O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov



Download 30,26 Mb.
bet161/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Pyracetam

Ichishga,vena ichi va mushak ichiga 0.4-1.2 g

Qobiq bilan o’ralgan tabletkalar 0.2 g; kapsula 0.4 g; ampula 20%-5 ml

7. YURAK QON-TOMIR SISTEMASIGA TA’SIR ETUVCHI DORI VOSITALARI


Qon aylanishini yaxshilovchi moddalar, yurak faoliyati buzilganda va qon tomirlari tonusi o’zgarganda keng qo’llaniladi. Klinik qo’llanilishiga qarab, bu moddalar quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  1. Yurak faoliyati o’zgarganda qo’llanadigan moddalar:

a) Yurak yetishmovchiligida qo’llanadigan moddalar;
b) Aritmiyaga qarshi modalar;
v) Miokardda qon aylanishi yetishmovchiligida qo’llanadigan moddalar.

  1. Qon tomirlar tonusi o’zgarganda qo’llanadigan moddalar, qon bosimi o’zgarishi bilan kechadigan kasalliklarda:

a) Arterial gipertoniyada;
b) Gipotenziv holatlarda.
Yurak yetishmovchiligi (yurak faoliyati dekompensatsiyasi) miokard faoliyati buzilishiga bog‘liq, umumiy va regionar qon aylanishining buzilishiga olib keladi. Yurak yetishmovchiligi miokardni organik o’zgarishiga, yurak klapanlari va qon tomirlarini boshqaruvchi mexanizmlarni balansini buzilishiga olib keladi. Shuning uchun yurak yetishmovchiligini davolashda qo’llaniladigan dori moddalari yurakka to’g‘ridan-to’g‘ri ta’sir etmasdan, regulyator ta’sirini normallashtirishga qaratilgan (asosan surunkali yurak yetishmovchiligida). So’ngi ta’sirini amalga oshirish uchun yurakka ko’rsatadigan manfiy ta’sirni kamaytirish yoki bartaraf etish kerak, yoki yurakka musbat – ijobiy ta’sirlarini oshirish lozim. Masalan, yurakning surunkali yetishmovchiligida adrenergik va renin-angiotenzin sistemasini faolligi kompensator ravishda oshadi, dastlab bu ijobiy ta’sir ko’rsatadi, so’ngra yurak dekompensatsiyasini chuqurlashtiradi. Shuning uchun bunday patologiyalarda bu tizimni susaytiruvchi dori moddalarni keng qo’llash maqsadga muvofiq.
Yurak glikozidlari 200 yildan ortiq vaqt davomida yurak dekompensatsiyasi bo’lgan bemorlarni davolash uchun asosiy dori vositalar bo’lib kelgan. Lekin, oxirgi 10-20 yil davomidagi kuzatuvlar natijasida yurak surunkali kasalliklarini kelib chiqish mexanizmida, yurak glikozidlarini, boshqa kardiotoniklarni samaradorligini va xavfsizligini solishtirma tekshirish surunkali yurak yetishmovchiligini davolashda ularni ahamiyatini qaytadan ko’rib chiqishni taqazo etadi. Kardiotoniklar ma’lum bir muddat bemorlarni hayot tarzini yaxshilagan, lekin bemorlar umr ko’rishi uzaymagan, ko’pgina glikozid strukturaga ega bo’lmagan dori vositalarni qo’llash ularni umrini qisqartirgani aniqlangan (qisman aritmogen ta’siri tufayli). Shunga qaramasdan hozirgi vaqtda kardiotoniklar surunkali yurak yetishmovchiligini davolashda asosiy dori vositalar bilan birgalikda qo’llanilib kelinmoqda.
Bu patologiyada farmakoterapiyaning asosiy vazifasi yurak ishiga optimal sharoit yaratib berishdan iborat. Yurak ishini oshirish faqat kardiostimullovchi ta’siri bilan emas, balki uning miokardga tushadigan ortiqcha zo’riqishni kamaytirish maqsadga muvofiq. Keng ma’noda olganda moddalar kardioprotektor ta’sirga ega. Bunga erishish uchun miokardda qon aylanishini va metabolizmini yaxshilash, yurakka bo’ladigan zo’riqishni kamaytirish, miokard qisqaruvchanligini pasaytirish, yurak ritmini normallashtirib, qon aylanishini umumiy hajmini kamaytirish va qon ivish sistemasini normallashtirish mumkin.
Hozirgi vaqtda surunkali yurak yetishmovchiligini davolashda angiotenzin hosil qiluvchi ferment ingibitorlari, vazopeptidaza ingibitorlari, angiotenzin resteptolari ingibitorlari, vazodilyatatorlardan NO-donatorlari, adrenoretseptor blokatorlari, aldosteronning antagonisti – spiranolakton va boshqa diuretiklar, kardiotoniklar (asosan yurak glikozidlaridan digitoksin) va boshqalar qo’llaniladi. Shuningdek vazopressin antagonistlari, endotelin-1 antagonistlari, natriyuretik peptidlar va boshqalardan ham foydalanish mumkin.
Shunday qilib, surunkali yurak yetishmovchiligini rastional farmakoterapiyasida kompleksli har xil ta’sirga ega bo’lgan dori moddalar qo’llaniladi Bu bo’limda kardiotonik moddalar haqida ma’lumot berilgan.
O’tkir yurak yetishmovchiligida qisqa ta’sir etuvchi, parenteral yuboriladigan glikozid va noglikozid kardiotoniklar qo’llaniladi. Ular minimal latent davri va yuqori samarali ta’sirga ega bo’lib, kislorodga bo’lgan ehtiyojni oshirmasligi va aritmiyani chaqirmasligi kerak.


7.1.Kardiotonik moddalar, Yurak glikozidlari
Yurak faoliyatini yaxshilovchi moddalar quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  1. Yurak glikozidlari

  2. Glikozid strukturaga ega bo’lmagan moddalar

Ta’sir mexanizmiga ko’ra kardiotonik moddalar quyidagi guruhlarga bo’linadi.

  1. Hujayra ichida Ca ionlarini oshiruvchi moddalar

1. Na+, K+-ATFazani falajlovchi
Yurak glikozidlari:
Digoksin, Tselanid, Strofantin, Korglikon
2. Adenilatstiklaza retseptorlar faolligini moddalar.
A. sAMF miqdorini oshiruvchi
β1-adrenoretseptorlarni stimullovchi moddalar:
Dofamin Dobutamin.
B. Fosfodiesteraza III ni falajlash hisobiga
Amrinon Milrinon

  1. Ca ionlariga miofibrillalar sezuvchanligini oshiruvchi moddalar Levosimendan

Yurak glikozidlari
Yurak glikozidlari (grekcha glykys - shirin) - o’simliklardan olinadigan kardiotonik ta’sirga ega bo’lgan moddalardir. Ular miokardda ish faoliyatini oshirib, yurak faoliyati tejamkorligi va samaradorligini ta’minlaydi. Yurak glikozidlari ko’pincha yurakni ishemik kasalliklari fonidagi yurak yetishmovchiligida, har xil miokard jarohatlarida, yurak ritmi buzilganda qo’llaniladi.
Yurak glikozidlari qandsiz qismi (aglikon yoki genin) va qandli (glikondan) iborat. Aglikonning asosini steroid halqa (stiklopentan-pergidrofenantren)dan iborat. Steroidning 17-holatida to’yinmagan 5-a’zolik lakton halqa, ba’zi glikozidlarda to’yinmagan 6-a’zolik lakton halqa qo’shilgan bo’ladi. Yurak glikozidlarini glikon qismi har xil qandlardan iborat: D-digitoksoza, D-glyukoza, D- stimaroza, D-ramnoz va boshqalar. Molekuladagi qandlar 1tadan 4 tagacha bo’lishi mumkin.
Ba’zi bir holatlarda qandli qismiga sirka kislota qoldig‘i biriktirilgan bo’ladi. Kardiotonik ta’sirini aglikon qismi bilan bog‘liq.Yurak glikozidlarini qandli qismi ularning eruvchanligiga va to’qimalarga birikishiga javob beradi. Yurak glikozidlarini glikon qismi ularning faolligi va toksikligini ta’milaydi.
Yurak glikozidlari oson gidrolizga uchraydi (enzimatik, kislotali va ishqoriy). Dorivor o’simliklarda yurak glikozidlarini gidrolizlaydigan fermentlar mavjud. Bularni saqlash va tayyorlash jarayonida birlamchi glikozidlar o’simliklarni o’zida gidrolitik parchalanishga uchraydi. Bu jarayonni oldini olish uchun fermentlarni ingibirlash mumkin.
Farmastevtik sanoatda o’simliklardan yurak glikozidlarini olishda ishlatiladi (ayniqsa ikkilamchi chidamli glikozidlar). Tibbiyot amaliyotida quyidagi o’simliklardan olinadigan yurak glikozid moddalari ishlatiladi:

  • angishvonagul yirik gulli (Digitalis purpurea) - digitoksin;

  • strofant Kombe (Strophanthus Kombe) - strofantin K1;

  • marvaridgul (Convallaria) – korglikon

  • bahorgi adonis (Adonis vernalis) – adonis o’ti damlamasi.


III. Strofant kombe

I. Digitalis purpura

III. Digitaslis lanata

IV. Marvaridgul

Yurak glikozidlari o’simliklardan olinadigan dori moddalari, ularning ta’sirini boshalanishi 3.1-jadvalda ko’rsatilgan. Hozirgi kunda individual glikozidlarning ta’siri ko’proq qiziqish uyg’otmoqda. Oddiy, galen va novogalen moddalarini o’z ahamiyatini yo’qotib bormoqda.
Yurak glikozidlarini asosiy xususiyatlari tanlab yurak mushaklariga ta’sir ko’rsatishi hisoblanadi. Yurak glikozidlarini asosiy farmakoterapevtik ta’siri sistolani kuchayishi bilan yuzaga kelib (kardiotonik ta’sir, musbat inotrop ta’sir Grekcha is (qaratqich kelishikda - inos) - tola, muskul; tropos - yo’nalish), dori moddalarni miokardga to’g‘ridan-to’g‘ri ta’siri bilan bog‘liq. Sistolik qisqarishi tezlashib kuchi oshadi. EKG da Q-T intervali qisqaradi; qorincha kompleksida S-T segmentini izoelektrik chiziqdan pasayishi kuzatiladi, T – tishchasini kichrayishi, yoki silliqlanishi kuzatiladi.
Yurak yetishmovchiligida yurak glikozidlari yurakni minutlik va zarb hajmini sezilarli darajada oshiradi. Eng asosiysi yurak ishini kislorodga bo’lgan talabini oshirmasdan turib yaxshilaydi (vaqt birligida).
Ayrim kardiotonik vositalarning kimyoviy strukturasi

Yurak glikozidlarni kardiotonik ta’sir mexanizmi Kardiomiotsit membranalaridagi Na+,K+-ATF-azani ingibirlashi bilan bog‘liq(3.1-rasm). Bu Na+ va K+ ionlarini yo’nalishi o’zgarishiga olib keladi. Natijada Kardiomiotsitlarni membranasi ichida K+ kamayadi, Na+ oshadi. Bunda hujayra ichi va tashqarisidagi Na+ konsentratsiyasining farqi kamayadi, bu o’z navbatida membranalararo Na+/Ca2+ almashinuvini kamaytiradi. Ca2+ ni intensiv chiqishi k

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish