O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


Bevosita ta’sir etuvchi balg‘am ko‘chiruvchi vositalar (mukolitiklar)



Download 30,26 Mb.
bet182/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Bevosita ta’sir etuvchi balg‘am ko‘chiruvchi vositalar (mukolitiklar)
Ushbu guruh dori vositalarning balg‘am ko‘chirish xossasi ichilgandan so‘ng (rezorbtiv ta’sir) bronx bezlarining mahsuloti tarkibida ajralgandan so‘ng yuzaga chiqadi. Unda ular bezlar sekretsiyasini oshiradi va balg‘am suyuqlashadi. Shu bilan bir qatorda ular ta’sirida bronx epiteliysini kipriksimon o‘simtalarining harakati kuchayadi, balg‘am halqum tomon tezroq so’riladi. Demak, mukolitik dori vositalarning asosiy xossasi balg‘amni suyultirish (eritishdan) tufayli, uning yopishqoqligini kamaytirishdan iboratdir. Shu sababli bu guruhga ba’zi fermentlar ham kiradi. Lekin mukolitik dori vositalarning ta’sir mexanizmi har xil bo‘lganligidan ularning samaradorligi balg‘am turiga ko‘ra bir xil emas. O‘pka xastaliklari tabobat amaliyotida ko‘p uchraydi, Shuning uchun yuqori nafas yo‘llarini balg‘amdan xalos etish katta ahamiyatga ega. Buning uchun juda ko‘p dori vositalar tavsiya etilgan bo‘lib, statsionar va ambulator amaliyotda ham keng qo‘llaniladi.
Acetylcysteinum - Sistein aminokislotasining hosilasi, kuchli mukolitik ta’sirga ega. Balg‘amni suyuqlashtirib, yallig‘lanishni kamaytiradi. Bir vaqtning o‘zida yiringni ham suyultiradi.
Ta’sir mexanizmi: dori vosita tarkibidagi erkin sulfgidril radikallar (SH) balg‘am tarkibidagi nordon mukopolisaxaridlarning disulfid bog‘larini uzib tashlaydi, natijada mukoproteinlar depolimerazatsiyalanadilar va balg‘amning qovushqoqligi kamayadi. Dori vositani ingalyatsiya yo‘li bilan traxeyaga kiritiladi, agar iloji bo‘lmasa (bexush, koma, nafas yo‘llarining travmasi) mushak ichiga kiritiladi .
Qo‘llashga ko‘rsatmalar: quyuq balg‘am ajralishi bilan kechuvchi o‘pka va nafas yo‘llarining xastaliklarida, ayniqsa yiring aralashgan hollarda, masalan: o‘tkir va surunkali bronxitlar, zotiljam, bronxoektaziya, mukovitsidoz, yiringli bronxitlar bilan asoratlangan bronxial astma, o‘pkada operatsiyadan keyingi davrda asoratlarni oldini olish uchun. Bronxografiyadan keyin kontrast moddani ajralishini tezlashtirish uchun.
Noxush ta’siri: ba’zan ko‘ngil aynash (dori vositaning o‘ziga xos hidi tufayli) yoki bronxospazm chaqirish mumkin. Davomli qo‘llanganda jigar va buyrak funksiyasini nazorat qilish kerak. O‘pkadan qon ketish xavfi bo‘lganda, buyrak va jigar xastaliklarida ehtiyot bo‘lib qo‘llash kerak. Dori vosita metall buyum va asboblarga tegsa sulfidlar hosil qiladi. Shu sababli shisha idishlardan foydalanish kerak. Atsetilsistein MIT dan yaxshi so’riladi lekin dori vositaning juda ko‘p qismi (90%) jigarda tez parchalanib ketadi. Atsetilsistein jigarda parchalanib aktiv metabolit sistein hosil bo‘ladi. U safro tarkibida ajraladi. Shuning uchun ingalyatsiya, ba’zan parenteral yo‘l bilan kiritiladi. Ushbu dori vositani antibiotik va proteolitik dori vositalar bilan birga qo‘shib qo‘llash mumkin emas, chunki dori vosita inaktivatsiyaga uchraydi. Hozirda davomli ta’sirli, ichiladigan atsetilsistein - long sintezlangan.
Karbotsistein (mukodin, bronxokod)- dori vositasi tuzilishi va ta’siri bo‘yicha atsetilsisteinga o‘xshash.
Bromhexinum - sintetik modda. Shilliq tarkibidagi mukoprotein va mukopolisaxarid tolalarini depolimerizatsiyalab balg‘amni suyultiradi va qovushqoqligini kamaytirib ajralishini osonlashtiradi. Bundan tashqari kuchsiz darajada yo‘talni kamaytiradi. Ikkala dori vosita ham o‘pka alveolalarida surfaktant, immunologbulin G, lizotsim miqdorini oshiradilar. Parenteral, enteral va ingalyatsiya yo‘li bilan qo‘llash mumkin. MIT dan yaxshi so’riladi lekin biologik o‘zlashtirish (ya’ni dori vositaning ta’sir ko‘rsatadigan a’zoga yetib boruvchi qismi) kam tahminan 20%, chunki tez parchalanadi, asosan jigarda faol metabolit ambroksolga aylanadi. Ikkalasi ham zardob oqsillari bilan bog‘lanadi (80-90 %). To‘qimalar va suyuqliklarga (likvor, sut) yaxshi o‘tadi.Ichilgandan so‘ng ikkala dori vositaning ham ta’siri 1-2 soatdan keyin boshlanadi va 6-12 soat davom etadi. Ambroksolni biologik o‘zlashtirilish darajasi bromgeksinnikidan yuqori-70%. Ambroksol jigarda biotransformatsiyaga uchraydi va dibromantranil kislotasi va uning glyukuronidlari hosil bo‘ladi. Metabolitlar asosan peshob tarkibida ajraladi. Dori vositaning T1/2 qonda tahminan 1-soat, to‘qimalarda 7-15 soat. Atsetilsisteinga o‘xshash ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llaniladi. Antibakterial, bronxodilatatorlar bilan birgalikda qo‘llash mumkin. Noxush ta’siri: davomli qo‘llanganda dispepsiya, me’da va 12–barmoq ichak yara xastaligini kuchayishi. Ba’zan allergik reaksiyalar. Tomirga kiritilsa gipotenziya, hansirash, gipertermiya, isitmalash chaqirishi mumkin.
Tripsini crystallisatum - Proteolitik fermentlar bo‘lib, so’yilgan qora molning me’da osti bezidan olinadigan dori vositadir. Bu dori vositadan tashqari Chymotripsini crystallisatum, Desoxyribonucleasa ham Shular jumlasiga kiradi. Yiring va shilliq tarkibidagi oqsillarni gidrolizlab balg‘am qovushqoqligini kamaytiradi (suyultiradi) va ajralishini osonlashtiradi. Sog‘lom to‘qimalarga ta’sir etmaydilar, chunki ularda tripsin ingibitorlari bor. Ximotripsin quyidagilar bilan tripsindan farq qiladi: asosan aromatik aminokislotalar orasidagi bog‘larni uzadi, sutni ivitadi, tripsinga nisbatan turg‘un modda, faollikni ancha sekin yo‘qotadi. Lekin eritmalari, ayniqsa yuqori haroratda o‘z faolligini tez yo‘qotadi. Dezoksiribonukleaza albumin tipidagi oqsil bo‘lib, DNK ni depolimerizatsiyalaydi, bir vaqtni o‘zida balg‘am va yiringni suyultiradi. Bundan tashqari DNK li viruslarni ko‘payishini, rivojlanishini to‘xtatadi (gerpes, adenoviruslar va boshqalar). Uchala dori vosita ham balg‘am ko‘chiruvchi vosita sifatida mahalliy (ingalyatsiya) qo‘llaniladi. Nojo’ya ta’sirlari: ingalyatsiyadan so‘ng yuqori nafas yo‘llarining shilliq qavatiga mahalliy qo‘zg‘atuvchi ta’siri tufayli tovushni bo‘g‘iq bo‘lib qolishi mumkin. Parenteral yo‘l bilan kiritilsa: og‘riq, isitmalash, allergik reaksiyalar (bronxial astma xurujini kuchayishi) kuzatiladi.
Natriy gidrokarbonat (Natrii hydrocarbonas) –eritma sifatida ichiladi yoki ingalyatsiya qilinadi. Natriy gidrokarbonat bronxial sekretning muhitini ishqoriy qilib mutsinni eritadi, uni qovushqoqligini kamaytirib, balg‘amning ko‘chishi va ajralishi yengillashadi (kompensatsiyalangan alkaloz rivojlanadi).
Kalii iodidum-Kaliy yodid ham balg‘am ko‘chirish xossalariga egadir. Bu dori vosita bronxlarning shilliq qavatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etib undagi bezlarning sekretsiyasini kuchaytiradi. Kaliy yodidni MIT yo‘llarini qitig‘lashini oldini olish uchun uni sut bilan ichish lozim.

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish