Bemor tagiga tuvak qo‘yish algoritmi



Download 46,4 Kb.
Sana21.07.2022
Hajmi46,4 Kb.
#833330
Bog'liq
Bemor tagiga tuvak qo

Bemor tagiga tuvak qo‘yish algoritmi:



  1. Hamshira qo‘lqop kiyadi.

  2. Bemor ichi va siydik qopini bo‘shatmoqchi bo‘lsa, hamshira to‘siq yordamida bemorni berkitadi va tagiga kleyonka soladi.

  3. Tuvakni iliq suv bilan chayib, ichida ozgina suv bilan olib keladi.

  4. Bemorga yoni bilan yotishga yordam berib, tizzalari asta bukiladi.

  5. O‘ng qo‘l bilan tuvak qo‘yilib, bemor chalqancha yotqiziladi.

  6. Erkaklarga tuvak bilan birga siydikdon ham tutiladi.

  7. Qo‘lqoplar yechiladi.

  8. Yostiqlarni to‘g‘rilab bemorni yarim o‘tirgan holatga keltiriladi.

  9. Bemor bo‘shalib bo‘lgach, hamshira qo‘lqoplarni kiyib uni ohista yonboshiga buradi, o‘ng qo‘li bilan tuvakni ushlab bemor tagidan oladi. Orqa chiqaruv teshigi tozalanib, qo‘lqoplar almashtiriladi.



10. Bemor tagiga toza tuvak qo‘yiladi.


11. Tashqi jinsiy a’zolar va orqa chiqaruv teshigi iliq suvda yuvilib,
artiladi, tuvak, kleyonka va to‘siq olinadi.
12. Tuvak bo‘shatilib, iliq suv bilan chayiladi va yuqumsizlantiriladi (xloramin, xlorli ohak).
13. Qo‘lqoplar yechilib, qo‘llar yuviladi.
Behol, yotoq yarasi bor hamda siydik va axlatni tutolmaydigan bemorlarga rezinali tuvak qo‘llaniladi.
Bemorning badanini, ichkiyimlarini va o‘rin - ko‘rpasini toza tutish lozim. Buning uchun har bir defekatsiyadan so‘ng orqa chiqaruv yo‘lini iliq suv yoki zararsizlantiradigan kuchsiz eritma bilan yuvish lozim. Bemor unitazdan foydalanmasligi, axlatni ko‘zdan kechirish qulay bo‘lishi uchun sudnoga yoki tuvakka o‘tirishi kerak. Bemorning tuvakdagi axlati va siydigiga 1 : 2 nisbatda xlorli ohak sepib, bir soat qoldirish, so‘ng kanalizatsiyaga oqizish kerak. Bemordan qolgan ovqat qoldiqlari ham shunday zararsizlan 113 tiriladi. Shaxsiy tuvak yoki tagiga qo‘yiladigan sudnoni zararsizlantiradigan eritma bilan yuvish, suvda chayish, ustiga qopqog‘ini yopish va tagiga bir varaq qog‘oz solib, polga qo‘yish lozim. Qog‘ozni tez - tez almashtirib turish va yoqish kerak. Bemorni parvarish qilishda ishlatilgan buyumlarni har kuni issiq suv bilan sovunlab yuvish, o‘yinchoqlarni 15 daqiqa qaynatish yoki zararsizlovchi eritmaga ho‘llangan cho‘tkada tozalash kerak. Bemorning kir choyshab, ichkiyimlarini alohida bakka yig‘ish va yuvishga qadar sovun - sodali eritmalarda 15 daqiqa qaynatish zarur. Agar ularga axlat tegib ifloslangan bo‘lsa, qaynatishgacha chayish va chayindi suvni hojatxonaga to‘kishdan avval bir soatga quruq xlorli ohak (l litr suvga 2 osh qoshiqdan) sepib qo‘yish kerak.
Download 46,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish