Noglikozid strukturali kardiotonik moddalar Adrenomimetiklar, dofamin, metilksantinlar, glyukagon ham yurakni stimullovchi xususuyatga ega. Lekin ularning ko’pgina nojo’ya ta’sirlari (taxikardiya, aritmiya) bor, bu esa kardiotonik sifatidagi ta’sirini kamaytiradi. Boshqacha mexanizmda ta’sir qiladigan moddalar ham kashf qilingan (masalan, Kardiomiotsitlarning Ca2+ga sezuvchanligini stimullovchi). Noglikozid moddalar kardiomiotsitlarga ta’sir qilish mexanizmi bo’yicha quyidagicha tasniflanadi:
Kardiomiotsitlardagi sAMF va Ca2+ ionlari miqdorini oshiruvchi vositalar 1. β1-adrenoretseptorlarni stimullovchi vositalar
Dofamin Dobutamin
2. Fosfodiesterazani ingibitorlari
Amrinon Milrinon
Dofamin va dobutaminning kardiotonik ta’siri ularning yurakdagi adrenoretseptorlarga ta’siri bilan bog‘liq. Bunda adenilatsiklaza faollashadi, bu esa Kardiomiotsitlardagi sAMF miqdorining ko’payishiga va Ca2+ionlari konsentratsiyasining ortishiga olib keladi. Natijada yurakning qisqarish kuchi oshib boradi. Dofamin(dopmin) dofaminoretseptorlarga ta’sir qiladi, bundan tashqari noradrenalinning o’tmishdoshi bo’lganligi sababli α- va β- retseptorlarni ham stimullaydi. O’rtacha terapevtik dozada dofamin musbat inotrop ta’sir ko’rsatadi (yurakdagi β1retseptorlarni qo’zg‘atadi), buyrak va mezenterial qon tomirlarni kengaytiradi (silliq mushaklardagi dofamin retseptorlariga ta’sir qiladi). Dofamin kardiogen shokda qo’llaniladi. Bu dori vositasi taxikardiya, aritmiya chaqirishi, periferik qon tomirlarni qarshiligini va yurak ishini haddan tashqari oshirib yuborishi mumkin.
Dobutamin β1adrenomimetik sifatida ko’proq tanlab ta’sir ko’rsatadi. Uning kardiotonik ta’siri ko’proq ifodalangan. Dobutamin yurakning dekompensatsiya davrida qisqa muddatli stimullovchi sifatida qo’llaniladi. Dobutamin taxikardiya, aritmiya, gipertenziya va boshqa nojo’ya ta’sirlarni keltirib chiqaradi. Dofamin va dobutamin vena ichiga yuboriladi.
Oxirgi yillarda taxikardiya, aritmiya chaqirmaydigan, arterial bosimni o’zgartirmaydigan sintetik kardiotonik moddalar bo’yicha chuqur izlanishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari preparatlarning musbat inotrop ta’siri koronar qon aylanishini yaxshilab, yurakni kislorodga bo’lgan ehtiyojini oshirmagan holda yuzaga chiqishi maqsadga muvofiqdir. Amrinon va milrinon ushbu talablarga qisman javob beradi. Ular fosfodiesteraza III ni ingibirlash hisobiga sAMF miqdorini oshiradi, ya’ni sAMF inaktivatsiya jarayonini bloklaydi. sAMF ning yig‘ilishi Ca2+ ionlarini konsentratsiyasini oshishiga olib keladi, bu esa musbat inontrop ta’sir ko’rsatadi. Shunday qilib, bu moddalar mexanizmi bo’yicha yurak glikozidlari va katexolaminlardan ajralib turadi. Amrinon – (bispiperidin unumi) miokardni qisqarish aktivligini oshiradi va vazodilatatsiya chaqiradi. Hozirgi kunda bu dori yurakning o’tkir yetishmovchiligida faqat qisqa muddatga (vena ichiga) qo’llaniladi. Amrinon gipotenziya, ba’zan aritmiya chaqirishi mumkin. Amrinonni enteral qo’llash tavsiya qilinmaydi, chunki turli noxush ta’sirlarga ega va uzoq qo’llaganda hayot davomiyligini kamaytiradi
Milrinon strukturasi va ta’siri bo’yicha amrinonga o’xshash. Noglikozid kardiotonik prepatlar qatoriga miofibrillalarni Ca2+ ionlariga sezuvchanligini oshiruvchi vositalarni ham kiritish mumkin. Bu guruhning birinchi vakili piridazinondinitrilning unumi Levosimendan (simdaks) hsoblanadi. Ta’sir mexanizmi troponin C bilan birkib yurak miofibrillalarining Ca2+ ionlariga sezuvchanligini oshirishdan iborat. Shu orqali miokardning kislorodga bo’lgan ehtiyojini oshirmagan holda, yurakni qisqarish kuchini ko’paytiradi. Bundan tashqari levosimendan toj tomirlarni va boshqa qon tomirlarini (arteriya va venalarni) kengaytiradi. Bu qon tomirlar silliq muskullida KATF - kanallarining faollashuvi bilan bog’liq. Bundan tashqari levsimendan endotelin-1 ajralishini kamaytiradi. Yuqori konsentratsiyada fosfodiesteraza III ni ingibirlaydi. Tomirlarni kengaytiruvchi ta’siri hisobiga toj tomirlarida qon aylanishini yaxshilaydi, tomirlarning umumiy periferik qarshiligini kamaytiradi, hajm tomirlari va o’pka arteriyalaridagi bosimni pasaytiradi, yurakka tushadigan pred- va postnagruzkani kamaytiradi. Bularning hammasi yurak yetishmovchiligida uning ish faoliyatini yaxshilanishiga sabab bo’ladi. Terapevtik dozada qo’llanilganda odatda aritmogen xususiyati kuzatilmaydi. Organizmdalevosimendan deyarli to’liq o’zgarishga uchraydi. Moddaning 5% ga yaqini aktiv metobolitga aylanadi. 97-98%i qondagi plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Tezda eliminatsiyaga uchraydi. t1/2 ~ 1 soat. Levosimendan o’tkir yurak dekompensatsiyasida qo’llaniladi. Vena ichiga infuziya yo’li bilan yuboriladi. Qo’llash davomiyligi 6-24 soat, ba’zan undan ham ortiq. Ijobiy ta’siri infuziya to’xtatilgandan so’ng bir haftagacha saqlanadi. Preparat yaxshi qabul qilinadi. Nojo’ya ta’silardan bosh og’rig’i arterial gipertenziya, bosh aylanishi, ko’ngil aynishi, gipokaliyemiya kuzatilishi mumkin. Yuqori dozalarda qo’llanilishi yurak aritmiyasiga olib keladi. Umuman olganda, to’langan ma’lumotlar asosida yurak yetishmovchiligida levosimendan boshqa noglikozid kardiotoniklarga nisbatan yaxshiroq natija ko’rsatishini ko’rishimiz mumkin, ammo preparatning samaradorligi va xavfsizligi haqida xulosa yuritishimiz uchun keyingi izlanishlarda davom etishimiz lozim. Preparatlar
Nomi
Kattalar uchun o‘rtacha terapevtik dozasi va kiritish yo‘li
Chiqarish shakli
Digoksin – Digoxinum
Ichishga va vena ichiga 0,00025 g
Tabletka 0,00025 g; ampula 0,025% li eritma
Selanid – Celanidum
Ichishga 0,00025 g;
Vena ichiga 0,0002 g
Tabletka 0,00025 g;
flakon 10 ml 0,05%li eritma (ichishga); ampula 1 ml 0,02% li eritma
7.2.Antiaritmik vositalar Miokardning ritmi faolligi yurak ritm yurituvchisi va o’tkazish tizimi holatiga, miokard bioximizmi, qon bilan ta’minlanishi va boshqa kardial omillarga bog‘liq. Shuningdek neyrogen va gumoral ekstrakardial ta’sirlar ham muhim ahamiyatga ega. Bu murakkab tizimning alohida bo’g‘inlaridagi buzilishlar yurak ritmining patologik o’zgarishlariga olib kelishi mumkin. Yurak aritmiyasining sabablari ko’p. Ular miokard ishemiyasi, yurak porogi, elektrolit balans buzilishlari, kislota asos muvozanati o’zgarishi, kimyoviy moddalar intoksikatsiyasi, yurak innervatsiyasi buzilishi, endokrin va yuqumli kasalliklar bilan bog‘liq.Yurak qisqarishi ritmining buzilishi avtomatizm hamda yurakning o’tkazish tizimi vakardiomiositlar o’tkazuvchanligi o’zgarishi bilan asoslanadi. 3.3-rasm
Avtomatizmning patologik o’zgarishlari fiziologik ritm yurituvchilarida (sinoatrial tugun)impulslar generatsiyasining buzilishi yoki ektopik o’choqlar paydo bo’lishi bilan bog‘liq. Ektopik o’choqlarning paydo bo’lishi va razryadlar chastotasi ortishi elektrofiziologik jihatdan quyidagicha namoyon bo’lishi mumkin: diastolik depolyarizatsiya tezligi ortadi (3.3-rasm), membrana tinchlik potensiali (maksimal diastolik potenstial) pasayadi (potenstialning elektromanfiyligi kamyadi), harakat potensiali bo’sag’asining pasayishi (bo’sag‘a qiymati elektromanfiy tomonga siljiydi). Ko’rsatilgan o’zgarishlar aritmiya rivojlanishiga sabab bo’ladi. O’tkazuvchanlikning buzilishi yurakning o’tkazuv tizimidagi turli d
Purkine tolalari
Atrioventriku-lyar tugun
Bo’macha
Sinus tuguni
arajalardagi blokadalarda namoyon bo’ladi. O Qorincha
’tkazuvchanlik xususiyati harakat potensiali amplitudasi o’sish tezligiga asoslangan (faza 0). O’tkazuvchanlik pasayganda sistologik depolyarizatsiya tezligi- - faza 0 (Vmax) - kamayadi (harakat potenstialining maksimal qiymatiga sekinroq erishiladi). EKG da atrioventrikulyar tugunidagi o’tkazuvchanlik buzilishi P-R intervalning uzayishi, ventrikulyar blokada esa QRST davomiyligining uzayishi bilan namoyon bo’ladi. Funksional blok bir tomonlama bo’lishi mumkin (rasm.-7.2.), bunday holatda “qayta kirish” (yoki “qo’zg‘alishning qaytishi” – ingliz tilida reentry atamasi ishlatiladi) mexanizmi bo’yicha aritmiya rivojlanadi. Bunday aritmiyalar yurak bo’lmachasida ham, qorinchalarda ham paydo bo’lishi mumkin.