Rashididdin Fazlulloh Hamadoniy va uning
“Jome’ ut-tavorix” asari
Reja:
1. “Jome’ ut-tavorix” asari haqida.
2. “Jome’ ut-tavorix”da 0 ‘g‘uz xon haqidagi rivoyatlar.
3. 0 ‘g‘uz xon haqidagi rivoyatlarda shomon obrazi.
4. “Jome’ ut-tavorix”da hikoyatlar.
5. “Jome’ ut-tavorix” asarining tili haqida.
6. Rashididdin - shoir.
Tayanch so‘z va iboralar:
tarix fani, muarrix, adabiy janrlar, af
sona va rivoyat janrlari, an ’anaviy obraz, turkiy qavmlar tarixi, qadimgi
turkiy mifologiya, afsonaviy epik ruh, shomon obrazi, hikoyat, og ‘zaki
hamda yozma hikoyatlar.
“Jome’ ut-tavorix” asari haqida.
Sharq badiiy tafakkuri adabiyot
va tarix fanlarini
doimo yonma-yon yurishiga, bir-birini to'ldirib boris-
higa erishgan. Bunga sabab shuki, o‘tmishdagi
muarrixlar adabiyotga
alohida mehr bilan munosabatda bo‘lganlar, tarixni adabiyotsiz tasav-
vur qila olmaganlar. Ayni paytda tarix asarlari dagi rivoyatlar, hikoyat
lar, she’rlar va boshqa adabiy janrlar muarrixlaming ijodiy qobiliyatidan
darak beradi, ular o‘z davrining adabiy jarayonidan
yaxshi xabardorli-
gini namoyon qiladi.
Tarix asarlarining yana bir muhim jihati shun-
daki, muarrixda badiiy ijodga layoqat bo'lsa, tarix asarini ham badii-
yatning yuksak namunasiga aylantira oladi. 0 ‘tmishdagi muarrixlaming
faoliyati bunga yorqin misoldir. Ular iqtidorli
ijodkorlar sifatida ham
faoliyat ko‘rsatganlar. Shu bois ulaming tarix asarlari badiiy asar sifa
tida uqilgan. Sharq tarixiga nazar tashlasak, buning jonli namunalarini
ko‘ramiz. Qadimgi Xitoy yilnomalari yoki 0 ‘rta Osiyo muarrixlarining
har bir asari ana shunday xususiyatga ega. Muarrixlar xalq og‘zaki ijodi
janrlaridan, ayniqsa, afsona, rivoyat janrlaridan
unumli foydalanganlar
va o‘zlarining tarix asarlariga bu janrlami olib kirganlar.
Rashididdin Fazlulloh Hamadoniyning “Jome’ ut-tavorix” asari bu
jihatdan alohida namunadir. Asar milodiy 1310/ 11 yillarda yozilgan.
Asar turk-mo‘g‘ul qabilalarining kelib chiqishini, Chingizxon va uning
avlodlari tarixini izchil bayon qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Bu
290
asar uch jilddan iborat bo‘lib104, birinchi jildni bevosita Rashididdinning
o‘zi yozdi. Ikkinchi va uchinchi jildni muarrixlar Rashididdinning na-
zorati ostida yozgan, deb taxmin qilinadi. Birinchi jilddan turk-mo‘g‘ul
xalqlarining Chingizxongacha bo‘lgan tarixi o‘rin oldi. Rashididdin bu
jildni yozishda yozma manbalardan -Mahmud Koshg‘ariyning arab tili
da yozilgan “Devonu lug‘atit-turk” (mil. 1068\69 y.), Juvayniyning fors
tilida yozilgan “Tarixi jahonkushoy” (“Olamni bo‘ysundiruvchilar tari
xi”, mil. 1260 y.),
Chingizxonning, uning ota-bobolarining rasmiy tari-
xini yoritgan “Oltin daftar” kitobidan foydalandi. “Oltin daftar” mo‘g‘ul
tilida yozilgan bo‘lib, Elxoniylar saroyi xazinasida saqlanardi.
Yana shunisi e’tiborga sazovorki, birinchi jildda turkiy qabilalar ta
rixi va bu qabilalaming paydo bo‘lishi haqida rivoyatlar berilgan. Bu
rivoyatlar “O‘g‘uznoma” kitobiy eposida bayon qilingan turkiy qabi
lalaming kelib chiqishi haqidagi rivoyatlar bilan deyarli bir. Shuning
uchun, Rashididdin birinchi jildni yozishda “0 ‘g‘uznoma”dan ham
foydalangan, deb aytish mumkin. Garchi “0 ‘g‘uznoma” XV asrda eski
uyg‘ur-turk yozuvida ko‘chirilib, kitobat qilingan bo‘lsa ham, ungacha
og‘zaki shaklda turkiy xalqlar orasida ijro etilib kelgan. Rashididdin ana
shu og‘zaki variantdan foydalangan bo‘lishi mumkin.
Rashididdin Fazlulloh Hamadoniy turkiy
qavmlar tarixini va bu
qavmlar 0 ‘g ‘uz xondan tarqalganini ilk bor ilmiy asosda yoritib bergan
olimdir. Yuqorida biz aytib o‘tgan Mirzo Ulug‘bekning “To‘rt ulus tari
xi” (XIV), Abdulg‘ozi Bahodirxonning “Shajarai turk” (XVI1) asarlari-
ga ham “Jome’ ut-tavorix” muhim va ishonchli manbalardan biri bo‘lgan
edi.
“Jome5 ut-tavorix” fors tilida yozilgan bo‘lib, olim o‘z asari orqali
mo‘g‘ullaming hamma qabilasi turkiy qavmlardan tarqalganligini asos-
lab berdi. Bu qabilalaming hammasi 0 ‘g‘uzxonga, 0 ‘g‘uzxonning sha-
jarasi Nuh ibn Yofasga (yoki Abut-turkka) borib taqalishini ko‘rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: