O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov



Download 30,26 Mb.
bet162/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Yurak
glikozidlari
amayadi, buning natijasida sarkoplazma va sarkoplazmatik r
Na+,K+-nasos
etikulumda Ca2+ miqdori oshib ketadi. B
Sarkoplazmatik to’r
u holat kalstiy L-kanallari orqali Kardiomiotsitlarga q
Erkin Ca2+
o’shimcha Ca
2+ ionlarini kirishini oshiradi. Harakat potensialida sarkoplazmatik retikulumdan Ca2+ ni ajralishi oshadi. Bunda erkin holdagi Ca2+ ionlari ko’payadi va kardiotonik ta’sirni ta’minlab beradi. Ca2+ ionlari troponin kompleksi bilan birikib, miokardning qisqaruvchi oqsilini uning ta’siridan xalos e
Muskullarning kuchli qisqarishi
tadi
. Aktin bilan miozin bog‘lanib miokardni tez va kuchli qisqarishi yuzaga keladi.
Muhim tomoni shundaki, yurakni urish ritmini pasayishi hisobiga yurakni ishi oshadi (manfiy xronotorop – grekcha chronos - vaqt ta’sir) va diastola uzayishi kuzatiladi. Bu yurakni samarali ishlashiga olib keladi: kuchli sistolik qisqarish “dam olish” davri (diastola) bilan almashib turadi, miokardda energetik manbaani tiklanishiga yordam beradi. Yurak qisqarishlar sonini kamayishi kardio-kardial refleks bilan bog‘liq. Yurak glikozidlari ta’sirida yurak sezuvchan nerv oxirlarini qo’zg‘atib reflektor yo’l bilan adashgan nerv orqali bradikardiya chaqiradi. Kuchli sistola vaqtida qon yurakdan chiqib, qon bosimini oshishi natijasida sinoaortal sohasidagi mexanoretseptorlarni qo’zg‘atadi. EKG da R-R interval uzayadi.
Bundan tashqari yurak glikozidlari yurak o’tkazuvchan sistemasiga to’g‘ridan – to’g‘ri ta’sir ko’rsatib, o’tkazuvchanlikni pasaytiradi va adashgan nerv tonusini oshiradi, qo’zg‘aluvchanlikni pasaytiradi (manfiy dromotrop ta’sir – grekcha dromos - yo’l ). Bo’lmacha-qorincha (atrioventrikulyar) tuguni va Gis tutamida refrakter davri uzayadi. P-Q interval uzayadi. Yurak glikozidlari toksik dozada bo’lmacha – qorincha blokadasini hosil qiladi.
Yuqori dozada yurak glikozidlari yurak avtomatizmini oshiradi. Qo’zg‘aluvchi ektopik o’choqlarni hosil bo’lishiga va sinus tuguniga bog‘liq bo’lmagan impulslarni tarqalishigaolib keladi. Natijada aritmiya (ko’proq ekstrasistoliya) kuzatiladi.
Kichik dozalarda yurak glikozidlarini laborator hayvonlarga yuborilganda miokard qo’zg‘aluvchanligi oshgan (musbat batmatrop1 ta’sir). Bu kelayotgan qo’zg‘alishga javoban miokard bo’sag‘asini pasayishi hisobiga yuzaga keladi. Yuqori dozada yurak glikozidlari yurak mushaklari qo’zg‘aluvchanligini pasaytiradi.
Shunday qilib, qo’zg‘aluvchanlik va avtomatizm yurak glikozidlari ta’sirida turlicha o’zgaradi. Avtomatizm va qo’zg’aluvchanlikni o’zgarishi yurak glikozidlarini miokardga to’g‘ridan-to’g‘ri ko’rsatadigan ta’siri orqali namoyon bo’ladi. Yurak yetishmovchiligida, yurak glikozidlari ta’sirida yurakni minutlik hajmini oshishi, umumiy qon aylanishiga ijobiy ta’si ko’rsatadi (3.2-jadval).
7.1-jadval. Yurak yetishmovchiligida yurak glikozidlarni ta’sirlari:

Parametr va vazifalari

Yurak yetishmovchiligida yurak-qon tomir tizimidagi o’zgarishlar

Yurak yetishmovchiligida yurak glikozidlarni ta’sirlari

Yurak faoliyatidagi o’zgarishlar

Sistola
Diastola
Yurak hajmi
Zarbali hajmi
Minutli hajmi
Yurak qisqarishlar soni
Yurak o’tkazuvchan sistemasida impulslar o‘tishi

Susayadi
Qisqaradi
Kattalashadi
Kamayadi
»
Ko’payadi
Tezlashgan

Kuchayadi va qisqaradi
Uzayadi
Normaga yaqinlashadi
Kuchayadi
»
Kamayadi
Susaygan

Qon aylanishidagi o’zgarishlar

Venoz qon bosimi
Arterial qon bosimi
Yurakni qon bilan ta’minlanishi


Qon aylanish hajmi

Oshadi
Ba’zan pasayadi
Yetishmovchiligi


Ko’payadi

Normaga yaqinlashadi (pasayadi) Normaga yaqinlashadi (oshadi)
Normaga yaqinlashadi (yaxshilanadi)
Normaga yaqinlashadi (pasayadi)

Qon aylanish bilan bog’liq bo’lgan a’zo va to’qimalar funksiyasining o’zgarishi

To’qimalarda hujayralararo suyuqlik
Siydik ajralishi
Ba’zi ichki organlarning funksiyasi (jigar, orshqozon ichak trakti va b.)

Shishlar


Kamayadi (oligouriya)
Buziladi (venoz dimlanish hisobiga)

Shishlar yo’qolishi


Normaga yaqinlashadi (oshadi)
Normaga yaqinlashadi



Yurak dekompensatsiyasida yurak glikozidlarning asosiy ta’siri venoz dimlanishni kamayishi bilan bog‘liq. Natijada venoz qon bosimi pasayib shishlar asta sekin yo’qoladi. Venoz dimlanishni kamayishi hisobiga yurak ritmi reflektor tezlashishi (Beynbridj refleksi) kuzatilmaydi. Arterial qon bosimi o’zgarmaydi yoki oshadi (agarda pasaygan bo’lsa). Tomirlarning umumiy pereferik qarshiligi pasayadi, qon bilan ta’minlanishi va oksigenatsiya yaxshilanadi. Ichki organlar faoliyati buzilgan bulsa (jigar, me’da-ichak trakti va b.) tiklanadi. Yurak glikozidlar umumiy gemodinamikani yaxshilanishi hisobiga yurakni qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi (angishvonagul preparatlarini yuqori dozada yuborilganda toj tomirlarni toraytiruvchi ta’siri bilinar bilinmas yuzaga chiqadi).
Yurak glikozidlari umumiy gemodinamikani yaxshilab buyrak funksiyasini normallashtiradi. Diurez kuchayadi. Angishvonagul va strofantin dori vositalari buyrakga to’g‘ridan-to’g‘ri ta’sir qilib, natriy ionlarining qayta so’rilishiga to’sqinlik qiladi, ammo bu ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Diurezning kuchayishi organizmda to’plangan suyuqliklarni chiqib ketishiga sharoit yaratadi. Bu ta’sirlarning natijasida qon aylanishi yengillashib, umumiy qon hajmi kamayadi, yurakga keladigan qon hajmi kamayib, yurakning ishi yengillashadi. Bundan tashqari to’qimalarda shishlar kamayadi yoki butunlay yo’qoladi.
Yuqorida yurak glikozidlarining umumiy xususiyatlari haqida so’z bordi. Turli dorilar o’zlarining alohida xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu ularning faolligiga, ta’sir tezligiga, davomiyligiga hamda dori moddasining farmakokinetikasiga bog‘liq.
Yurak glikozidlarining faolligiga qarab bir-biridan ancha farq qiladi. Dori moddasining faolligini aniqlashda biologik standartlashtirish qo’llaniladi. Bu holatda yurak glikozidlarning faolligini aniqlashda baqa ta’sir birligi (BTB) qo’llaniladi. BTB (Baqa ta’sir birligi) standart preparatning tajriba qurbaqalarida yurak urishini to’xtatadigan minimal dozasiga bog‘liq. Undan tashqari mushuk (MTB) va kaptar ta’sir birligidan (KTB) ham foydalaniladi.
Quyida tarkibida yurak glikozidlari tutgan o’simliklar va ularning faolligi berilgan.
Dorivor o’simliklar:
1 g angishvonagul bargi saqlaydi 50-66 BTB
1 g adonis o’ti saqlaydi 50-66 BTB
1 g marvaridgul o’ti saqlaydi 120 BTB
1 g strofant urug‘i saqlaydi 2000 BTB
Individual glikozidlar
1 g digitoksin saqlaydi 8000-10 000 BTB
1 g selanid saqlaydi 14 000-16 000 BTB
1 g konvallyatoksin saqlaydi 63 000-80 000 BTB
1 g strofantin K saqlaydi 44 000-56 000 BTB
Shunday qilib, strofantin K va konvallyatoksin biologik faolligi digitoksin va selanidga qaraganda yuqori hisoblanadi.
Klinikada yurak glikozidlari faolligi vena ichiga yuborilganida ta’sirining yuzaga chiqishiga qarab baholanadi.Yurak glikozidlari latent davrning davomiyligiga va tasir qilish tezligiga qarab farqlanadi. Vena orqali yuboriganda strofantin va konvaliyatoksin yurakka 5-10 minutdan keyin, selanid esa 5-30 minutdan keyin ta’sir qila boshlaydi.
Digoksin enteral qabul qilinganda ta’sir 30 daqiqadan keyin rivojlanadi, digitoksin ichganda esa tahminan 2 soatdan so’ng (3.2-jadval). Bir xil ta’sir doirasiga ega bo’lgan moddalarni organizimga bir xil usulda (vena ichiga) yuborilsa, strofantin va konvallyatoksinning maksimal effekti darhol bilinadi (30min-1,5 soatda), undan so’ng selanid va digoksin (1-5 soat), keyin digitoksin (4-12 soat). Kardiotrop effektning rivojlanish tezligi bo’yicha yurak glikozidlarini quyidagi qatorda keltirish mumkin:

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish