a) Natriy kanallarini bloklovchi vositalar (membranalarni mustahkamlovchi moddalar; guruh I) I A kichik guruhidagi aritmiyaga qarshi vositalarning eng namunaviy vakili xin daraxti po’stlog’i alkaloidi xinidin hisoblanadi(xininni o’ngga buruvchi izomeri hisoblanadi). Tibbiy amaliyotda xinidin sulfatdan foydalaniladi. Xinidin natriy kanallarini bloklab natriyni hujayraga kirishini kamaytiradi va harakat potensiali yuzaga kelishini bloklaydi (faza 0). Xinidin yurakning barcha bo’limlariga ta’sir ko’rsatadi. Avtomatizmning pasayishi, repolyarizatsiya va harakat potensiali davomiyligini oshishi va Shunga mos tarzda samarali refrakter davrni oshishi va o’tkazuvchanlikni kamaytirishi xinidinni aritmiyaga qarshi ta’siri namoyon qiladi, Shuning uchun avtomatizm va o’tkazuvchanlikni buzilishiga bog‘liq aritmiyalarda qo’llaniladi. EKG da P-R, QRS, Q-T.ning sal kengayishi kuzatiladi. Xinidin adashgan nervdan yurakka qo’zg‘alishning o’tishini kamaytiradi, (m-xolinoblokatorlik ta’siri tufayli), va yana kardiotrop simpatik (adrenergik) ta’sirlarni birmuncha kamaytiradi. Periferik qon tomirlaridagi α-adrenoretseptorlarni falajlovchi ta’siri tufayli (birmuncha umumiy periferik qarshilikni pasaytiradi). Xinidin miokard qisqaruvchanligini sezilarli ravishda kamaytirishini hisobga olish kerak. Xinidin odatda ichishga qabul qilish uchun tavsiya qilinadi. U oshqozon-ichak traktidan to’liq so’riladi. Dori vosita jigarda parchalanadi, uning ta’sir davomiyligi ko’p jihatdan jigar funksiyalariga bog‘liq (odatda 6-8 soat). O’zgarmagan xinidin (~ 20%) va uning o’zgargan mahsulotlari asosan buyrak orqali chiqariladi. Ta’sir muddati uzaytirilgan xinidin dori vositalari ham mavjud. Xinidinni qo’llaganda turli nojo’ya ta’sirlar kelib chiqishi mumkin. Xususan, quloqda shovqin, bosh og’riq,ko’rish buzilishi, ba’zan diareya, ko’ngil aynishi, qusish, ayrim holatda esa idiosinkraziya bo’lishi mumkin. Og’irroq holatda trombotsitopenik purpura1 bo’ladi. AV va qorinchalararo blokada, toksik taxiaritmiya bo’lishi mumkin. Xinidin arterial bosimni tushiradi. Yurak quloqchalarida tromblar bo’lsa emboliya bo’lishi mumkin (bo’machalar hilpirashidan sinus ritmga o’tganda). 7.3-Jadval. Bir qator aritmiyaga qarshi vositalarning yurak elektrofiziologik parametrlariga ta’siri
Avtomatizmni pasaytiradi1; o’tkazuvchanlikni sekinlashtiradi; repolyarizatsiyani uzaytiradi va samarali refrakter davrini oshiradi
Avtomatizmni pasaytiradi1; o’tkazuvchanlikka kam ta’sir qiladi; repolyarizatsiyani tezlashtiradi. Avtomatizmni pasaytiradi; o’tkazuvchanlikni yetarlicha pasaytiradi; repolyarizatsiyaga va samarali refrakter davriga kam ta’sir qiladi