, traktir egasini o‘z oldi-
ga chaqirtirdi-da, traktir oldidagi sahnga bir
Buqalamun
211
stol bilan ikki kursi chiqarib qo‘yishni buyurdi.
Traktirning egasi nodon odam, ammo bironta
noto‘g‘ri ish bo‘lishidan gumondor bo‘lsa-da, bu
buyruqni bajardi. Boyagi kishilar, keltirgan nar-
salarini ko‘tarib, traktirdan chiqib, stol yonidagi
kursiga o‘tirishdi. Butun xaloyiqning ko‘z oldida,
ochiq maydonda bemalol joylashib olish di. Ten-
taklikni qarang! Ikkovi bir-biri bilan gaplashib,
stol ustiga qog‘ozlarini, chizmalarini, qop-qora
oynalar va qandaydir trubkalarni yo yib qo‘yish-
di. Traktir egasi botinar-botinmas stol yoniga
borib engashib qaragan edi, boyagi kishi, ya’ni
gavhartosh taqqani, uni qo‘li bilan itarib:
– Nari tur, o‘zing bilmagan ishga burningni
suqma, – dedi.
Keyin soatiga qaradi, ajnabiyga bir nima-
lar dedi-da, qop-qora oynakdan kunga qaradi.
Ajnabiy ham qo‘liga bir trubkani olib, u ham
osmonga qaradi... Ana shundan keyin shu ma-
halgacha olamda bo‘lmagan dahshatli baxt-
sizlik boshlanib ketdi. Birdan osmon va yer-
ni qorong‘ilik bosayotganini fahmlab qoldik,
go‘yo birdan momaqaldiroq bo‘ladiganday edi.
Ajnabiy qo‘lidagi trubkani stolga endi qo‘yib,
qog‘ozga shosha-pisha bir narsa yozib, qo‘liga
qora oyna olgan edi, bir kishi:
– Xaloyiq, kun kuya boshladi! – deb baqirib
qoldi.
Darhaqiqat, yog‘log‘iga o‘xshagan qop-qo-
ra bir narsa oftobning ustiga bosib kelib, uni
berkita boshladi. Kunning yarmi ko‘rinmay qol-
ganini va boyagi noma’lum kishilarning g‘ala-
ti harakatlarini davom ettirishlarini ko‘rgan
Anton Chexov
212
kishilar, Vlasov degan nozirga murojaat qil-
ishib:
– Nozir, nega bunday tartibsizliklarga yo‘l
qo‘yasan? – deyishgan edi, u:
– Quyosh mening dahamga qaramaydi, – deb
javob berdi.
Shahar ma’murlarining mana shunday
beg‘amliklari orqasida ko‘p o‘tmay quyosh bu-
tunlay yo‘qoldi. Birdan tun kirdi, kunduzning
qayoqqa yo‘qolgani hech kimga ma’lum bo‘lmay
qoldi. Osmonda yulduzlar ko‘rindi. Tunning
bevaqt boshlanishidan shahrimizda quyidagi
hodisalar yuz berdi. Hammamiz juda qo‘rqib,
dovdirab qoldik. Nima qilishimizni bilmay, may-
donning u boshidan-bu boshiga yuguri
shib,
bir-birimizni turtib, «Nozir! Hoy nozir!» deb qich-
qiraverdik. Otlar, sigirlar va ho‘kizlar (shu kun-
larda shaharda qoramol yarmarkasi ochilgan
edi) dumlarini xoda qilib, ma’raganlaricha sha-
harda yugurib yurib, aholini qo‘rqitar edi. Itlar
uvilladi. Musofirxonaning xonalaridagi barcha
qandalalar endi tun kirdi, jon kirdi deb sevinib,
uya-uyalaridan chiqib, uxlab yotganlarni zo‘r
berib chaqdi. Shu paytda o‘z polizidan bodring
ortib kelayotgan dehqon Fantasmagorskiyning
yuragi chiqib ketganidan, aravadan o‘zini tash-
lab, ko‘prik tagiga berkinib oldi, oti esa aravani
birovning qo‘rasiga sudrab kirgan edi, aravada-
gi hamma bodringlarni cho‘chqalar yeb qo‘ydi.
Lstetsov degan bir amaldor shu kecha uyida
emas, qo‘shni hovlidagi bir xotinnikida yotgan
edi (haqiqat ozor topmasligi uchun bu tafsilotni
berkitib ketaolmaymiz), ko‘chaga ko‘ylakchan
Buqalamun
213
yugurib chiqib, xaloyiq orasiga kirib, dahshatli
tovush bilan:
– Qochganing qochib qol! – deb qichqirdi.
Shovqin-surondan uyg‘ongan ko‘p xonimlar
hatto boshmoqlarini kiymay ko‘chaga oyoq-
yalang qochib chiqishdi. Yana ko‘p voqealar
ro‘y berdiki, ularni faqat yashirincha aytish
mumkin. Faqat o‘t o‘chiruvchilar qo‘rqmasdan
bemalol yotishdi, chunki ular qotib uxlar edi-
lar, biz bunga guvohmiz. Bu voqealarning ham-
masi 7 avgust kuni erta bilan bo‘lib o‘tdi.
Noma’lum kishilar esa qiladiganini qilib,
qog‘oz-daftarlarini yig‘ishtirib, yana kun chiqi-
shi bilan izvoshga o‘tirib, noma’lum tomonga
qarab jo‘nab ketishdi. Ularning kimligini biz hali
ham bilmaymiz. Ularning alomatlarini bildi-
ramiz: ana unisi, ya’ni ko‘kragiga gavhartosh
taqqani – o‘rta bo‘yli, toza yuzli, engagi o‘rtacha,
peshonasi tirishgan, ajnabiysi – o‘rta bo‘yli,
gav dasi to‘ladan kelgan, soqol-mo‘ylovi qirilgan,
yuzi top-toza, engagi o‘rtacha; uzoq dan qaralsa,
zamindor Karasevichga o‘xshaydi; ko‘zlari ojiz
bo‘lsa kerak, ko‘zoynak taqib yuradi.
Avstriyadan kelgan josuslar emasmikin?
Do'stlaringiz bilan baham: |