O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


Suv - tuz almashinuviga ta’sir kiluvchi moddalar (diuretiklar)



Download 30,26 Mb.
bet174/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Suv - tuz almashinuviga ta’sir kiluvchi moddalar (diuretiklar)
Ma’lumki, osh tuzini oziq ovqatlar bilan qabul qilinishini cheklanishi gipertoniya kasaligida arterial bosimni biroz tushishiga olib keladi. Buni gipertoniya kasalligini davolashda siydik haydovchi dori vositalarni qo’llaganda dori vositalar organizmdan natriy, xlor ionlari va suvni (buyrak kanalchalaridan bularni qayta so’rilishini susaytiradi) chiqarib yuborganda kuzatishimiz mumkin. Bunday dori vositalar saluretiklar deb yuritiladi.
Diuretiklarning gipotenziv ta’sirini asosiy komponenti bulib, ekstrastellyular suyuqliklarni hajmini kamaytirishdan iborat. Bu dastlab, yurak zarbini (bu holat tezroq tiklanadi), keyinchalik periferik tomirlarni umumiy qarshiligi kamayadi, arterial bosim tushadi. Bundan tashqari, diuretiklar ta’siri tufayli, tomirlarni vazoktiv moddalarga nisbatan reakstiyasi o’zgaradi. Depressor moddalarni (ganglioblokatorlar, simpatolitiklar)ning ta’siri kuchayadi, va pressor moddalarni (noradrenalin, angiotenzin II)ning ta’siri susayadi. Lekin diuretiklarni gipotenziv ta’sir kilish mexanizmi tulaligicha anik emas.
Gipotenziv modda sifatida dixlotiazid (gipotiazid) qo’llaniladi. Dori vosita siydik bilan natriy, xlor ionlarini va suvni chiqib ketishini oshiradi. Dixlotiazid fonida ko’pgina gipotenziv vositalarni ta’siri oshadi. Shuning uchun dori vositani boshqa arterial bosimni tushiruvchi moddalar bilan birgalikda ishlatiladi. Dixlotiazidni asosiy nojo’ya effekti gipokaliemiya, gipomagnemiya, va qonda siydik kislotasini ini ortish.

Nomi

Kattalar uchun o’rtacha terapivtik doza;

Chiqarilish shakli



Klofelin - Clophelinum

Ichga qo’llash uchun 0,000075-0,00015 g teri ostiga, mushak ichiga va (tomir ichiga 10 ml izotonik natriy xlorid eritmasi bilan, sekin)

Tabletka 0,000075 va 0,00015 g;
ampula 1 ml- 0,01%

Guanfatsin - Guanfacine

Ichga:
0,0005-0,001 g



Tabletka 0,0005; 0,001 va 0,002 g

Moksonidin Moxonidine
Metildofa – Methyldopa

Ichga:
0,002-0,0004 g
Ichga: 0,25g

Tabletka 0,0002-0,0004g


Tabletka 0,25 g

Diazoksid - Diazoxide

Tomir ichiga: 0,075-0,3 g

Ampula 0,3g (20 ml)

Apressin - Apressinum

Ichga:0,01-,025g

Tabletka, qobiqq o`raglan, draje 0,01 va 0,025 g

Minoksidil - Minoxidil

Ichga: 0,0025-0,01 g

Tabletka 0,0025 va 0,01 g

Natriy nitroprussid - Natrium nitroprussid



Kapilnitsada tomir ichiga: 1 min da 2,5- 3,6 mkg/kg

Ampula 0,05 g (eritma tayyorlab olib)



Magniy sulfat -Magnesii sulfas

Mushak ichiga va tomir ichiga: 1-5 g

Ampula 5; 10 i 20 ml 20% va 25%

Kaptopril - Captopril



Ichga: 0,025-0,05 g



Tabletka 0,025 g



Fozinopril - Fosinopril

Ichga: 0,01-0,02 g

Tabletka 0,01 va 0,02 g

Enalapril - Enalapril



Ichga: 0,01-0,02 g

Tabletka 0,005; 0,01 va 0,02 g

Lozartan - Losartan



Ichga: 0,0125-0,025

Tabletka 0,0125-0,025 g




Gipertenziv moddalar (arterial gipotenziyani davolashda qo`llaniluvchi moddalar).
O’tkir arterial gipotenziya - o`tkir yurak yetishmovchiligi yoki tomirlar qollapsiga bilan bog`langan bo`lishi mumkin. Dori vositalarini buyurmasdan oldin, gipotenziyani sababini bilishimiz kerak (infarkt yoki miokard distrofiyasi, ximik vositalar bilan zaharlanish yoki mikrob toksinlari va sh.k.), chunki etiologik davolash ko`p hollarda eng yaxshi variant hisoblanadi. Arterial gipotenziyaning patogenetik terapiyasida arterial bosimni oshiruvchi moddalar orqali arterial bosimbi ko`tarish amalga oshiriladi.Ammo bu preparatlarni hayot uchun zarur bo`lgan organlarda hech qanday nuqson va regionar qon aylanishlari buzilmagan bo`lsagina qo`llashimiz mumkin bo`ladi.
Shuni hisobga olish kerakki, arterial bosimning tushib ketishi yurak zarbini yoki periferik qon tomirlar qarshiligini kamayishi bilan bog`liq bo`lsa, asosiy gipertenziv vositalarni quyidagi guruhlarga bo`lish maqsadga mufovikdir:
Yurak zarbini va periferik tomirlar tonusini oshiruvchi vositalar
▪Adrenomimetiklar ▪Adrenalin gidroxlorid
Periferik tomirlar tonusini oshiruvchi vositalar
Adrenomimetiklar Noradrenalin gidrotartrat Mezaton
Angiotenzinamid
Adrenomimetiklar farmaqologiyasi oldingi bo`limlarda yoritib berilgan.
Angiotenzinamid (gipertenzin) - tabbiiy pressor modda angiotenzin II ni amidi bo`lib, organizmda hosil bo`ladi(7.4-rasm).

Angiotenzin II strukturasi oktapeptiddan iboratligi aniqlangan, va uni sintez qilish mumkin (angiotenzinamid kabi, dori dori vositai sifatida ishlab chiqaziladi). Angiotenzinamidni asosiy ta’siri qon tomirlarni toraytiruvchi effektidir. Shu tomondan dori vosita faolligi buyicha noradrenalindan 40 marta yuqori. Angiotenzinamidni pressor effekti, arteriolalardagi angiotenzin retseptorlariga ta’siri bilan bog`liq. Bunda venalarning tonusi juda kam miqdorda oshadi. Ichki a’zolar arterial tomirlari, teri yuzasi tomirlari, hamda buyrak tomirlari ko`proq torayadi. Angiotenzinamid bevosita yurakka va uning qon aylanishiga ta’sir qilmaydi, aritmiya chaqirmaydi.
Yurak funktsiyasida yuzaga kelgan o`zgarish (masalan, bradikardiya) ikkilamchi xarakterga ega bo`lib, arterial bosimni oshishiga bo`lgan reaksiyasidir. Angiotenzinamid aldosteron ajralib chiqishiga stimullovchi ta’sir ko`rsatadi, bu esa elektrolitlar almashinuvini o`zgarishiga olib keladi. Arterial bosimning ko`tarilishiga asosiy sabab organizmda natriy ionlarini ushlanib qolinishi bo`lib, buning natijasida ekstrastelyo`lyar suyuqliklarning hajmi oshadi va arterial bosimni oshishiga sabab bo`ladi.
Angiotenzinamid buyrakusti bezining miya po`stlog`idan adrenalin ajralib chiqishini kuchaytiradi. Bundan tashqari, ma’lum bir darajada qon-tomir harakatlantiruvchi markazini, simpatik gangliyni rag`batlantiradi va noradrenalinning periferik ta’sirini kuchaytiradi. Lekin bu effektlar angiotenzinamid yuborilganda kelib chiqadigan gipertenziyada ahamiyatga ega emas.
Dori vositasi vena ichiga yuboriladi. Juda qisqa vaqt ta’sir qiladi.Olingan ma’lumotlarga ko`ra angiotenzin II ni 50% juda tez parchalanadi, shuning uchun, zarur bo`lgan arterial bosim darajasini ta’minlash uchun, aniq bir tezlikda venaga yuborish maqsadga muvofikdir. Shuni hisobga olish kerakki, bunda arteriolalar spazmga uchrab to`qimalarda mikrosirkulyatsiyani buzilishiga olib keladi. Noradrenalindan farq qilib to`qimalarda nekroz chaqirmaydi. Angiotenzinamidga taxifilaksiya rivojlanmaydi. Dori vosita o`tkir gipotenziya holatida qo`llaniladi. Nojo`ya effektlariga terida allergik reaksiyalar, bosh og`rig`i, buyrak tomirlari torayishi mumkin.
Sifatli gipertenziv moddalar sifatida alkilizotiuron birikmalaridan metiron va etironlar taklif qilingan. O’tkir gipotenziya holatida gipertenziv dori vositalarni buyurish yaxshi asoslangan bo`lishi shart. Qon tomirlarni toraytiruvchi adrenomimetik tipidagi va angiotenzinamid moddalarini ehtiyotkorlik bilan qo`llash kerak, chunki bu dori vositalari umumiy arterial bosimni oshirishi bilan birgalikda, arteriolalarni spazmini chaqirganligi tufayli, to`qimalarda qon aylanishini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun, ba’zi bir ko`rsatmalarga binoan to`qimalarda mikrosirkulyatsiyani yaxshilash uchun kichik dozalarda α-adrenoblokatorlar yoki tomirlarni kengaytiruvchi miotrop moddalardan natriy nitroprusid buyuriladi. Miokard infarkti gipotenziya holati bilan kechganida yetarli darajadagi effektni (qon aylanishini va arterial bosimni normallashishini) olishda yurak glikozidlarini buyurish orqali ham erishish mumkin.
Diqqatni jalb qiladigan moddalar (β-adrenomimetiklar,masalan izadrin) yordamida yurak faoliyatini oshiruvchi va periferik tomirlar qarshiligini kamaytirish mumkin. Ba’zi bir dori moddalari kardiotonik ta’sir qiladi va periferik regionar tomirlar qarshiligini kamaytiradi. Shunday dori vositalarga dofamin (dopamin) kiradi. Dofamin kichik dozalarda (1 minutda 1-5mkg/kg) periferik dofaminergik retseptorlarni stimullaydi, natijada buyrak va mezenteral tomirlarni kengaytiradi. Bunda yurakning funktsiyasi amaliy jihatdan o`zgarmaydi. α-adrenoblokatorlar ta’sir doirasida (fonida) dofamin yuborilsa buyrak va mezenterial tomirlarni vazodilatatsiyasi o`zgarmaydi. O’rtacha miqdori yuborilganda (1 minutda 5-20mkg/kg) yurak zarbi, va yurak qisqarishlar soni oshadi (β1 – adrenoretseptorlarni stimullashi hisobiga). Buyrakda qon aydlanish oshadi. Umumiy periferik qon tomirlar qarshiligi o`zgarmaydi, arterial bosim o`zgarmasligi yoki ko`tarilishi mumkin. Dofaminni katta dozalarda yuborilganda α- adrenomimetik effekt kuchayadi. Periferik tomirlar qarshiligi va arterial bosim oshadi (bu effekt α-adrenoblokatorlar bilan bartaraf etilishi mumkin). Buyrak tomirlari qarshiligi ortadi Yurak zarbi va qisqarishlar soni oshadi (bu effektlar β-adrenoblokatorlar bilan bartaraf etiladi).
Bundan tashqari, dofamin yurak aritmiyasini chaqiradi. Dofaminni odatiy yo`l bilan yuborilganda MNS dagi dofamin retseptorlariga ta’sir qilmaydi chunki, gematoenstefalik to`siqdan o`tmaydi. Dofamin organizmda noradrenalinga oksidlanib o`tishidan tashqari, 3- metoksi-4- oksifenilsirka kislotaga (gomovanilin kislota) va 3-metoksi-4-oksifeniletanolga aylanadi. Bu metabolitlar siydikda aniqlanadi.
Turli xil sabablarga ko`ra kelib chiqqan shoklarda Dofaminni tomir ichiga info`ziya qilish orqali qo`llaniladi.
Gipovolemiya bilan ketuvchi gipotenziyada qon, plazma va uning o`rnini bosuvchi suyuqliklar, yoki natriy xloridning izotonik eritmalarini quyish yaxshi natija beradi (organizm qon yo’qotganda va suvsizlanishida).
Shunday qilib, o`tkir holda kelib chiquvchi gipotenziyani bartaraf qilish uchun qo`llaniluvchi dori vositalarini tanlash qatiy individual yondoshishlikni talab qiladi. Shuni nazarda tutish kerakki, shok holatini davolashda asosiysi arterial bosimni ko`tarish emas, balki to`qima va organlarda yetishmayotgan qon aylanishini tiklashdan iborat (yurak, miya, buyrak).
Surunkali gipotenziya holatida esa farmakoterapiya yordamchi vosita sifatida qaraladi. Bunday holatlarda qon tomir harakatlantiruvchi markazni stimullovchi dori vositalar (kofein, kordiamin, strixnin gruppasidagi dori vositalar), simpatomimetiklar (efedrin), umumiy tonusni oshiruvchi moddalar (jenshen, limonnik dori vositalari), mineralokortikoidlar (dezoksikortikosteron dori vositalari) qo`llaniladi.
Venotrop (flebotrop) moddalar
Venoz tizim holati to`laqonli qon aylanish uchun katta ahamiyatga ega. Ma’lumki, yurak qon - tomir tizimining hamma bo`limlari bir-biri bilan o`zaro bog`lanishda, shuning uchun, qaysidir bir bo`limni funksiyasini buzilishi, qolgan hamma tizimni o`zgarishiga olib keladi. Sog`lom organizmda bu kompensator mexanizm bilan namoyon bo`ladi. Lekin, kasallik fonida qon aylanishning fiziologik regulyatsiyasi yetishmaydi, bunday holatlarda normal qon aylanishni tiklovchi dori vositalarni qo`llash maqsadga muvofikdir. Bunday hollarda dori vositalar venoz sistemasiga bilvosita ta’sir qiladi. Yurakni ba’zi bir kasalliklarida (stenokardiya, yurak yetishmovchiligi) venoz (hajmli) tomirlarni tonusini pasaytirib, hamda yurakga tushadigan (prednagruzka) yukni kamaytirish orqali yurak faoliyatini normallashtirish mumkin. Venoz tomirlar tonusining holati kamdan-kam uchrovchi ortostatik gipotenziya holatida arterial bosimni stabil ushlab turishida katta ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, venoz tomirlar yetishmovchiligiga bog`liq bo`lgan, bir qator keng tarqalgan kasalliklar mavjud (masalan, oyok venalarini varikoz kengaymalari, gemoroy).
Venoz sistemasi kasalliklarini keng tarqalganligi sababli, venotrop moddalarning fundamental va eksperimental tekshiruvlari diqqatni o`ziga jalb qilmoqda.
Vena tomirlarini innervatsiyasi (arteriya tomirlari kabi) simpatik (adrenergik) nerv orqali amalga oshiriladi. Vena tomirlarida α1- va α2- adrenoretseptorlar mavjud bo`lib, ularni stimullash venokonstrikstiyani chaqiradi. Bundan tashqari β2 –adrenoretseptorlar mavjud bo`lib, bularni stimullash venodilatatsiyaga olib keladi. α1-adrenoretseptorlari(varikoz kengaymalarida)bilan adrenergik nerv oxirlari bog`langan bo`lib, noradrenalin mediatori ajralib turishi tufayli boglanishda bo`ladi. α2 va β2- adrenoretseptorlar presinaptik hamda postsinaptik membranada joylashgan.
Venalarni tonusini gumoral regulyatsiyasida ko`pgina endogen vazoaktiv moddalar rol o`ynaydi. Lekin, har bir birikmani venotrop ta’sir qilish darajasi yetarli darajada o`rganilmagan.
Odatda moddalar arterial va venoz tomirlarga bir yo`nalishda ta’sir qiladi. Farqi shundan iboratki, ko`proq arteriya yoki vena tomirlari tonusiga ta’sir qilishida. Bu tomirlarni ham qisqartiruvchi ham bo’shashtiruvchi moddalarga tegishlidir. Ma’lumki, bir qator moddalar, bir xil darajada arteriya va vena tomirlari tonusiga ta’sir qiladi (masalan natriy nirtoprussid). Shu bilan bir qatorda ba’zi bir istisnolar ham mavjud. Digidroergotamin va substansiya P arteriya tonusini pasaytiradi, vena tomirlarini esa toraytiradi. Serotonin arteriolalarni kengaytiradi, venulalarni toraytiradi. Shunga ko`ra ularni venodilatatorlar yoki venokonstruktorlarga bo`lishimiz mumkin.
Venodilatatsiyalovchi moddalar
Venodilatatorlarga kiradi:

  1. NO - donatorlari (nitratlar, molsidomin)

  2. α-Adrenoblokatorlar (prazozin, doksazozin)

  3. Simpatolitiklar (oktadin)

Dori vositalarni vazodilatatsiyalovchi ta’siri odatda ham arteriya ham vena tomirlariga tegishlidir. Lekin, turli xil dori vositalarining arteriadilatatsiyalovchi va venodilatatsiyalovchi ta’sirining nisbati har xil. Bittasi ko`proq venaga ta`sir etsa, boshqasi arteriyaga ta`sir qiladi(jadval-7.6). Klinikada dori vositalarni qo`llanilayotgan vaqtda ko`rsatilgan farqni inobatga olish kerak.
Ma’lumki, hajmli (venoz) tomirlarni kengaytiruvchi dori vositalar yurakga tushadigan (prednagruzkani) yuklamani kamaytiradi (jadval-7.6.). Bunday dori vositalarni patologik holatlarda qo`llash, yurak ishi uchun qulay sharoit yaratib beradi. Shunday ta’sir qilish mexanizmiga ega bo`lgan dori vositalarga nitratlar (nitroglisterin va boshq.) kiradi. O`xshash ta’sir qilish mexanizmga ega bo`lgan dori vositalarga sidnonimin hosilalaridan molsidomin kiradi. yetarli darajada venodilatatsiyalovchi ta’sirga ega bo`lgan dori vositalar, o`tkir va surunkali yurak yetishmovchiligida qo`llaniladi.
Diuretiklardan furosemid venotrop ta’sirga ega. O`tkir yurak yetishmovchiligi bo`lgan bemorlarga furosemidni vena ichiga yuborish natijasida, avval vena tomirlari kengayadi so’ngra diuretik ta’sir boshlanadi.
Jadval 7.6. Vazodilatator vositalar

Venodilatatorlar(ko`proq venani kengaytiruvchi preparatlar)

Arteriodilatatorlar(arteriol tomirlarni kengaytiruvchi preparatlar)

Tanlamay ta`sir qiluvchi vazodilatatorlar (arteriya va venani tahminan bir xilda kengaytiruvchi preparatlar)

NO donatorlari
(nitroglitserin, izosarbid mononitrat, molsidomin)
α1-adrenoblakatorlar
(prazozin, deksazozin)
Simpatolitiklar
(oktadin)

Tomirlarni kengaytiruvchi miotrop vositalar
(apressin)
K+-kanali aktivatorlari
(minoksidil, diazoksid)
L-tipdagi Ca2+-kanali blokatorlari
(nifedipin)

NO donatorlari
(natriy nitroprussid)
Angiotenzin hosil qiluvchi ferment ingibitorlari
(kaptopril, enalapril, lizinopril)
Angiotenzin retseptorlari blokatorlari
(lozartan , valsartan)
Markaziy ta`sirga ega gipotenziv vositalar
(klofelin, guanfatsin)
Ganglioblokatorlar
(pentamin va boshqalar)
Tanlamay ta`sir qiluvchi(α12) adrenoblokatorlar
(fentolamin)
α, β- adrenoblokatorlar
(Izadrin)
Fosfodiestiraza ingibitorlari
(milrinon)1

1 milrinon-III tip fosfodiestiraza fermentini ingibirlaydi.


Vena tomirlar tonusini oshiruvchilar va venoprotektor dori vositalar
Vena tomirlar tonusi oshiruvchi dori vositalar, vena tomirlari silliq mushaklarini tonusini oshiradi. Dori vositalarni venoprotektor ta’siri, bu venalarni jarohatlanishidan saqlash, venulalarni o’tkazuvchanligini pasaytirish, shishlarni rivojlanishiga, yallig`lanishga to`sqinlik qilish, mikrosirkulyatsiyani buzilishini, o`rab turgan to`qimalarni jarohatlanishini oldini oluvchi xususiyatlarni o`z ichiga oladi.
Bu guruhga kiruvchi mavjud bo`lgan dori vositalar quyidagilardan iborat:

  1. Venokonstriktor ta’sirga ega bo`lgan dori vositalar.

  2. Venoprotektor ta’sirga ega bo`lgan dori vositalar.

  3. Aralash ta’sirga ega bo`lgan (vena tonusini oshiruvchi +venoprotektor ta’sirga ega bo`lgan dori vositalar).

7.7-Jadval.Venokonstruktor va venoprotektor ta`sir qiluvchi preparatlar.

Venokonstruktor preparatlar

Venoprotektor preparatlar

α-Adrenomimetiklar
fetanol(etilefrin), midodrin(gutron)
digidrirlovchi alkaloid sporinlari
digidroergotaksin, digidroergotamin, digidroergokriptin, vazobral(alfa-digidroergokriptin+kofein)

Rutinpreparatlari va uning hosilalari(bioflavonoidlar;rutozidlar)
Rutin(rutozid),trokserutin(troksevazin)
Ginko daraxti bargidan olingan preparatlar
Ginko biloba bargi ekstrakti(bilobil ginkio, memoplant),
Ginkor fort(Ginko biloba bargi ekstrakti+geptaminol gidroxlorid+trokserutin)
Sintetik preparatlar(dioksibenzol preparatlari)
Kalsiy dobezilat(doksium)

Aralash ta`sir etuvchi preparatlar

Bioflavonoidlar: detraleks(diosmin+gesperidin); diovenor(diosmin)
Soxta kashtan mevasidan olinadigan preparatlar: estin, reparil, eskuzan,esflazip, venoplant ,anavenol
Na`matakdan olinadigan preparatlar(ruskus , ruskozidlar): shiklo-3 fort (tkanak ekstrakti+ gesperidin metilxalkon+askarbin kislota)
Uzim danagi ekstrakti(glukofuranozoid hosilalari):tribenozid(glivapol)



Venokonstriktor va venoprotektor ta’sirga ega bo`lgan dori vositalarni qo`llanilishi.


Venokonstiktorlarni amaliyotda ortostatik gipotenziyani davolash uchun qo`llanilishi mumkin. Ortostatik gipotenziyani davolash uchun vena tonusini oshiruvchi moddalarni tanlash talab qilinadi. Lekin bunday dori vositalar yo`q. Shuning uchun bugungi kunda α- adrenomimetiklardan va sporinya (qora murug)ni digidratlangan alkaloidlaridan foydalaniladi, bularda venokonstriktor ta’sir yetarli darajada ifodalanadi..
Fetanol (etilefrin) α-adrenoretseptorlar agonisti bo`lib, tomirlar tonusini oshiradi. Arterial bosimni oshiradi. Ta’siri davomli. Gipotonik holatlarda va ortostatik gipotenziyalarda ichiladi yoki parenteral yo`l bilan yuboriladi.
Midodrin (gutron) ham ko`prok α-adrenoretseptorlarga ta’sir qiladi. Retseptorlarni ko`zgatib arteriola va venulalarni toraytiradi. Arterial bosimni oshiradi. Ta’siri sekin asta rivojlanadi, uzoq vaqt davom etadi. Organizmda midodrindan faol metabolit (desglimidodrin) hosil bo`ladi, bu faoligi buyicha midodrindan ustun. Shunday qilib, midodrin dori oldi preparati hisoblanadi. Gipotoniya holatlarida, ortostatik gipotenziyada qo`llaniladi. Ichishga va vena ichiga yuboriladi.

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish