O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


v) Kaliy kanallari blokatorlari (repolyarizatsiya jarayonini uzaytiruvchi, harakat potensiali davomiyligini oshiruvchi moddalar; III guruh)



Download 30,26 Mb.
bet170/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

v) Kaliy kanallari blokatorlari (repolyarizatsiya jarayonini uzaytiruvchi, harakat potensiali davomiyligini oshiruvchi moddalar; III guruh)
Shunday dori vositalardan biri amiodaron (kordaron) hisoblanadi. U aritmiyaga qarshi faollikka ega. Shuningdek yurak toj - tomirlari yetishmovchiligida ham qo’llaniladi. Aritmiyaga qarshi ta’siri sekin rivojlanadi. Uzoq vaqt qo’llanganda amiadaron bo’lmachalarda, bo’lmacha-qorincha tugunida va qorinchalarda harakat potensiali va samarali refrakter davri davomiyligini uzaytiradi. Repolyarizatsiya ham sekinlashadi. EKG da Q- T oralig‘i oshadi. Amiodaronning asosiy aritmiyaga qarshi ta’siri avtomatizmning pasayishi, o’tkazuvchanlik va qo’zg‘aluvchanlik bo’lmacha, bo’lmacha-qorincha tugunida pasayishi kuzatiladi. Harakat potensiali davomiyligi oshishi ta’sir mexanizmi kaliy kanallari bloki bilan bog‘liq (kardiomiotsitlardan kaliy ionlarini chiqarish pasayadi). Bundan tashqari, amiodaron natriy kanallarini bloklab, Shuningdek β- adrenoretseptorlarni nokonkurent bloklaydi, qisman kalsiy kanallarini bloklaydi, I, II, III va IV guruh dori vositalarning xususiyatlari mos keladi.
Stenokardiyada uning ijobiy ta’siri asosan miokardni kislorodga bo’lgan ehtiyojini kamaytiradi. Amiodaron yurak va yurak toj- tomirlariga adrenergik ta’sirni pasaytiradi (α va β adrenoretseptorlarni nokonkurent bloki hisobiga), glyukagon antagonisti hisoblanadi va kalsiy kanallarini kuchsiz bloklaydi. Yurak qisqarishlar sonini kamaytiradi va arterial bosimni pasaytiradi. yurak toj- tomirlari qarshiligini kamaytirib yurak toj- tomirlari qon aylanishini yaxshilaydi,
Amiodaron oshqozon-ichak traktidan tahminan 50% ga so’riladi. Sutkada bir marta buyuriladi. Maksimal ta’siri bir necha haftadan so’ng rivojlanadi. Jigarda parchalanadi. Asosan ichaklardan sekin chiqariladi. Supraventikulyar va qorinchalar aritmiyasida va stenokardiyada qo’llaniladi.

Qorinchausti va qorincha aritmiyalarida

Xinidinsimon moddalar
β-adrenoblokatorlar
Amiodaron

Qorinchausti aritmiyalarida

Yurak glikozidlari
Verapamil

Qorincha aritmiyalarida

Lidokain
Difenin

7.3- Rasm Aritmiyaga qarshi faollikka ega bir qator vositalarning asosiy yo’nalishi va ularning qo’llanilishi. SA - sinoatrial tugun (sinus-bo’lmacha tuguni); AV - atrioventrikulyar tugun (yurak bo’lmacha-qorincha tuguni); PG –Gis tutami (yurak bo’lmacha qorincha tutami) va uning shoxlari; VP –Purkine tolasi.
Nojo’ya ta’sirlardan dispeptik holatlar, kuchli bradikardiya, bo’lmacha-qorincha bloki, shox pardada preparatning mikrokristallarni yig‘ilishi(qaytar bo’ladi), teri pigmentatsiyasi (kulrang - ko’k rangga bo’yaladi), fotodermatitlar, qalqonsimon bez funksiyalari buzilishi kuzatiladi. Ba’zan o’pkada fibroz rivojlanadi. Katta dozada turli nevrologik buzilishlar kuzatilishi mumkin (paresteziyalar, tremor va h.). Dori vositani qabul qilish to’xtatilgandan so’ng nojo’ya ta’sirlari ancha uzoq saqlanadi.
Dronedaron (multitag) ham mexanizmi amiodaronga o’xshaydi, lekin tarkibida yod atomi yo’qligi uchun qalqonsimon bezga yomon ta’sir etmaydi, o’pkada fibroz ham bo’lmaydi. Ammo adabiyotlarda dronedaronni doimiy hilpiroq aritmiyada qo’llaganda insult va yurak yetishmovchiligi rivojlanib letal oqibatlarga olib kelishi mumkinligi qayd etiladi. Antikoagulyantlar bilan birga qo’llanadi.
Bu guruhga aritmiyaga qarshi vosita sifatida qo’llaniladigan simpatolitik ornid kiradi. Ornid Purkine tolalari va qorinchalar mushagida harakat potensialini va samarali refrakter davrini uzayishiga olib keladi. Sinus ritmini soni pasayadi. Yurak bo’lmacha-qorinchalar tugunidagi o’tkazuvchanlikni bloklaydi. Miokard qisqaruvchanligi o’zgarmaydi.
Ornid oshqozon-ichak traktidan yomon so’riladi. Shuning uchun u vena ichiga yoki mushaklar orasiga yuboriladi.
Asosan o’zgarmagan shaklda buyrakdan chiqariladi. Aritmiyaga qarshi boshqa moddalarni effekti bo’lmaganda qorinchalar aritmiyasida qo’llaniladi. Nojo’ya ta’sirlari orasida – ortostatik gipotenziya, ko’ngil aynash, qayt qilish, quloq oldi bezida og‘riqli sanchiqlar kuzatiladi.

      1. Bu guruh vakillariga izomerlar aralashmasini o’zida aks ettiruvchi sotalolni kiritish mumkin (sotaleks). L-sotalol β-adrenoblokatorlik faollikka ega, D-sotalol kaliy kanallari blokatori hisoblanadi. Shunday qilib amaliyotda qo’llanilayotgan sotalol ratsemati aralash turdagi ta’sirga ega aritmiyaga qarshi vosita sanaladi (II/III). Kaliy kanallarini bloklab va β1 va β2 adrenoretseptorlarni bloklab, repolyarizatsiya jarayonini uzaytirib, sinoatrial tugundagi avtomatizmni kamaytiradi, atrioventrikulyar tugunda o’tkazuvchanlikni kamaytirib samarali refrakter davrni oshiradi. Miokardda qisqarishlar sonini kamaytiradi. Hazm qilish traktidan yaxshi so’riladi. BiokiriShuvchanligi 90-100%. O’zgarmagan shaklda buyrakdan chiqariladi.

      2. Yuqori aritmiyaga qarshi ta’siri bilan xarakterlanadi. Qorinchalar va qorinchalar usti aritmiyasida qo’llaniladi. Sutkada 2 marta ichishga buyuriladi. Nojo’ya ta’sirlardan dori vositaning aritmogenligini ko’rsatish mumkin. Shuningdek sinusli bradikardiya kuzatiladi, holsizlik, dispnoe, miokardning qisqaruvchi faolligini pasayishi. Buyrak yetishmovchiligi fonida nojo’ya ta’sirlar kuchli ko’rinadi.


Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish