Acronis dasturi



Download 2,28 Mb.
Sana15.12.2022
Hajmi2,28 Mb.
#886419
Bog'liq
Acronis dasturi


Acronis dasturi
Acronis True Image dasturi kompyuterdagi ma'lumotlarni qo'shimcha nusxasini saqlash (bekap) va nusxadan qayta tiklab olish uchun ishlatiladigan dastur. Acronis ni boshqa dasturlardan asosiy farqi shundaki, kompyuterdagi ma'lumotlarni to'liq nusxasini olish uchun, kompyuterni o'chirib yoqish shart emas. Acronis yordamida, xoxlasangiz qattiq diskdagi bo'limlarni aloxida aloxida, yoki qattiq diskni to'laligicha nusxa ko'chirish mumkin. Bunday ma'lumotlar arxivi – “obraz” (image) deb ataladi. Agarda ma'lumotlarni qayta tiklash etxiyoji tug'ilsa, Acronis ma'lumotlarni “obraz”dan, o'sha ma'lumotlar olingan vaqtida qanday bo'lgan bo'lsa shunday qayta tiklab beradi. Misol uchun, agar siz to'liq S: diskni “bekap” qilgan bo'lsangiz, va bir muddatdan so'ng uni qayta tiklasangiz, S: diskingiz “bekap” qilingan vaqtdagidek xolatga keladi, ya'ni qayta tiklanadi. Albatta barcha OT fayllari, drayverlar, dasturlar xullas barcha barcha fayllar “bekap” qilingan vaqtda qanday bo'lgan bo'lsa, o'sha xolatga qaytadi.
Albatta “bekap” saqlangan “obraz” – fayli boshqa qattiq diskda, yoki boshqa bo'limda bo'lishi lozim. “Obraz” fayllari bilan xuddi mantiqiy disklar bilan ishlaganday ishlash mumkin. Ya'ni, masalan siz D: diskingizni obrazini olib saqlab qo'ydingiz. Endi shu “obraz” faylni Acronis dasturi yordamida kompyuteringizga qo'shimcha disk sifatida ulab qo'yishingiz mumkin bo'ladi. Bunda yangi diskga yangi xarf belgilanadi. Acronis “obraz”larni qattiq diskga, tarmoqdagi oshkoralangan papkaga, fleshkaga va umuman xar qanday ma'lumot saqlash mumkin bo'lgan resursga saqlay oladi. Bundan tashqari, Acronis True Image foydalanuvchiga qattiq disklardan klon olish imkoniyatini xam beradi. Klonlashtirish yordamida, eski qattiq diskdagi barcha ma'lumotlarni yangi diskga, ular avvalgisida qanday joylashgan bo'lsa, xuddi o'sha xolatida ko'chirish mumkin. Buning natijasida esa siz OTni va dasturlarni qaytadan o'rnatib o'tirish muammosidan qutilasiz. Yuqoridagi imkoniyatlardan tashqari yana True Image dasturini “bekap” olishni rejalashtirguvchi dasturi mavjud. Uni yordamida qattiq diskingizdan “bekap” olishni xar kuni/xar xafta yoki o'zingiz xoxlagan vaqt oralig'iga sozlab, avtomatlashtirib qo'yishingiz mumkin.
Ushbu maqolada Acronis TrueImage Home 2011 dasturini kompyuterga o'rnatishni va undan foydalanishni ko'rib chiqamiz.
Acronis TrueImage Home 2011 dasturini kompyuterga o'rnatish.
Dasturni 30 kunlik bepul nusxasini http://www.acronis.ru/homecomputing/download/trueimage/index.html saytiga kirib, ro'yxatdan o'tib yuklab olish mumkin. Bu vaqtincha ishlaydigan nusxada dasturni ba'zi xususiyatlari to'liq ishlamasligi mumkin.
Acronis dasturini o'rnatish jarayoni juda oddiy. O'rnatish dasturini ochilganida, Dalee tugmasini bosamiz. Lisenzion kelishuv shartlariga roziligimizni belgilab, Dalee ni bosamiz.
Keyingi qadamda dasturni sifatini oshirish tadbirida qatnashish belgilanadi. Xoxlasangiz qatnashing, xolamasangiz yo'q. Qaysi “opsiya”ni tanlash o'zingizga havola. Dastur qaysi xolatni belgilasangiz xam o'rnatilaveradi. Dalee tugmasini bosamiz.
Dasturni vaqtincha ishlaydigan versiyasini o'rnatmoqchi bo'lsangiz, Ustanovit probnuyu versiyu bo'limini tanlanadi. Aks xolda, Vvesti seriyny nomer ni belgilab, dasturni kalit raqami kiritiladi.
Ushbu qadamda dasturni qaysi “komponentlari”ni o'rnatish belgilanadi. Uni to'liqligicha o'rnatish uchun “Polnaya” ni belgilab, Dalee ni bosamiz.
Keyingi qadamda dasturni xoxlasangiz OTdagi barcha foydalanuvchilar uchun, xoxlasangiz faqat xozirgi ishlab turgan foydalanuvchi uchun o'rnatish imkoni belgilanadi. Ustanovit dlya vsex polzovateley ni belgilab, Dalee ni bosamiz.
O'rnatish jarayonini boshlab yuborish uchun Pristupit tugmasini bosamiz.
Shunda dasturni o'rnatish jarayoni boshlanadi va bir oz muddat davom etadi, undan so'ng dasturdan foydalana olish uchun kompyuterni “perezagruzka” qilish lozim.
Shu erda dasturni o'rnatish jarayoni tugadi desak xam bo'ladi. Ammo ba'zi xolatlarda, dastur yordamida, diskdan bekap qilmoqchi bo'lsangiz, quyidagi xatolik ko'rsatiladi:
Bu xatolikning sababi, Acronis Scheduler2 Service xizmati yoqilmaganligida. Bu xizmat, Acronis dasturini rejalashtirilgan ishlarini yoqish uchun ishlatiladi. Ba'zi faervol va antivirus dasturlari, Acronis dasturi o'rnatilganida bu xizmatni avtomatik tarzda yoqilishiga “ruxsat bermaydi”. Windows da ishlovchi xizmatlar ro'yxatini ko'rishlik uchun “Slujb” ostnaskasi ishlatiladi. “Slujb” ostnaskasini, Panel Upravleniya->Administrirovanie->Slujb ga kirib ochishlik mumkin. Ushbu xizmatni ishlatib yuborish uchun, uni ro'yxatdan tanlaymiz va sichqonchani o'ng tugmasini bosib, Zapustit bo'limini bosamiz.
Bu xizmatni xar safar OT bilan birga avtomatik tarzda yoqilishini xoxlasangiz, yana unga o'ng tugmani bosib Svoystva bo'limini bosamiz. Ochilgan oynada, Tip zapuska joyidan Avtomaticheski ni belgilab qo'yiladi va Ok ni bosamiz.
Dastur birinchi marta yoqilganida quyidagi oyna ochiladi. Bu oynada Pereyti k glavnomu oknu tugmasini bosamiz:
Shunda dasturni asosiy oynasi ochiladi. Agarda shu oynadan Arxivirovat tugmasini bosadigan bo'lsak, shu zaxoti S: diskimizni nusxasi, D: diskdagi Moi rezervne kopii papkasiga olinadi.

Diskni “bekap” nusxasi saqlanadigan joyni o'zgartirish uchun, Operasii tugmasini bosib u erdan Izmenit parametr rezervnogo kopirovaniya bo'limini bosamiz.
Ushbu oynada “bekap” nusxa saqlanadigan joydan tashqari yana, qaysi disklardan nusxa olishni, nusxani nomini, va ba'zi boshqa xossalarni sozlash mumkin.
Oynani yopamiz. Keling xozircha S: diskimizni nuxsasini, D: diskdagi Moi rezervne kopii papkasiga olamiz. Buning uchun Arxivirovat tugmasini bosishni o'zi kifoya.
Jarayon tugatilganida, bo'lim ostida bu xaqida xabar beriladi.Endi, D:\Moi rezervne kopii papkasiga o'tamiz va u erda S: diskimizni “bekap” nusxasini fayli tuzilgnalginini ko'ramiz. Bu faylni “rasshireniya”si .tib turida. Diskni “bekap” nusxasini olgan papkani, Poisk rezervnoy kopii tugmasini bosib xam ochish mumkin.
Shu o'rinda aytib o'tish lozimki, qanchalik ko'p oraliqda diskingizdan nusxa olib tursangiz, Ot bilan muammo bo'lgan xolatda, OTni o'sha olingan nusxaga qaytarishlik shunchalik qulayroq bo'ladi. Xar 2, 3 oyda bir marta diskingizdan nusxa olib turishlikni tavsiya etaman.
Endi faraz qilaylik Windows ingiz juda sekin ishlayapti yoki unga ancha muncha viruslar tushdi va siz uni avval olib qo'ygan “bekap” nusxasidan qayta tiklamoqchisiz. S: diskni avvalgi olingin “bekap” nusxasidan qayta tiklashlik uchun, nusxani tanlab, Vosstanovit tugmasini bosamiz. Ochilgan oynadan S: diskni tanlaymiz va Vosstanovit seychas tugmasini bosamiz. Shunda OTni, S: diskni ko'rsatilgan nusxadan tiklash jarayoni ishga tushadi va oxirida kompyuteringiz “pereagruzka” bo'lib, S: diskingiz avvalgi xoliga qaytganligini guvoxi bo'lasiz.
Keling endi boshqa qismlari bilan tanishamiz. Asosiy oynadan Isntument i utilit tugmasini bosamiz.

Acronis dasturini Vosstanovlenie pri zagruzke xususiyati mavjud. Faraz qilaylik sizni Windows yuklanmayapti. Vosstanovlenie pri zagruzke xususiyatidan foydalanib Acronis dasturini, Windows dan xam oldin yuklash mumkin. Bunda F11 klavishasi bosiladi. Shunda Acronis dasturiga kirib, Windows ingiz o'rnatilgan diskni, avval saqlab qo'ygan “bekap” nusxa faylidan qayta tiklab olishingiz mumkin bo'ladi. Lekin, ba'zi xolatlarda bu xususiyat xam ishlamay qolishi mumkin. Shuning uchun, xar extimolga qarshi qo'shimcha yuklash diskini tuzamiz.
Buning uchun Master sozdaniya zagruzochnx nositeley bo'limini bosamiz.

Oynada Dalee ni bosamiz.
Ushbu qadamda uchchala “galochka” larni belgilab qo'yib Dalee ni bosamiz.

Dalee ni bosamiz
Acronis dasturini yuklanish “obraz”ini xoxlasak fleshkaga (Corsair) xolasak diskga yozishimiz mumkin. Xar extimolga qarshi, uni xam fleshkaga, xam diskga yozib qo'ygan ma'qul.

Keyngi qadamda Pristupit ni bosamiz va jarayon boshlanadi.


Jarayon tugatilganida bu xaqida xabar beriladi.

Mana endi kompyuterimizni yuklanishini birinchi bo'lib dvd\cd diskdan yoki fleshkadan yuklanishga sozlab qo'yishimiz mumkin. Keling endi, Acronis True Image dasturini xaqiqiy xolatda tekshirib ko'ramiz. Misol uchun, Operasion Tizimga virus tushib, Windows yuklanganida quyidagi xolat kuzatilmoqda:


Bundan kelib chiqadiki, Windows ga kirib Acronis dasturiga kira olmaymiz. Demak, C: diskimizni “bekap” nusxasidan tiklab olish uchun, Acronis ni yuklanish obrazidan foydalanamiz. Kompyuterni “perezagruzka” qilamiz va BIOS ga kiramiz (buning uchun kompter yoqilayotganida ba'zi kompyuterlarda Del, ba'zilarida F2 tugmalari bosiladi). BIOS ning Boot bo'limiga o'tib, 1st Boot Device (birinchi yuklanish qurilmasi) bo'limidan USB:Corsair ya'ni fleshkamizni tanlaymiz (Ya'ni kompyuterni yuklash uchun, Acronis dasturini yuklash obrazini saqlab qo'ygan fleshkamizdan foydalanamiz. Albatta BIOS ga kirishdan avval fleshka USB-portga ulangan bo'lishi lozim). BIOS dagi o'zgarishlarni saqlab undan chiqamiz.
Shunda kompyuterimiz fleshkaga yozilgan Acronis dasturidan yuklanadi. Bu jarayon Windows ni yuklanish jarayonidan farq qiladi. Acronis True Image Home (Polnaya versiya) ni tanlaymiz.
Vosstanovlenie bo'limidan Diski tugmasini bosamiz.
Ochilgan oynada Obzor tugmasini bosamiz.
Shu qadamda, diskni tanlashda ba'zi boshlovchi foydalanuvchilar adashadi. Gap shundaki, Acronis dasturi ba'zi xollarda disklarni raqamlarini noto'g'ri ko'rsatadi. Esingizda bo'lsa, maqolani boshida, S: diskimizni “bekap” nusxasini D: diskidan Moi rezervne kopii papkasiga saqlagan edim. D: diskga kiradigan bo'lsak, u erda xech narsa yo'qligini guvoxi bo'lamiz.
Yaxshi, unday xolatda C: diskga kiramiz (aslida D: disk), va o'sha erda Moi rezervne kopii papkasini ko'ramiz, unga kirib “bekap” nusxamizni tanlaymiz va OK ni bosamiz.
Endi, nusxani kerakli diskga tiklash lozim. Vosstanovit diski ili razdel ni belgilaymiz.
Vbor elementov bo'limida C: diskga “galochka” qo'yamiz va davom etamiz (bunda nusxamizni qaysi diskga tiklash ko'rsatiladi).
Keyingi qadamda Lokalny disk S ni tanlaymiz (bunda nusxamizdagi obrazni tanlaymiz). Dalee ni bosamiz.
Endi shu qadam bilan yaqinroq tanishamiz, chunki bu juda muxim.
Ko'p xolatda Acronis dasturi “bekap” nusxani kerakli diskga to'g'ri tiklaydi. Agar bu oynada Dalee tugmasini bossak, keyingi oynada Pristupit bo'limi ochiladi va Pristupit tugmasini bosishlik bilan “bekap”ni tiklashlik jarayoni boshlanadi. Agarda, diskni tiklashni aynan qaysi diskga bo'layotganligi xaqida shubxangiz bo'lsa, Novoe xranilie tugmasini bosing va kerakli bo'limni o'zingiz tanlang. Misol uchun menda, disklarni xarflari noto'g'ri ko'rsatilmaoqda. Rasmda ko'rsatilganidek menda 3 ta disk mavjud. Lekin men aniq bilamanki, meni Windows im o'rnatilgan C: diskimni o'lchami 132 GB. Shuning uchun men aynan shu bo'limni tanlayman. Lekin rasmda ko'rib turganingizdek, Acronis dasturi diskga F: xarfini belgilab qo'ygan. Kerakli diskni tanlab, Prinyat ni bosamiz.
Va nixoyat oxirgi qadamda Pristupit tugmasini bosadigan bo'lsak, “bekap”ni tiklash jarayoni boshlanadi.
Jarayon muvaffaqqiyatli yakunlangan xolatda, kompyuterni “perezagruzka”sidan keyin S: diskingiz yana avvalgi xolatiga tiklanganligini guvoxi bo'lasiz.
Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish