Buqalamun
203
o‘zing bilasan puli yo‘q, saxiy odamlar ichirsa...
Uning turmushi nochor, Alyoshenka,
uning
holi-ahvolini ko‘rib juda qiynalib ketdim... yey
desa ovqati yo‘q, bolalari yalang‘och, o‘zi ko‘cha-
ga chiqay desa uyaladi, oyog‘ida etigi yo‘q, ish-
tonlari yirtiq... Oltovimiz bir uyga tikilganmiz.
Qashshoqlik ham shunchalik bo‘lar, bundan
ortiq bo‘lmas... Men ham yordam berarmikin-
san deb keldim. Onangni hurmat qil, o‘g‘lim,
Vasiliyga qarash... Ukang-ku axir!
Tegirmonchi teskari qarab, indamay o‘tirardi.
– U qashshoq, sen bo‘lsang, Xudoga shukr,
o‘zingga tuzuksan! Tegirmoning yurib turip-
ti, ekin ekkansan, baliq tutib sotasan... Xudo
seni aqlli-hushli qilib yaratipti... boshqalardan
baland ko‘tarib, davlatli qilipti... O‘zing ham
yolg‘izsan... Vasyaning to‘rtta bolasi bo‘lsa,
uning ustiga men o‘lgur ham uning qo‘lida-
man, oladigan oyligi nihoyati yetti so‘m. Nima-
siga yet kazsin? Yordam qil...
Tegirmonchi trubkasiga tamaki tiqib hamon
jim o‘tirardi.
– Berasanmi? – deb so‘radi kampir.
Tegirmonchi og‘ziga talqon solganday jim
o‘tiraverdi. O‘g‘lidan javob olmagach, kampir
rohiblarga, Yevseyga bir-bir qarab chiqdi-da,
o‘rnidan turdi.
– Xo‘b, mayli, bermasang berma, – dedi. –
Bermasligingni o‘zim ham bilardim. Nazar An-
dreyevich deb kelgan edim oldingga... Yig‘lay-
verib qo‘ymadi meni, Alyoshenka! Qo‘llarimni
o‘pib, sening oldingga yubordi...
– Nima kerak ekan unga?
Anton Chexov
204
– Qarzini uzsin deydi. Tortib bersin deb jav-
dari eltgan edim, qaytarib bergani yo‘q deydi.
– Birovning ishiga aralashmang, ona, sizning
ishingiz emas bu, – deb po‘ng‘irladi tegirmon-
chi. – Namozingizdan qolmang.
– Namozni ham o‘qib turaman-u, bilmadim,
Xudo dargohiga qabul qilmayapti. Vasiliy qash-
shoq, o‘zim ham gadoychilik qilaman, ustim-
dagi mursak ham birovniki, sen bo‘lsang ba-
davlatsan, bilmadim, yuraging qanaqa ekan!
Qizg‘anchiqlik seni odamgarchilikdan chiqar-
di, bolam! O‘zing tuppa-tuzuk odamsan: aq-
li-hushing joyida, kelishgan yigitsan, ammo
haqiqiy odamga o‘xshamaysan! Keling, oyi,
demaysan, chiroyingni ochib gapirmaysan,
xuddi yovvoyiday, baxil, berahmsan... Afting-
ga qaragan kishi qo‘rqadi... Odamlar orasida
duv-duv gap... Ana, rohiblardan ham so‘rab
ko‘r! Odamlarning qonini so‘rarmishsan, jabr
qilarmishsan, qaroqchi-xizmatkoring bilan
birga kechalari yo‘lovchilarni talarmishsan, ot
o‘g‘irlarmishsan... Tegirmoning xuddi balo-qa-
zoning makoni... Qizlar bilan yigitlar qo‘rqib,
yaqin yo‘lashmaydi, sendan hamma o‘zini chet-
ga tortib yuradi. Kain bilan Iroddan farqing qol-
mapti...
– Nodonsiz ona!
– Sen qadam bosgan yerda o‘t ko‘karmas, na-
fas olgan joyingdan pashsha uchmas odamsan.
«Qani endi, tezroq uni birov bo‘g‘ib o‘ldirsa, yoki
sud qilib kesdirib yuborsa!» deb hamma orzu
qiladi. Ona bo‘lib shunday gaplarga men qan-
Buqalamun
205
day chiday? Sen mening o‘z o‘g‘limsan, mening
qonimsan...
– Men ketay endi, – dedi tegirmonchi, o‘rni-
dan turib. – Xayr, ona, yaxshi boring!
Tegirmonchi bostirmadan arava g‘ildiratib
chiqdi, keyin ot yetaklab chiqdi-da, xuddi itni
qo‘shganday aravaga qo‘shdi. Kampir uning
atrofida yurib, namli ko‘zlari bilan o‘g‘lining
yuziga termilib qarar edi.
O‘g‘li, ustiga kaftanini jadal kiyayotganda:
– Xayr, bolam! Yaxshi qol, bizlarni yo‘qlab
tur, – dedi kampir, ovozini pastlatib. – Shosh-
ma, senga atab sovg‘a olib keluvdim. – Kampir
tugunchani yechdi.
– Kecha ma’rakaga borib edim, – dastur-
xonga qo‘yishgan ekan... Bittasini senga deb
berkitib qo‘ygan edim...
Kampir o‘g‘liga uzatgan narsa bitta kichkina
shirin kulcha edi...
– Nari tursangiz-chi! – deb o‘shqirdi tegir-
monchi, kampirning qo‘lini siltab tashlab.
Kampir xijolat bo‘lib, qo‘lidagi kulchasini yer-
ga tushirib yubordi va sekin-sekin yurib to‘g‘on
tomonga ketdi. Bu voqea hammaga qattiq ta’sir
qildi. Nihoyatda hayratda qolib, g‘azablangan
rohiblar u yoqda tursin, hatto g‘irt mast Yevsey
ham bu voqeani ko‘rib, toshday qotib qolgan va
xo‘jayinidan ko‘zini uzmay o‘tirardi. Rohiblar-
ning va o‘z xizmatkorining vajohatlarini payqa-
dimi, yo ko‘kragida allaqachonlar so‘ngan o‘g‘il-
lik hissi uyg‘ondimi, har holda tegirmonchining
yuzida ham qo‘rquvga o‘xshash bir narsa aks
etdi...
Anton Chexov
206
– Ona! – deb chaqirdi u.
Kampir bir seskanib, qayrilib qaradi. Tegirmon-
chi shoshib-pishib cho‘ntagidan katak charm
hamyonini chiqardi... Hamyonidan bir siqim
qog‘oz va tanga pul olib, kampirga uzatdi va:
– Mana, bu sizga, oling, – dedi.
U, qo‘lidagi pullarni g‘ijimlab ko‘rdi, nima
uchundir rohiblarga bir qarab qo‘ydi, ke-
yin yana g‘ijimladi. Qog‘oz pullar va kumush
tangalar barmoq oralaridan birin-ketin yana
hamyonga tushib ketdi, qo‘lida faqat bir tanga
qoldi... Tegirmonchi chaqaga bir qaradi, bar-
moqlari bilan artdi-da, yuzi qip-qizargani hol-
da, onasiga uzatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |