O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


Kalsiy kanallarini falajlovchilar



Download 30,26 Mb.
bet168/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Kalsiy kanallarini falajlovchilar (L-tip)
Verapamil, diltiazem

Avtomatizmni pasaytiradi2; o’tkazuvchanlikni pasaytiradi, samarali refrakter davrini oshiradi ( AV-tugunda)



Kaliy kanallarini falajlovchilar
(repolyarizatsiyani uzaytiruvchi moddalar)


Amiodaron4


Avtomatizmni pasaytiradi1; o’tkazuvchanlikni sekinlashtiradi; repolyarizatsiyani uzaytiradi va samarali refrakter davrini oshiradi



β-adrenoblokatorlar
Anaprilin, metoprolol

Avtomatizmni pasaytiradi1,2; o’tkazuvchanlikni pasaytiradi, samarali refrakter davrini oshiradi ( AV-tugunda)

Izoh:
1 Purkinye tolalari uchun

  1. Sinus tuguni uchun

  2. Bu gruppaga aralash ta’sir etuvchi etmozin(1C,1B,1A) va etatsizin(1C,1V) kiradi.

  3. Bu gruppaga ornid (bretiliy) va aralash ta’sirdagi(II,III) sotalol (sotaleks) kiradi.



Novokainamid (prokainamida xlorid) farmakologik xususiyati, elektrofiziologik parametrlarga ta’siri va qo’llash ko’rsatmalari bo’yicha xinidin bilan o’xshash bo’ladi. Miokard qisqaruvchanligini xinidinga nisbatan kam darajada pasaytiradi. Vagolitik faolligi xinidinga nisbatan ancha kam aks etadi (m-xolinoblokatorlik va ganglioblokatorlik ta’siri uyg‘unlashadi); yurakka bo’lgan simpatik ta’sirni kamaytiradi, α-adrenoblokator ta’sirga ega emas.
7.4-Jadval. Aritmiyaga qarshi moddalarni farmakokinetikasi (enteral yuborilganda)



Guruh, dori vosita



Ta’sirini boshlanshi,soat

Qonda yuqori konsentratsiya bo’lish vaqti, soat

Ta’sir davomiylig, soat

T1/2,soat



Qon plazmasida oqsillar bilan bog‘lanishi,
%



1A. Xinidin
Novokainamid
Dizopiramid

0,5
0,5
0,5



2-4
0,5-1,5
2

6-8
3
6-7

6-7
2,5-4,5
4-10

60-80
15-20
20-60

Novokainamid
Dizopiramid

0,5
0,5



0,5-1,5
2

3
6-7

2,5-4,5
4-10

15-20
20-60

IB. Lidokain1
Difenin
Meksiletin

Juda tez
0.5-1
0.5 1



12
2-4

0,252
24
8-12

1- 2
6-24
8-10

60- 80
87-93
55-65

1C. Flekainid
Propafenon
Etmozin

0,5
0,5-1
2

3-4
2-3
0,8-2

12
8
10- 24

10-16
5-83
(10-32)4

75-85
97
95

II. Propranol
Metoprolol
Atenolol

1
1
1

1-1.5
3-6
2-4

6
12
24

3-6
3-4
5-10

80-90
10-12
<5

III. Amiodaron
Ornid(bretiliy)
Sotalol

7-21 kun
6-8
1

5-6
3
2,5-4



6-8
12

25-100 kun
5-10
8-12

99
0-8
0

IV. Verapamil
Diltiazem

1,5-2
0,5

5
3-5

6-8
6

4-8
5

90
80

1Lidokain vena ichiga yuboriladi, qolgan dori vositalar - peros. 4Dori modda sekin metabolizmga uchraganda 2Vena ichiga dori modda yuborilish to’xtatilgandan keyin. 3Dori modda tez metabolizmga uchraganda.
Novokainamid enteral va parenteral yuboriladi (vena ichiga, mushak ichiga), oshqozon-ichak traktidan xinidinga nisbatan tez so’riladi. Turli bemorlarda novokainamid metabolizmi tezligi bo’yicha sekin va tezkor astetilyatorlar ajratiladi av Shunga qarab dori ta’sir davomiyligi farq qiladi. Buyraklar orqali chiqib ketadi. Novokainamidni bemorlar odatda yaxshi ko’taradi. Xinidinga o’xshash tarzda o’tkazuvchanlikni buzilishiga olib kelishi mumkin. Aritmogen ta’sirga ko’ra xinidinga o’xshab ketadi. Ichishga qabul qilinganda xinidinga nisbatan arterial bosimni kam darajada pasaytiradi. Ammo bir qator holatlarda novokainamid ko’ngil aynishga, qayt qilish, ich ketish va sudorgiga sabab bo’lishi mumkin. Parenteral yuborilganda enteralga qaraganda nojo’ya ta’sirlari ko’proq bo’ladi. Bunda asosiy muammo novokainamidga yuqori ta’sirchanlik bo’lib, sanchiqlar, bo’g‘imlar va mushaklar sohasidagi og‘riqlar, terida toshmalar, kam holatda agranulotsitoz va qizil bo’richa sindromi rivojlanishi mumkin.
Xinidin va novokainamid idiosinkraziyada va yurak bo’lmacha-qorincha blokida qo’llanmaydi. Yurak yetishmovchiligida, gipotonik holatlarda bemorlarga bu moddalar ehtiyotkorlik bilan tayinlanadi.
Aritmiyaga qarshi ta’sirga dizopiramid (ritmilen) ham ega. Xinidinga o’xshab miokardning barcha qisqaruvchi bo’limlariga va o’tkazuvchi tizimiga ta’sir ko’rsatadi. Ichakdan yaxshi so’riladi. Asosan buyrak orqali chiqariladi. Dori vosita ko’pincha qorincha aritmiyasida qo’llaniladi. Dizopiramidni buyurilganda miokardni qisqaruvchi aktivligi pasayishini hisobga olgan holda buyurish kerak. Uning salbiy xususiyatlariga m- xolinoblokatorlik faolligini kiritish mumkin, bu og‘iz bo’shlig‘i shilliq pardasi qurishi, ko’zda akkomodatsiyani o’zgarishi, siydik ajralishining qiyinlashishiga olib keldi. Ko’ngil aynab, qayt qilish ehtimoli mavjud.
Aymalin (aritmal) – ilonsimon rauvolfiya alkaloidi sanaladi. Xinidinga o’xshab yurakning asosiy funksional parametrlarini o’zgartiradi, ammo miokard qisqaruvchanligini kam miqdorda kamaytiradi. Aymalin tizimli arterial bosimni kam miqdorda pasaytiradi, yurakda toj-tomir qon aylanishini yaxshilaydi. O’sha o’simlik xomashyosidan olinuvchi rezerpindan farqli ravishda aymalin tinchlantiruvchi va simpatolitik ta’sirga ega emas . Oshqozon-ichak traktidan yomon so’riladi, Shuning uchun uni parenteral yuborish maqsadga muvofiq (mushak ichiga va vena ichiga); t1/2 = 15 soat. Aymalin ekstrasistoliyada, yurak bo’lmasi paroksizmal titroq aritmiyasida qo’llaniladi. Uni odatda yaxshi ko’taradi. Ba’zan dispeptik holatlar, umumiy holsizlikni chaqiradi.
Natriy kanallarini bloklovchi vositalarga Shuningdek lidokain, meksiletin va difenin kiradi. Ba’zi bir qator ta’sirlari bilan xinidindan birmuncha farqlanadi. Shuning uchun ularni IB guruhiga kiritadi.
Lidokain (ksikain, ksilokain) nafaqat mahalliy anestetik balki aritmiyaga qarshi vosita sifatida ham qo’llaniladi. Rezorbtiv ta’sirida u avtomatizmga pasaytiruvchi ta’sir ko’rsatadi (4-faza- diastolik depolyarizatsiya fazasi kamayadi). Bu Purkinye tolalarida va qorincha mushaklarida bo’lib, SA tugunda kuzatilmaydi. Ektopik o’choqlarda qo’zg‘aluvchanlikni pasaytiruvchi xususiyatga ega. Tezkor depolyarizatsiya tezligiga (0 faza) u ta’sir qilmaydi yoki Purkinye tolalarida kam miqdorda pasaytiradi. Xinidindan farqli ravishda harakat potensiali davomiyligini ( ya’ni repolyarizatsiya fazasi) va samarali refrakter davrni lidokain kamaytiradi (asosan o’tkazuvchi sitemada va qorincha mushaklarida). EKG da Q-T oraliq qisqarishi kuzatiladi. Lidokain miokard qisqaruvchanligini o’zgartirmaydi yoki birmuncha pasaytiradi. Unda vagolitik xususiyatlar mavjud emas. Qon aylanishiga ta’sir ko’rsatmaydi. Lidokain odatda vena ichiga yuboriladi(doimiy infuziya yoki tomchilab). Dori vosita tez rivojlanuvchi va qisqa muddatli ta’sir bilan xarakterlanadi (bir marta yuborilgandan so’ng 10-20 minut davomida ta’sir ko’rsatadi). Lidokainning katta qismi jigarda parchalanadi. Jigar patologiyasi va uning qon aylanishi buzilganda dori vositaning metabolizmi tezligi kamayadi. Uni qo’llashga asosiy ko’rsatma qorincha aritmiyasida (miokard infarktidagi ekstrasistoliya va taxikardiyada, yurakni ochiq operatsiyasida, operatsiyadan so’ng). Dori vositani bemorlar odatda yaxshi qabul qiladilar.
Lidokain unumlariga meksiletin kiradi va aritmiyaga qarshi vosita hisoblanadi. Lidokaindan farqli ravishda bu dori modda enteral yuborilganda samarali ta’sirga ega bo’ladi. Meksiletin ichakdan yaxshi so’riladi. Uzoq vaqt ta’sir qiladi (6-8 soat), ammo uning terapevtik kengligi katta emas. Yurak va gemodinamika tomonidan nojo’ya ta’sirlarni chaqirishi mumkin, Shuningdek nevrologik o’zgarishlar ham kelib chiqishi mumkin. Qorincha ekstrasistoliyasida qo’llaniladi.
Difenin (difenilgidantoin, fenitoin) epilepsiyaga qarshi vosita hisoblanadi. Shu bilan birga unda lidokainga o’xshab aritmiyaga qarshi faollikka ega. Dori vosita Purkine tolalaridagi diastolik depolyarizatsiya tezligini kamaytiradi (qorincha-bo’lmacha tugunida emas), va natijada avtomatizmni pasaytiradi. Amalda o’tkazuvchanlikka ta’sir qilmaydi lekin pasaygan bo’lsa uni yaxshilaydi. Lidokain kabi difenin samarali refrakter davriga nisbatan harakat potensialini ko’proq qisqartiradi. Q-T oralig‘ini qisqartiradi. Shunday qilib, difenin faqatgina avtomatizmni susaytirish xususiyati bo’yicha xinidin bilan o’xshash bo’ladi. Miokardni qisqaruvchi aktivligiga va qon bosimiga terapevtik dozalarda ta’sir ko’rsatmaydi. MNS ga ta’siri natijasida yurakni innervatsiya qiladigan efferent, adrenergik tolalarda impulsatsiyani kamaytiradi.
Difenin oshqozon-ichak traktidan sekin va chala so’riladi. Plazmada difenin asta-sekin kamayadi, Shuning uchun kumulyatsiya ehtimoli mavjud. Difeninning asosiy miqdori jigarda parchalanadi (> 95%). Uning o’zgartirilgan mahsulotlari buyrak orqali chiqib ketadi. Difenin ichishga ba’zan vena ichiga yuborishga buyuriladi (natriyli tuz shaklida yuboriladi).
Yurak glikozidlari bilan zaharlangandagi taxiaritmiyalarda difenin qo’llaniladi. Bunday holatlarda difenin avtomatizmni pasaytirib, ritm buzilishini bartaraf qiladi lekin, yurak o’tkazuvchanligiga yomon ta’sir ko’rsatmaydi va yurak glikozidlarining inotrop ta’sirini saqlab qoladi. Difenin har-xil turdagi qorinchalar aritmiyasida faol modda hisoblanadi.
Difenin vena ichiga qo’llanganda o’tkir nojo’ya ta’sirlar, ya’ni aritmiya, gipotenziya kuzatiladi. Uzoq vaqt enteral yuborilganda dori vosita turli nojo’ya ta’sirlarni ko’rsatishi mumkin.
IC gruppaga kiruvchi natriy kanallari blokatorlariga Flekainid, propafenon va yana aralash ta’sirga ega etmozin va etasizin kiradi. Ular yurakning hamma bo’limlariga ta’sir etadilar. Ularni qorincha va qorinchausti aritmiyalarida tayinlashadi. Lekin bunda ham ularni aritmogen ta’siridan ehtiyot bo’lish kerak. Qorincha taxiaritmiyalarida ularni agar boshqa antiaritmik vositalar noeffektiv bo’lsa qo’llashadi. Infarkdan keying davrda qorincha taxiaritmiyalari profilaktikasida IC guruh dorilarini qo’llab bo’lmaydi. Chunki bunda letal holatlar chastotasi oshadi(platsebo qabul qiladigan bemorlarga qaraganda ko’proq).
Flekainid atsetat o’tkazuvchanlikni susaytiradi. Bu tez depolyarizatsiya tezligi susayishida namoyon bo’ladi. O’tkazuvchanlik AV tugunda Giss tutami, Purkinye tolalari va qorinchalarda ham susayadi. EKG da P-R interval va QRS kompleks uzayadi.
Qorinchalar repolyarizatsiyasi tezligiga ta’sir qilmaydi. SA tuguni avtomatizmini sal pasaytiradi. Miokard qisqaruvchanligini ham ozgina susaytiradi. Me’da ichak traktidan yaxshi so’riladi. Jigardan 1-marta o’tganda o’zgarishga uchramaydi. Metabolitlari va o’zi buyrak orqali chiqib ketadi.
Qo’llanishi qorincha va qorinchalar usti aritmiyalarida. Ichishga yoki venaga yuborishga buyuriladi. Nojo’ya ta’sirlari bosh aylanish, ko’rish buzilishi, dispone. Aritmogenligi ham yaxshi ifodalangan. Preparatni yurak bloki va kardiogen shokda berish mumkin emas.
Propafenon (ritmonorm) natriy kanallarini bloklash bilan birga β-adrenoblokatorlik va kamroq bo’lsada kalsiy kanallarini susaytirish xususiyatlariga ega. Natriy kanallarida moddalarning assotsiatsiya-dissotsiatsiya jarayonlari sekin o’tadi. SA tugun va ektopik o’choqlar avtomatizmini susaytiradi. AV tugun, bo’lmacha,qorincha va Giss-Purkinye tolalarida o’tkazuvchanlikni kamaytiradi. EKG da P-R interval va QRS kompleks uzayishi kuzatiladi. Yurak yetishmovchiligi fonida yurak zarb hajmi kamayishi kuzatiladi.
Ichakdan yaxshi so’riladi,lekin jigardan o’tganda bir qismi metabolizmga uchrab ketadi. Shuning uchun ham dorining biofaolligi chegarasi har xil(3-40%). Bemorlar guruhida propafenonning tez metabolizmga uchraydigan(90%ida 5,5 soat) va sekin metabolizmga uchraydigan(10%ida 17,2 soat) guruhlari farq qiladi.
Propafenon asosan qorinchalar usti aritmiyasi Shuningdek, qorinchalar aritmiyasida boshqa dori vositalar samarasiz bo’lganda qo’llaniladi (ichishga va ba’zan vena ichiga buyuriladi). Nojo’ya ta’sirlari tez-tez kuzatiladi (1/3-1/5 bemorlarda). Ko’ngil aynash, qayt qilish, qabziyat, holsizlik, bronxospazm va b.Kuchli aritromogen ta’sirga ega.
Propafenonni o’tkazuvchanlik buzilganda, yurak yetishmovchiligida, kardiogen shokda qo’llash tavsiya qilinmaydi.
Bu guruhga fenotiazin unumlaridan etmozin va etatsizinni kiritish mumkin. Ikkalasi aralash ta’sirga ega dori vosita sanaladi. Etmozin natriy kanallarini bloklovchi barcha uch guruh xususiyatlarini birlashtiradi (IC, IB, IA). Etatsizin nafaqat natriy balki kalsiy kanallarini ham bloklaydi (IC, IV).
Etmozin yurak bo’lmacha-qorincha tugunida, Gis tutamida va Purkine tolalarida o’tkazuvchanlikni pasaytiradi. Amalda repolyarizatsiya tezligini o’zgartirmaydi.
Arterial bosim va yurak qisqarishi chastotasi sezilarli oshadi. Yurak toj tomirlarida qon aylanishi biroz yaxshilanadi. Miokard qisqaruvchanligiga deyarli ta’sir ko’rsatmaydi. Hazm qilish traktidan yaxshi so’riladi. BiokiriShuvchanligi 40%. Jigarda to’liq metabolizmga uchraydi. Metabolitlari buyraklar orqali chiqariladi.
Dori vosita qorinchalar va qorinchalar usti aritmiyasida samarali ta’sir ko’rsatadi. Ammo etmozinning yuqori aritmogen ta’sirga ega bo’lgani sababli qorinchalar aritmiyasida boshqa dori moddalari ta’sir qilmaganda qo’llaniladi.
Nojo’ya ta’sirlari 2-5% bemorlarda kuzatiladi. Bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, holsizlik, dispnoe, taxikardiya, paresteziya, qorin sohasidagi og‘riq, mialgiya, diareya va hokazolar kuzatiladi.
Etatsizin kuchli aritmiyaga qarshi ta’sirga ega. Avtomatizm va o’tkazuvchanlikni pasaytiradi. Kalsiy kanallariga bloklovchi ta’sir ko’rsatgani uchun miokardni qisqaruvchanligini kamaytiradi.
Qo’llanilishi va qo’llash man etiladigan holat etmozinga o’xshash. Nojo’ya ta’sirlari etmozinga nisbatan ko’proq kuzatiladi (bosh aylanishi, quloq shang‘illashi, ko’rishni buzilishi, paresteziya va hokazo). Eng ko’p uchraydigan nojo’ya ta’sirlar etatsizinni vena ichiga yuborilganda namoyon bo’ladi. Shuning uchun dori vositani enteral yuborish maqsadga muvofiqdir. Natriy kanallari blokatorlariga Shuningdek allapinin ham kiradi. U lappakonitin alkaloidi gidrobromidi hisoblanadi. Eksperimentlarda yaxshi o’rganilmagan. Yurak bo’lmachasi va qorinchalardan qo’zg‘aluvchanlik o’tishini sekinlashtiradi. Miokardning qisqaruvchanlik aktivligiga deyarli ta’sir ko’rsatmaydi. Gipotenziyani chaqirmaydi. Qorincha usti va qorinchalar ekstrasistoliyasida hamda taxiaritmiyada qo’llaniladi. Ichishga qabul qilinadi. Allapinin ko’pincha nojo’ya ta’sirlarni chaqiradi (bosh aylanishi, diplopiya, bosh og‘rig‘i, aritmiya, allergik reaksiyalar).

b) L-turidagi kalsiy kanallarini bloklovchi vositalar (kalsiy antagonistlari, sust kalsiy kanallarini bloklovchi moddalar; IV guruh)


Kalsiy ionlari yurak-qon tomir tizimi funksiyalarini boshqarishda muhim o’rin egallaydi. Ma’lumki yurak va vena qon tomirlari tonusi faoliyati ko’p jihatdan kalsiy ionlari almashinuviga, ayniqsa ularning hujayra ichi va hujayradan tashqari taqsimlanishiga bog‘liq. Shuning uchun kalsiy ionlari kinetikasini boshqarish imkoniyati katta ahamiyat kasb etadi. Bunday yo’llardan biri kalsiy kanallarini bloklashdir. So’nggi yillarda kalsiy kanallarini ko’plab bloklovchilari yaratildi va tibbiy amaliyotda keng qo’llanilmoqda.
Kimyoviy tuzilishidan kelib chiqib, L-turidagi kalsiy kanallari blokatorlari quyidagi guruhlarga bo’linadi :

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish