Bu guruhdan eng yuqori samaradorlikga ega bo`lgan dori vosita detraleks (daflon 500) hisoblanadi. Tarkibida bioflavonoid diosmin (90%) va gesperidin(10%) to`tadi. Ichakda mikroorganizmlar ta’siri ostida diosmin tez aglikonga aylanadi.
Shunday qilib, diosmetin, detraleksni asosiy ta’sir qiluvchi moddasi hisoblanadi. Dori vosita turli xil ta’sirga ega bo`lib, pastki a’zolar venalarni surunkali yetishmovchiligini davolashda yaxshi samara beradi. Dori vosita vena tonusini oshiradi, kapillyarlarni o`tkazuvchanligini kamaytiradi, mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi.
Sxama 7.1. Tananing pastki qismi venalarining surunkali yetishmovchiligini rivojlanish mexanizmi.
Bundan tashqari, dori vosita adgeziya molekulasini ishlab chiqarilishini kamaytiradi, leykotsitlarni adgeziyasini faollanishini kamaytiradi, yallig’lanish jarayonini, yallig’lanish mediatorlarini va kislorodni erkin radikallarini pasaytiradi, limfa aylanishlarini yaxshilaydi. Bu effektlar, venoz qon aylanishiga, mikrosirkulyatsiyaga, to`qimalar trofikasiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi.
Preparatni ichishga buyuriladi. Detraleks juda katta bo`lmagan mikronizirlangan turda chiqariladi (< 2 mkm, odatda mikronizirlanmagan zarrachalar ~60 mkm), u mikronizirlanmagan preparatlarga nisbatan ichakdan yaxshi so`riladi . Diosmetinni yarim yashash davri t1/2 ~ 8-12 soat. Metabolit ko`rinishida buyrakdan (~ 2/3) va safrodan (~ 1/3) organizmdan chiqib ketadi. Dori vosita teri yuzasidan ham absorbstiyalanadi. Detraleks odatda yaxshi qabul qilinadi. Nojo`ya ta`sirlari uncha yuqori emas va o`tib ketuvchi xarakterga ega. Bunda dispeptik o`zgarishlar, epigastral sohada og`riq ,uyquni buzilishi, bosh aylanishi, bosh og`rig`i va boshqalar kuzatilishi mumkin. Bu preparatni o`tkir gemaroyda ham muvaffaqiyatli qo`llasak bo`ladi.
Vena tomirlari tonusini (α-adrenomimetik) oshiruvchi va shishlarga qarshi ta’sir tikanakli(иглица) na`matak (Ruscus aculeatus) dori vositalariga ham xos. Tarkibida saponin va flavonoidlar mavjud. Aniq tarkibi ma’lum emas.Odatda kombinirlangan dori vositalari qo`llaniladi. Shulardan bittasi stiklo-3 fort (ekstrakt iglitsa + gesperidin metilxalqon + askorbin kislota). Ichishga buyuriladi. Nojo`ya effektlari korin soxasida ogrik, kungil aynishi.
O’simliklardan olingan dori vositalarga endotelon kiradi. Tozalangan uzum danagi ekstrakti bo`lib, standartlashgan prostianidol oligomerlaridan iborat. Vena tomirlari devoridagi mukopolisaharidlar bilan bog`lanib, kollagen sintezini oshiradi. Endotelon vena tonusini oshiruvchi va venoprotektor ta’sirga ega. Kapillyarlarni o`tkazuvchanligi va sinuvchanligini kamaytiradi. Ichishga buyuriladi. Ichakdan tez so`riladi. t1/2 ~ 5-10 soat. Organizmdan buyrak va safro orqali chiqib ketadi. Nojo`ya effektlariga qorin soxasida og`rik, kungil aynishi, bosh og`rig`i, ba’zan teri allergik reaksiyalari.
Tribenozid dori vositasi (glivenol) sintetik birikma bo`lib, glyukofuranozid hosilasidir. Vena tomirlari tonusini oshiradi. Venoprotektor va kapillyaroprotektor xususiyatlarga ega, mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi, yallig`lanishni susaytiradi. Dori vositani ichishga, mahalliy(surtma ko`rinishda) va rektal buyuriladi, ichakdan yaxshi so`riladi, t1/2 ~ 24 soat. Metabolitlari buyrak orqali chiqib ketadi. Tez-tez ko`zatiladigan nojo`ya effektlar(teri toshmalari, dispeptik holatlar) chaqiradi, bular dori vositani qabul qilishni to`xtatishga asos bo`ladi.
B. Venoprotektor ta’sirga ega bo`lgan dori vositalar
P-vitamin faoligiga ega bo`lgan moddalar qadimdan ma’lumdir. Bu o`simliklardan olingan bioflavonoidlar guruhidir. Etalon dori vositasiga rutin (rutozid) kiradi. Dori vosita kapilyarlarni o`tkazuvchanligini va sinuvchanligini kamaytiradi. Mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi, shishlarni kamaytiradi. Tana pastki qism a’zolarni venoz tomirlarini surunkali yetishmovchiligida ijobiy ta’sirga ega.
Rutinga o`xshash ta’sir qiluvchi, uning yarim sintetik hosilasiga trokserutin (troksevazin, venoruton) kiradi. Ichishga, parenteral, va mahalliy (gel holida) buyuriladi. Ichishga buyurilganda t1/2 ~ 24 soat. Organizmdan o`t-safro orqali chiqib ketadi. Nojo`ya effektlariga ovkat hazm qilish traktini eroziv jarohatlanishi, allergik xarakterdagi teri toshmalari, bosh og`rig`laridir.
Ginkgo biloba daraxti bargidan olingan dori vositalarga katta e`tibor qaratilmoqda.Uning ta’sir qiluvchi moddalariga flavonglikozidlar, terpenlaktonlar (ginkolid, bilobalid) kiradi. Amaliyotda standartlashtirilgan Ginkgo biloba bargining ekstraktidan foydalaniladi. Bilobil, ginkio, memoplant tijorat nomlarida ishlab chiqariladi. Antioksidant, shishlarga qarshi, va antiagregant ta’sirlarga ega. Ichishga
buyuriladi. Yaxshi so`riladi. t1/2~ 4-5 soat. Ba’zan dispeptik o`zgarishlar, terida allergik toshmalar, bosh og`rig`i kelib chiqadi.
Sintetik kaltsiy dobezilat (doksium) kapillyarlarni rezistentligini oshiradi, o`tkazuvchanligini pasaytiradi, qonning reologik xususiyatini va mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi, hamda trombostitlar agregatsiyasini kamaytiradi. Ichish uchun qabul qilinadi. Ichakdan yaxshi so`riladi. Qisqa vaqt ta’sir ko`rsatadi. t1/2 ~ 1 soat. O`zgarmagan holatda siydik bilan ajraladi. Quyidagi nojo`ya effektlarni dispeptik o`zgarishlar, terining allergik reaksiyalari chaqiradi. Bunday holda dori vosita berishni to`xtatish kerak. Teriga qo`llanilganda ham dori vosita absorbstiyalovchi xususiyatga ega.
7.5.Venoskleroterapiya
Venoz tomirlarda biriktiruvchi to`qima paydo bo`ladi, bu keyinchalik tulik so`rilib ketadi. Odatda sklerotik dori vosita sifatida detergent (endotelial oqsillarni koagulyatsiyalovchi) dori vositalar yoki giperosmotik eritmalar (endotelial hujayralarni degidratatsiyalovchi) qo`llaniladi. Yurtimizda shu maqsadda detergentlardan destilat (trombovar, fibroveyn) va polidokanol (etoksiskleron), sirtfaollikka ega bo`lgan vena endoteliysini jaroxotlovchi, tromb hosil qiluvchi, va natijada venalarni obliteratsiyasiga sabab bo`luvchi dori vositalar qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |