O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov



Download 30,26 Mb.
bet171/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Selektiv aritmiyaga qarshi faollikka ega kaliy kanallari blokatorlari (III guruh) hozirda katta e’tiborni jalb qiladi. Minimal salbiy ta’sirga ega bo’lgan amiodaronga o’xshash turdagi dori vositani yaratish vazifasi qo’yilgan. Shuningdek qalqonsimon bez faoliyatini buzmaydigan va yod atomlari molekulasida mavjud bo’lmagan birikmalar olish ham muhimdir. Bunday dori vositalardan biri dofetilid (tikozin) hisoblanadi. U yurakning kaliy kanallarini selektiv tanlab bloklovchi ta’sirga ega. Natriy va kaltsiy kanallariga, α va β- adrenoretseptorlarga ta’sir qilmaydi. Samarali refrakter davrini uzaytiradi, repolyarizatsiya jarayonini uzaytiradi va mos ravishda harakat potenstiali davomiyligini oshiradi. Qorinchalardan impulslarni o’tkazuvchanligiga ta’sir qilmaydi. Kichik miqdorda manfiy xronotrop ta’sir ko’rsatadi. Miokardning qisqaruvchanlik faolligini pasaytirmaydi. P-R intervali va QRS kompleksi o’zgartirmaydi. Sistemali gemodinamikaga amalda ta’sir qilmaydi. Me’da-ichak traktidan yaxshi so’riladi. Biosinguvchanligi>90%. Qon plazmasidagi maksimal konstentratsiyasi 2-3 soatdan keyin hosil bo’ladi , stabil konstentratsiyaga - 2-3 kundan so’ng erishiladi; t1/2~ 10 soat. Jigarda qisman metabolizmga uchraydi (tahminan 20%). Moddaning o’zgarmagan qismi va metabolitlari asosan buyrak orqali ajratiladi. Dofetilid asosan supraventikulyar aritmiyalarda qo’llaniladi (bo’lmachalar hilpirashi va titroq aritmiyasida ). Dori vositaning asosiy kamchiligi qorinchalar taxiaritmiyasini keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek o’tkazuvchanlik buzilishi bilan bog’liq, bradikardiya ehtimoli mavjud. Yurakka bog’liq bo’lmagan nojo’ya ta’sirlaridan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi ko’krak qafasidagi og‘riqlar va h.k kuzatiladi. Bo’lmachalar hilpirashi va titrashida samarali ta’sirga ega dori vositalardan biri ibutiliddir.Ta’sir mexanizmiga ko’ra dofetilidning analogidir. Vena orqali yuboriladi jigarda metabolizimga uchraydi. Aritmogenlik xususiyatiga ega shuning uchun preparat ineksiya qilingandan 4 soat o’tgandan so’ng muntazam EKG ni monitoring qilish zarur. Shuningdek bu guruhga nibentan kiradi. U kaliy kanallarining faol blokatori sanaladi, paroksizmal va supraventrikulyar aritmiyalarni bartaraf qilishda qo’llaniladi (taxikardiya, bo’lmacha titrog‘ida va hilpirashida ishlatiladi). EKG nazoratining majburiy monitoringida vena ichiga yuboriladi (1 sutka mobaynida). Chunki nibentan yuqori aritmogen faollikka ega. Bu guruh vakillaridan biri d-sotalol kaliy kanallarini tanlab bloklovchi modda hisoblanadi. U aritmiyaga qarshi vosita sifatida klinik sinovlardan o’tmoqda.

Yurak efferent innervatsiyasi retseptorlariga ta’sir etuvchi antiaritmik vositalar


Aritmiyaga qarshi ta’sirga ega mazkur guruh moddalari asosan yurakka bo’lgan efferent neyrogen ta’sirni susaytirishi yoki kuchaytirishi bilan bog‘liq. Bu moddalar yurakning xolino va adrenoretseptorlariga ta’sir qiladi.
a) Kardiomiotsitlarni β-adrenoretseptorlariga ta’sir qiluvchi moddalar (guruh II)
Ma’lumki yurak funksiyasi regulyatsiyasida adrenergik (simpatik )innervatsiya muhim o’rin egallaydi. Uning qo’zg‘alishida yurak bo’lmachalari va qorinchalarining qisqaruvchanlik chastotasi va kuchi oshishi bilan kuzatiladi. Sinus bo’lmacha va qorincha tugunlarida impulslar o’tish tezligi oshadi. Avtomatizm oshadi. Bu o’zgarishlar yurakni β1 adrenoretseptorlarini qo’zg‘alishi bilan bog‘liq. Adrenergik innervatsiya tonusi oshishi va ko’p miqdorda buyrak usti bezidan adrenalinni ko’p miqdorda ajralishi, miokardni katexolaminlarga sezuvchanligini oshishiga yurak aritmiyasi kelib chiqishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun β -adrenoblokatorlar aritmiyaga qarshi vosita sifatida katta ahamiyatga. Tibbiy amaliyotda anaprilin (propranalol, inderal) keng qo’llaniladi. Uning antiaritmik faolligi asosan β -adrenoretseptorlarni bloklashi bilan bog‘liq, shuning uchun adrenergik innervatsiyani yurakka ta’siri kamayadi va qondagi adrenalinni ta’siri kamayadi. Sinus tugunchasi faolligi pasaytiradi, shuningdek ektopik o’choqlarda qo’zg‘aluvchanlik kamayadi. Anaprilin yurak qisqarishi ritmini kamaytiradi, bo’lmacha-qorinchalar tugunida samarali refrekter davrni uzaytiradi, yurak hujayralarida avtomatizni kamaytiradi, bo’lmacha-qorinchalar tugunida o’tkazuvchanlik va va qo’zg‘aluvchanlikni kamaytiradi. Anaprilin qo’llanilganda miokard qisqaruvchanligi kamayadi. Yurak ishi kamayadi. Anaprilin supraventikulyar va qorinchalar aritmiyasida qo’llaniladi.
Aritmiyaga qarshi vosita sifatida shuningdek β1-adrenoblokatorlardan (masalan, talinolol, atenolol, metoprolol) va simpatomimetik faolligiga ega bo’lgan β -adrenoblokatorlar (oksprenalol)qo’llaniladi. Β-adrenoblokatorlarni afzalligi ular miokardni qisqaruvchanlik faoliyatiga kam darajada ta’sir ko’rsatadi (simpatomimetik ta’siri bo’lganligi uchun).
Bradiaritmiya va o’tkazuvchanlik buzilganda, masalan bo’lmacha-qorinchalar blokida β adrenoretseptorlarni qo’zg‘atuvchi moddalar samarali ta’sir ko’rsatadi. Ilgari qayd qilganimizdek adrenergik innervatsiya tonusi oshganda yurakdan qo’zg‘aluvchanlikni o’tishini oshiradi. Shu maqsadda β-adrenomimetiklardan (izadrin),α va β-adrenomimetiklardan (adrenalin gidroxlorid)va simpatomimetiklardan (efedrin gidroxlorid) yuboriladi.


7.5-Jadval. Adrenergik va xolinergik innervatsiyaning yurak faoliyatiga ta’siri.

Yurak bo’limlari

Parametr

Adrenergik stimullar1

Xolinergik stimullar2



Sinus- bo’lmacha tuguni

Yurak urishi soni Avtomatizm
Samarali refrakter davr
O’tkazish tezligi

Oshishi
Oshishi
Qisqarishi
Ko’payishi

Kamayishi
Pasayishi
Qisqarishi
Kamayishi

Bo’lmacha mushaklari

Avtomatizm
Samarali refrakter davr
O’tkazish tezligi
Qisqaruvchanlik

Oshishi
Qisqarishi
Ko’payishi
Oshishi

Pasayishi
Qisqarishi
Kamayishi
Pasayishi

Bo’lmacha-qorincha tuguni

Avtomatizm
Samarali refrakter davr
O’tkazish tezligi

Oshishi
Qisqarishi
Ko’payishi

Pasayishi
Uzayishi
Kamayishi

Gis tutami (bo’lmacha-qorincha tutami) Purkine tolalari

Avtomatizm
Samarali refrakter davr
O’tkazish tezligi

Oshishi
Ko’payishi
Qisqarishi
Yoki o’zgarishlar yo’qligi

Bu bo’limlarda xolinergik innervatsiya bo’lmaydi.

Qorincha mushaklari

Samarali refrakter davr
O’tkazish tezligi Avtomatizm
Qisqaruvchanlik

Qisqarishi
Ko’payishi
Oshishi
Oshishi

Bu bo’limlarda xolinergik innervatsiya bo’lmaydi.



1Ektopik tugunlarda qo’zg‘alish avtomatizmi.
2 β-adrenomimetiklarga o’xshash ta’sir ko’rsatadi.
3M-xolinomimetiklar va antixolinesteraz moddalarga o’xshash ta’sir ko’rsatadi

b) Kardiomiotsitlardagi m-xolinoretseptorlarga ta’sir qiluvchi vositalar


Xolinergik innervatsiyani yurakka ko’rsatadigan ta’siri katta ahamiyatga ega. O’ng adashgan nerv yurakning sinus- bo’lmacha tugunida, chapi esa yurak bo’lmacha – qorincha tugunida impuls hosil bo’lishi susayishiga olib keladi. Adashgan nerv tonuslari oshganda yurak qisqarishi soni kamayadi va yurak bo’lmacha va qorincha qisqaruvchanlik kuchi pasayadi. Yurak bo’lmacha hujayralarida avtomatizm pasayadi, yurak bo’lmacha-qorincha tugunidagi o’tkazish tezligi kamayadi. Adashgan nervning haddan tashqari tonusi oshganda yurak bo’lmacha-qorincha bloki paydo bo’lishi mumkin­
Bradiaritmiyalarda sinus-bo’lmacha yoki sinus-qorincha bloki paydo bo’lsa adashgan nervni yurakka bo’ladigan tormozlovchi ta’sirini kamaytiradigan M-xolinoblokatorlar qo’llaniladi. MNS ga o’tmaydigan atropin va skopolaminning to’rtlamchi ammoniy tuzlarini(yoki boshqa M-xolinoblokatorlarni) tayinlash maqsadga muvofiq. Ayrim holatlarda masalan supraventrikulyar aritmiyada adashgan nerv tonusini oshirish zaruriyati paydo bo’ladi. Bu maqsadlar uchun dori vositalaridan ba’zan qisqa muddat ta’sir ko’rsatuvchi antixolinesteraz edrofoniy yoki α-adrenomimetik guruhidan vazopressor moddalardan (mezaton)ishlatiladi. Ma’lumki edrofoniy xolinesteraza fermentini bloklab sinaptik bo’shliqda endogen asetilxolin miqdorini ko’paytiradi. Shuning hisobiga vagus ta’siri oshadi. Mezaton arterial bosimni oshirishi natijasida adashgan nervlarni reflektor tarzda tonusini oshadi. Adrenomimetik, adrenoblokator, simpatomimetik, xolinoblokator va antixolinesteraz vositalar to’g‘risida ancha batafsil ma’lumotlar tegishli bo’limlarda keltirilgan.

Aritmiyaga qarshi faollikka ega turli vositalar


Yurak qisqarishi ritmining ko’plab buzilishlari, ayniqsa qon plazmasidagi kaliy ionlari kamayishi bilan bog‘liq, (masalan, bir necha diuretiklar qo’llanganda) va miokardda (yurak glikozidlari miqdori oshganda) kaliy xlorid samarali natija beradi. Kaliy ionlari astetilxolinga o’xshab yurakka ta’sir qiladi yoki adashgan nervlarga qitiqlovchi ta’sir ko’rsatadi. Ular yurak qisqarishi ritmini kamayishi, qisqaruvchanlik aktivligini kamaytiradi, o’tkazuvchanlikni avtomatizmni, miokard qo’zg‘aluvchanligini pasaytiradi. Kaliy ionlarini kardiotrop ta’sirini atropin bartaraf qilolmaydi. Kaliy ionlarining kichik konstentratsiyasida yurakning qon tomirlarini kengaytiradi, yuqori dozada ularni toraytiradi. Oshqozon-ichak traktidan kaliy ionlari tez va to’liq so’riladi. Buyrak orqali chiqib ketadi. Kaliy xlorid eritmalari ichishga va vena ichiga yuboriladi. Miqdori oshganda paresteziya paydo bo’ladi, dispeptik buzilishlar, bo’lmacha-qorincha o’tkazuvchanligi pasayib, to’liq bloklanadi, buyrak faoliyati buziladi. Kaliy bir qator kombinirlangan dori vositalar tarkibiga kiritiladi; masalan “Asparkam”, panangin, polyarizatsiyalangan aralashma. Polyarizatsiyalangan aralashmalar kaliy xlorid, glyukoza va insulindan iborat . Polyarizatsiyalangan aralashmalar miokard infarktida aritmiyani bartaraf qilish , ektopik aritmiyani, yurak qisqarishi ritmi buzilishida va yurak glikozidlari miqdori oshganda kelib chiqadigan aritmiyalarni bartaraf qilish uchun qo’llaniladi. Aritmiyaga qarshi faollikka ega magniy dori vositalari ham kiradi (magniy sulfat, magniy xlorid, magniy orotat, magniy asparaginat). Ular ayniqsa gipomagniemiyada samarali ta’sirga ega. Magniy sulfat yurak glikozidlari bilan zahrlanganda, multiformali qorinchalar taxikardiyasida vena ichiga yuboriladi.
Ba’zi bir aritmiyalarda yurak glikozidlaridan ham foydalaniladi (angishvonagul dori vositalaridan). Ularni qo’llashga asosiy ko’rsatma - supraventikulyar taxiaritmiya (paroksizmal taxikardiya, bo’lmachalar hilpirashi va titrashida) qo’llaniladi.Bu dori vositalarning aritmiyaga qarshi ta’sir mexanizmi bir qator komponentlarni o’z ichiga oladi- yurak glikozidlari ta’siri ostida qorincha ritmi sekinlashishi, yuqori chastotali yurak bo’lmachasi qisqarishini kamayishi va bo’lmacha-qorincha tugunini o’tkazuvchanligi susayadi, samarali refrakter davrini uzayishi kuzatiladi. Yurak glikozidlarini bo’lmachalar titrog‘idagi yuqori samarali ta’siri, adashgan nervni tonusini oshirib, yurak bo’lmachasini samarali refrakter davrini qisqarishiga olib keladi. Bu yurak bo’lmacha titrog‘ini bo’lmacha hilpilashiga olib keladi (yuqori chastotali qisqarish, titroqqa qaraganda). Samarali refrakter davri oshishi fonida, bo’lmacha tugunidan qorincha tuguniga impulslar o’tishi yana ham murakkablashadi.
Yurak yetishmovchiligida yurak klikozidlari ta’siri ostida ritmning buzilishi asosan adashgan nervlar tonusi oshishi, qon aylanishini normallashishi, simpatik nervlarni efferent yo’llardan kardiotezlatuvchi reflekslarni kelishini kamaytiradi. Aritmiyaga qarshi faollikka shuningdek adenozin ham ega. Kimyoviy tuzilishiga ko’ra adenozin, hujayralarida hosil bo’ladigan (AMF, ADF, ATF), organizmdagi nukleoizdlarga kiritiladi,. Purinergik nervlar mediatori/modulyatori hisoblanadi; lokal gormon vazifasini bajarilishi mumkin. Adenozin retseptorlarga o’zaro ta’sir qiladi (A1 –A4), ularni agonisti hisoblanadi shu asosda G oqsillar orqali adenilatstiklazani oshiradi yoki kamaytiradi. Ko’plab to’qimalarga shu jumladan silliq mushaklarga va nerv hujayralariga ta’sir ko’rsatadi. Adenozin atrioventikulyar o’tkazuvchanlikni pasaytiradi (A1), yurak toj tomirlarini kengaytiradi (A2), miokard qisqaruvchanligini pasaytiradi (A1), trombostitlar agregatsiyasini pasaytiradi (A2). Bronxiolalar tonusini oshirishi mumkin (A1). Semiz hujayralarni (A3) retseptorlarini qo’zg‘atib, biologik aktiv moddalarni ajralishiga olib keladi. MNS ga susaytiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Adenozin antagonisti bo’lib metilksantin hisoblanadi (teofillin, kofein), adenozin retseptorlarini blokatorlari (A1 –A2). Dipiridamol adenozinni to’qimalarda ingibirlanishini kamaytirib, uning ta’sirini oshiradi. Adenozin supraventikulyar taxiaritmiyada qo’llaniladi. Uning ta’siri atrioventikulyar o’tkazuvchanlikni pasaytirishi bilan asoslangan. Adenozin qisqa vaqt ta’sir qiladi; t1/2 -10s. Vena ichiga yuboriladi. Nojo’ya ta’sirlaridan yuz terisini qizarishi kuzatiladi, nafas buzilishi, qisqa vaqtli atrioventrikulyar blok kuzatiladi. Ko’rinib turibdiki aritmiyaga qarshi vositalarni qo’llashdan tashqari aritmiya sababini aniqlash va agar shoshilinch ko’rsatmalar yo’q bo’lsa, sababni davolashga kirishish kerak (masalan revmatizmda – revmatizmga qarshi vositalar bilan).

Nomlanishi



Kattalar va bolalar uchun o’rtacha terapevtik miqdor; yuborish yo’llari.

Chiqarilish shakli



Xinidin sulfat - Chinidini sulfas

Ichishga 0,1-0,3 g

Tabletka- 0,1 va 0,2 g





Novokainamid - Novocainamidum



Ichishga, mushak orasiga va vena ichiga 0,25 - 0,5 g

Tabletka 0,25 va 0,5 g; 10% eritma 10 ml flakonda; 10% - 5 ml eritma ampu lalarda



Etmozin-
Aetmozinum

Vena ichiga 0.25-1mg/kg; ichishga 0.05g

Ampula 2.5% -2ml; tabletka, qobiq bilan qoplangan 0.05g

Aymalin-
Ajmaline

Ichishga 0.05-0.1g; muskul orasiga va vena ichiga -0.05g

Tabletka-0.05; Ampula-2.5%-2ml

Lidokain gidroxlorid
Lidocaini hydrochloridum

Ichishga 0.025-0.5g; muskul orasiga 0.2-0.4g vena ichiga-0.05-0.1g, tomchilatib 2mg/min

Draje-0.25g; Ampula 2ml-10%; 2 va 10ml 2%li eritma; 10 va 20ml 1%li eritma

Difenin-
Dipheninum

Ichishga-0.117g (1 tabletka)

Tabletka-0.117g

Verapamil-
Verapamil

Ichishga 0.04-0.08; vena ichiga 0.005-0.01g

Tabletka, qobiq bilan qoplangan 0.04-0.08g; ámpula-2ml-0.25%

Amiodaron-
Amiodarone

Ichishga 0.2g; Vena ichiga 0.005g/kg (asta-sekinlik bilan yuborilsin)

Tabletka 0.2g; ampula-3ml-5% eritma

Sotalol-
Sotalol

Ichishga-0.16g

Tabletka-0.08-0.16g

Kaliy xlorid-
Kalii chloridum

Ichishga 1g (1/2 stakan suvdagi yoki 10% li eritma shaklida); Vena ichiga (tomchilatib) 2g (Preparatning 4% li eritmasi suvda suyultirilsin 10 marta ineksiya qilish uchun)

Kukun; Tabletka-0.5 va 1g (1/2 stakan suvda eritilsin); ichishga-10%li eritma; ampula-50 ml-4% eritma

Magniy sulfat-
Magnesii sulfas

Vena ichiga 37mg/kg bir martalik ineksiya uchun; yoki 25mg/kg/soat infuziya qilish uchun 24 soatgacha

20% yoki 25% li eritma 5, 10 va 20 mlli ampulalarda

7.3.Toj tomirlar yetishmovchiligida ishlatiladigan vositalar
Koronar yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo’lgan patologik holatni umumlashtirgan atama yurakni ishemik kasalligidir. Yurakni ishemik kasalligiga stenokardiya va miokard infarkti kiradi. Bu bo’limda asosiy diqqat stenokardiyani farmakoterapiyasiga bag’ishlanadi.
Stenokardiyani davolashda qo’llaniladigan moddalar (antianginal moddalar)
Koronar etishmovchilik, va stenokardiya yurakni kislorodga bo’lgan talabi va uning kon bilan taminlanishi o’rtasidagi mos kelmaslik natijasida kelib chiqadi. Shu yerdan moddalarni ikkita asosiy ta’sir qilish prinsipi kelib chiqadi. Ular yurak ishini pasaytirishi tufayli kislorodga bo’lgan talabini pasaytiradi, yoki yurakda qon aylanishni yaxshilaydi. Yurak urishini sekinlashi va mos ravishda kislorodga bo’lgan talabini kamaytirish turli yo’llar orqali amalga oshirish mumkin. Ulardan biri-sistemali venoz va arterial bosimni tushirish orqali yurakga bo’lgan yuklamani kamaytirishdir (bu nitroglitserinni asosiy ta’sir qilish mexanizmidir). Venoz bosimni tushishi, yurakga qaytayotgan qon hajmini kamayishiga olib keladi (predyuklama kamayadi). Bu esa mos ravishda, yurak zarb hajmini kamaytiradi. Umumiy periferik qon tomirlar qarshiligini kamayishi tufayli arterial bosimni pasayishi, qon oqimi qarshiligini kamayishiga, va yurakga bo’lgan post yuklamani kamayishiga olib keladi. Pred- va post- yukalamani kamayishi, miokard devori zo’riqishini kamaytiradi. Bularning hammasi miokardni kislordga bo’lgan talabini kamaytiradi. Bu holat β-adrenoblokatorlar va kalsiy kanalini falajlovchi moddalar qo’llanilganda ham yuzaga kelishi mumkin. Yurakni kislorodga bo’lgan talabini, yurak qisqarishlar sonini kamaytirish yo’li bilan ham erishish mumkin (bradikardiya chaqiruvchi dori vositalar orqali).
7.6-Jadval: Yurakni kislorodga bo’lgan talabini va kislorodni yetkazib berilishini aniqlovchi faktorlar.


Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish